BBA|Samarqand
前往频道在 Telegram
Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 99-091-65-29 94-356-93-00 Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
显示更多3 325
订阅者
-224 小时
-527 天
-26930 天
数据加载中...
吸引订阅者
九月 '269月 '26
九月 '26
+27
在2个频道中
八月 '26
+861
在26个频道中
Get PRO
七月 '26
+333
在14个频道中
Get PRO
六月 '26
+125
在6个频道中
Get PRO
五月 '26
+87
在5个频道中
Get PRO
四月 '26
+166
在0个频道中
Get PRO
三月 '26
+164
在16个频道中
Get PRO
二月 '26
+223
在23个频道中
Get PRO
一月 '26
+112
在2个频道中
Get PRO
十二月 '25
+427
在1个频道中
Get PRO
十一月 '25
+237
在5个频道中
Get PRO
十月 '25
+225
在19个频道中
Get PRO
九月 '25
+44
在5个频道中
Get PRO
八月 '25
+583
在30个频道中
Get PRO
七月 '25
+174
在27个频道中
Get PRO
六月 '25
+107
在37个频道中
Get PRO
五月 '25
+204
在11个频道中
Get PRO
四月 '25
+1 546
在19个频道中
Get PRO
三月 '25
+446
在4个频道中
Get PRO
二月 '25
+1 602
在3个频道中
Get PRO
一月 '25
+43
在4个频道中
Get PRO
十二月 '24
+55
在3个频道中
Get PRO
十一月 '24
+161
在8个频道中
Get PRO
十月 '24
+34
在1个频道中
Get PRO
九月 '24
+16
在3个频道中
Get PRO
八月 '24
+32
在2个频道中
Get PRO
七月 '24
+43
在2个频道中
Get PRO
六月 '24
+72
在3个频道中
Get PRO
五月 '24
+10
在0个频道中
Get PRO
四月 '24
+19
在2个频道中
Get PRO
三月 '24
+113
在3个频道中
Get PRO
二月 '24
+14
在4个频道中
Get PRO
一月 '24
+24
在0个频道中
Get PRO
十二月 '23
+34
在3个频道中
Get PRO
十一月 '23
+10
在0个频道中
Get PRO
十月 '23
+118
在2个频道中
Get PRO
九月 '23
+7
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+10
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+30
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+11
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+61
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+9
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+27
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+170
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+43
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+166
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+104
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+24
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+17
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+75
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+64
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+46
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+55
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+48
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+70
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+142
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+42
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+16
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+26
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+21
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+24
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+98
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+140
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+36
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+86
在0个频道中
Get PRO
四月 '21
+45
在0个频道中
Get PRO
三月 '21
+60
在0个频道中
Get PRO
二月 '21
+71
在0个频道中
Get PRO
一月 '21
+105
在0个频道中
Get PRO
十二月 '20
+830
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 27 九月 | 0 | |||
| 26 九月 | +1 | |||
| 25 九月 | +1 | |||
| 24 九月 | +2 | |||
| 23 九月 | +1 | |||
| 22 九月 | +3 | |||
| 21 九月 | 0 | |||
| 20 九月 | +1 | |||
| 19 九月 | +1 | |||
| 18 九月 | 0 | |||
| 17 九月 | +1 | |||
| 16 九月 | +1 | |||
| 15 九月 | 0 | |||
| 14 九月 | +2 | |||
| 13 九月 | +4 | |||
| 12 九月 | +2 | |||
| 11 九月 | 0 | |||
| 10 九月 | +1 | |||
| 09 九月 | 0 | |||
| 08 九月 | +1 | |||
| 07 九月 | +1 | |||
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | +1 | |||
| 04 九月 | 0 | |||
| 03 九月 | +2 | |||
| 02 九月 | +1 | |||
| 01 九月 | 0 |
频道帖子
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari sertifikat imtihonlarini topshirdilar📆 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni 🎵 musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi. ⛳ Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 💼 Talabgorlar test sinovlarini “Onlayn test” axborot tizimi orqali topshirdilar va test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👥 Jarayonda 260 nafardan ziyod musiqa madaniyati o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun jarayondan chetlatildi. 🗓️ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
| 2 | YOSH AVLOD — O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA KAPITALI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHga safari davomida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekistonda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoit va keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Albatta, chunki davlatning haqiqiy boyligi faqat tabiiy yoki moddiy resurslar bilan emas, balki bilimli, sog‘lom, xavfsiz muhitda ulg‘ayayotgan va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lgan insonlar bilan belgilanadi.
