OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI
Відкрити в Telegram
Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi. Manzil: Chuqur yo'l ko'chasi, 21 uy. MUROJAT UCHUN: Tel: +998945333417 Facebook: http://fb.com/SamarqandObodonlashtirish Instagram: https://www.instagram.com/sam.obodonlashtirish
Показати більше628
Підписники
-424 години
-207 днів
-13830 день
Архів дописів
+4
🌿 Shahar ozodaligi — barchamizning mas'uliyatimiz
Samarqand shahri ko‘chalarida ozodalikni saqlash maqsadida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish, ko‘chalarni supurish hamda sanitar tozalash ishlari olib borilmoqda.
Toza va obod shahar — har birimizning e'tibor va mas'uliyatimiz bilan yanada fayzli bo‘ladi.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Repost from SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI
+6
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Shu munosabat Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov har kuni mahallalardagi obodonlashtirish holatini o‘rganmoqda.
Bugun ham shahar rahbari Registon, Navbog‘chiyon hamda Dukchiyon mahallalarida bo‘lib, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, tashqi yoritish tizimini takomillashtirish, qurilish chiqindilarini o‘z vaqtida bartaraf etish, sanitariya va ozodalik holatini mustahkamlash, noqonuniy ko‘cha savdosining oldini olish hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berdi.
Samarqand shahrida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va hududlarni yanada fayzli qilishga qaratilgan ishlar barcha mahallalarda tizimli ravishda davom etadi.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
+7
🌿 Shahar ozodaligi – ertangi kunimiz kafolati
Erta tongdan Samarqand shahri ko‘chalari va yashil hududlarida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, yashil hududlarni parvarishlash, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish, ko‘chalarni supurish hamda sanitar tozalash ishlari amalga oshirilib, shahar ozodaligi ta’minlanmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
AZIM SAMARQAND SHAHRIM, XAYRLI TONG!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
30-iyul kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo
🌡 +38°, +25°, Ochiq havo
Tong: +30°
Kun: +37°
Oqshom: +36°
Namlik: 14%
Shamol: Shimoliy -Shikoku-sharqiy , 6.7 m/s
Bosim: 754 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:29
Quyosh botishi: 19:47
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+6
Yashil hududlarni parvarishlash va sug'orish ishlari kechgi vaqtda ham davom etmoqda
📍Abdurahmon Jomiy koʻchasi
📍Sulaymon Buxoriy koʻchasi
📍Boʻstonsaroy koʻchasi
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+4
Yoshlik istirohat bogʻida obodonlashtirish ishlari muntazam davom etmoqda
Samarqand shahridagi istirohat bogʻlari va jamoat maskanlarida obodonlashtirish hamda sanitar tozalash ishlari shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan muntazam olib borilmoqda.
Jumladan, Yoshlik istirohat bogʻi hududida piyodalar yoʻlaklari, bolalar maydonchalari va yashil hududlar tartibga keltirilib, tozalik doimiy nazorat ostida saqlanmoqda.
Bu yerga tashrif buyurayotgan bolalar va oilalarning xavfsiz hamda qulay dam olishini taʼminlash maqsadida hududni ozoda saqlash ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Yashil hududlarni parvarishlash va sug'orish ishlari kechgi vaqtda ham davom etmoqda
📍Yangi avlod bog'i
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+3
Temiryo‘l atrofi hududlarida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda
Samarqand shahrining qiyofasini yanada obod va fayzli etish, aholi hamda mehmonlar uchun qulay va ozoda muhit yaratish maqsadida temiryo‘l atrofi hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bir necha kun avval Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov mazkur hududni ko‘zdan kechirib, mavjud holatni o‘rgandi hamda mas'ullarga hududni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida hududlarda chiqindilarni tozalash, begona o‘t va butalarni bartaraf etish, daraxtlarni parvarishlash hamda umumiy sanitariya holatini yaxshilash ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+7
🌿 Jazirama issiq ham obodonlashtirish ishlariga toʻsiq emas
Jazirama issiq havoga qaramasdan, Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar ozodaligini taʼminlash maqsadida sanitar tozalash, chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻishtirish hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shahar koʻchalari va jamoat maskanlarida olib borilayotgan ushbu ishlar aholi uchun ozoda va qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Repost from SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI
+2
Bog‘dod ko‘chasida zamonaviy 24/7 ko‘cha tashkil etiladi
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Oltin asr mahallasidan o'tgan Bog‘dod ko‘chasida bo‘lib, mazkur hududda zamonaviy 24/7 ko‘cha tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan joyida tanishdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-fevraldagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bog‘dod ko‘chasining 0,6 kilometr qismida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
Loyiha doirasida 12 ta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etish, mavjud tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini kengaytirish hamda 70 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida shahar rahbari tomonidan loyihadagi ishlarni sifatli tashkil etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
+5
🌿 Shahar ozodaligi — erta tongdan boshlanadi
Samarqand shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan erta tongdan istirohat bogʻlari hamda shahar koʻchalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yashil hududlar tartibga keltirilib, chiqindilar oʻz vaqtida yigʻishtirilmoqda, shuningdek, ko‘chalar supurilib, sanitar tozalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Bu saʼy-harakatlar shahar tozaligi va aholi uchun yanada qulay hamda ozoda muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
AZIM SAMARQAND SHAHRIM, XAYRLI TONG!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
29-iyul kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo
🌡 +38°, +25°, Ochiq havo
Tong: +29°
Kun: +37°
Oqshom: +36°
Namlik: 14%
Shamol: Shikoku-sharqiy , 6.3 m/s
Bosim: 754 mm sim. ust.
