cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Qashqadaryo viloyat Kengashi

🌿O'zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat partiya tashkiloti rasmiy kanali. 🔶Manzil: Qarshi shahri Olchin ko'chasi 2-uy. ☎️Murojaat uchun tel: +998 95 341 70 07

Більше
Рекламні дописи
509
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
+6130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

📌“Yashil makon” – navbatdagi sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 76-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda qator sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Viloyat Kengashining sessiyasida Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida 2024 yil bahor mavsumida “Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chat va daraxtlar parvarishi hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan viloyatda o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha dolzarb masala ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlik guruhi rahbari N.Xalimovning axboroti hamda viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i B.Yazdanovning hisobotlari tinglandi.
Показати все...
Танқид ва таҳлил
Чироқчининг "Янгиқишлоқ" маҳалласидаги аҳвол кўнгилни хира қилади Вилоят ҳокими Муротжон Азимов Президентимиз яратиб берган тизим, шарт-шароит ва ишончга совуққонлик билан қараётган айрим масъулларни танқид қилди. Муротжон Азимов бу каби ўрганишларни йўл-йўлакай барча ҳудудлардаги маҳаллаларда амалга оширишини маълум қилди. Ҳудуднинг ободлиги - раҳбарнинг фаросати! Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Показати все...
#OAVda_chiqish "Oltin voha" radiokanalining "Eko hayot" eshittirishida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi a'zosi, QarMII professori Shuhrat Murodov bilan iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ko‘rsatayotgan ta'siri xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Показати все...
VOHA Ekoolam B Haqnazarova jonli.mp345.31 MB
#Ekopartiya #Qashqadaryo ✍️Hudud obodonchiligi ko‘zdan kechirildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Kitob tuman kengashi raisi Akmal Do‘stov tashabbusi bilan tuman hududida olib borilayotgan obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda ishtirok etgan Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari va obodonlashtirish ishlariga mas'ul xodimlar “Sariosiyo”, “Sevaz”, “Iskana”, “Tupchoq” mahallalaridagi markaziy yo‘l bo‘ylari tozaligi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar parvarishi, ularning sug‘orilishini o‘rganishdi. O‘rganish natijasida yo‘l chetlaridagi daraxtlar butalib, begona o‘tlardan tozalandi. Shuningdek, mas'ullarga daraxtlarni o‘z vaqtida sug‘orish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi? 📌Uyqusizlikda pistaning foydasi ✅Uyqusizlik bo‘lsa, yotishdan oldin pista iste'mol qiling, uxlatadigan doridan ko‘ra yaxshiroq ta'sir qiladi ✅ Pista inson tanasi uchun nihoyatda foydali mahsulotdir. Agar yotishdan oldin iste'mol qilinsa, maksimal ta'sirga erishish mumkin. ✅ Pistada juda ko‘p foydali elementlar mavjud - magniy, vitamin B6, oqsil. Ushbu mikroyelementlar tufayli ular odamning tez uxlab qolishiga yordam beradi va eng murakkab uyqu tabletkalarini osongina almashtiradi.
Показати все...
00:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Qashqadaryo_tabiati "Hisor" davlat qo‘riqxonasi "Nomsiz cho‘qqisi"ni kezib yurgan Sibir tog‘ echkilari "Hisor" davlat qo‘riqxonasi Tanxozdaryo bo‘limi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan videoqopqon ob'ektiviga tabiat qo'ynida bexavotir yurgan Sibir tog‘ echkilari muhrlandi. Sibir tog‘ echkilari odatda o‘zlari uchun xavfsiz va yetarlicha ozuqa manbai bor ulkan cho‘qqilar, tik qoyalar, baland tog‘lar bag‘rida yurishadi.
Показати все...
сибирь тог эчкиси 2024.mp418.50 MB
#Islohot_va_samara 📌Qashqadaryoda quyosh panellari ishlab chikarish korxonasi qurilmoqda Qarshi shahrida joylashgan erkin iqtisodiy zonasi hududida “SUN-HIGHTECH” MChJ tomonidan umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etuvchi va qiymati 13 mln dollari bulgan quyosh panellarini ishlab chikarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaning 65 foizi mahalliy investorning o‘z mablag‘lari tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, ishlab chiqarish uskunalarining umumiy qiymati 1,4 million dollar. Loyihaga zamonaviy xorijiy texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, korxonaning texnologik hamkori Xitoyning “WUHAN OOITECH TRADING CO.LTD” korxonasi hisoblanadi. Shuningdek, rasmiylar taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra korxona to‘liq quvvatda ishlaganda bir yil davomida 150 MVt quvvatli mahsulot ishlab chiqaradi va ularning 50 foizi eksportga yo‘naltiriladi. Bu korxonani ishga tushirish muddati joriy yilning IV choragi etib rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 150 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Показати все...
#Ekopartiya #Qashqadaryo ✍️BPT raishlari yigilishdi... Oʼzbekiston Ekologik partiyasining Mirishkor tuman kengashida BPT raislari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida partiyaning oʼz oldiga qoʼygan maqsad va vazifalarining bajarilishi, yoʼl qoʼyilayotgan ekologik muammolarning bartaraf etilishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi targʼibot tadbirlari va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha rejalar tuzildi. Ishtirokchilar shuningdek, yangi a’zolarni ko’paytirish, BPTlar ochish bo’yicha oʼz taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Показати все...
#Ekopartiya #Qashqadaryo ✍️Fuqarolar murojaati deputat e'tiborida Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashi deputati Gulshoda Xodjayeva fuqarolar tomonidan kelib tushgan sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlarni o‘rganib chiqdi. Qabul davomida fuqarolar muammolari tinglanib, ba'zi masalalar shu kunning o‘zida hal etildi, ayrim muammolar yuzasidan tavsiyalar berildi. Qabul davomida deputat saylovchilarga Ekopartiya haqida ma'lumot berib, ularni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Shuningdek, aholida ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha tushunchalar berdi.
Показати все...
#Ekopartiya #Qashqadaryo ✍️Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yakkabog’ tuman Kengashi faollari tomonidan tumandagi Ayg’irko’l mahallasidagi Yangi O’zbekiston massivida hashar yo’li bilan obodonlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Hashar davomida ko’p qavatli binolar atrofida tozalanib, hududga ekilgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari sug’orilib, parvarishlandi. Hududni yashil makonga aylantirish maqsadida turli manzarali gul ko’chatlari ekilmoqda.
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.