Mabrur | Dasturlash va AI
Відкрити в Telegram
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog Ijtimoiy tarmoqlarim: https://taplink.cc/mabrur @tweetlarim
Показати більше5 045
Підписники
Немає даних24 години
-237 днів
-10030 днів
Архів дописів
5 oy avval mana shu narsa haqida linkedinda yozgandim.
Tarjimasi izohlarda bo’ladi
Repost from Uzbekonomics
Bu narsa qanchalik etikaga va qonunga to'g'ri keladi?
https://www.gazeta.uz/ru/2026/09/17/si-davomat/
Menimcha, shaxsga doir ma'lumotlar haqidagi qonunda ham yozib qo'yilgan - voyaga yetmagan shaxslarning ma'lumotlariga ishlov berish uchun ota-onadan rozilik olish kerak. Har bittasidan.
Undan tashqari, voyaga yetmaganlarning yuzini sun'iy intellekt orqali yig'ish, qayta ishlash va saqlash va eng muhimi ularning tibbiy ma'lumotlari bazasiga ulab qo'yish katta riskli ish emasmi? Xavfli emasmi? Sizib chiqib ketsa shu bolalarning hayotiga xatar emasmi? Tibbiy ma'lumotlarning daxlsizligi kabi narsa ham bor. Uni davomatga ulash menimcha noto'g'ri. Inson va doktor orasidagi ma'lumotlariga uchinchi shaxslarning egalik qilishi ham etikaga ham qonunga ham to'g'ri kelmasligi kerak. Ayniqsa yoshlarning.
Raqamlashtirish yaxshi, lekin bunisi menimcha ortiqcha. Texnologiyani maktablarni zamonaviylashtirishga, darsxona sharoitlarini yaxshilashga ishlatish maqsadga muvofiq.
Podkastimizning oxirgi epizodida gaplashgan mavzuga tayyor yangi misol-keys ekan.
@uzbekonomics
Bitta prompt bergandim 30 minutda Max planni uxlatib tashladi Fable.
Claude GGmi deymanda.
Repost from Kamron Fozilov
AI bilan ishlashda oxirgi paytlarda menga juda qiziq tuyulayotgan muammolardan biri workslop
Masalan, kimdir ChatGPT'ga biror narsani berib, 20 soniyada 10 ta abzas matn generatsiya qiladi va sizga yuboradi. Uni yozishga deyarli vaqt ketmagan, lekin siz o'qib, nima demoqchi bo'lganini tushunishingiz, faktlarini tekshirishingiz va kerakli joylarini ajratib olishingiz uchun 10 daqiqa sarflashingiz mumkin.
Ya'ni AI uning vaqtini tejadi, lekin tejagan vaqtini sizga xarajat qilib berdi. Menimcha AI bilan ishlashdagi yangi odoblardan biri shu bo'lishi kerak: biror narsani generatsiya qila olish, uni boshqa odamga o'sha holicha yuborish mumkin degani emas. Agar men sizga uzun matn yuborayotgan bo'lsam, uni avval o'zim o'qib, kerakli qismini ajratib, imkon qadar qisqartirib berish ham mening vazifam.
Bu mavzuni yozayotganimning sababi oxirgi paytlarda buni ko'p ko'ryapman. Oddiy suhbatlarda ham odamlar javobni AI'da generatsiya qilib, deyarli o'qimasdan narigi tomonga yuboryapti. Menimcha bu yaxshi odat emas. O'zingiz 20 soniya sarflagan narsani boshqa odam 10 daqiqa o'qib chiqishini kutish, ma'lum ma'noda uning vaqtini hurmat qilmaslik.
AI yaxshi ishlatilsa ikkala tomonning ham vaqtini tejashi kerak. Faqat yuborayotgan odamnikini emas.
Repost from Mabrur | AI & Automation
Oldingizga bitta kofechani qo'yib olib ko'rish shart bo'lgan video
https://youtu.be/mFT926A6xUY?si=DDmWvGubz5-05erD
Kompyuterim qizib ketyapti, coding uchun norm laptopim yoq, kompim sekin ishlayapti deyotganlar oyiga $16 dan contabodan bitta vps oling va mana shu setupni qilib oling, qadim zamondan qolgan intel kompyuterda ishlasangizam farqi yo’q bo’lib qoladi
Bugun o‘zim uchun to‘liq remote development muhitini yig‘ib oldim va laptop resurslariga bo‘lgan bog‘liqlikdan ancha qutuldim.
