Milliy kutubxona | Rasmiy
Відкрити в Telegram
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Показати більше9 511
Підписники
-5624 години
-987 днів
+1 03030 днів
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
жовтень '26жовт '26
жовтень '26
+542
в 26 каналах
вересень '26
+1 054
в 57 каналах
Get PRO
серпень '26
+78
в 63 каналах
Get PRO
липень '26
+241
в 149 каналах
Get PRO
червень '26
+81
в 42 каналах
Get PRO
травень '26
+650
в 76 каналах
Get PRO
квітень '26
+100
в 63 каналах
Get PRO
березень '26
+2 791
в 94 каналах
Get PRO
лютий '26
+239
в 49 каналах
Get PRO
січень '26
+180
в 74 каналах
Get PRO
грудень '25
+404
в 54 каналах
Get PRO
листопад '25
+166
в 99 каналах
Get PRO
жовтень '25
+149
в 56 каналах
Get PRO
вересень '25
+329
в 49 каналах
Get PRO
серпень '25
+82
в 63 каналах
Get PRO
липень '25
+4 597
в 35 каналах
Get PRO
червень '25
+115
в 53 каналах
Get PRO
травень '25
+163
в 111 каналах
Get PRO
квітень '25
+158
в 84 каналах
Get PRO
березень '25
+206
в 65 каналах
Get PRO
лютий '25
+1 881
в 66 каналах
Get PRO
січень '25
+2 188
в 63 каналах
Get PRO
грудень '24
+649
в 96 каналах
Get PRO
листопад '24
+2 725
в 60 каналах
Get PRO
жовтень '24
+308
в 93 каналах
Get PRO
вересень '24
+246
в 74 каналах
Get PRO
серпень '24
+152
в 49 каналах
Get PRO
липень '24
+129
в 47 каналах
Get PRO
червень '24
+176
в 50 каналах
Get PRO
травень '24
+306
в 85 каналах
Get PRO
квітень '24
+197
в 45 каналах
Get PRO
березень '24
+299
в 59 каналах
Get PRO
лютий '24
+272
в 44 каналах
Get PRO
січень '24
+297
в 57 каналах
Get PRO
грудень '23
+739
в 33 каналах
Get PRO
листопад '23
+192
в 31 каналах
Get PRO
жовтень '23
+385
в 65 каналах
Get PRO
вересень '23
+239
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+173
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+349
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+187
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+244
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+308
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+195
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+1 145
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+284
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+144
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+221
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+329
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+137
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+235
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+117
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+188
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+166
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+177
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+147
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+104
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+110
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+135
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+243
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+150
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+155
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+101
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+97
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+64
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+116
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+159
в 0 каналах
Get PRO
березень '21
+149
в 0 каналах
Get PRO
лютий '21
+134
в 0 каналах
Get PRO
січень '21
+253
в 0 каналах
Get PRO
грудень '20
+1 907
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 15 жовтня | 0 | |||
| 14 жовтня | 0 | |||
| 13 жовтня | +7 | |||
| 12 жовтня | +9 | |||
| 11 жовтня | +2 | |||
| 10 жовтня | +7 | |||
| 09 жовтня | +15 | |||
| 08 жовтня | +36 | |||
| 07 жовтня | +95 | |||
| 06 жовтня | +262 | |||
| 05 жовтня | +97 | |||
| 04 жовтня | +3 | |||
| 03 жовтня | +4 | |||
| 02 жовтня | +3 | |||
| 01 жовтня | +2 |
Дописи каналу
| 2 | ✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakili Behbudshoh Anvarov ishtirok etayotgan UNESCOning “Jahon xotirasi” Xalqaro o‘quv seminarining ikkinchi kunida ishtirokchi mamlakatlarning hujjatli meros namunalarini xalqaro reyestrga kiritish uchun tayyorlangan nomzodnomalarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
📝 Seminar doirasida ishtirokchilar kichik guruhlarda ishladilar. Har bir guruhga ikkitadan xalqaro ekspert biriktirildi. Ekspertlar ishtirokchilar bilan bevosita hamkorlikda ishlab, har bir mamlakat tomonidan taqdim etilgan nomzodnomalarni batafsil ko‘rib chiqdilar.
