IIBB YHXB | Rasmiy kanali
Відкрити в Telegram
Murojaat uchun @YHXB01 📌Guruhda yo‘l harakati xavfsizligiga oid savollar, murojaatlar va takliflar bildirishingiz mumkin.
Показати більше7 610
Підписники
+1724 години
+1257 днів
+23330 день
Архів дописів
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
💻 Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan ushbu voqeada Yoʻl patrul xizmati xodimlari otaning murojaatiga zudlik bilan javob qaytarib, ogʻir ahvoldagi bolakayni tezkorlik bilan 16-sonli shifoxonagacha kuzatib borishdi.
🤝 Ularning tezkor va hamjihat harakati tufayli bola oʻz vaqtida shifokorlar qoʻliga topshirildi.
💚 Bolakayning ota-onasi YPX inspektori bilan uchrashib tashakkur aytdi. Qizchaning ahvoli yaxshi.
#iiv #iivimij #ypx
🎖 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
+2
YO‘L QOIDASI-UMR FOYDASI!
Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi
🏢 Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 2-sonli DMTT tarbiyalanuvchi bolajonlariga Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektori tomonidan yo'l harakati qoidalari bo'yicha bilim va ko'nikmalar berildi.🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
"Xavfsiz va sog'lom yurt" profilaktik oyligi davomida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxtimiz ko'chalari bo'ylab haydovchilar ishtirokida profilaktik targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda. ⚡️ Tadbir davomida haydovchilarga transport vositalarini olib qochish bilan bog’liq bo’lgan hodisalarning oldini olish borasida transport vositasini nazoratsiz qoldirmaslik, shu bilan birgalikda charchoq holatida transport vositasini boshqarmaslik kabilar yuzasidan zarur ko'rsatmalar berilmoqda. 🔖 Mavzuga doir bo'lgan targ’ibot flayerlari orqali targ'ibot ishlari olib borilmoqda.👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+2
☄️ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlar doirasida joylarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
👮♀️ Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan avtomashinalarning kuzov qismlarini ta’mirlash ustaxonalarida avtomashina olib qochish bilan bog’liq bo’lgan jinoyatlarni oldini olish, hamda yo’l-transport hodisasiga uchragan avtomashinalarni ta’mirlashning qonuniy shartlari va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha targ’ibot ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, haydovchilarga mavzuga oid buklet va flayerlar tarqatilib, zarur tavsiyalar berildi.🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+3
#️⃣ Xavfsiz va sog'lom yurt
🛵🏍Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo’l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxt ko’chalari bo‘ylab velosiped, skuter, moped va elektrosamokat boshqarayotgan haydovchilar bilan, profilaktik targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida aniqlangan qo’pol qoidabuzarlik holatlariga qonuniy choralar ko’rilmoqda.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+8
👮🏼♂️🧒Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi
💬 "Xavfsiz va sog'lom yurt" oyligi doirasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 2-batalon tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 489-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni” tadbiri tashkil etildi. Unda bolalarga svetofor ranglari, piyodalar o‘tish qoidalari hamda xavfsiz harakatlanish qoidalari bo‘yicha sodda va tushunarli tarzda tushunchalar berildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Repost from Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati | Rasmiy kanal
Пойтахтимизнинг Юнусобод, Сергели ҳамда Мирзо Улуғбек туманларида йўл ётиқ чизиқларини чизиш ишлари олиб борилди
👉 @YHXX_UZ
#JARAYON
🛣Toshkent shahri bo'ylab piyodalar o'tish joylari yengilanib yo'l yotiq chiziqlari chizilmoqda bunday ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.
+9
🚦 Ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari davom etmoqda
"Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli profilaktik oyligi davomida Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini yanada oshirish, haydovchi va piyodalarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB Ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan nosoz svetofor obyektlarini ta’mirlash, eskirgan yo‘l belgilarini bo‘yash hamda yaroqsiz holga kelgan yo‘l belgilarni yangisiga almashtirish kabi bir qator ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda. 👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
NO COMMENT...
📣 Poytaxtimiz bo`ylab "DIQQAT PIYODA" maxsus profilaktik reyd tadbirlari olib borilmoqda.
📱Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
🚨 Poytaxtimiz bo`ylab tungi reyd tadbirlari davom etmoqda.
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
"DIQQAT PIYODA" MAXSUS PROFILAKTIK REYD TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA
🛴 Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Diqqat piyoda" maxsus profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🚓 Tadbirlar davomida piyodalarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, yo‘lni faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylaridan kesib o‘tish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yo‘llarda xavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!
