uk
Feedback
BBA|Samarqand

BBA|Samarqand

Відкрити в Telegram

Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 99-091-65-29 Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q

Показати більше
3 245
Підписники
+224 години
+607 днів
+17430 день

Триває завантаження даних...

Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
липень '26
липень '26
+265
в 9 каналах
червень '26
+125
в 6 каналах
Get PRO
травень '26
+87
в 5 каналах
Get PRO
квітень '26
+166
в 0 каналах
Get PRO
березень '26
+164
в 16 каналах
Get PRO
лютий '26
+223
в 22 каналах
Get PRO
січень '26
+112
в 2 каналах
Get PRO
грудень '25
+427
в 1 каналах
Get PRO
листопад '25
+237
в 5 каналах
Get PRO
жовтень '25
+225
в 19 каналах
Get PRO
вересень '25
+44
в 5 каналах
Get PRO
серпень '25
+583
в 30 каналах
Get PRO
липень '25
+174
в 27 каналах
Get PRO
червень '25
+107
в 37 каналах
Get PRO
травень '25
+204
в 11 каналах
Get PRO
квітень '25
+1 546
в 19 каналах
Get PRO
березень '25
+446
в 4 каналах
Get PRO
лютий '25
+1 602
в 3 каналах
Get PRO
січень '25
+43
в 4 каналах
Get PRO
грудень '24
+55
в 3 каналах
Get PRO
листопад '24
+161
в 8 каналах
Get PRO
жовтень '24
+34
в 1 каналах
Get PRO
вересень '24
+16
в 3 каналах
Get PRO
серпень '24
+32
в 2 каналах
Get PRO
липень '24
+43
в 2 каналах
Get PRO
червень '24
+72
в 3 каналах
Get PRO
травень '24
+10
в 0 каналах
Get PRO
квітень '24
+19
в 2 каналах
Get PRO
березень '24
+113
в 3 каналах
Get PRO
лютий '24
+14
в 4 каналах
Get PRO
січень '24
+24
в 0 каналах
Get PRO
грудень '23
+34
в 3 каналах
Get PRO
листопад '23
+10
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '23
+118
в 2 каналах
Get PRO
вересень '23
+7
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+10
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+30
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+11
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+61
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+9
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+27
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+170
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+43
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+166
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+104
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+24
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+17
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+75
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+64
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+46
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+55
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+48
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+70
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+142
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+42
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+16
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+26
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+21
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+24
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+98
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+140
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+36
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+86
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+45
в 0 каналах
Get PRO
березень '21
+60
в 0 каналах
Get PRO
лютий '21
+71
в 0 каналах
Get PRO
січень '21
+105
в 0 каналах
Get PRO
грудень '20
+830
в 0 каналах
Дата
Залучення підписників
Згадування
Канали
13 липня+4
12 липня+7
11 липня+5
10 липня+12
09 липня+7
08 липня+14
07 липня+47
06 липня+13
05 липня+12
04 липня+30
03 липня+34
02 липня+49
01 липня+31
Дописи каналу
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Rus tilida "Test sinovlarini o'tkazish tartibi bo'yicha videoqo'llanma" tayyorlandi.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha hududlarda test sinovi o'tkazishga TAYYOR!!! ✅ Age
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha hududlarda test sinovi o'tkazishga TAYYOR!!! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
337
3
Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ Ertaga 13-iyul kuni soat 09:00 dan 11:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
624
4
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Test sino
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Test sinovlari jarayonida abituriyentning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi ✔️test savollari kitobida nuqson bo‘lsa, guruh nazoratchisidan almashtirishni talab qilish; ✔️test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish; ✔️parta ustiga qo‘yilgan ichimlik suvi, ruchka, test topshiriqlarini echishda ishlatiladigan yordamchi materiallardan foydalanish; ✔️javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash; ✔️test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish; ✔️javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish; ✔️javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik; ✔️javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish; ✔️test topshirig‘i yoki javob variantida xatolik bo‘lganda, belgilangan tartibda maxsus shaklda qayd etish; ✔️belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yash; ✔️ Jarayon yakunida test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish; ✔️test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish; ✔️natijasidan norozi bo‘lganda, apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilish. Eslatma: test sinovlari davomida abituriyent sog‘ligi yomonlashishi sababli tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan olib ketilsa yoki o‘z ixtiyori bilan test o‘tkazilayotgan hududdan chiqib ketsa, uning test sinovi natijasi sog‘ligi yomonlashishiga qadar javoblar varaqasiga belgilagan javoblari asosida hisoblanadi. Unga boshqa vaqtda test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. (Asos: VMning 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 154
