cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

moziy.edu.uz

Shavkat Mirziyoyev: mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
276
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from Edu.uz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Tanlov_2022 ⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda talabalar (bakalavriat, magistratura) va yosh tadqiqotchilarning ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovini e’lon qiladi. 📌Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi: 👉 texnika va texnologiya; 👉 axborot texnologiyalari; 👉 tibbiyot; 👉 qishloq va suv xo‘jaligi; 👉 arxitektura va qurilish. ☝️Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari: 🥇-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m; 🥈-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m; 🥉-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi. Batafsil 👈 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ta'lim Markazi, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida bepul onlayn olimpiada oʻtkaziladi! 🔴 Olimpiada quyidagi kategoriyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: ⭕️ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “BILAGʻON” integratsion olimpiadasi (ona tili, oʻqish va tabiat fanlari uygʻunligida); ⭕️ 5-11-sinf o‘quvchilar, talabalar va oʻqituvchilar uchun ona tili va adabiyot fanlaridan; 📲 Ushbu @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🗓 Olimpiada 21-oktabr kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha khiso.site.uz saytida bo‘lib o‘tadi. 🏆 Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling. 👉 @khiso
Показати все...
Show comments
2-asos bo'yicha joylarga chiqqan holda muammolarni o'rganishni davom etyapmiz. Xudo xohlasa ijobiy natijalar beradi. Mazkur yildagi rejalarimizga 2 ta asos belgilagandik: 1. Prezident Shavkat Miromonovichning Yoshlar forumidagi nutqlari va Oliy Majlisga murojaatnomalari. 2. Bevosita o'zimiz Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, ... ga borib talabalar bilan uyishtirgan ochiq suhbatimizdan olingan xulosalar. 1-asos respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalariga tegishli jihatlarni qamrab olsa, 2-asosimiz aynan hudud va ta'lim muassasasi talabidan kelib chiqadigan jihatlarni ko'zda tutadi. Masalan, Qashqadaryoda bo'lganimizda talabalar bizga bevosita o'zimizning ulkan zavodlarda ishlaydigan tajribali shaxslar ma'ruzalar o'tib borsa degan takliflarni olg'a surishdi. Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida bu takliflar bo'yicha samarali natijalarni qo'lga kiritish mumkin deb o'ylaymiz. Xorazmdagi uchrashuvda matematika bo'yicha Qorako'l maktablari bilan, qolaversa, jahon bilan raqobatdosh bo'la oladigan tizim, markazlar kerakligi so'raldi.
Показати все...
Qadrli ustozlar! Biror sportchi, biror olimpiadachi muvaffaqiyat qozonsa, bilamizki, uning ortida ustozi, "kadr ortidagi rejissor" bo'ladi. Har oyning, albatta, quyoshi bor. Ustozlarni qog'ozga ko'mganimizda, qadri va maoshini pasaytirganimizda, paxta terdirib, ko'cha tozalatganimizda nima bo'lganini ko'rdik: mardikorlar ko'paydi, korrupsiya urchidi, taraqqiyot to'xtadi. Shukurlar bo'lsinki, bugun vaziyat yaxshi tomonga o'zgarmoqda. Hali qilinishi kerak ishlar ko'p bo'lsa-da, dillarga umid qaytgani rost. Biz ustozlarimizni - "payg'ambarlarning merosxo'rlari"ni Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. Jamiyatda eng martabali inson kim desa, o'qituvchi deydigan; yoshlardan kim bo'lishni istaysan desa, o'qituvchi bo'laman deydigan kunlarni ko'rish barchamizga nasib qilsin. @yusufabsoatov
Показати все...
Hurmatli talabalar! So'nggi ikki yil - pandemiya davri ko'rsatib berdiki, ta'limimizda qilinadigan ishlar biz o'ylagandan ancha ko'p, yaralari ancha chuqur ekan. Biroq talabalar tushunib yetishyaptiki, oliy ta'lim bu maktab ta'limi emas. Maktabda ustozlar o'quvchilarga baliq tutib berishar edi, oliy ta'limda esa talabalar o'zi ov qiladi, ya'ni mustaqil ishlashadi. Hech qanday sabab kishini ilm olishdan to'xtatmasligi lozim. Ustozlardan zarur ko'rsatmani olib mustaqil izlanish - bugungi kun talabi. Biz bosmaxona uskunasini tuyaga ortib bo'lsa ham yurtiga olib kelgan, ilm ishtiyoqida Sharq-u G'arbni kezib chiqqan, bittagina hadis biluvchini izlab ming chaqirim joyga borgan, qamoqxonadan qori bo'lib chiqqan zotlarning avlodimiz. Ilm olishda shiddat ko'rsatish qonimizda bor. Talabalar! Sizlarga Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr muborak bo'lsin. Ajdodlarga munosib bo'lish hammamizga nasib qilsin. @yusufabsoatov
Показати все...
