Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
Відкрити в Telegram
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi www.uzrd.uz www.ridp.uz https://www.facebook.com/uzrd.uz Korrupsiya haqida xabar berish uchun @anticoruzrduz_bot
Показати більше397
Підписники
-124 години
+27 днів
-330 день
Архів дописів
+2
🤩 Pop tumani mahallalarida 9,4 km yangi yoʻl asfaltlantirilmoqda
🗺 Namangan viloyati Pop tumanining “Chigʻanoq” mahallasida 9,4 km ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.
🇺🇿 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur infratuzilma obyekti orqali hududlarda aholi uchun qulay harakat, xavfsiz muhit va obod mahalla yaratish maqsad qilingan.
+6
💠 “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi asosida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
⚙️ Tumandagi 15 ta mahalla qatorida “Chegarachi” MFYda ham qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, mahalladagi 22-sonli umumtaʻlim maktabiga qoʻshimcha ravishda 330 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurilmoqda.
🏫 Hozirda uch qavatli binoning 3 qavatida qurilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha yakunlangach, oʻquvchilar uchun zamonaviy, qulay va sifatli taʻlim olish imkoniyatlari yaratiladi hamda hududdagi taʻlim infratuzilmasi yanada yaxshilanadi.
🔗 Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
⏺Jahon banki vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Chortoq tumanida
🏦 Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jahon bankining vitse-prezidenti Akixiko Nishio boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatidagi loyiha obyektlarida boʻldi.
🗺 Chortoq tumanining “Yuksalish” mahallasida loyiha doirasida 5 km ichki yoʻllar asfaltlandi, 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻliq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy koʻrinishga keltirildi. Shuningdek, 7 km elektr tarmoqlari yangilanib, aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 3 ta yangi transformatorlar oʻrnatildi.
🗣 Delegatsiya aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari hamda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
🔗 Chortoq tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🟦 Kogon tumani: uzunligi 157 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari yakunlanish bosqichida
🗺 Islom taraqqiyot banki, OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Kogon tumani mahallalarida ichimlik suvi bilan ta'minlash ishlari izchil davom etmoqda.
⚙️ Xususan, Kogon tumani “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida 21 ming metr, “Yangi hayot” mahallasida 28 ming metr, “Beklar” mahallasida 12 ming metr, “Mustaqillik” mahallasida 45 ming metr, “Sarayon” mahallasida 18 ming metr, “Choloki” mahallasida 25 ming metr, “Kogon” mahallasida 8 ming metr masofaga ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari yakuniy bosqichga yetib qoldi.
📤 Hududda mahallalararo umumiy uzunligi 157 kilometrni tashkil etgan bu keng ko‘lamdagi loyiha yakuniga yetkazilgach, tumandagi 1 ming 306 tadan ortiq xonadon ilk bor toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Qolaversa, 2 ming 860 ta xonadonda mavjud ichimlik suv ta’minoti barqaror izga solinishi bilan aholi turmush darajasini yanada yaxshilash imkoniyati yaratiladi.
🔗 Batafsil
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
📹 “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi Qashqadaryo viloyati mahallalar tashabbuskor guruhlari vakillarining Xorazm viloyatida loyihaning 1-bosqichi doirasida amalga oshirilga obyektlar bilan tanishish, tajriba almashish o‘quv safari tashkil etildi.
🔗 Xorazm Telekanali
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
📚 Ellikqala tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
🧊 Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqal'a tumanida joylashgan “Amirobod” ovul fuqarolar yigʻinida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 70-sonli umumtaʻlim maktabining yangi qurilgan binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
🫥 Umumiy qiymati 11 mlrd. 372 mln. soʻm boʻlgan zamonaviy 3 qavatli taʻlim muassasasining ochilish marosimida tuman hokimligi, taʻlim sohasi xodimlari va oʻquvchilar qatnashishdi.
📈 Yangi oʻquv yilidan maktabda oʻquvchilarning sifatli taʻlim olishi, bilim va salohiyatini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy sinfxonalar, qulay oʻquv muhiti va zamonaviy jihozlar yoshlarning puxta bilim egallashiga xizmat qiladi.
🔗 Ellikqal’a tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🤔 Namanganning Pop tumanidagi yana bir mahalla – “Yuksalish” MFYda 7 km ichki yoʻllarni asfaltlash ishlari boshlandi.
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirliginig “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari pudratchi tashkilot “Islom Taraqqiyot Trans” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda va umumiy qiymati 3 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
🔗 Manba
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🗺 “Ozod” MFYda yangi yoʻlllar qurilishi davom etmoqda
🫥 Namangan viloyati Pop tumani “Ozod” mahallasida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida 6 km uzunlikdagi ichki yoʻllar asfaltlanmoqda.
🛣 Yangi yoʻllar nafaqat aholiga qulaylik, balki mahalla taraqqiyoti, xavfsiz harakat va farovon turmush uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
🔗 Manba
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
🌙 Aziz yurtdoshlar, barchamizga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
🧡 Ushbu ulug‘ ayyom xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, qalbingizga xotirjamlik va quvonch keltirsin.
🌙 Qurbon hayitining muborak kunlarida barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilaymiz. Hayit ayyomi siz va yaqinlaringizga baxt, farovonlik hamda ko‘plab quvonchli lahzalar olib kelsin.