📱 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
🔐 Transport vositalarini olib qochish va avtomobil salon qismidan qimmatbaho buyum hamda narsalarni og‘irlanishini oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan avtoturargohlarda profilaktik tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
Repost from Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal
👉 Rasmiy ma’lumot
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib olganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 25-iyul kuni taxminan soat 08:00 larda Yashnobod tumani, Beshariq ko‘chasida, 1976-yilda tug‘ilgan Ye.A., mast holatda bo‘la turib, yo‘lning qatnov qismiga yotib olgan. U jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit bergan. Fuqaro bilan suhbatlashilganda, u spirtli ichimlik ta’sirida ekanligi aniqlangan. So‘ngra ichki ishlar va tibbiyot xodimlari tomonidan 4-Shahar klinik shifoxonasi hududidagi hushyorxonaga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
———
👉 Расмий маълумот
Ижтимоий тармоқларда аёл йўлнинг қатнов қисмига ётиб олганлиги акс этган видео тарқалиб турли муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз.
Жорий йилнинг 25 июль куни тахминан соат 08:00 ларда Яшнобод тумани, Бешариқ кўчасида, 1976 йилда туғилган Е.А., маст ҳолатда бўла туриб, йўлнинг қатнов қисмига ётиб олган. У жамоат жойида жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, транспорт воситаларининг эркин ҳаракатланишига халақит берган. Фуқаро билан суҳбатлашилганда, у спиртли ичимлик таъсирида эканлиги аниқланган. Сўнгра ички ишлар ва тиббиёт ходимлари томонидан 4-Шаҳар клиник шифохонаси ҳудудидаги ҳушёрхонага олиб борилган.
Мазкур ҳолат юзасидан Яшнобод тумани ИИО ФМБ томонидан терговга қадар текширув ўтказилмоқда. Текширув натижаларига кўра, қонунчиликда белгиланган тартибда қонуний қарор қабул қилиниши таъминланади.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK
📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads 📲 WhatsApp
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
Transport vositasini olib qochish — jinoyat!
❗️ Fuqarolarning mol-mulkini himoya qilish hamda transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida haydovchilar o‘z transport vositalarini qarovsiz qoldirmaslikka chaqiriladi.
👮♂️ Avtotransport vositasini eshiklari ochiq holda qoldirish, kalitni o‘t oldirish qurilmasida unutib ketish yoki salon ichida qimmatbaho buyumlarni qoldirish transport vositasini olib qochish hamda undan o‘g‘rilik sodir etilishi uchun qulay sharoit yaratadi.
🔐 Har bir haydovchi o‘z mol-mulkiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishi, transport vositasini tark etishdan avval uni qulflashi, kalitni o‘zi bilan olib yurishi hamda salon ichida qimmatbaho buyumlarni qoldirmasligi lozim.
‼️ Unutmang! Transport vositasini olib qochish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladigan jinoyat hisoblanadi. O‘z ehtiyotsizligingiz bilan jinoyat sodir etilishiga imkon yaratmang.
Mol-mulkingizni asrang — xavfsizlikka befarq bo‘lmang!
✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
HARAKAT_XAVFSIZLIGI
✅Poytaxtimiz ko’chalari bo'ylab yo'l yotiq chiziqlari chizilmoqda. Shahrimiz aholisi va mehmonlaridan yo'l harakati qoidalariga rioya qilishlarini so'rab qolamiz.YHXB EMB|Rasmiy kanali
"Xavfsiz va sog'lom yurt" profilaktik oyligi davomida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan juma namozini osoyishta o'tkazish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tirbandliklarning oldini olish hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash yuzasidan xizmat tashkil etildi.👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
‼️ Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish — har birimizning burchimiz!
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+3
👮♀️ Toshkent shahrining Olmazor tumanida Yo'l patrul xizmati xodimlari tomonidan, sun'iy tirbandliklarga sabab bo'lib, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid solayotgan yo'l yoqasidagi noqonuniy savdolar bartaraf etilib fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar amalga oshirilmoqda.🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+3
👮♀️ "Xavfsiz va sog‘lom yurt" oyligi doirasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batalon xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida "Diqqat piyoda" profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. 🚸 Tadbir davomida fuqarolarning yo‘l harakati madaniyati va yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘llarni faqat belgilangan joylardan kesib o‘tish, transport vositalari harakatlanadigan hududlarda ehtiyotkor bo‘lish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar aks etgan flayerlar tarqatilmoqda.✔️ Bu kabi tadbirlar poytaxt hududi bo'ylab davom etmoqda. 🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
