Mabrur | Dasturlash va AI
الذهاب إلى القناة على Telegram
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog Ijtimoiy tarmoqlarim: https://taplink.cc/mabrur @tweetlarim
إظهار المزيد5 112
المشتركون
-424 ساعات
-117 أيام
-11530 أيام
أرشيف المشاركات
Hostinger Hermes Agentsni setup qilish uchun tayyor template yasab qo'yganakan, lekin juda o'zidan ketib qolgan ekan pricinglar.
Oylik tanlasangiz birinchi oyga $12 yechadi, keyin har oy $20 dan yechadi.
Atigi 10 gb storage beryapti, uni ko'paytirmoqchi bo'lsangiz yana qo'shimcha pul.
Ishlatmanglar-e bunaqa chala templateini. Undan contaboga host qilinglar, ancha arzonroq.
@mabrur_dev
Oz qoldi do'stlar. Mustaqilligimizning 35 yilligiga katta sovg'a bo'ladi )
@mabrur_dev
Repost from Mabrur | AI & Automation
Ayolimni Uzum magazini bor, chatgpt desktop app bilan bir dunyo javob yozilmagan izohlarga javob yozdirishni o'rgatib berdim.
Ayolim endi otchotlarni, analitika va raqobatchilari analizlarini chatgpt bilan birga qilishni biladi.
Endi bolaga qarab yurgan paytidayam ovoz bilan gaplashib, ishlarini qildirib o'tiraveradi
Haliyam chatgpt desktopini ishlatmayotgan bo'lsanglar, bugunoq o'rnatib ishlatinglar
Tadbirkorlar uchun AI & Avtomatizatsiya o'rgatadigan kanal bu yerda
+1
Grok 4.6 chiqdi. Cursorda 1 hafta 50% off sinab ko'rsangiz bo'ladi.
@mabrur_dev
Shaxsiy yoki do‘stlaringiz bilan ochgan Telegram guruhiga har qanday botni qo‘shishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
Muhim narsani unutmang: botga berilgan ruxsatlarga qarab, bot guruhdagi xabarlar va yuborilayotgan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin.
Botni yaratgan odam yoki uning tokeniga kirish huquqi bor istalgan kishi, guruhga kelayotgan har qanday ma’lumotlarni texnik jihatdan o‘qishi va saqlashi mumkin.
Shuning uchun shaxsiy yozishmalar bor guruhlarga ishonchsiz yoki kim yaratgani noma’lum botlarni qo‘shmagan ma’qul
@mabrur_dev
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Claude Code yangiligi: sessiyalar endi bir-biri bilan gaplasha oladi 🎉
Bir sessiyada bitta funksiya, boshqasida loyihaning boshqa qismi ustida ishlayapsizmi? Endi Claude’dan bir sessiyadagi muhim kontekstni ikkinchisiga uzatishni so’rash kifoya — u qisqa xulosani yuboradi va ikkinchi sessiya shu ma’lumot bilan ishlashda davom etadi.
Boshqa sessiyaga savol berib, javobni hozirgi sessiyangizda olishingiz ham mumkin.
Sinab ko’rish uchun Claude Code’ni yangilang.
Repost from Mabrur | AI & Automation
Hermes Agent’ga katta update keldi.
Yangilab, biroz ishlatib ham ko‘rdim. Juda yaxshi narsalar qo'shilgan va men uchun eng muhim o‘zgarishlar:
🎙 Hermes bilan endi jonli gaplashish mumkin
Oldingidek ovoz yuborib, to‘liq javobni kutmaysiz. Hermes javob tayyor bo‘lishi bilan gapira boshlaydi.
Gapining o‘rtasida to‘xtatib, yangi topshiriq bersangiz ham darrov sizni eshitadi. Hatto o‘zingiz tanlagan wake word orqali chaqirish mumkin.
🔎 Research ancha ishonchli bo‘ldi
Hermes internetdan ma’lumot yig‘ib, har bir muhim fikrga tekshiriladigan manba qo‘shadi.
Hatto berilgan ma’lumotni fact-check qilib:
— qaysi joyi to‘g‘ri;
— qaysi joyi noto‘g‘ri;
— qaysi joyini tasdiqlab bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
🧠 Uzoq vazifalarda kamroq to‘xtaydi
Oldin agentning tool ishlatish limiti 90 ta edi. Endi 500 tagacha oshirilgan.
Tool xato qilsa ham Hermes ko‘p holatda o‘zi sababini topib, boshqa yo‘l bilan davom etishga harakat qiladi. Uzun vazifalarda kontekstni ham yaxshiroq saqlaydi.
Ya’ni katta research, kod yozish yoki ko‘p bosqichli ishlar o‘rtada to‘xtab qolishi kamaygan.
✋ Ishlayotgan paytida yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin
Hermes noto‘g‘ri tomonga ketayotgan bo‘lsa, endi uni to‘xtatib, hammasini qaytadan tushuntirish shart emas.
