IIBB YHXB | Rasmiy kanali
前往频道在 Telegram
Instagram: https://www.instagram.com/iibb_yhxb_toshkent?stkn=MjJ0MW95ZTlzbGNy Murojaat uchun @YHXB01 📌Guruhda yo‘l harakati xavfsizligiga oid savollar, murojaatlar va takliflar bildirishingiz mumkin.
显示更多8 554
订阅者
-1124 小时
+257 天
+48930 天
帖子存档
🌐 Internet ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi bilan profilaktik ishlar olib borildi. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining tegishli moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rildi. ‼️ Shu o'rinda barcha haydovchilardan yo'l harakati qoidalariga va ma'daniyatiga qat’iy rioya etishlarini so'rab qolamiz! 🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+6
"Yo‘l harakati intizomi-bolalikdan boshlanadi!"
🚦 Bolalar ishtirokida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo’l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan navbatdagi targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
🧒 Toshkent shahar Mirobod tumani Mudofaa ishlari bo'limi CHQBT xodimi va Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 2-batalon YPX inspektori tomonidan poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan 214 - sonli umumta’lim maktabida yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari yuzasidan "Men ham yo‘l harakati ishtirokchisiman" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+3
🚕 Poytaxtimizning Chilonzor tumanida "Bek baraka" savdo majmuasi oldidagi, viloyatga qatnovchi, yo'lovchi tashuvchi faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilar bilan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 4-batalon xodimlari tomonidan profilaktik targ'ibot ishlari olib borildi.
Haydovchilarga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yo'l transport hodisalarini barvaqt oldini olish, yo'l harakati qoidalariga va yo'llarda harakatlanish madaniyatiga amal qilishlari yuzasidan profilaktik suhbatlar amalga oshirildi.
✅ Belgilangan qoidalarga rioya qilish;
✅ Mastlik va charchoq holatida avtomobil boshqarmaslik;
✅Viloyatlararo uzoq masofaga qatnovchilar o‘z vaqtida dam olgandan so‘ng harakatlanishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini soʼraymiz.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+7
"YO'L HARAKATI INTIZOMI - BOLALIKDAN BOSHLANADI!"
🚸 Poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan 14-sonli umum ta'lim maktabida o'quvchi yoshlarga "Yo'l qoidasi-umr foydasi" mavzusida Toshkent shahar IIBB YHXB va Uchtepa tumani Mudofaa ishlari bo'limi CHQBT xodimlari tomonidan amaliy va ko‘rgazmali ochiq dars mashg'uloti tashkil etildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+6
🚌🚌
🔤 Poytaxtimizning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida tashkil etilgan jamoat transportlari uchun mo‘ljallangan A yo‘lakda transport vositasini qoldirgan haydovchilarga nisbatan maxsus profilaktik reyd tadbirlari olib borilmoqda.
🔴 Tabdir davomida hududiy YPX xodimlari jamoat transportida harakatlanib maxsus yo‘laklarda avtobuslarni harakatlanishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratishmoqda.
✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
+5
🟦🟦🟦
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta haydovchilar piyodalar yo‘laklariga transport vositalarini qoldirish orqali fuqarolarning erkin harakatiga xalal bergan holati tarqalib keng muhokamaga sabab bo‘ldi.❗️ Hududiy YPX xodimlari tomonidan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilib profilaktik suhbat olib borildi. 🚸 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
+4
📚Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Mudofaa ishlari bo'limi CHQBT xodimlari Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 148-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining "Yo'l harakati qoidalari yosh targ'ibotchisi" klubi a'zolari bilan yo‘l harakati qoidalari yuzasidan dars mashg'uloti o'tkazildi. 🚸 Mashg'ulot davomida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, piyodalar uchun belgilangan yo‘laklardan foydalanish, svetofor ishoralariga amal qilish hamda yo‘lni kesib o‘tishda hushyor va e’tiborli bo‘lish bo‘yicha eslatib o'tildi.🇺🇿Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+1
🟦🟦🟦🟦
❗️ Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan Cobalt avtotrasnport vositasi haydovchisiga nisbatan qonuniy chora ko’rildi.