Oldin bir vaqtning o‘zida bir nechta Docker container, terminallar va AI agentlarni yurgizsam, MacBook qizib, RAM tez to‘lib qolardi. Eng yomoni — macimni yopishim bilan hamma jarayon uzilardi, caffeinate umuman variantmas edi, portlab ketay deyotgandi kompyuterim. Endi esa butun og‘ir yuk VPS’da aylanadi.
Nimalarni sozladim:
• Dokploy va Docker: Serverda containerlarni boshqarish va keyinchalik loyihalarni bir joydan oson deploy qilish uchun qulay boshqaruv paneli tayyor. • T3 Code: To‘g‘ridan to‘g‘ri VPS’ga o‘rnatildi. Endi AI agentlar mening kompyuterimni qiynamay, serverning o‘zida kod yozadi va buyruqlarni bajaradi. • Tailscale: MacBook, iPhone va VPS bitta xavfsiz private tarmoqda. Servislarni public internetga ochib o‘tirmay, hamma joydan to‘g‘ridan to‘g‘ri xavfsiz ulanish mumkin.Eng zo‘r qulayligi — qurilmalar o‘rtasidagi uzluksizlik. Masalan, ko‘chada ketayotganda iPhone orqali T3 Code’ni ochaman:
• Serverdagi tasklar qanday ketayotganini ko‘raman; • Agent qayerdadir to‘xtab, savol bersa javob beraman; • Terminal buyrug‘i yoki o‘zgarishlarga ruxsat (approval) kerak bo‘lsa tasdiqlayman; • Yoki shunchaki yangi task berib, telefonni cho‘ntakka solib qo‘yaman.@mabrur_dev
Gpt PRO userlarga Astra 6 modeli ochilishni boshladi.
Bekor berishdida, yana bir-ikki kun kutib tekin reset banklar olmoqchidim🥲
Focuz X pre-order qilib qo'ydim. Super arzon narxda sotilyapti hozir, ulgurib qoling.
https://foc.uz/index.html#reserve
Repost from Khumoyun Codes
📌 E'lon! Doimiy ishlash uchun, co-working qidirayotganlar bo'lsa, ofimizda 3 ish o'rni bo'shadi, katta co-workinglardan zerikkanlar bo'lsa biz bilan bog'laning :)
🤔 Biz nima beramiz?
- Studiyadan va uning jihozlaridan to'liq foydalanish
- Yuqori tezlikdagi internet
- Kreslo va stol
📍Joylashuv: Shahriston metro bekatidan 80 metr uzoqlikda
⚠️ Shartlar:
- Tozalikka e'tibor berish
- Ofisdan faqat ish joyi sifatida foydalanish
- Ijara haqqini o'z vaqtida to'lash
👇 Qiziqqanlar bo'lsa quyidagi ma'lumotlarni @EpicLabAdmin profiliga yozib qoldiring:
- Ismingiz
- Yoshingiz
- Ish joyingiz yoki o'qish joyingiz
Oylik ijara narxi: Kishi boshiga 100$
Agar 3 kishilik jamoa birdaniga kelsa chegirma qilib beramiz :)
@khumoyun_codes
Hostinger Hermes Agentsni setup qilish uchun tayyor template yasab qo'yganakan, lekin juda o'zidan ketib qolgan ekan pricinglar.
Oylik tanlasangiz birinchi oyga $12 yechadi, keyin har oy $20 dan yechadi.
Atigi 10 gb storage beryapti, uni ko'paytirmoqchi bo'lsangiz yana qo'shimcha pul.
Ishlatmanglar-e bunaqa chala templateini. Undan contaboga host qilinglar, ancha arzonroq.
@mabrur_dev
Oz qoldi do'stlar. Mustaqilligimizning 35 yilligiga katta sovg'a bo'ladi )
@mabrur_dev
Repost from Mabrur | AI & Automation
Ayolimni Uzum magazini bor, chatgpt desktop app bilan bir dunyo javob yozilmagan izohlarga javob yozdirishni o'rgatib berdim.
Ayolim endi otchotlarni, analitika va raqobatchilari analizlarini chatgpt bilan birga qilishni biladi.
Endi bolaga qarab yurgan paytidayam ovoz bilan gaplashib, ishlarini qildirib o'tiraveradi
Haliyam chatgpt desktopini ishlatmayotgan bo'lsanglar, bugunoq o'rnatib ishlatinglar
Tadbirkorlar uchun AI & Avtomatizatsiya o'rgatadigan kanal bu yerda
+1
Grok 4.6 chiqdi. Cursorda 1 hafta 50% off sinab ko'rsangiz bo'ladi.
@mabrur_dev
