Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
Ir al canal en Telegram
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi www.uzrd.uz www.ridp.uz https://www.facebook.com/uzrd.uz Korrupsiya haqida xabar berish uchun @anticoruzrduz_bot
Mostrar más398
Suscriptores
-124 horas
Sin datos7 días
+330 días
Archivo de publicaciones
+9
🟠Islom taraqqiyot banki vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🔔Islom taraqqiyot banki vakillarining O‘zbekistonga navbatdagi missiyasi davomida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢 ITBning Olmaotadagi mintaqaviy xabidan loyihalar bo‘yicha mintaqaviy menejeri Farid Xon, loyihalar boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis Zarangez Maxmudova va boshqa bank xodimlaridan iborat missiya a'zolari loyihalarning joriy holati, oldinda turgan vazifalar hamda hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi.
☑️ Ma'lumot uchun, tomonlar o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan ikkita loyiha orqali bugungi kunda respublikaning 6 ta viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 40 dan ortiq tumanlarida ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlarini qurish va taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
🔗 Batafsil
Рус | Eng
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
📹 Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida joylashgan “Tinchlik” mahallasida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi orqali elektr tarmoqlarini yangilash, ichki yo‘llarni asfaltashtirish, piyodalar yo‘lagi qurish kabi ishlar amalga oshirilmoqda
🔗 “Hudud” informatsion dasturi
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🟦 Buxoro tumani: “Novmetan”da zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi
💠 Buxoro viloyatida maktabgacha taʻlim tizimini rivojlantirish, kichik yoshdagi bolalarni sifatli taʻlim bilan qamrab olish, ular uchun zamonaviy va xavfsiz taʻlim muhitini yaratish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Buxoro tumanining “Novmetan” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Novmetan qishlog‘ida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida yangidan bunyod etilgan 120 o‘rinli, 40-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
🫥 Muassasa 120 nafar tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 4 ta guruh faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan. Binoda bolalarning sifatli taʻlim-tarbiya olishi, ularning intellektual, jismoniy va maʻnaviy kamoloti uchun zarur shart-sharoitni yaratishga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Mazkur maktabgacha taʻlim tashkiloti "Fast quality building" MChJ ishchi-mutaxassislari tomonidan zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 4,2 milliard so‘mni tashkil etadi.
💠 Obyekt qurilishi aholi nisbatan gavjum bo‘lgan Novmetan qishlog‘ida maktabgacha taʻlim qamrovini yanada kengaytirish, bolajonlarni talab darajasidagi taʻlim muhiti bilan taʻminlash, ota-onalar uchun qulay imkoniyat yaratadi.
🔗 Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+9
🟦 Buxoro ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgan qurilish maydonlaridan biriga aylangan
🧊 Bugungi kunda viloyatda qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan obyektlarning asosiy qismi ijtimoiy sohaga toʻgʻri keladi. Gʻijduvon tumanidagi “Jovgari” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilish jarayonlari davom etmoqda.
💠 Tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida mahalladagi 26-umumtaʻlim maktabining rekonstruksiya qilinayotgan 880 oʻrinli hamda yangidan barpo etilayotgan 750 oʻrinli binosida borayotgan ishlar yaqindan tanishdi. Amalga oshirilayotgan qurilish ishlari pudratchi tashkilot “Muhammedov Rajabov” MCHJ quruvchilari tomonidan bajarilmoqda.
🎲 Shuningdek, Gʻijduvon tumanidagi 18-19-51-52-davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari, 4-10-19-28-50-52-56-umumtaʻlim maktablari, shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasida qurilish-taʻmirlash ishlarining borishi bilan tanishildi, ishchi-xodimlar sonini oshirish, taʻminotda uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik, belgilangan ishlarni sifatli va oʻz muddatida yakunlash yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.
