Lazzat sirlari 💋
Закритий канал
Erkak🤴 va ayol👸 oʻrtasidagi nozik munosabatlar haqida gaplashamiz🙈 ❗18 yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, sahifadan chiqib ketishingizni soʻraymiz❌
Показати більшеУзбекистан13 119Категорія не вказана
6 960
Підписники
Немає даних24 години
-1047 днів
-42330 днів
Архів дописів
6 960
Цитомегаловирус
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Сўнги йилларда жинсий тизим аъзолари касалликларининнг этиологик сабабларидан цитомегаловирус (ЦМВ) ва оддий герпес вируси (ОГВ) аҳамияти аниқланган. ЦМВ йўлдош орқали ҳомилага ўтиб, турли ҳил нуқсонларга олиб келиши мумкин.
Биринчи ўринда нерв тубининг нуқсонларига ва ҳомила нобуд бўлишига ёки касал бўлиб туғилишига (микроцефалия, кўрлик, эпилепсия, церебрал фалаж ва бошқалар) сабабчи бўлади. Касаллик ҳаво-томчи ва жинсий йўл билан тарқалади.
Клиник кечиши асосан латент кечувчи ва субклиник, сурункали сальпингоофорит, эндометрит, кольпит бўлиб ўтади. Ҳомиладорлик даврида ўткир формаси ва сурункали ЦМВ ўткирлаши (асосан ЎРВИ клиникаси мавжуд бўлади) ҳомила касалланишига олиб келиши мумкин.
Ташхис қўйиш учун қонда специфик антитаначалар IgG ва IgM иммунофермент анализи билан ёки ПЦР усулида аниқланади. Цервикал каналдан цитологик усул ёрдамида топилади.
Даволаш асослари. Дунёнинг 80 % аҳолисида қонда ЦМВга қарши антитаначалар мавжуд.
Шунинг учун организмнинг иммун тизими фаолиятини яхшилаш ва вирусларга қарши даволаш натижасида қонда антиген миқдори камайиб, антивирус антитаначаларининг сони ҳам нисбатан камайишига олиб келади. Даволашни ҳомиладорликдан олдин ва ҳомиладорлик даврида 12 ҳафтасидан кейин ўтказиш сарур.
Антивирус препаратлардан циклоферон, зовиракс,виролекс, ацикловир, улкарил қўлланилади.
Иммунокоррекция учун виферон перректал суппозиторийлар 2 маҳал 10 кун давомида,виусид 1 пор 2 махал 10 кун давомида, иммуномодулин 1,0 мушаклар ичига 10 кун давомида, тимоген, тимолин, тимоптин каби носпецифик иммуномодуляторлар,балиқ ёғи(рўбий жир) витаминлар қўлланилади.
Даволашда плазмаферез, АУФОК (аутоқонни ультрабинафша нурлар билан зарарсизлантириш) қўлланиш ҳам самарали бўлади.
#малумот_учун #Ayollar_Salomatligi
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
«QOGANOQ SUVI NEGA KOPAYaDI?»
–Homiladorlik davrida qogonoq suvi kopayishi va oz mikdorda xiralashishi kuzatilsa, nimalar qilish kerak? Surunkali polinefritim ham bor. Xomilaga tasiri bolmaydimi?
Gulshoda
–Qoganoq suvining kopligi homila pufagi (amnion)ning suvini sordirish xususiyati buzilganida roy beradi. Bunga jinsiy azolardagi yalliglanishlar, siydik-tanosil azolariga infeksiya tushishi, bazi ichki azo kasalliklari, bola va ona qonining bir-biriga togri kelmasligi kabi koplab omillar sababchidir. Sizning holatingizda pielonefritning ham tasiri bolishi mumkin. Yani, siydik yollariga tushgan infeksiya qoganoq suvining kopayib, xiralashuviga olib kelgan. Bu holatda tezroq davo choralarini boshlash zarur. Davolashda yoldoshdagi qon aylanishni yaxshilaydigan, mayda qon tomirlarni kengaytiradigan, qonni suyultiradigan dori vositalari buyuriladi. Albatta, kasallikni davolashda shifokor korsatmasiga kora bakteriyalarga qarshi dori vositalar ham qollanilishi kerak.
Manba: darakchi.uz
#малумот_учун #Homiladorlik
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕6 960
TURMUSh ORTOGIM «KIM UChUN BOYaNYaPSAN?» DEYDI
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Hozirgi kunda erkaklar bu gapni lab boyoqni quyuq surtadigan, qovoqni toq boyaydigan xotiniga nisbatan ishlatadi. Boshqa hollarda, yani engilgina pardoz qiladigan ayollarga nisbatan taqiq qoyiladigan holatlar kamdan-kam boladi.
Yondashuv: ota rashkchi erlarning xotinlari pardozni birdaniga boshlab, birdaniga tashlab yubormasdan, erning kozini koniktirib borishlari kerak. Masalan, avvaliga faqat qora qalam, song kiprikka tush surtib, bora-bora podvodka qoyib yursalar, erlari tasavvurida tabiiy korinishdagi ayoldek gavdalanadilar. Yorqin ranglar, soxta kipriklar bilan keskin tajriba otkazmaslik kerak. Aks holda erkak pardoz qilishni butunlay man etib qoyishi mumkin.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.
👩⚕ @Genekologiya
6 960
Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 62 yoshga to'ldilar tug'ilgan kunlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Xalqimizni va oila azolarini baxtiga sog' - salomat bo'lsinlar❗️
6 960
Ota-onalar farzandining shunday tabassumini ko'rish uchun jonini ham berishga tayyor, shundaymi?