Uchrashuvda, shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va aniq rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Demografik dividend – bu shunchaki aholi sonining ko‘payishi emas. Bu – insonlarning bilim, salohiyat va mehnati mamlakat taraqqiyotining yangi imkoniyatiga aylanishidir.
Bugungi yosh avlodga berilgan imkoniyat – ertangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam poydevoridir.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 238 |
| 3 | O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining xorijiy safari davomida yana bir muhim uchrashuv o‘tkazdi.
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida ishtirok etgan va nutq so‘zlagan S.Mirziyoyeva endi Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindii.
JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.
Batafsil
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 283 |
| 4 | #SMirziyoyevaning_BMTga_tashrifi
Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar (2-qism)
1️⃣1️⃣ Ta’lim va sog‘liqni saqlash
“Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va go‘daklar o‘limi to‘rt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon bo‘ladi”.
1️⃣2️⃣ Bola — davlatning eng katta mas’uliyati
“Bola — davlatning eng katta mas’uliyati. Bola sog‘lom tug‘ilmasa, sifatli ta’lim ololmasa, biz bir insonning emas, butun jamiyatning kelajagini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lamiz. Shu kunlarda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotni o‘tkazamiz”.
1️⃣3️⃣ Orol fojiasi
“Markaziy Osiyoning butun dunyoga berishi mumkin bo‘lgan yana bir sabog‘i bor. Bu — Orol dengizi fojiasi. Orol tabiiy ofat tufayli qurimadi. Bu — o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga bo‘lgan adolatsiz munosabatning oqibati. Yangi O‘zbekiston qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etmoqda”.
1️⃣4️⃣ Ekologik yechimlar
“Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolbo‘yining faqat ekologik fojia ramzi bo‘lib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan o‘tadigan hududga aylanishi kerak. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilindi”.
1️⃣5️⃣ Sun’iy intellekt va inson
“Bugun insoniyat yana bir ulkan inqilobiy o‘zgarish qarshisida turibdi. Bu — sun’iy intellekt. Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson texnologiyaga moslashishga majbur bo‘ladimi? Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turishi shart”.
1️⃣6️⃣ Texnologiya inson hayotini yaxshilashi kerak
“Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilishga emas, aksincha, hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. O‘zbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuchaytirish tarafdori”.
1️⃣7️⃣ Qonun ustuvorligi
“Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kimligidan qat’i nazar, adolat qaror topishiga ishonishi shart. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda”.
1️⃣9️⃣ Ayollar huquqlari va imkoniyatlari
“Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Ayollarning huquq va imkoniyatlari masalasida ham shu mezonga tayanamiz. Shuning uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning alohida tizimini yaratdik. Bugun parlamentimiz a’zolarining 39 foizini ayollar tashkil qiladi”.
1️⃣9️⃣ Islom sivilizatsiyasi markazi
“Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni faqat o‘tmishni namoyish etadigan maskan sifatida emas, ilm, tafakkur va ma’rifat makoni sifatida ko‘ramiz. O‘zbekiston madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni, ma’rifat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi”.
2️⃣0️⃣ Inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo
“Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 92 |
| 5 | #SMirziyoyevaning_BMTga_tashrifi
Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar (2-qism)
1️⃣1️⃣ Ta’lim va sog‘liqni saqlash
“Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va go‘daklar o‘limi to‘rt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon bo‘ladi”.