5
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Abituriyent ruxsatnomasi bo‘yicha qoidalar ➡️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning 1-bosqichi yakunlanganidan so‘ng, ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidan oladi. ➡️Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. ➡️Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi. (Asos: VMning 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
683
6
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Test tops
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Test topshirishda vaqt miqdori Test topshiriqlarini bajarish uchun, javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga, har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi. Har bir test topshirig‘iini yechish uchun esa 2 daqiqadan vaqt ajratiladi. Demak, 2 ta mutaxassislik fanining har biridan 30 tadan, jami 60 ta topshiriq va 3 ta majburiy fanning har biridan 10 tadan, jami 30 ta topshriq, umumiy hisobda 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Unutmang, test sinovi tugab, belgilangan vaqtda test materiallarini topshirmagan yoki topshirishdan bosh tortgan abituriyent jarayondan chetlashtiriladi va natija hisoblanmaydi. (Asos: VMning 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
692
7
#Qabul2026 2026–2027-o‘quv yili qabul test sinovlari jarayonlariga tayyorgarlik: mas’uliyat, shaffoflik va sifat — ustuvor va+5
#Qabul2026 2026–2027-o‘quv yili qabul test sinovlari jarayonlariga tayyorgarlik: mas’uliyat, shaffoflik va sifat — ustuvor vazifa 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich rahbarligida Agentlik markaziy apparati hamda barcha hududiy bo‘limlar rahbar va xodimlari ishtirokida 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 👥 Yig‘ilishda mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan test sinovlarini zamonaviy talablar asosida, adolatli, shaffof va xolis tashkil etish, barcha tashkiliy jarayonlarni puxta rejalashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 📝 Ta’kidlanganidek, har bir abituriyentning bilimini xolis baholash, teng imkoniyatlar yaratish va inson omilini minimallashtirish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois test sinovlarini o‘tkazishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, belgilangan tartib-qoidalarga so‘zsiz amal qilish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. 📝 Shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning tayyorgarlik holati, texnik va tashkiliy infratuzilmani yana-da takomillashtirish, ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jarayonlarga jalb etiladigan nazoratchilar va mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish, xavfsizlik, jamoat tartibini ta’minlash hamda bu yil yangidan joriy etilayotgan FACE ID texnologiyasini mukammal o‘zlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 👨‍💻 Yig‘ilish davomida hududiy bo‘limlar tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlil qilinib, mavjud vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va zarur tavsiyalar berildi. 🔶 Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026–2027-o‘quv yili qabul test sinovlarini yuksak tashkiliy darajada, adolat, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazish yo‘lida barcha zarur choralarni izchil amalga oshirish ta'minlanishi asosiy vazifa qilib belgilandi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
790
8
Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
731
9
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga oid statistik ma'lumotlar 🖥 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 👨‍💻 Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi. 📕 Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi. ✍️ Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar. 🎼 Abituriyentlarning 36 500 (5,4 foiz) nafari (2025-yilda 39 307) alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga; 🤝 10 581 (2025-yilda 10 572) nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. 🧾 Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 24 526 tasi (2025-yilda 18 854 ta) tasdiqlandi. 📝 Umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 (2025-yilda 85 140) nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 (2025-yilda 58 216) nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. ✔️ Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 🏘 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar me'yorlashtirildi. Hozirda 64 (2025-yilda - 65) ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada 1 183 (2025-yilda - 1 169) ta guruhda, 35 490 (2025-yilda 35 070) nafar, bir kunda esa 70 980 (2025-yilda 70 140) nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi. 📆 Test sinovlari 10 kun muddat davomida o‘tkaziladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
775
10
Samarqand viloyatida test sinovlari bo'lib o'tadigan 3,4,5,6-binolar joylashuv sxemasi Nomi: Samarqand davlat universiteti ak
Samarqand viloyatida test sinovlari bo'lib o'tadigan 3,4,5,6-binolar joylashuv sxemasi Nomi: Samarqand davlat universiteti akademik litseyi sport zali Manzil: Samarqand shahri Rudakiy koʻchasi 237-uy 3-BINO: 40-55-guruhlar Nomi: Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi(BASKETBOL va QOʻL TOʻPI ZALI) Manzil: Samarqand shahri Rudakiy koʻchasi 243-uy 4-BINO: 56-75-guruhlar 5-BINO: 76-87-guruhlar Nomi: Samarqand davlat pedagogika institut Jismoniy madaniyat fakulteti sport zali Manzil: Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy 6-BINO: 88-123-guruhlar 3-5- Binolarga kirish joyi geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHghFJ-j 6--Binoga kirish joyi geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHgLuYiA
4 956
11
Samarqand viloyatida test sinovlari bo'lib o'tadigan 1-2-binolar joylashuv sxemasi Nomi: Bilim va malakalarni baholash agentl
Samarqand viloyatida test sinovlari bo'lib o'tadigan 1-2-binolar joylashuv sxemasi Nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyatidagi boʻlimi binosi Manzil: Pastdargʻom tumani "Kamolot" mahallasi Irteshar GES koʻchasi 5-A uy. Mo'ljal: Samarqand shahar (super) kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan.    Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib. 1-2-BINOLAR: 1-39-guruhlar 1-2- Binolarga kirish joyi geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
4 448
12
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sino
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉🏻 📄 shaklida yuklab olish. 👉 На руcском 👉 In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
856
13
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Maqsadli
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Maqsadli qabul tartibi ➡️Maqsadli qabul parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan tasdiqlanadigan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari doirasida ajratiladi. ➡️Maqsadli qabul parametrlari ajratilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dastlab maqsadli, so‘ngra umumiy qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi. ➡️Abituriyent maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan taqdirda, umumiy qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etmaydi. ➡️Oliy ta’lim tashkilotlarining hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
838
14
#Qabul2026 #Abituriyent2026 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga! 🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga
#Qabul2026 #Abituriyent2026 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga! 🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan: ✔️1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. ✔️2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 📱 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. ‼️ SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. Batafsil bu yerda tanishing ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
876
15
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 023
16
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Tanlov ustuvorligi Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 149
17
#Qabul2026 #Abituriyent2026 OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASASIGA QABUL TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vaz+5
#Qabul2026 #Abituriyent2026 OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASASIGA QABUL TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida nizom” ga asosan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi. ⛳ Test sinovlari 2026-yil 7-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Fargʻona, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida tashkil etildi. 👥 Jarayonga 500 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 ta — dasturlash, matematika, fizika, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlaridan imtihon topshirdilar. 📝 Test sinovi natijalari hisoblangach, belgilangan tartibda oliy harbiy ta'lim muassasasiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 270
18
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar   OTMlarga qabulni amalga oshirish mezonlari: teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari tanlov. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
947
19
#Qabul2026 Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi ✅ Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. 📝 Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? ☑️ Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? 📑Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ❗Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📝 O‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 109
20
Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi 📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. ✅ O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat. 🎓Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar 📝 Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi: 🌱 ekologiya va atrof-muhit; ♻️ yashil iqtisodiyot; 🌍 iqlim o‘zgarishi; ☀️ qayta tiklanuvchi energiya; 💧 suv resurslarini boshqarish; 🤖 mobil robototexnika; 🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); 🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi; 🏕 ekoturizm; 🚆 temir yo‘l muhandisligi. 📝 Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan: ➡️ xalqaro energetik siyosat; ➡️ xalqaro suv diplomatiyasi; ➡️ sirkulyar iqtisodiyot; ➡️ barqaror moliya; ➡️ rivojlanish iqtisodiyoti; ➡️ ekologiya huquqi; ➡️ xalqaro savdo huquqi; ➡️ nazariy va muhandislik fizikasi; ➡️ urbanistika; ➡️ barqaror shaharsozlik; ➡️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; ➡️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar. 📝 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: ✔️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. ✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. ➡️ 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi. 👨‍💻 Hujjatni yuklab olish ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 139