Termiz shahridagi Prezident maktabi
Відкрити в Telegram
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi. Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot https://www.instagram.com/pmtermiz https://m.facebook.com/pmtermiz https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Показати більше2 676
Підписники
-324 години
-387 днів
-15730 днів
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26вер '26
вересень '26
+53
в 8 каналах
серпень '26
+74
в 6 каналах
Get PRO
липень '26
+223
в 6 каналах
Get PRO
червень '26
+566
в 11 каналах
Get PRO
травень '26
+151
в 4 каналах
Get PRO
квітень '26
+148
в 6 каналах
Get PRO
березень '26
+83
в 7 каналах
Get PRO
лютий '26
+106
в 5 каналах
Get PRO
січень '26
+109
в 7 каналах
Get PRO
грудень '25
+48
в 3 каналах
Get PRO
листопад '25
+59
в 5 каналах
Get PRO
жовтень '25
+59
в 20 каналах
Get PRO
вересень '25
+53
в 6 каналах
Get PRO
серпень '25
+90
в 12 каналах
Get PRO
липень '25
+1 947
в 16 каналах
Get PRO
червень '25
+270
в 14 каналах
Get PRO
травень '25
+155
в 7 каналах
Get PRO
квітень '25
+430
в 33 каналах
Get PRO
березень '25
+68
в 22 каналах
Get PRO
лютий '25
+79
в 19 каналах
Get PRO
січень '25
+54
в 20 каналах
Get PRO
грудень '24
+64
в 17 каналах
Get PRO
листопад '24
+67
в 25 каналах
Get PRO
жовтень '24
+78
в 4 каналах
Get PRO
вересень '24
+82
в 35 каналах
Get PRO
серпень '24
+62
в 14 каналах
Get PRO
липень '24
+342
в 8 каналах
Get PRO
червень '24
+191
в 18 каналах
Get PRO
травень '24
+243
в 33 каналах
Get PRO
квітень '24
+72
в 28 каналах
Get PRO
березень '24
+87
в 24 каналах
Get PRO
лютий '24
+63
в 20 каналах
Get PRO
січень '24
+122
в 16 каналах
Get PRO
грудень '23
+115
в 18 каналах
Get PRO
листопад '23
+86
в 20 каналах
Get PRO
жовтень '23
+53
в 4 каналах
Get PRO
вересень '23
+105
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+180
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+904
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+335
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+198
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+124
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+179
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+76
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+42
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+98
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+43
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+92
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+213
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+171
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+112
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+312
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+312
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+191
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+68
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+266
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+143
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+781
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 25 вересня | +1 | |||
| 24 вересня | +2 | |||
| 23 вересня | +1 | |||
| 22 вересня | +1 | |||
| 21 вересня | 0 | |||
| 20 вересня | +1 | |||
| 19 вересня | +1 | |||
| 18 вересня | +6 | |||
| 17 вересня | +1 | |||
| 16 вересня | +3 | |||
| 15 вересня | +1 | |||
| 14 вересня | 0 | |||
| 13 вересня | 0 | |||
| 12 вересня | +1 | |||
| 11 вересня | 0 | |||
| 10 вересня | +3 | |||
| 09 вересня | 0 | |||
| 08 вересня | +7 | |||
| 07 вересня | +2 | |||
| 06 вересня | +4 | |||
| 05 вересня | +2 | |||
| 04 вересня | 0 | |||
| 03 вересня | +8 | |||
| 02 вересня | +4 | |||
| 01 вересня | +4 |
Дописи каналу
#sayyor_qabul
🌿 “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” MILLIY DASTURI BO‘YICHA SAYYOR QABULLAR O‘TKAZILADI
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida fuqarolarning murojaat, taklif va shikoyatlarini bevosita o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida sayyor qabullar tashkil etiladi.
🟢Qoraqalpog‘iston Respublikasi
28-sentyabr, soat 10:00
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filiali
🟢Xorazm viloyati
30-sentyabr, soat 10:00
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Sayyor qabullar davomida fuqarolarning “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga oid murojaatlari, taklif va shikoyatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar o‘rganiladi hamda ularni vakolat doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.Dastur yuzasidan murojaat va takliflari mavjud fuqarolarni sayyor qabullarda ishtirok etishga taklif etamiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
| 2 | #Saylov_2026_2027
#Prezident_maktabi
Termiz shahridagi Prezident maktabida maktab Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi
Hafta davomida barcha nomzodlar o‘zlarining saylov oldi targ‘ibot ishlarini olib bordi hamda dasturlarini taqdimot sifatida namoyish qilishdi.
✅O‘tkazilgan saylovda o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb hisoblagan nomzodga ovoz berishdi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 570 |
| 3 | #Turon_yakka_kurashi
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri
📌Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Turon yakka kurash federatsiyasining Surxondaryo bo‘limi hamda maktabimiz o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
🥋Mazkur memorandum doirasida Termiz shahridagi Prezident maktabida haftasiga ikki marotaba “Turon yakka kurash” sport to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🏆O‘zbekiston Turon yakka kurash federatsiyasi Surxondaryo bo‘limi boshlig‘i Amanqulov Shamsiddin Qudratovich boshchiligidagi murabbiylar hamda yosh sportchilar ishtirokida maktabimiz o‘quvchilari uchun sport mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
🥋Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, intizom va iroda kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 787 |
| 4 | #Ustoz_va_murabbiylar_kuni
💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ?
Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz.
🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz.
🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring.
Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing.
✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning:
#Ustozimga_rahmat
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Bir_umrlik_iz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 1 |
| 5 | 🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.
Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 891 |
| 6 | #Ustoz_va_murabbiylar_kuni
💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ?
Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz.
🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz.
🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring.
Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing.
✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning:
#Ustozimga_rahmat
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Bir_umrlik_iz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 714 |
| 7 | #Kelajak_posbonlari
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
Saf maydonida tashlangan har bir qadam shunchaki harakat emas. U — intizom, iroda, mas’uliyat va jamoaviylik maktabi.
📌Maktabimizning 10-11-sinf o‘quvchilari “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani doirasida amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar.
🔗O‘quvchilar safda harakatlanish, buyruqlarni aniq va o‘z vaqtida bajarish, jamoa bilan birgalikda harakat qilish orqali o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqdalar.
💪Bunday mashg‘ulotlar yoshlarni irodali, intizomli, mas’uliyatli va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Yosh avlod — Vatan kelajagi. Ularning tarbiyasi esa barchamizning mas’uliyatimizdir!
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 897 |
| 8 | #Hamkorlik
#Prezident_maktabi
#IT_Park
🤝Termiz shahridagi Prezident maktabi va IT Park Surxondaryo filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi!
🔗Mazkur hamkorlik doirasida 2026–2027-o‘quv yilida o‘quvchilar uchun IT Park va uning rezident kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida master-klasslar, qisqa muddatli amaliyotlar hamda interfaol workshoplar tashkil etiladi.
✨Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilarini sun’iy intellekt, dasturlash va real muhandislik loyihalariga jalb qilish, ularning g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishda mentorlik ko‘magini ko‘rsatish hamda “Career Day” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu esa yoshlarning zamonaviy raqamli ko‘nikmalarini oshirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 1 115 |
| 9 | #Yil_oʻqituvchisi
#Gʻoliblar_aniqlandi
📣 DIQQAT!!!
Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.
✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.
➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.
📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.
📍Gʻoliblar roʻyxati
👏 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblarini samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi kasbiy faoliyatida yanada katta zafarlar tilaydi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 762 |
| 10 | #NASA
🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM!
🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-05-sinf o‘quvchisi Qahramon Choriyev NASA axborot tizimlarida 10 dan ortiq xavfsizlik zaifligini aniqladi hamda Letter of Recognition — rasmiy e’tirof maktubiga sazovor bo‘ldi.
Qahramon ushbu natijaga NASA’ning Vulnerability Disclosure Program (VDP) dasturi doirasida erishdi. U aniqlagan zaifliklar orasida P5, P4, P3 va P2 darajasidagi holatlar mavjud bo‘lib, yuqori darajadagi P2 zaiflik NASA tomonidan tasdiqlanib, bartaraf etildi. NASA qoidalariga ko‘ra, Letter of Recognition P1–P4 darajasida baholangan, tasdiqlangan va bartaraf etilgan zaifliklar uchun beriladi.
🔐 E’tiborlisi, bu maxsus o‘quv laboratoriyasidagi topshiriq emas. Qahramon NASA’ning VDP doirasida tekshirishga ruxsat berilgan real axborot resurslaridagi zaifliklarni mas’uliyatli tarzda aniqlab, ular haqida belgilangan tartibda xabar bergan. NASA mazkur dastur orqali xavfsizlik tadqiqotchilariga belgilangan doirada zaifliklarni aniqlash va xabar qilish imkonini beradi.
🎓 Maktab partasidan — NASA e’tirofigacha. Qahramonning natijasi kiberxavfsizlikka qiziqish, bilim va amaliy ko‘nikmalar maktab davridayoq qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Qahramon Choriyevni ushbu natija bilan tabriklaymiz va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal | 678 |
| 11 | #sayyor_qabul
#Andijon_viloyati
MUROJAATLAR TINGLANDI, MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI
🎓 Aholi bilan bevosita muloqotni davom ettirish, murojaat va takliflarni joyida o‘rganish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning navbatdagi sayyor qabuli Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘tkazildi.
Sayyor qabulda ota-onalar va pedagoglar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimiga oid murojaatlari, taklif va shikoyatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Muloqot davomida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, pedagoglar faoliyati hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal | 999 |
| 12 | TA’LIM MUASSASALARIDAGI JARAYONLAR JOYIDA O‘RGANILDI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Andijon viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Asaka, Bo‘ston, Buloqboshi va Shahrixon tumanlarida bo‘lib, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagoglarning darslarga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarining obodonlashtirish holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal | 958 |
| 13 | #OAV_biz_haqimizda
#Bizni_shunday_ustozlarimiz_bor
HUDUD - MY5 TV | O'zbek pedagogining ma'ruzasi xalqaro minbarda tinglandi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 1 018 |
| 14 | #Hamkorlik
#Preziden_maktabi
#Nova_Pharm
🤝Termiz shahridagi Prezident maktabi va “NOVA PHARM” QK o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔗Mazkur hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun korxona mutaxassislari tomonidan mahorat darslari, amaliy ekskursiyalar hamda interfaol workshoplar tashkil etiladi.
