uk
Feedback
IT Park Uzbekistan

IT Park Uzbekistan

Відкрити в Telegram

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу IT Park Uzbekistan

Канал IT Park Uzbekistan (@itpark_uz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 17 603 підписників, посідаючи 7 207 місце в категорії Технології та додатки та 4 483 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 17 603 підписників.

За останніми даними від 24 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 272, а за останні 24 години на 27, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 11.43%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 7.35% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 2 012 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 1 294 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 9.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“🌐 https://outsource.gov.uz Facebook: @itparkuzb Instagram: @itpark_uz LinkedIn: @itparkuz Youtube: https://clck.ru/NNp9q”

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 25 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

17 603
Підписники
+2724 години
+787 днів
+27230 днів
Архів дописів
Repost from StartupBase
🌍 IT Park Uzbekistan va Startup Genome O‘zbekiston startap ekotizimini global miqyosda rivojlantirish masalalarini muhokama
+2
🌍 IT Park Uzbekistan va Startup Genome O‘zbekiston startap ekotizimini global miqyosda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov boshchiligidagi O‘zbekiston startap ekotizimi vakillari va Startup Genome asoschisi JF Gotiye o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🧠 Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Global Startup Ecosystem Report va boshqa xalqaro startap reytinglaridagi pozitsiyasini mustahkamlash, xorijiy investorlar uchun ekotizim haqidagi ma’lumotlarning ochiqligini oshirish va mamlakatning xalqaro startap maydonidagi tan olinishini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi. 📊 Startup Genome San Fransiskoda joylashgan startap ekotizimlarini tadqiq qilish va rivojlantirishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilot bo‘lib, 350 dan ortiq ekotizim va 5,5 milliondan ziyod startap haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Tashkilot 65 dan ortiq mamlakatda davlat idoralari va innovatsion institutlarga strategik maslahat xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Uning asosiy tadqiqotlaridan biri har yili e’lon qilinadigan Global Startup Ecosystem Report (GSER) hisoblanadi. IT Park Uzbekistan va Startup Genome o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston startap ekotizimini xalqaro metodologiyalar asosida baholash va rivojlantirishga qaratilgan. Startup Genome ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda erta bosqich moliyalashtirish hajmi 2020-yildagi $0,3 mln dan 2024-yilda $69,5 mln gacha, ya’ni 230 baravardan ortiq oshgan.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston startap ekotizimining kompleks tahlilini davom ettirish, xalqaro benchmarking asosida rivojlanish ko‘rsatkichlarini takomillashtirish hamda Startup Genome’ning global tadqiqot va reyting platformalarida O‘zbekistonning pozitsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga kelishib oldi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🌍 IT Park Uzbekistan xalqaro hablar bilan o‘zbek startaplarining xorijiy bozorlarga chiqishini muhokama qildi 24-sentabr kun
+4
🌍 IT Park Uzbekistan xalqaro hablar bilan o‘zbek startaplarining xorijiy bozorlarga chiqishini muhokama qildi 24-sentabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan xalqaro hablar vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Unda Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo va BAA bozorlaridagi amaldagi dasturlar, natijalar va keyingi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