Ish jarayonida yangi xabar yozasiz — u bajarilgan ishni yo‘qotmasdan yo‘nalishini o‘zgartiradi.
🤝 Agentlar bir-biri bilan yaxshiroq ishlay oladi
A2A (agent to agent) protokoli qo‘shildi. Endi Hermes boshqa mos agentlarni topishi, ular bilan gaplashishi va vazifa topshirishi mumkin.
Kanban orqali esa Researcher, Developer, Reviewer kabi alohida agentlarga vazifalarni bo‘lib, handoff qilish mumkin.
Lekin bu yerda muhim nuqta bor: A2A qo‘shilgani bilan agentlar avtomatik zo‘r jamoaga aylanmaydi. Rollar, vazifalar va tekshiruv jarayonini baribir to‘g‘ri qurish kerak.
🖥 Desktop ilova oddiy chatdan workspace’ga aylanmoqda
Hermes yaratgan HTML, mini-app va boshqa artifact’larni chat yonida jonli ko‘rish mumkin.
Plugin tizimi ham qo‘shilgan. Birinchi katta pluginlardan biri — agentlar bilan ishlash uchun Kanban.
Umuman, bu update’da chiroyli UI’dan ko‘ra agentga uzoqroq vazifa berish, kamroq nazorat qilish va kerakli joyda yo‘nalishini o‘zgartirish tomoni kuchaygan.
Agar haliyam yangilamagan bo'lsangiz mana shu command bilan update qilib oling:
hermes update
AI & Automation bo'yicha tajriba va fikrlarim shu yerdaTelegram "Ruchka" sovg'asi borlar 250 starga upgrade qilsa bo'larkan, ularni ichida 3% ehtimollik bilan mana shu "Vibe Coder" modeli tushishi mumkin ekan.
@mabrur_dev
Buzz.xyz ni ishlatmaganlar bo'lsa ishlatinglar.
Openclaw, Hermesni bosib ishlatgan user sifatida aytaman, bunisi boshqa darajada. Ayniqsa jamoaviy ishlashda.
Tez orada ishlar kamayib qolsa Youtubega video qilaman shu bo'yicha.
@mabrur_dev
Codexga aytib o'zimga PET yasatvoldim.
Endi buni qamchilab ishlatamiz.
Kimgadir o'xshatayotgan bo'selar to'g'ri o'xshattinglar😂
Anchadan beri men uchun muhim bo‘lgan bir loyiha ustida ishlayapman.
2-avgustdan 2 oylik offline AI Automation kursini boshlashni reja qilganmiz. Darslar dam olish kunlari bo‘ladi.
Kurs asosan tadbirkorlar, marketologlar va operatsion jarayonlar bilan ishlaydiganlar uchun.
Bu yerda AI haqida shunchaki oldi-qochdi darslar bo'lmaydi. Uni kundalik ishlaringizga qo‘shib, real tizimlar quramiz.
Masalan:
— hisobotlarni tayyorlaydigan va ma’lumotlardan xulosa chiqaradigan agentlar; — Google Sheets’dagi ma’lumotlarni tahlil qilib, kerakli joylarini ko‘rsatib beradigan agentlar; — kontent g‘oyalari, reja, matn va kreativlar bilan ishlaydigan agentlar; — tasklarni tartiblaydigan, muhimlarini ajratadigan va bajarilishini kuzatishga yordam beradigan agentlar; — jamoangizdagi takroriy va operatsion ishlarni yengillashtiradigan avtomatizatsiyalar; — feedback asosida natijasini yaxshilab boradigan AI agentlar.Bunga o'xshash juda ko'p AI tizimlarni o'zingiz qurishni o'rganib olasiz, bular shunchaki misol tariqasida berildi. Shuningdek, qaysi ishlarni AI’ga topshirish mumkin, qaysilarini esa topshirmaslik kerakligini ham o‘rganamiz. Maqsad hamma joyga AI tiqishtirish emas — aynan vaqt va pul tejaydigan jarayonlarga to‘g‘ri qo‘shish. Meni anchadan beri kuzatib kelayotganlar biladi: so‘nggi bir necha yillarda ishimni katta qismini AI’ga topshirganman. Kursda o‘zim har kuni ishlatayotgan usullar, agentlar va yondashuvlarni amaliy ko‘rsataman va qolganlargayam o'zini ishiga tatbiq qilishga yordamlashaman. Guruhni ataylab kichik qilyapmiz — har bir qatnashchining biznesi, vazifalari va real keyslariga alohida fokus qilish uchun. Hozir kam joy qoldi. Batafsil ma’lumot uchun arizani to'ldiring, siz bilan bog'lanamiz: 👉 form.mabrur.dev/tg Tadbirkor yoki shu yo‘nalishda ishlaydigan tanishlaringiz bo‘lsa, ularga yuborsangiz yoki postni kerakli odamga repost qilib bersangiz, xursand bo‘lardim.