1️⃣2️⃣ Bola — davlatning eng katta mas’uliyati
“Bola — davlatning eng katta mas’uliyati. Bola sog‘lom tug‘ilmasa, sifatli ta’lim ololmasa, biz bir insonning emas, butun jamiyatning kelajagini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lamiz. Shu kunlarda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotni o‘tkazamiz”.
1️⃣3️⃣ Orol fojiasi
“Markaziy Osiyoning butun dunyoga berishi mumkin bo‘lgan yana bir sabog‘i bor. Bu — Orol dengizi fojiasi. Orol tabiiy ofat tufayli qurimadi. Bu — o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga bo‘lgan adolatsiz munosabatning oqibati. Yangi O‘zbekiston qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etmoqda”.
1️⃣4️⃣ Ekologik yechimlar
“Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolbo‘yining faqat ekologik fojia ramzi bo‘lib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan o‘tadigan hududga aylanishi kerak. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilindi”.
1️⃣5️⃣ Sun’iy intellekt va inson
“Bugun insoniyat yana bir ulkan inqilobiy o‘zgarish qarshisida turibdi. Bu — sun’iy intellekt. Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson texnologiyaga moslashishga majbur bo‘ladimi? Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turishi shart”.
1️⃣6️⃣ Texnologiya inson hayotini yaxshilashi kerak
“Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilishga emas, aksincha, hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. O‘zbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuchaytirish tarafdori”.
1️⃣7️⃣ Qonun ustuvorligi
“Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kimligidan qat’i nazar, adolat qaror topishiga ishonishi shart. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda”.
1️⃣9️⃣ Ayollar huquqlari va imkoniyatlari
“Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Ayollarning huquq va imkoniyatlari masalasida ham shu mezonga tayanamiz. Shuning uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning alohida tizimini yaratdik. Bugun parlamentimiz a’zolarining 39 foizini ayollar tashkil qiladi”.
1️⃣9️⃣ Islom sivilizatsiyasi markazi
“Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni faqat o‘tmishni namoyish etadigan maskan sifatida emas, ilm, tafakkur va ma’rifat makoni sifatida ko‘ramiz. O‘zbekiston madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni, ma’rifat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi”.
2️⃣0️⃣ Inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo
“Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 203 |
| 6 | #Yoshlar_kuni
Yoshlar bor ekan – izlanish bor. Izlanish bor ekan – taraqqiyot bor!
🇺🇿 Yoshlar – jamiyatning buguni, kelajakka yo‘l ochib beradigan eng katta kuchdir. Ularning fikri, tashabbusi va izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ochiq muloqot qilish esa taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
⛳ Yoshlar kuni munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan samimiy uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.
📖 Uchrashuvlarda yoshlarning ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kasbiy yo‘nalishini belgilashi, zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishi, kelajakdagi maqsadlari, shuningdek, davlat dasturlari, jumladan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi haqida fikr almashildi.
👥 Ochiq muloqotlar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, imtihon va baholash jarayonlari, sertifikatlash tizimi, ayniqsa, ro‘yxatdan o‘tishda limit o‘rnatilgani, ta’limdagi imkoniyatlar hamda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ular shunchaki tinglovchi emas, balki muloqotning faol ishtirokchisi bo‘ldilar.
😎 Agentlikning hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan bunday ochiq, samimiy va mazmunli muloqotlarni davom ettirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 282 |
| 7 | #SMirziyoyevaning_BMTga_tashrifi
Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar (1-qism)
1️⃣ Ochiqlik tanlovi
“Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yo‘q. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda. Tengsizlik kuchaymoqda. Bunday paytda har bir davlat oldida tanlov turadi. O‘zbekiston o‘z yetakchisi – Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘z tanlovini qilgan. Bu – ochiqlik tanlovi”.
2️⃣ Ochiqlik — zaiflik emas
Ochiqlik — zaiflik emas. Aksincha, tinchlik uchun harakat qilish — kelajak oldida mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Biz insoniyat tomondamiz. Bilim olish, kasb egallash va o‘z kelajagini o‘zi belgilashni istagan yoshlar tomondamiz”.