🔗 Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+5
🟦 Shofirkon tumani: oilaviy shifokorlik punktlari ta’miri uchun qariyb 3 milliard so‘m sarflanmoqda
🗺 Buxoro viloyati Shofirkon tumanining bir nechta mahallasida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida ayni kunlarda qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari bormoqda. Xususan, tumandagi chekka va modernizatsiyalashga muhtoj, moddiy-texnik jihatdan eskirgan ijtimoiy soha inshootlaridan uchta oilaviy shifokorlik punktini mukammal ta’mirlash va jihozlash, obodonlashtirish maqsadlariga jami 2 mlrd 992 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
🔵“Tezguzar” mahallasida faoliyat yuritgan, bir kunda 75 nafar qatnovga mo‘ljallangan “Tezguzar” oilaviy shifokorlik punktini ta’mirlash uchun 880 mln so‘m mablag‘ ajratilgan;
🔵“Pashmon” MFY aholisi salomatligi yo‘lida ish yuritib kelgan, kunlik 50 nafargacha qatnovga mo‘ljallangan oilaviy shifokorlik punktini mukammal ta’mirlash uchun 616 mln so‘m sarmoya yo‘naltirilgan
🔵“Mirzoqul” mahallasida joylashgan, bir kunda 50 nafargacha qatnovga mo‘ljallangan “Mirzoqul” oilaviy shifokorlik punkti binosini qayta talab darajasiga keltirish uchun qiymati 1 mlrd 496 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
↗️ Mazkur loyihalarni amalga oshirish avvalo mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish, odamlarga zamonaviy va qulay sharoitda tibbiy xizmat ko‘rsatish, hududlar ijtimoiy infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
🔗 Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🗣 “Alpomish” mahallasida bolalar bog‘chasi qurilishi yakuniy bosqichda
⏺Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.
🗺Loyiha doirasida tumandagi “Alpomish” MFYda 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi ishlari olib borilyapti. Hozirda bog‘cha binosining ichki va tashqi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔗 Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🟦 G'ijduvon tumani: ijtimoiy soha inshootlarida qurilish-ta’mirlash ishlari avjida
🗺“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash inshootlarida keng ko‘lamli qurilish, rekonstruksiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda.
✍️ Amalga oshirilayotgan yirik loyihalar qatorida “Abduxoliq G‘ijduvoniy” mahallasidagi 21-sonli, “Sohibiyon” MFY dagi 51-sonli, “Taxtaxon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 50-sonli, “Zargaron” MFYdagi 64-sonli umumta’lim maktablarida borayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini sanash mumkin. O‘quvchi o‘rni kengaytirilib, zamonaviy qiyofada barpo qilinayotgan bu maktablarda borayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 6 mlrd. so‘mdan 25 mlrd. so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirilgan.
🔗 Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+9
✍️ “Sohil” MFY aholisi uchun qulay va ravon yo‘llar barpo etilmoqda
🗺 Namangan viloyati Paxtaobod tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Sohil” mahallasida aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirish maqsadida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
⏺ Ayni paytda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida mahalla ichki ko‘chalarining 4 km 600 metr qismida asfalt yotqizish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Mazkur loyiha yakunlangach, fuqarolar uchun yanada qulay va ravon harakatlanish imkoniyati yaratiladi.
🔗 Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🟦 Kogon tumani: “Bahouddin Naqshband” mahallasida maktab va bog‘cha mukammal ta’mirlanmoqda
🗣 “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Kogon tumani “Bahouddin Naqshband” MFYda uzunligi 10,6 ming metr bo‘lgan ichki yo‘lni ta’mirlash va asfalt qoplamasi bostirish, shuningdek, mahallaning Chorchinor qishlog‘ida 1,5 ming metr uzunlikdagi yo‘l qismini asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🏫 Loyiha doirasida ayni kunda “Bahouddin Naqshband” mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida ham keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🫥 Shu bilan birga, mahalladagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham kapital rekonstruksiya ishlari jadal bormoqda. Loyiha asosida muassasa binosi mukammal ta’mirdan chiqarilib, yonidan qo‘shimcha 120 o‘rinli zamonaviy bino qurilishi belgilangan.
