OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI
Открыть в Telegram
Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi. Manzil: Chuqur yo'l ko'chasi, 21 uy. MUROJAT UCHUN: Tel: +998945333417 Facebook: http://fb.com/SamarqandObodonlashtirish Instagram: https://www.instagram.com/sam.obodonlashtirish
Больше695
Подписчики
-624 часа
-487 дней
-25030 день
Архив постов
+6
Shahar obodligi yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda
Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar hududlarida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, istirohat bog‘lari, ko‘cha va mahallalarda chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish, yashil hududlarni sug‘orish, favvoralarning sozligi va uzluksiz ishlashini nazorat qilish, shuningdek, sanitariya-tozalash ishlari muntazam olib borilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
AZIM SAMARQAND SHAHRIM, XAYRLI TONG!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
9-iyul kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo
🌡 +37°, +25°, Ochiq havo
Tong: +30°
Kun: +36
Oqshom: +35°
Namlik: 18%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 6.1m/s
Bosim: 754 mm sim. ust.
Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:12
Quyosh botishi: 20:02
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+8
Archalarni asrash ishlari davom etmoqda
Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar hududidagi unsimon qurt zararkunandasi ta'sirida quriyotgan hamda qurish xavfi mavjud archa daraxtlarini saqlab qolish maqsadida maxsus agrotexnik vositalar bilan dorilash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar yashil hududlarni asrash, daraxtlarning sogʻlom oʻsishini taʼminlash va shahar ekologik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Yashil hududlarni parvarishlash maqsadida sugʻorilmoqda
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Repost from SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI
Samarqand shahrida “Green City Samarkand” hududi tashkil etiladi
Shaharsozlik yoʻnalishida 300 gektar maydonda “Green City Samarkand” hududini tashkil etish koʻzda tutilgan. Ushbu hududda turar joy, ofis, xizmat koʻrsatish, turizm va jamoat infratuzilmasi obyektlari xalqaro “yashil shahar” standartlari asosida barpo etiladi.
Sanoat obyektlarining ekologik taʼsirini kamaytirish uchun “yashil sanoat zonasi” hududida eng maqbul texnologiyalar, “Zero Visible Emission” va raqamli ekologik monitoring tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mavjud sanoat zonalari atrofida “yashil belbogʻ”lar tashkil etiladi hamda aholi sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan I va II toifaga mansub 8 ta sanoat korxonasini shahar hududidan tashqariga koʻchirish choralari koʻriladi.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Mahallalar obod bo‘lmoqda
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan berilgan topshiriqlar asosida Siyobcha mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda mahallaning ichki ko‘chalarida asfalt qoplamasini yangilash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, hududda zamonaviy yoritish tizimini o‘rnatish ham rejalashtirilgan.
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+6
Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan chiqindilarni yigʻishtirish, koʻchalarni supurish va hududlarni tartibga keltirish ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, Temir yoʻl orti hududi hamda temiryoʻl atrofida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+4
Erta tongdan ish qizgʻin!
Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda maxsus texnikalari tomonidan shahar koʻchalarida obodonlashtirish, sanitariya tozalash va hududlarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shahar ozodaligi va obodligini taʼminlash ishlari izchil davom etmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
AZIM SAMARQAND SHAHRIM, XAYRLI TONG!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
8-iyul kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo
🌡 +36°, +25°, Ochiq havo
Tong: +29°
Kun: +36
Oqshom: +34°
Namlik: 17%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 6.9 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.
Oy: Soʻnggi chorak
Quyosh chiqishi: 05:11
Quyosh botishi: 20:02
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+3
Shahrimiz koʻchalarida kechki salqinda yashil hududlarni parvarishlash va sugʻorish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 🌿💧
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Repost from Samarqand TVR | MTRK
SAMARQAND YANGILIKLARI | FUQAROLAR MUROJAATLARIGA E’TIBOR-USTUVOR VAZIFA
07.07.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
+1
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy ko‘chasida chiqindilar to‘planib, o‘z vaqtida olib ketilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda "Maroqand Obod" davlat muassasasi tomonidan ushbu ko‘chada chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari muntazam ravishda, har kuni amalga oshiriladi.
Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan har qanday masalani yoritishda xolislik tamoyillariga amal qilish, holatga to‘liq aniqlik kiritilgandan so‘ng xulosa chiqarishlarini so‘raymiz.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Repost from SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI
Suv va “yashil” infratuzilmani rivojlantirish maqsadida Samarqand shahrida kamida 4 ta, viloyat tumanlari markazlarida esa kamida bittadan sunʼiy koʻl va suv havzalari tashkil etiladi.