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
🔮 Болангизни кўзлари қандай рангда бўлади. Ота-она кўзларига қараб боланинг кўз ранги вариантлари, фоизларда 👍
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Endometriy giperplaziyasi
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
– bachadon shilliq qavatining haddan tashqari osishi. Butun shilliq qavatni egallashi yoki qisman osishi mumkin. Endometriyning kistali giperplaziyasi kistalar hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.
SABABLARI:
- Estrogen saqlovchi vositalar bilan davolash
- Menopauza
- Tuxumdonlar polikistozi
- Semizlik
- Abort
- Nasliy moyillik
BELGILARI:
- Xayz davrida kop va uzoq muddatli ajralmalar
- Menopauza vaqtida ajralmalar
- Xayz davriga bogliq bolmagan qon ketishlar Menopauzadan o’tgan ayollarda qindan har qanday turdagi ajralma kelishi – bu normal holat emas. Bunday holning kuzatilishi, odatda, giperplaziya yoki o’sma jarayonlaridan darak beradi.
DIAGNOSTIKA:
- Ginekolog korigi
- Kichik tos a’zolari UTTsi , endometriy qalinligini olchash
- Gisteroskopiya
- Endometriy aspiratsion biopsiyasi - Gormonal tekshirish: progesteron va estrogen miqdorini aniqlash.
DAVOLASH:
- Progestron saqlovchi vositalar bilan davolash – bu usul bilan to’liq tuzalish mumkin, uzoq muddat 3-6 oy talab etadi.
- Jarrohlik amaliyoti – bachadonni olib tashlash.
ASORATLARI
- Atipik shaklining saratonga otishi
- Murakkab retsidivlar
- Reproduktiv yoshda bepushtlik
- Surunkali anemiya
PROFILAKTIKA
- Progesteron va estrogen saqlovchi kombinirlangan davo - Ginekolog muntazam ko`rigi (minimum yiliga 2 marta)
- Regulyar jismoniy mashqlar
- Ginekologik kasalliklar va qandli diabetni vaqtida davolash.
ascdoctoruz
#малумот_учун #Ayollar_Salomatligi
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ .... ХАЙРЛИ ТОНГ АЗИЗЛАРИМ !
Аллох юртимизга тинчлик , танимизга соғлик , ва хонадонларимизга ўз нурини ато этсин ! Қалб осмонингизда хамиша қуёш порласин!
6 960
Ko'krak sutini to'g'ri sog'ish va saqlash
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Emizish davrida bola yoki onaning kasalligi tufayli, dori ichish kerakligi uchun, onaning ishga yoki yo'lga borib kelishi uchun va boshqa holatlarda onalarda ko'krak sutini so'gib olib qo'yish ehtiyoji tug'iladi. Qolaversa, ko'pchilik onalar ishga chiqib ketadi, lekin bolajonini ko'krak sutidan ajralishini xohlamaydilar. Shuning uchun ko'krak sutini sog'ish va saqlash tamoyillarini bilmoq lozim.
Ko'krak sutini qo'lda va maxsus asbob orqali sog'ish mumkin. Kimgadir qo'lda sog'ish ma'qul kelsa, kimdir asbob orqali sog'adi. Asboblarning qulayligi shundaki, bunda onaning qo'li bo'sh bo'lib, charchamaydi. Lekin qo'lda sog'uvchi onalarning aytishlaricha, ularga asbob noqulay bo'lib, ko'krakni og'ritishi mumkin. Opa-singil, dugonalardan surushtirib o'zingizga qulay usulni tanlang.
So'g'ishni endi-endi o'rganayotganingizda sut juda kam chiqadi, lekin kuyunmang, borib-borib qo'lingiz ancha o'rganib, bir so'gishda 200 ml ga yaqin sut bemalol sog'ib olasiz.
Ko'krak sutini to'g'ri sog'ish va saqlash uchun:
1. Sut saqlanadigan idishlar toza va sterillangan bo'lmog'i kerak.
2. Sut sog'ishdan oldin qo'llaringizni yaxshilab yuving.
3. Sut saqlashda bolaga zararsiz plastik yoki shisha idishlaran foydalaning.
4. 120 yoki 180 ml idishni 60 ml gacha to'ldiring, chunki muzlaganda qo'shimcha joy bo'lishi kerak.
5. Idish ustiga sut sog'ilgan vaqtini yozib qo'ying.
6. Ko'krak sutini xona haroratida 6 soatgacha saqlash mumkin, lekin iloji boricha xolodilnikda saqlang.
7. Xolodilnikda ko'krak suti 5 kun saqlash mumkin, muzlatgichda esa 2 haftagacha.
8. Xolodilnikdagi sut bola uchun muzlatgichdagi muzlagan sutdan ko'ra foydaliroq, shuning uchun agar 2-3 kun ichida sutni ichirsangiz muzlatmang.
9. Muzlagan sutni mikroto'lqinli pechda, duxovkada yoki gaz ustida eritish mumkin emas.
10. Muzlagan sutni eritish uchun iliq suvli tog'arachaga vertikal qo'yib eritish kerak, sut erigan sari idishni aylantirib turing, isitib yubormang (badan haroratida bo'lishi kerak).
12. Eritilgan sutni qayta muzlatmang, ichmay qolinsa, tashlab yuboring.
13. Sutni olib yurish uchun maxsus muzlatgich sumkalardan foydalaning.
14. Rangi, hidi yoki mazasi o'zgarib qolgan sutni bolaga bermang.
#bola_parvarishi #Ayollar_Salomatligi #малумот_учун
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