🔗 Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+2
🤩 Pop tumani mahallalarida 9,4 km yangi yoʻl asfaltlantirilmoqda
🗺 Namangan viloyati Pop tumanining “Chigʻanoq” mahallasida 9,4 km ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.
🇺🇿 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur infratuzilma obyekti orqali hududlarda aholi uchun qulay harakat, xavfsiz muhit va obod mahalla yaratish maqsad qilingan.
+6
💠 “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi asosida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
⚙️ Tumandagi 15 ta mahalla qatorida “Chegarachi” MFYda ham qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, mahalladagi 22-sonli umumtaʻlim maktabiga qoʻshimcha ravishda 330 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurilmoqda.
🏫 Hozirda uch qavatli binoning 3 qavatida qurilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha yakunlangach, oʻquvchilar uchun zamonaviy, qulay va sifatli taʻlim olish imkoniyatlari yaratiladi hamda hududdagi taʻlim infratuzilmasi yanada yaxshilanadi.
🔗 Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
⏺Jahon banki vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Chortoq tumanida
🏦 Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jahon bankining vitse-prezidenti Akixiko Nishio boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatidagi loyiha obyektlarida boʻldi.
🗺 Chortoq tumanining “Yuksalish” mahallasida loyiha doirasida 5 km ichki yoʻllar asfaltlandi, 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻliq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy koʻrinishga keltirildi. Shuningdek, 7 km elektr tarmoqlari yangilanib, aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 3 ta yangi transformatorlar oʻrnatildi.
🗣 Delegatsiya aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari hamda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
🔗 Chortoq tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
🟦 Kogon tumani: uzunligi 157 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari yakunlanish bosqichida
🗺 Islom taraqqiyot banki, OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Kogon tumani mahallalarida ichimlik suvi bilan ta'minlash ishlari izchil davom etmoqda.
⚙️ Xususan, Kogon tumani “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida 21 ming metr, “Yangi hayot” mahallasida 28 ming metr, “Beklar” mahallasida 12 ming metr, “Mustaqillik” mahallasida 45 ming metr, “Sarayon” mahallasida 18 ming metr, “Choloki” mahallasida 25 ming metr, “Kogon” mahallasida 8 ming metr masofaga ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari yakuniy bosqichga yetib qoldi.
📤 Hududda mahallalararo umumiy uzunligi 157 kilometrni tashkil etgan bu keng ko‘lamdagi loyiha yakuniga yetkazilgach, tumandagi 1 ming 306 tadan ortiq xonadon ilk bor toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Qolaversa, 2 ming 860 ta xonadonda mavjud ichimlik suv ta’minoti barqaror izga solinishi bilan aholi turmush darajasini yanada yaxshilash imkoniyati yaratiladi.
🔗 Batafsil
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
📹 “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi Qashqadaryo viloyati mahallalar tashabbuskor guruhlari vakillarining Xorazm viloyatida loyihaning 1-bosqichi doirasida amalga oshirilga obyektlar bilan tanishish, tajriba almashish o‘quv safari tashkil etildi.
🔗 Xorazm Telekanali
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
+6
📚 Ellikqala tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
🧊 Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqal'a tumanida joylashgan “Amirobod” ovul fuqarolar yigʻinida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 70-sonli umumtaʻlim maktabining yangi qurilgan binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
🫥 Umumiy qiymati 11 mlrd. 372 mln. soʻm boʻlgan zamonaviy 3 qavatli taʻlim muassasasining ochilish marosimida tuman hokimligi, taʻlim sohasi xodimlari va oʻquvchilar qatnashishdi.
📈 Yangi oʻquv yilidan maktabda oʻquvchilarning sifatli taʻlim olishi, bilim va salohiyatini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy sinfxonalar, qulay oʻquv muhiti va zamonaviy jihozlar yoshlarning puxta bilim egallashiga xizmat qiladi.
🔗 Ellikqal’a tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