🎤 "Xalqaro ekspertlar tomonidan mavjud kamchiliklarni aniqlash, yetishmayotgan ma’lumotlarni to‘ldirish, noaniq yoki noto‘g‘ri ifodalangan jumlalarni tuzatish hamda hujjatlarni belgilangan talablar asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar ekspertlar bilan birgalikda nomzodnomalarga zarur tuzatish va qo‘shimchalar kiritib, ularning mazmunini yanada takomillashtirish ustida ishladik",- deya o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi B.Anvarov. | 467 |
| 3 | Jarayondan rasmlar
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 443 |
| 4 | ✅ O‘zbek kutubxonachilari Qirg‘izistonda kattalar ta'limi dekadasi doirasida o‘tkazilgan konferensiyada ishtirok etmoqda
🤝 2026-yil 14-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani axborot-kutubxona markazi direktori Nigora Xo‘jayeva va Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazi Ilmiy-uslubiy bo‘limi bosh mutaxassisi Ozoda Burxonovalar Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ishtirok etdilar.
🤝 Germaniya Milliy universitetlar assosiasiyasi (DVV International) va "Axborot-resurs markazlari" jamoat birlashmasi vakolatxonasi tomonidan "Qirg‘iziston Respublikasi jamoat kutubxonalarida kattalar uchun ta'lim amaliyotini rivojlantirish: hozirgi tendensiyalar va istiqbollarni tahlil qilish" konferensiyasi tashkil etildi.
❗️ Konferensiyaning asosiy maqsadi kasbiy tajriba almashish va ommaviy kutubxonalarda kattalar ta'limini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishga qaratildi.
📖 Konferensiya ishtirokchilariga
"Kattalar uchun ta'lim markazi" faoliyati bilan tanishtiruvchi videotaqdimot namoyish etildi.
Markaz bitiruvchilari erishgan muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashdilar va o‘z bilimlarini qanday qo‘llayotgani bilan o‘rtoqlashdilar.
📖 Kutubxonachilar uchun kitoblarni tartibga solish va katalog bilan ishlash, kitob ko‘rgazmalari va sharhlarni tashkil etish qoidalari bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazildi.
📌 Shuningdek, ishtirokchilarga milliy an'analar, hunarmandchilik, kashtachilik va yamoqchilik (quroq) san'ati namunalari namoyish etildi. | 483 |
| 5 | Jarayondan rasmlar
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 717 |
| 6 | ✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mamatov Behzodjon 2026-yil 11–18-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasining Xian shahrida bo‘lib o‘tayotgan
Ipak yo‘li xalqaro kutubxonalar alyansi (SRILA)-2026 seminarida ishtirok etmoqda.
❗️ Seminarning asosiy mavzusi “Aqlli kutubxona nazariyasi va innovatsion amaliyoti” (Smart Library Theory and Innovative Practice) bo‘lib, unda Xitoy Milliy kutubxonasi, viloyat va munitsipal jamoat kutubxonalari hamda yetakchi universitet kutubxonalari mutaxassislari tomonidan aqlli kutubxonalarni rivojlantirishning zamonaviy nazariyalari va ilg‘or amaliyotlari taqdim etiladi.
📌 Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun seminar mashg‘ulotlari bilan bir qatorda Shensi provinsiyasidagi kutubxonalarga tashriflar va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
❗️ Mazkur xalqaro seminardagi ishtirok O‘zbekiston kutubxonalarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, aqlli kutubxona xizmatlarini rivojlantirish va xorijiy kutubxonalar bilan professional hamkorlikni mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. | 575 |
| 7 | Jarayondan rasmlar
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 741 |
| 8 | ✅ 2026-yil 14-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbar va mutaxassislari yurtimizda davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ona tiliga ehtirom ko‘rsatish, imlo qoidalarini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilayotgan "Umummilliy diktant" loyihasi doirasida "Vatan tuyg‘usi va ota yurtga muhabbat" mavzusida diktant yozdilar.
📝 Mazkur tadbir mohiyati bilan tanishtirar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva davlat tilida savodli yozish madaniyatini rivojlantirish va uning darajasini oshirish, shuningdek, savodxonlik masalasiga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish dolzarb masalalardan biri ekanini e'tirof etdi va "Bugun kutubxonamizda diktant o‘tkazish uchun malakali mutaxassislarni jalb qildik. Umid qilamizki, bu kabi tadbirlar xodimlarimizning so‘zlashuv nutqini va savodli yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘maklashadi".
📌 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi. | 647 |
| 9 | Jarayondan rasmlar
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 1 076 |
| 10 | ✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakili Behbudshoh Anvarov UNESCOning “Jahon xotirasi” Xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etmoqda
📌 2026-yil 13-oktabr kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida UNESCOning “Jahon xotirasi” (Memory of the World — MoW) xalqaro o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.