Samarqand shahrida qoʻshimcha 10 ta yangi favvora qurilib, mavjud favvoralar infratuzilmasi modernizatsiya qilinadi. Shuningdek, umumiy uzunligi 319 kilometr boʻlgan ariqlar tizimi quriladi va tiklanadi.
Shahar atrofida himoyaviy “yashil” infratuzilmani shakllantirish maqsadida “Yangi katta halqa yoʻli” boʻylab uzunligi 102,7 kilometr, umumiy maydoni 3532 gektar boʻlgan “yashil belbogʻ” barpo etiladi. Ushbu belbogʻ chang va issiq havo oqimlarini kamaytirish, atmosfera havosi sifatini yaxshilash, shahar atrofida tabiiy himoya zonasini yaratish hamda iqlimga moslashuv choralarini kuchaytirishga qaratilgan.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Sartepo maskanidagi 55-maktab yoʻlida qatnov qismida kovlangan joy oʻz vaqtida tiklanmay qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, murojaat Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, nosozlik bartaraf etildi. Hozirda mazkur hududdagi qatnov qismi tiklanib, harakat uchun xavfsiz holatga keltirildi.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Repost from SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI
Samarqand shahrida “Yashil Samarqand” loyiha ofisi tashkil etiladi
Bu haqida Davlatimiz rahbari huzurida choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, shaharlarda “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish yuzasidan takliflar taqdimotida ma'lum qilindi.
Unga ko'ra, Samarqand shahrining tarixiy-madaniy merosi, Buyuk ipak yoʻlidagi oʻrni, xalqaro turizm markazi sifatidagi salohiyati, strategik geografik joylashuvi hamda mavjud suv va transport infratuzilmasini inobatga olgan holda uni Markaziy Osiyoda ekologik barqaror, iqlimga moslashgan va zamonaviy “yashil shahar” namunasiga aylantirish nazarda tutilmoqda.
Shunga muvofiq, taqdimotda shaharlar ekologik barqarorligini taʼminlash boʻyicha “Green Samarkand” modeli koʻrib chiqildi.
Mazkur model doirasida 2030-yilga qadar Samarqand shahrida aniq ekologik koʻrsatkichlarga erishish belgilangan. Jumladan, atmosferaga chiqarilishi mumkin boʻlgan 51,2 ming tonna zararli tashlamalarning oldini olish, sanoat va energetika obyektlarida chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish orqali PM2.5 va PM10 zarrachalarini 50 foizga kamaytirish, qurilish obyektlaridan chiqadigan chang miqdorini 80 foizga, transport vositalaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 50 foizga qisqartirish, chiqindi poligonlari hajmini 2 barobar kamaytirish hamda aholi yashash punktlarida yashil hududlar ulushini oʻrtacha 30 foizga yetkazish koʻzda tutilgan.
Loyihani amalga oshirish uchun Samarqand viloyati hokimligi va Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ishtirokida “Yashil Samarqand” loyiha ofisi tashkil etiladi. Ushbu ofis shaharsozlik, ekologiya, transport, qurilish, turizm, sanoat va kommunal xizmatlar sohalarida belgilangan tadbirlarni yagona tizimda muvofiqlashtiradi.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
+6
Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan erta tongdan shahrimizdagi istirohat bog‘lari, ko‘cha va mahallalarda chiqindilarni yig‘ishtirish, yashil hududlarni sug‘orish hamda ko‘chalarni supurish ishlari izchil olib borilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
AZIM SAMARQAND SHAHRIM, XAYRLI TONG!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
7-iyul kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo
🌡 +35°, +24°, Ochiq havo
Tong: +29°
Kun: +35
Oqshom: +33°
Namlik: 15%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 6.9 m/s
Bosim: 756 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:10
Quyosh botishi: 20:02
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
+4
Ko‘rinmas qahramonlarimiz — Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan chiqindilarni yig‘ishtirish, ariqlarni tozalash va ko‘chalarni supurish ishlari davom etmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
Samarqand shahri ko‘chalarida o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan sun’iy notekisliklarni olish davom etyapti.
🌐 Rasmiy sahifalarimiz 👇
🌏 Telegram| 🏞 Instagram|📂 Facebook