👥 Uchrashuvda IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov, Khan Tengri Innovation Hub asoschisi Lyazzat Borankulova, Big Sky SEA Hub hamkori Adil Nurgojin va White Hill Capital venchur hamkori Agahuseyn Ahmadov ishtirok etdi. 🇨🇳 Xitoy yo‘nalishida 3 ta o‘zbek startapi Shanxaydagi Digital ScaleUp Acceleration Program’ni yakunlagani, 2 ta startap SCO Youth Innovation & Entrepreneurship Competition finaliga chiqqani, yana 4 ta startap AI in Healthcare dasturiga jalb etilgani qayd etildi. Shuningdek, iyul oyida Shanxayda o‘tkazilgan World AI Conference xalqaro ko‘rgazmasida 5 ta o‘zbek startapi ishtiroki ta’minlangani ma’lum qilindi. 🇲🇾 Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha Big Sky SEA Hub natijalari ko‘rib chiqildi. Birinchi kohort ishtirokchisi TASS Vision Malayziya korporatsiyalari bilan tijoriy shartnoma imzolagan. Oktabr oyida esa 5 ta o‘zbek startapi ishtirokidagi ikkinchi kohortni boshlash rejalashtirilgan. 🇦🇪 BAA yo‘nalishida o‘tgan yilgi akseleratsiya dasturi natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, shu yil oktabr oyida 5 ta o‘zbek startapini BAA bozoriga olib chiqishga qaratilgan akseleratsiya dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi. 📈 Uchrashuvda xalqaro hablar faoliyatini dasturlar soni bilan emas, balki tijoriy shartnomalar, yangi mijozlar, investitsiyalar, pilot loyihalar va real market-entry natijalari orqali baholash muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar yangi kohortlarni shakllantirish, hablar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va O‘zbekiston startaplari uchun xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini yanada tizimli kengaytirishga kelishib oldi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🌏 IT Park Ventures va Gobi Partners Markaziy Osiyoda venchur hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi ICT WEE
+4
🌏 IT Park Ventures va Gobi Partners Markaziy Osiyoda venchur hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Ventures va Gonkongning Gobi Partners venchur fondi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistondagi istiqbolli startaplarga investitsiya jalb qilish, Markaziy Osiyoda venchur faoliyatni kengaytirish hamda qo‘shma investitsiya tashabbuslarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
👤 Uchrashuvda Gobi Partners boshqaruvchi hamkori Chibo Tang ishtirok etdi. U fondning Greater Bay Area yo‘nalishiga rahbarlik qiladi va Osiyodagi texnologik kompaniyalarga investitsiya kiritish bo‘yicha katta tajribaga ega. 2002-yilda tashkil etilgan Gobi Partners Osiyodagi yirik venchur platformalardan biri bo‘lib, $1,6 mlrd dan ortiq aktivlarni boshqaradi. Fond FinTech, AI va DeepTech, e-commerce, sustainability va boshqa texnologik yo‘nalishlardagi kompaniyalarga investitsiya kiritadi. 🚀 Muzokaralarda Gobi Partners’ning Markaziy Osiyoda faoliyatini kengaytirish rejalari alohida muhokama qilindi. Fond kelgusi yilda mintaqaga xizmat ko‘rsatadigan ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va uning joylashuvi uchun O‘zbekiston hamda Qozog‘iston variantlarini baholamoqda. Uchrashuv davomida Gobi Partners vakillari O‘zbekiston fondning mintaqadagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ancha mantiqli va istiqbolli variant ekanini qayd etdi. Toshkentda mintaqaviy ofis ochish orqali Markaziy Osiyodagi startaplar, investorlar va hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 💰 Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma venchur fond tashkil etish imkoniyatini muhokama qildi. Bunday mexanizm Gobi Partners’ning xalqaro investitsiya tajribasi va tarmog‘ini IT Park Ventures’ning mahalliy startup pipeline’i bilan birlashtirishga xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston startaplarini Gobi Partners investitsiya oqimiga olib kirish, ularni Greater Bay Area, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi investorlar hamda korporativ hamkorlar bilan bog‘lash masalalari ko‘rib chiqildi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar Gobi Partners’ning Markaziy Osiyodagi potensial kengayishi, Toshkentda mintaqaviy ofis ochish va O‘zbekistonda venchur fond tashkil etish imkoniyatlarini yanada batafsil o‘rganish, shuningdek, istiqbolli mahalliy startaplar bo‘yicha investitsion hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