📌 Seminarning asosiy maqsadi — jahon hujjatli merosini asrash va undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, uning xalqaro ahamiyatini targ‘ib qilish hamda ishtirokchi mamlakatlarga o‘z tarixiy va madaniy merosini UNESCOning “Jahon xotirasi” xalqaro reestriga kiritish uchun nomzodlik hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
📝 O‘zbekiston tomonidan UNESCOning “Jahon xotirasi” xalqaro reestriga nomzod sifatida “Samarqand, 1868–1893” fotoalbomi taqdim etilgan. Ushbu hujjatli meros namunasini xalqaro ekspertlar bilan birgalikda o‘rganish, nomzodlik hujjatlarini takomillashtirish va xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish seminar doirasidagi muhim vazifalardan biridir.
📌 Mazkur seminar O‘zbekistonning boy tarixiy va hujjatli merosini jahon miqyosida tanitish, uni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash hamda kutubxona va arxiv muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 2023-yilda UNESCOning “Jahon xotirasi” xalqaro o‘quv seminari Toshkent shahrida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan va bu mamlakatimizning hujjatli merosni asrash, o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish borasidagi hamkorligida muhim voqea bo‘lgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 989 |
| 11 | 📚 Bolalar kitobi muallifi va rassomi bilan uchrashuv!
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bolajonlar uchun qiziqarli adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi!
15-oktabr kuni bolalar kitobi muallifi Kristina Kretova va rassom Zilola Xamidova bilan “Sichqoncha Nedoning O‘zbekistondagi sarguzashtlari” kitobi yuzasidan ijodiy uchrashuv tashkil etiladi.
✨ Uchrashuv davomida bolalar kitob yaratilish jarayoni, qahramonlar va ularning sarguzashtlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
📅 Sana: 15-oktabr, 2026-yil
🕛 Vaqt: 12:00
📍 Manzil: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 5-qavat, Katta majlislar zali.
Barcha kitobsevar bolalarni ushbu qiziqarli uchrashuvga taklif etamiz!
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 919 |
| 12 | https://uza.uz/uz/posts/tarix-tafakkur-va-milliy-ozlikni-anglash_921271 | 1 306 |
| 13 | #Kutubxona_OAV_nigohida QADAM… O’zbekiston Milliy kutubxonasi kecha va bugun
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 1 445 |
| 14 | #Kutubxona_OAV_nigohida
O'zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi eshittirih O'zbekiston radio kanalining Millat va Ma'naviyat eshittirishida
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 1 349 |
| 15 | Jarayondan fotolar | 1 843 |
| 16 | 2026-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Germaniyada Turkiston adabiyoti”, “Collectivization Generation: Oral Histories of a Social Revolution in Uzbekistan” va “Jadid falsafasi va milliy identiklik” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.
📚 Tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva kutubxonada o‘tkazib kelinayotgan taqdimotlarning mutolaani keng targ‘ib etishda tutgan o‘rni, jadidchilik harakati namoyandalari asarlari hamda ularning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti esa ayniqsa, yosh kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olinayotganini e'tirof etdi.
📚 Milliy va umuminsoniy ahamiyatga ega g‘oyalarini keng jamoatchilikka yetkazish, ilmiy nashrlarni ommalashtirish hamda va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan taqdimotda asarlarning mazmun-mohiyati, ilmiy-amaliy ahamiyati hamda ularning O‘zbekiston tarixini, xususan, jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini o‘rganishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🎥 “Germaniyada Turkiston adabiyoti” kitobi muallifi Temur Xo‘ja o‘g‘li hamda “Collectivization Generation: Oral Histories of a Social Revolution in Uzbekistan” kitobi muallifi amerikalik tadqiqotchi Marianne Kamplar Zoom platformasi orqali so‘zga chiqib, ilmiy izlanishlarining mohiyati, ular ustida ishlash jarayoni va ularning muhim jihatlari haqida so‘zladilar.