3️⃣ Davlat qudrati inson qadri bilan o‘lchanadi
“Davlatning haqiqiy qudrati faqat uning iqtisodiy yoki harbiy salohiyati bilan o‘lchanmaydi. Davlatning qudrati, avvalo, inson qadrini, uning huquq va manfaatlarini qanchalik himoya qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini biz uch alohida maqsad emas, bir butun vazifa, deb bilamiz”.
4️⃣ BMTning o‘rni har qachongidan muhim
“Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmaydi. Tahdidlarning hech biri davlatlar chegarasida to‘xtab qolmaydi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni bugun har qachongidan ham muhim. Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”.
5️⃣ “BMT — 80” tashabbusi
“O‘zbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan “BMT — 80” tashabbusi doirasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib chiqib kengaytirish tarafdorimiz. Kelgusi yilda biz Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu mas’uliyatni muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati, deb bilamiz”.
6️⃣ Xalqaro huquq — umumiy qoida
“O‘zbekiston 2035–2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgan. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Biz uchun xalqaro huquq — manfaatga qarab o‘zgaradigan vosita emas. U — barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy bo‘lmasa, adolat ham umumiy bo‘lmaydi”.
7️⃣ Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar
“Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo hal etilmagan chegaralar va ziddiyatlar fonida tilga olinardi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat tamomila o‘zgardi. Biz bir-birimizga raqib emas, sherik sifatida qaray boshladik”.
9️⃣ Afg‘onistonga yondashuv
“Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash muammoni hal qilmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas. Ularga tinch hayotga erishish uchun umid, ishonch berilishi kerak”.
9️⃣ Islohotlar markazida inson
“O‘zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida “insonlar hayoti yaxshilanayaptimi?” degan mezon turibdi. Biz natijani ana shu mezon bilan o‘lchaymiz.
1️⃣0️⃣ Iqtisodiy o‘sish
So‘nggi o‘n yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oshdi”. “Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uch barobar o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 4 foizga tushib, qariyb 10 million nafar odam kambag‘allikdan chiqarildi”.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 222 |
| 8 | #Byurokratiyani_qisqartirish
Kamroq byurokratiya — ko‘proq imkoniyat!
Byurokratiya ham korrupsiya kabi turmushda, islohotlarning izchil amalga oshirilishida, ijro samaradorligiga hamda jamoatchilik bilan ishonchli muloqot o‘rnatishda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illat hisoblanadi. Uning ta’sir ko‘lami kengligi hisobga olinib, davlat darajasida dastur qabul qilindi. Bunday illatga qarshi kurash samaradorligini oshirishga davlat miqyosida hamjihatlikda, yakdil harakatlar orqaligina erishish mumkin.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda
– degan edi prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev.
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish, xizmatlarni soddalashtirish va zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Agentlik faoliyatida fuqarolar va talabgorlar uchun qulaylik yaratish, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda vaqt va resurslardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda Agentlik markaziy apparati va hududiy bo‘limlari tomonidan sohaga oid quyidagi ishlar va vazifalar amalga oshirilmoqda hamda rivojlantirilmoqda:
✔️ har oyning oxirgi jumasi “Qog‘ozsiz kun” deb e’lon qilish;
✔️ xizmatlarni soddalashtirish bo‘yicha ortiqcha jarayon va hujjatlarni qisqartirish;
✔️ raqamlashtirish, xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
✔️ fuqarolarga qulaylik yaratish uchun murojaat va arizalarni masofadan topshirish imkoniyatlarini rivojlantirish;
✔️ ichki jarayonlarni optimallashtirishda faoliyatni samarali tashkil etish;
✔️ shaffoflikni ta’minlash, ochiq ma’lumotlar va muntazam hisobotlarni yo‘lga qo‘yish.
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligining asosiy maqsadi – fuqarolar uchun qulay, ochiq, tezkor va samarali xizmatlarni ta’minlashdan iboratdir.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 247 |
| 9 | #OnlaynTest
Ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash imtihonlari
📆 2026-yil 24-sentyabr kuni Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2026-yil 28-apreldagi 209-son qarori talablariga muvofiq tashkil etildi.