✨Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilarini farmatsevtika sohasi va zamonaviy kasblar bilan tanishtirish, ularning muhandislik va ilmiy-amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
💫Bu kabi sa’y-harakatlar yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 951 |
| 15 | #Hamkorlik
#Preziden_maktabi
#Nova_Pharm
🤝Termiz shahridagi Prezident maktabi va “NOVA PHARM” QK o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔗Mazkur hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun korxona mutaxassislari tomonidan mahorat darslari, amaliy ekskursiyalar hamda interfaol workshoplar tashkil etiladi.
✨Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilarini farmatsevtika sohasi va zamonaviy kasblar bilan tanishtirish, ularning muhandislik va ilmiy-amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
💫Bu kabi sa’y-harakatlar yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 1 |
| 16 | #xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇫🇷 O‘ZBEKISTON — FRANSIYA: TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Valid Fuk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Agentlik tizimidagi muhandislik maktablariga fizika, matematika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, o‘quvchi va pedagoglar uchun qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikdagi inklyuziv ta’lim loyihalari, o‘quvchilar uchun Fransiyada yozgi dasturlar va tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida Campus France va Fransiya universitetlari ishtirokida Agentlik tizimidagi maktablarning ta’lim maslahatchilari uchun uchrashuv va videokonferensiyalar tashkil etish, o‘quvchilarni Fransiyadagi oliy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 985 |
| 17 | Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdim. Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshladi.
O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.
Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.
Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur — menimcha, ta’limda eng to‘g‘ri yondashuv shu.
—
Ознакомилась с работой специализированной
школы-интерната с углублённым изучением иностранных языков. Здесь начали обучение более 260 талантливых детей.
Особое внимание будет уделяться STEM-направлению: математике, физике, химии, биологии и IT. Ребята смогут изучать их углублённо, работать над проектами, учиться применять знания на практике, а также проводить самостоятельные исследования. Серьёзная языковая подготовка включает английский и китайский.
При этом значительная часть учебной программы посвящена родному языку, истории, литературе и культуре Узбекистана.
Мне близок такой подход — дать детям современное образование и возможности для будущего, сохраняя прочную связь со своей страной и её культурой. | 1 019 |
| 18 | #SAT
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi
📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
📆Imtihon sanasi: 2026-yil 3-oktabr
📃Imtihon turi: Digital
🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda
📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi
📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 18-sentabr bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.
📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.
Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 1 218 |
| 19 | #Davra_suhbati
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
〽️Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ota-onalar ovozi - sifatli ta'lim poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔗Maktabimiz har bir sinfida Ota-onalar qo'mitasi tashkil etilgan bo'lib, bugungi davra suhbatiga har bir qo'mitadan vakillar faol ishtirok etishdilar.
✅Yangi o‘quv yilida ota-onalarning maktabdagi ta’lim-tarbiya muhiti, o‘quvchilarning aqlan, ma’nan hamda jismonan sog‘lom voyaga yetishlari borasidagi takliflari, mulohazalari o‘rganildi.
📌Maktab pedagogik jamoasi hamda ota-onalar hamkorligining istiqbollari belgilab olindi.
🤝Eng quvonarli holat - qo'mita raislari maktabimiz ta'lim-tarbiya muhitini yanada rivojlantirishda faol ishtirok etib, barcha ota-onalarni jipslashtirayotganidir.
🔗Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi doimo ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni davom ettiradi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 1 733 |
| 20 | 🇺🇿“QAYERGA QAYTAMIZ?”
🎥Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilariga chuqur ma’noga ega bo‘lgan “QAYERGA QAYTAMIZ?” nomli qisqa film namoyish etildi.
Film qahramonlari — Xorazmlik Mushtariy Madraximova hamda Qashqadaryolik O‘ktam Xo‘jaqulov. Ular dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olib, katta bilim va tajriba orttirgan bo‘lsalar-da, o‘z kelajaklarini ona Vatan bilan bog‘lashni tanladilar.
🔗Film qahramonlarining hayot yo‘li, tanlovi va Vatanga bo‘lgan sadoqati o‘quvchilar uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi. Zero, dunyoning istalgan nuqtasida ta’lim olish, katta marralarni zabt etish mumkin, ammo Vatan uchun foydali inson bo‘lish — eng ulug‘ maqsadlardan biridir.
✅Film davomida o‘quvchilar nafaqat dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish, balki orttirilgan bilim va tajribani ona yurt ravnaqi yo‘lida safarbar etish qanchalik muhim ekanini his qildilar.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 1 565 |