📝 Temur Xo‘ja o‘g‘li, Shahnoza Madaeva va Shahnoza Nazarovalar muallifligida nashr etilgan “Germaniyada Turkiston adabiyoti” kitob XX asr Turkistonining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma'rifiy hayotida muhim o‘rin tutgan jadidchilik ta'limoti izdoshlarining Germaniyadagi faoliyati, ularning ilmiy-adabiy merosi va xorijda yaratilgan asarlari asosida tayyorlan bo‘lsa, amerikalik tadqiqotchi Marianne Kampning “Collectivization Generation: Oral Histories of a Social Revolution in Uzbekistan” nomli monografiyasi Sovet O‘zbekistonida qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish jarayonini siyosiy qarorlar va partiya siyosati hamda oddiy xalqning kundalik hayoti, xotiralari va tajribalari orqali o‘rganishga bag‘ishlangan. Shahnoza Madaevaning “Jadid falsafasi va milliy identiklik” nomli monografiyasida jadidchilik ta'limotining falsafiy asoslari, milliy o‘zlikni anglash masalalari, jadid ziyolilarining davlat, ilm-ma'rifat, din, siyosat va til borasidagi qarashlari tahlil etilgan.
🎤 Tadbir so‘ngida ishtirokchilar milliy tarix va jadidlar merosiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mazkur kitoblar nafaqat ilmiy jamoatchilik va tadqiqotchilar, balki keng kitobxonlar ommasiga ham manzur bo‘lishiga ishonch bildirdilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 1 625 |
| 17 | Jarayondan fotolar | 1 052 |
| 18 | ✅ Rossiyalik hamkasblarning Samarqand viloyatiga qilgan amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi
🤝 Tashrif davomida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida o‘zbekistonlik hamkasblar bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📝 Rahbarlar qutlovidan so‘ng, A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati, Sankt-Peterburgning Krasnogvardeysk tumani Markaziy kutubxonasida amalga oshirilayotgan "Nota" va "Shkaf" loyihasi, Mayakovskiy kutubxonasi, bolalar kutubxonalarining A. S. Pushkin nomidagi markazlashgan tizimi, Sankt-Peterburg Davlat ko‘zi ojizlar uchun maxsus Markaziy kutubxonalar tajribasi haqida ma'ruzalar tinglandi.
📌 Dastur doirasida mehmonlar uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi va kitob sovg‘a qilish marosimi o‘tkazildi.
📝 "Klassik adabiyot qanchalik zamonaviy?" mavzuga bag‘ishlangan davra suhbatida A.S. Pushkin, M.Y. Lermontov, N.V. Gogol fenomenini o‘rganish bo‘yicha taqdimotlar, Sankt-Peterburg teatr kutubxonasi festivali, xorijiy adabiyot kutubxonasini rus tilida jamlash tamoyillari va Yekaterinburg shahar kutubxonalari uyushmasining yangi loyihalari bilan tanishtirildi.
📌 O‘zbekistonlik hamkasblarning tajribasini o‘rganish Samarqand universitetlaridan birining kutubxonasida davom etdi.
📝 Tanishuv ekskursiyasidan so‘ng mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda Butunrossiya kutubxonachi kadrlar salohiyati markazining faoliyati va rivojlanish konsepsiyalari, V. Mayakovskiy kutubxonasining “Knigaversitet” loyihasi, Rossiya va O‘zbekistondagi kutubxonalarning qo‘shma tadqiqot va nashriyot loyihalari, Tomsk Davlat universiteti ilmiy kutubxonasining Xalqaro restavratsiya maktabi ishi, Markaziy Osiyo mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy va axborot ishlari hamda bolalar uchun loyihalar bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 1 346 |
| 19 | Jarayondan fotolar | 3 161 |
| 20 | O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U. A. Teshabaeva, O‘qish zallari xizmati rahbari O. Xamidova hamda Buxoro viloyati Axborot-kutubxona markazi direktori X. Qosimovlar 2026-yil 8–10-oktabr kunlari Armaniston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadigan “Barqaror kelajak uchun merosni asrash” Xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqdalar.
Mazkur konferensiya Armanistonda ilk chop etilgan arman yozuvidagi Bibliyaning 360 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda milliy merosni asrash, raqamli kontentni boshqarish, bibliografiyani rivojlantirish, kutubxona sohasida zamonaviy boshqaruv va xizmat ko‘rsatish yondashuvlari, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi, hujjatlarni saqlash, konservasiya va restavratsiya qilish, mualliflik huquqi hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar uchun Armaniston madaniy merosi bilan yaqindan tanishish hamda ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan sayyor sessiya ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari konferensiyada "Nodir nashrlar - tarixiy xotira manbai va madaniy meros saqlash joyi", "Yozuvchi ayollar trendda", "Hujjatli merosni asrab-avaylashda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi" kabi mavzularda ma'ruzalarini taqdim etdilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website | 2 364 |