🧑💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
⛳ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridada o‘tkazildi. Ularda 70 nafar talabgor ishtirok etdi.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 303 |
| 10 | #Chet_tili_maxsus_imtihon
#Natija
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tilidan imtihon natijalari e'lon qilindi
📆 2026-yil 17-sentabr kuni oʻtkazilgan koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari natijalari e'lon qilindi.
🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | 374 |
| 11 | ❓ “Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?” – Prezident
🔵Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi muloqot chog‘ida kecha suhbatlashgan ayollardan biri bilan bo‘lgan suhbatni esladi.
Davlat rahbari ayolning Rossiyada bir necha yil mehnat qilgani, ikki nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgani va bugun Andijonda daromadi ancha yuqori bo‘lganini aytganini qayd etdi.
⚡️ Shuningdek, uning ikki farzandidan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirganini ta’kidladi.
Prezident ayoldan besh yil avval farzandining oliygohga kirishiga ishongan-ishonmaganini so‘raganida, zalda o‘tirganlar:
“Hech qachon bunday bo‘lmagan”, - deya javob bergan.
💝 “Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?” - dedi davlat rahbari.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 344 |
| 12 | 📣 DIQQAT, E’LON!
Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tayotgan talabgorlar diqqatiga!
2026-yil oktabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun jami 128 000 ta o‘rin ajratilgan.
Bugungi holatga ko‘ra:
🔹 120 593 ta ariza topshirilgan;
🔹 shundan 61 596 ta ariza uchun to‘lov amalga oshirilgan.
4-oktabr kuni to‘lov qilinmagan arizalar bekor qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni Agentlik tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi va zarur hollarda qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 307 |
| 13 | 📌“Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — bu O‘zbekiston”
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida hududdagi vaziyat va yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr bildirar ekan, so‘nggi kunlarda kam uxlayotganini aytdi.
📌 Davlat rahbari Andijonda havo yaxshi ekanini, biroq hududda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligi sababli o‘ylar uni qiynayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, Prezident kecha suhbatlashgan oqsoqollardan birining “Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — O‘zbekiston” degan so‘zlarini alohida qayd etdi.
“Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim”, - dedi Prezident.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 312 |
| 14 | dtm ILOVA2026 YANGI (4).xlsx | 1 |
| 15 | 📌 “Yoshlar kuni” — ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
✅ Joriy yilning 24-sentabr kuni Bilimni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
👤 Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i V.Sirliboyev test sinovlarining shaffofligi, OTMga kirishdagi imtiyozlar va sertifikat tizimi haqida ma’lumot berdi.
✅ Shuningdek, uchrashuv davomida:
✔️ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 411-son qarorining mazmun-mohiyati;
✔️ Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
✔️ test sinovlarining shaffof, xolis va adolatli tashkil etilishi haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
💬 Uchrashuvda yoshlarning savol va takliflari tinglanib, ularga atroflicha javoblar berildi.
@BBASamarqand | 188 |
| 16 | ⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi
BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”
Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 437 |
| 17 | #OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
📆 2026-yil 23-sentyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va Toshkent davlat arxitektura universiteti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.
👨💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
💼 Imtihonda 650 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 419 |
| 18 | #OnlaynTest
🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
Xo‘jalik sohalari mutaxassislari uchun sertifikatlash imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
📆 Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 23-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Ularda 350 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida natijalarini bilib oldilar.
📝 Imtihonning yakuniy natijalari qaydnomalari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 473 |
| 19 | АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdik.
Muloqot davomida transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilishi boshlangan yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildik.
O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni bundan keyin ham kengaytirib borishga tayyor.
—
Встретилась с главным исполнительным директором Корпорации международного финансового развития США (DFC) Беном Блэком.
Обсудили крупные совместные проекты в сфере транспорта и здравоохранения, реализация которых уже началась.
Узбекистан готов и дальше расширять сотрудничество с DFC. | 316 |
| 20 | BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.
Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.
—
Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан.
Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств. | 176 |