Oy: Tòlin oy
Quyosh chiqishi: 05:28
Quyosh botishi: 19:48
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+3
Shahardagi yoritish tizimidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda
Samarqand shahrida tungi vaqtda xavfsiz hamda qulay muhitni taʼminlash maqsadida shahar koʻchalari va istirohat bogʻlaridagi yoritish tizimlarida aniqlangan nosozliklar mutaxassislar tomonidan bosqichma-bosqich taʼmirlanmoqda.
Ayni paytda nosoz yoritgichlar soz holatga keltirilib, elektr taʼminoti bilan bogʻliq kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Bu kabi ishlar shahar infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida muntazam davom ettirilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Kechki vaqtlarda yashil hududlar sugʻorilmoqda
Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan yozning issiq kunlarida daraxtlar, gulzorlar va maysazorlarning yashovchanligini saqlash maqsadida kechki va tungi soatlarda yashil hududlarni sugʻorish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar shahar ko‘rkini saqlash hamda ko‘kalamzorlarni asrashga xizmat qiladi.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+6
Koʻrinmas qahramonlar mehnati eʼtirofga loyiq
Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar koʻchalarida yashil hududlarni parvarishlash, hududlarni supurib-sidirish hamda sanitar tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shahrimizning ozoda va obod qiyofasini saqlash yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan ushbu xodimlarning saʼy-harakatlari tufayli Samarqand yanada chiroy ochmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Repost from SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI
+4
🏗 "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amaliy ishlar joyiga chiqib o‘rganildi
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligida oylik doirasida Mirzo Ulug‘bek, Tadbirkorlar hamda O‘zbekiston mahallalarining obodonlashtirish holati o‘rganildi.
Unda hududlardagi infratuzilmani yaxshilash, ko‘chalarni obodonlashtirish, tashqi yoritish tizimini takomillashtirish, qurilish chiqindilarini bartaraf etish hamda sanitariya holatini yaxshilash va ko'cha savdosiga yo'l qo'ymaslik bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, shahar rahbari ijtimoiy tarmoqlarda "Rahmatjon Negmatov" profili orqali Tadbirkorlar mahallasi Qori Siroj Yusupov ko‘chasini ta’mirlash yuzasidan murojaat yo‘llagan fuqaro bilan uchrashdi. Shu bilan birga hokim mazkur mahallada tikuvchilik bilan shug‘ullanuvchi M.Amonova bilan ham uchrashib, muammo va takliflarini tingladi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala o‘rganilib, mazkur ko‘chada ta’mirlash ishlarini yaqin kunlarda boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasidagi obodonlashtirish tadbirlari Samarqand shahridagi barcha mahallalarda davom etadi.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
+4
Samarqand shahri ko‘chalari bo‘ylab shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish, yashil hududlarni tartibga keltirish, ko‘chalarni supurish hamda sanitar tozalash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
AZIM SAMARQAND SHAHRIM, XAYRLI TONG!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
2️⃣8️⃣-iyul kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo
🌡 +40°, +27°, Ochiq havo
Tong: +30°
Kun: +39°
Oqshom: +38°
Namlik: 13%
Shamol: Janine, 4.8 m/s
Bosim: 752 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:13
Quyosh botishi: 19:44
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
