cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Kasbi tumani 24-maktab |Rasmiy kanal

Ushbu kanal maktabimiz o'qituvchilari, o'quvchilari, ota-onalar va ta'lim tizimiga befarq bo'lmagan keng jamoatchilik uchun

Більше
Рекламні дописи
324
Підписники
-224 години
-87 днів
-2030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka, 📝qoralama uchun bo’sh qog’oz va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @kasbi24maktab👈
Показати все...
#yangilik ⚡️ Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50% ustama oladi Hukumat qaroriga (681-son, 25.12.2023 y.) ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. 🗒 Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi.  ⏱️ O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida o‘qitiladi. ⚠️ Direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi. 💰 2024-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi: ➖maktab direktorlariga – 50 foiz; ➖maktab direktori o‘rinbosarlariga – 30 foiz. @kasbi24maktab
Показати все...
👍 2
⚡️ Ingliz tili o'qituvchilariga 50 foiz ustama beradigan sertifikatlar RO'YXATI (yangilangan) O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil “28”-iyuldagi 25 q/q- va 4 x/x-son qarorlariga muvofiq, quyidagi sertifikatlarning tegishli darajalari uchun INGLIZ TILI O'QITUVCHILARIning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foizlik ustamalar to'lash belgilangan. Ular: 1. Milliy sertifikat (CEFR, Multi level) - С1 2. IELTS - 7.0 3. TOEFL iBT - 95 4. TOEFL ITP - 627 (Speaking - 64) 5. Cambridge Assessment English (CAE) - 180 6. TESOL, TESL, TEFL* 7. CELTA** 8. DELTA** Module 1-2-3 - Pass, Pass A, Pass B 9. TKT Module 1-2-3 - Band 3-4 10. Linguaskill (01.08.2023 ga qadar olingan) - C1 11. Aptis (01.08.2023 ga qadar olingan) - C 12. iTEP (01.08.2023 ga qadar olingan) - C1 13. TOEIC (01.08.2023 ga qadar olingan) - 1305 * - Vazirlik tomondan qaror 5-bandi a yoki b talablarini bajarganda ** - Vazirlik tomondan qaror 6-bandi a yoki b talablarini bajarganda ☝️ Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro'yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Home Edition, Remote testing va boshqa) onlayn olingan sertifikatlar uchun USTAMA TO'LANMAYDI! 👉 @kasbi24maktab
Показати все...
👍 1
​​⚡️ O‘qituvchi qiymati boshqa mamlakatlarda qanday? Italiya: Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak; Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar. Fransiya: Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar. Shvetsiya: Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, yaʼni o‘qituvchi bo‘lmoqchi. Germaniya: Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi; Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak. Angliya: Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi... O‘zimizda: Nima uchun o‘qituvchilar yozda ta'til kunlarida maktabga bormay turib, maosh olishlari kerak, qani hammasi mahallama-mahalla yurib Ayollar daftarini shakllantirsin... P.S.: O‘qituvchilarga yuboramiz! ⚡️ Attestatsiyadan test ishlovchi bot 👉 @Attestattestbot 👉 @AttestatUz - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun!
Показати все...

👍 1👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Diqqat ‼️Pedagoglar har 5 yilda malaka oshirishadi — Prezident Qarori Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari uchun 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi. 2024-yil 1 iyuldan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarining xorijda malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi yoki stajirovkadan o‘tganligi haqidagi hujjatlari (diplom, sertifikat, guvohnoma va boshqalar) milliy uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida malaka oshirganlik to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi. 💰Oylik bot «Kasbi tumani 24-maktab» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇 @kasbi24maktab
Показати все...
👍 2
​​#yangilik ⚡️ Yangi o‘quv yilidan davomat inson omilisiz yuritiladi ✅ 2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab” tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur”da nazarda tutilgan. Dastlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. ❇️ 2024 yil 1 yanvarga qadar «Xavfsiz maktab” loyihasi kamida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida joriy etiladi. 2025 yil 1 sentyabrga qadar «Xavfsiz maktab” loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi. «Kasbi tumani 24-maktab» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇 @kasbi24maktab
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#давлат_рамзлари 2 июль — Ўзбекистон республикаси давлат герби қабул қилинган кун. "Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида"ги Қонун 1992 йил 2 июлда Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Х сессиясида қабул қилинган. Ўзбекистон Республикасининг Давлат герби гуллаган водий узра чарақлаб турган қуёш тасвиридан ҳамда сўл томонида буғдой бошоқлари, ўнг томонида очилган пахта чаноқлари суврати туширилган чамбардан иборат. Гербнинг юқори қисмида республика жипслигининг рамзи сифатида саккиз қиррали юлдуз тасвирланган: саккиз қирра ичида жойлашган ярим ой ва юлдуз мусулмонларнинг қутлуғ рамзидир. Гербнинг марказида ҳиммат, олийжаноблик ва фидоийлик тимсоли бўлган афсонавий Хумо қуши қанотларини ёзиб турибди. Ушбу рамз ва тимсоллар халқимизнинг тинчлик, яхшилик, бахт-саодат, фаровонлик йўлидаги орзу-умидларини ифодалайди. Гербнинг пастки қисмида республика Давлат байроғини ифода этувчи чамбар лентасининг бандига "Ўзбекистон” деб ёзиб қўйилган. 👉 @qarduuz 👈
Показати все...
👍 1
​​⚡️ 2024-yil 1-sentyabrdan ayrim maktab xodimlariga 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi Bu haqda joriy yil 22-iyunda imzolangan “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida nazarda tutilmoqda. 2024-yil 1-sentyabrgacha: ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. Bunda, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi; ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi; har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi. Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida: ▪️o‘quv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi; ▪️qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi; ▪️ta’lim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi; ▪️o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.  2024-2025 o‘quv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika bo‘yicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi. 2024-yil 1-sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. 👇👇👇👇 @kasbi24maktab
Показати все...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
👍 1
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.