🔴 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
🟦🟦🟦
📄 Obunachilardan kelgan video.
↪️ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish ishlari olib borilmoqda..
🚛 Toshkent shahar IIBB YHXB Transport vositalarini texnik holatini nazorat qilish bo'limi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumani Obodonlashtirish boshqarmasida maxsus transport vositalarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan zarur tavsiyalar berib borilmoqda.
Bu kabi profilaktik tadbirlar joylarda davom etmoqda.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
⚡️ Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Uchtepa tumanidagi Ko‘kcha Oqtepa mahallasiga tashrif buyurilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹 Tashrif davomida mahalladagi yo‘l infratuzilmasining holati, avtomobil va piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l belgilari hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.
🔹 Aholi tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularning yechimini topish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahallada xavfsiz harakat muhitini yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
🗺Uchtepa tumanida sodir bo’lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot.
Joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 15:00 larda Uchtepa tumani KXAY ko’chasida haydovchi 2006-yilda tug‘ilgan X.Sh. Onix rusumli avtotransport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o’tish joyidan harakatlanib o’tayotgan piyodani urib yuborib YTH sodir etgan.
🚨YTH natijasida piyodaga tez tibbiy yordam ko’rsatilgan va kasalhonaga olib ketilgan.🌫 Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. ❗️ Hurmatli haydovchilar, harakat vaqtida yo’l harakati qoidalariga qatiy amal qilishingizni va piyodalar harakatiga hushyor bo’lishlarini so‘raymiz. 🚔Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+2
⏬ "Yo'l qoidasi - umr foydasi"
🏢 Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Uchtepa tumanida joylashgan 44-sonli umumtaʼlim maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari va ularning salbiy oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. ‼️ Tadbir davomida o'quvchilarga yo‘llarda harakatlanish qoidalariga qat’iy amal qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 🌟 Shuningdek, o'quvchilarga, yo‘lni kesib o‘tishda uyali aloqa vositalaridan va quloqchinlardan foydalanishning salbiy oqibatlari yuzasidan hayotiy misollar keltirdi.🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+3
🚸 Yunusobod tumanida joylashgan umumta'lim maktablarida yo‘l harakati xavfsizligi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
⚡️Yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish, bolalar ishtirokida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batalon xodimlari tomonidan targ'ibot dars mashg'uloti tashkil etildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+3
Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi!🚸 Bolalarga bolalik chog'idanoq yo'l harakati qoidalarini o'rganish va buning natijasida kelajakda na'munali yo'l harakati ishtirokchisi etib tarbiyalash maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 4-batalon xodimlari tomonidan "Diqqat bolalar!" mavzusida poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan umumta’lim maktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilariga yo'llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari yuzasidan profilaktik targ'ibot ishlari amalga oshirildi. 🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
📱 "Millar postda" dasturining navbatdagi soni.
Transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi mast holda ekanligi aniqlandi.✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
+2
👮♀️ Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yoqilgi quyish shahobchalarida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
⚠️ Tadbirda Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan transport vositalarini texnik holatini ko'zdan kechirish, o'zi va o'zgalarning hayotini xavf ostiga qo'ymaslik yuzasidan xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilgan holda harakatlanish lozimligi yuzasidan eslatmalar berildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
🚸 Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish hamda piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
+4
🟦🟦🟦
📍 Hududiy YPX xodimlari tomonidan maktablar va ularga tutash hududlarda belgilanmagan joylarda transport vositasini qoldirgan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Shu o‘rinda haydovchilardan belgilanmagan joylarda transport vositalarini qoldirmasliklarini so‘rab qolamiz.✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
📱 "Millar postda" dasturining navbatdagi soni.
Old oynalarni qoraytirib olgan haydovchiga chora ko`rildi.✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