#ДИҚҚАТ_ЭЪЛОН Хурматли талабалар! ▶️ Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 2020/2021 ўқув йилида ўтказилаётган талабалар ўртасидаги Республика онлайн фан олимпиадасининг 2-босқичи учун рўйхатдан ўтиш 2021 йил 17 май куни соат 09:00 дан 24 май куни соат 09:00 гача давом этади. ❗️Диққат! Olimpiada.edu.uz тизимидан фақат ОТМларда ташкил этилган олимпиаданинг 1-босқичидан мувафаққиятли ўтган талабаларгина рўйхатдан ўтиб, онлайн олимпиадада қатнаша олади. ☝️ Эслатма! Талаба паспорт серияси орқали фақат бир марта рўйхатдан ўтиш имконига эга. Талаба тизимдан фақат битта фан орқали рўйхатдан ўтиши мумкин ва кейинчалик тест топшириш фанини ҳамда тилини ўзгартира олмайди! Рўйхатдан ўтишга улгурмаганларнинг эътирозлари кўриб чиқилмайди. Олимпиада ўтказилиш саналари olimpiada.edu.uz тизимида эълон қилинади. Тизимдан фойдаланиш йўриқномасини қуйидаги ҳавола орқали юклаб олишингиз мумкин: 👉 Йўриқнома Обуна бўлинг: 👇👇👇 Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
Показати все...
Assalomu alaykum. Ushbu testlarni yechib kimyoga oid bilimlaringizni oshirishingiz mumkin. 1-testda 20 ta savol bor. 2-testda 30 ta savol bor va 1 soat vaqt beriladi. Har bir testda variantlar soni cheklanmagan, ya'ni testni yakunlaganingizdan keyin yangi variant ochiladi. Barcha testlarning video yechimlari keltirilgan. Onlaynkurs.uz @kimyonoldan
Показати все...
Biz raqamli iqtisodiyotga o'tyapmiz. Bu aniqlik, vaqt tejalishi degani. Bugun davlat xizmatlari onlayn rejimda ishlayotganiga qaramay hali ham fuqarolarning ko'pchiligi elektron imzodan foydalanayotgani yo'q. Joylardagi tushuntirish ishlari ham katta effekt bermayotganini ko'ryapmiz. Shu bois ishni eng faol qatlam bo'lmish talabalardan boshlash eng maqbul yo'l deb o'ylaymiz. Agar talabalarimiz hozirdanoq onlayn xizmatlardan foydalanishni bilsa, hozirdanoq elektron raqamli imzoga ega bo'lsa, ertaga ish boshlashi oson bo'ladi. Bir kishining vaqti, kuchi tejalsa, buni yuz minglab fuqarolar darajasida olib qarasak, qancha vaqt, qancha kuch boshqa foydali ishlarga sarf bo'lishi mumkin. Bugungi hamkorlik shu jihati bilan ahamiyatli. @yusufabsoatov
Показати все...
#Ҳамкорлик Тўрт томонлама ўзаро ҳамкорлик Давлат хизматлари агентлиги, Мактабгача таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўртасида ўзаро ҳамкорлик тўғрисида меморандумлар имзолаш маросими бўлиб ўтди. Маълумот учун, 2020 йилда тақдим этилган 8,2 миллион давлат хизматларининг атиги 16 фоизидан онлайн форматда фойдаланилган. Ушбу меморандумларда ҳамкорлик доирасида 590 мингдан зиёд талаба ва 41 мингдан ортиқ профессор-педагоглар, 504 мингга яқин ўқитувчи ҳамда 439 минг мактаб битирувчиси, шунингдек мактабгача таълим соҳасининг 100 мингга яқин ходимини электрон хизматлардан фойдаланишга ўқитиш назарда тутилмоқда. Батафсил 👈🏼📰 🔗Алоқада қолинг: Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.