🤩 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalaga oshirish guruhi
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🟡 Islom taraqqiyot banki vakillari bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🤝 Islom taraqqiyot bankining Olmaotadagi mintaqaviy xabi rahbari Ali Muhammad Xon boshchiligidagi missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
🟡 Unda ITB vakillari bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi. “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalari respublikaning 7 ta viloyatida ayni vaqtda amalga oshirilayotgan boʻlib chekka hududdagi aholi yashash sharoitini yaxshilash, ularning ijtimoiy soha va infratuzilma yoʻnalishlarida imkoniyatlarini oshirish kabi maqsadlarni koʻzlagan.
⚙️ Tomonlar suhbat davomida hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli rejalarini atroflicha muhokama qildilar. Subloyihalarni qisqa muddatda va sifatli qilib amalga oshirishda qoʻshma loyihalardan olingan tajribalarni kelgusi faoliyatda qoʻllash, malakali kadrlarni tayyorlash, aholi bilan ishlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
🔗 Batafsil
Рус | Eng
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
🏦 “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilish va rekonstruksiya obyektlari tender tanlovlarida ishtirok eting
⏺ Navoiy viloyati uchun
⏺ Buxoro viloyati uchun
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+9
🤔 “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasidagi olib borilayotgan ishlar oʻrganildi
🗺 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, qurilish jarayonlarini monitoring qilish hamda aholi fikr va takliflarini o‘rganish maqsadida Islom taraqqiyot banki vakillarining Xorazm viloyatiga safari boʻlib oʻtdi.
🗣 Unda ITBning loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassisi Alibek Kazangapov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihani amalga oshirish guruhi, BMT Taraqqiyot dasturi mutaxassislari, Urganch va Xonqa tumani hokimliklari vakillari hududlardagi loyiha obyektlarida boʻlishdi.
✍️ Urganch tumanining “Yuqoriovul”, “Hilol”, “Uyshin” “Merganovul” Xonqa tumanining “Doʻstlik” mahallalarida qurilishi yakunlangan ijtimoiy soha obyektlari hamda infratuzilma loyihalari bilan tanishildi.
🔗 Batafsil
Рус | Eng
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🗺 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan viloyati Pop tumanining “Chinor”, “Anhor” va “Yuksalish” mahallalarida ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
🛣 Yangilangan koʻchalar aholi uchun qulay harakatlanishga sharoit, xavfsiz muhit va obod mahallani taʼminlaydi.
🔗 Manba
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
✍️ Islom taraqqiyot bankining loyihalarni o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan navbatdagi missiyasi ish boshladi
📺 ITB vakillarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari doirasidagi ishlarni o‘rganish, erishilgan natijalarni tahlil qilish hamda kelgusi vazifalarni belgilab olishga qaratilgan missiyasi boshlandi.
⚙️ Missiyaning birinchi kunida Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan loyihalarning bugungi holati, subloyihalardagi xarid jarayonlari, moliyaviy ko‘rsatkichlar hamda loyihalarni jadallashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi.
🔄 Shu bilan birga, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ko‘makchi hamkor tashkilot BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan subloyihalarni amalga oshirishda tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar, mutaxassislarning aholi bilan ishlash tamoyillari, keyingi rejalari ham ko‘rib chiqildi.
🔗 Batafsil
Рус | Eng
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+9
🟦 Dehqonobod tumani: “Oydin yo‘l” mahallasida yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda
🗣 Islom taraqqiyoti banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha asosida tumandagi “O‘zbekiston” MFY hamda unga tutash “Paxtachi”, “Dehqonobod”, “Bo‘ston”, “Oydin yo‘l” va “Yashnobod” mahallalarida infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy sharoitlar yaratish va ijtimoiy obyektlarni barpo etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📊 Xususan, “Oydin yo‘l” mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi, 10,5 km ichki yo‘llar, 3,4 km piyodalar yo‘lakchalari, tungi yoritgichlar va dam olish o‘rindiqlari barpo etilmoqda. Shuningdek, mahallada 2 ta yangi ko‘prik qurilishi ishlari ham olib borilmoqda.
🔗 Dehqonobod tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🫥 Maktabgacha ta’lim muassasasi zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda
🫥 “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi, ayniqsa yosh avlod uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda.
🗺 Jumladan, Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Andijon” mahallasi hududida joylashgan 22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari orqali binoning ichki va tashqi qismi yangilanib, zamonaviy talablarga mos holga keltiriladi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratish maqsadida barcha zarur sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.
🔗 Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+9
📱 Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida atrof-muhit va ijtimoiy muhofaza talablari o‘rganildi
🗺 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi Buxoro viloyatining 5 ta tumanida amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda viloyatda loyiha doirasida 77 ta ijtimoiy soha obyektlarining rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
😌 Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan qurilish obyektlarida pudratchi tashkilotlar tomonidan atrof-muhit va ijtimoiy muhofaza talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Unda qurilish jarayonida ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya etilishi, subloyiha amalga oshirilayotgan hududga yaqin yashovchi aholining jarayondan shikoyat va murojaatlari mavjudligi o‘rganildi.
🔗 Batafsil
Рус | Eng
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
📤 “Uyg‘ur” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash jarayoni davom etmoqda
➡️ Namangan viloyati Pop tumanidagi “Uyg‘ur” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hudud qiyofasini tubdan yangilamoqda. Uzoq yillar aholini qiynab kelgan ichki yo‘llar bugun zamonaviy ko‘rinish kasb etyapti.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ evaziga mahalladagi 3,8 km ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda.
🔗 Manba
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
🇺🇿 9-may – Xotira va qadrlash kuni
🤔 Aziz yurtdoshlar, Xotira va qadrlash kuni bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz.
🕊 Tinchlik va ozodlik yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan qahramonlar, muhtaram urush va mehnat fronti faxriylari xotirasi hamisha barhayot!
🤩 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