✨ O‘zbekiston va Yaqin Sharq: texnologik hamkorlikning yangi bosqichi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Uzbekistan – Middle East Tech Summit bo‘lib o‘tdi. Sammit O‘zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlaridan texnologik kompaniyalar, investorlar va ekspertlarni birlashtirib, raqamli infratuzilmaga investitsiyalar, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, yangi bozorlarga chiqish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qilish maydoniga aylandi. — ✨ Uzbekistan and the Middle East: a new chapter in tech cooperation The Uzbekistan – Middle East Tech Summit was held as part of ICT WEEK Uzbekistan 2026. Bringing together technology companies, investors, and industry experts from Uzbekistan and the Middle East, the summit explored new opportunities for digital infrastructure investment, startup growth, market expansion, and stronger international cooperation. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from StartupBase
🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish masalalarini muhokam
+4
🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish masalalarini muhokama qildi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va KDDI Korea Corporation vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar KDDI’ning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, mahalliy bozorda ofis ochish, dasturiy mahsulotlarni sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda IT-mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
🏢 Uchrashuvda KDDI Korea’ning O‘zbekistonda ofis ochish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kompaniyaning dasturiy va texnologik mahsulotlarini mahalliy bozorda sertifikatsiyadan o‘tkazish tartibi, jumladan, zarur xavfsizlik va boshqa tegishli sertifikatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etildi. Tomonlar Koreya kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishda duch keladigan amaliy masalalar, mahalliy kompaniya tashkil etish, qo‘shma korxonalar yaratish, davlat xaridlarida ishtirok etish hamda IT Park tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash choralarini ham muhokama qildi. 🌏 Shuningdek, O‘zbekiston IT-mahsulotlarini Koreya bozoriga olib chiqishda hamkorlik qilish masalasi ko‘rib chiqildi. IT Park Uzbekistan KDDI’ning Yaponiyadagi bosh ofisi va Koreyadagi tarmog‘i orqali IT Park rezidentlari hamda mahalliy IT-mahsulotlarning Yaponiya va Koreya bozorlariga eksportini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taklif etdi. KDDI Korea KDDI Group’ning Janubiy Koreyadagi sho‘ba kompaniyasi bo‘lib, data center, cloud, IT-outsourcing, system integration, IoT, network infratuzilmasi va digital transformation yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. KDDI Group’ning global tarmog‘i 190 dan ortiq mamlakatni qamrab oladi.
🤝 Tomonlar O‘zbekistonni KDDI uchun IT-outsourcing va global delivery markazi sifatida rivojlantirish, o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarni xalqaro loyihalarga jalb qilish hamda Koreya va Yaponiya kompaniyalari bilan texnologik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish masalalarini muhokam
+5
🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish masalalarini muhokama qildi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va KDDI Korea Corporation vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar KDDI’ning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, mahalliy bozorda ofis ochish, dasturiy mahsulotlarni sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda IT-mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
🏢 Uchrashuvda KDDI Korea’ning O‘zbekistonda ofis ochish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kompaniyaning dasturiy va texnologik mahsulotlarini mahalliy bozorda sertifikatsiyadan o‘tkazish tartibi, jumladan, zarur xavfsizlik va boshqa tegishli sertifikatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etildi. Tomonlar Koreya kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishda duch keladigan amaliy masalalar, mahalliy kompaniya tashkil etish, qo‘shma korxonalar yaratish, davlat xaridlarida ishtirok etish hamda IT Park tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash choralarini ham muhokama qildi. 🌏 Shuningdek, O‘zbekiston IT-mahsulotlarini Koreya bozoriga olib chiqishda hamkorlik qilish masalasi ko‘rib chiqildi. IT Park Uzbekistan KDDI’ning Yaponiyadagi bosh ofisi va Koreyadagi tarmog‘i orqali IT Park rezidentlari hamda mahalliy IT-mahsulotlarning Yaponiya va Koreya bozorlariga eksportini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taklif etdi. KDDI Korea KDDI Group’ning Janubiy Koreyadagi sho‘ba kompaniyasi bo‘lib, data center, cloud, IT-outsourcing, system integration, IoT, network infratuzilmasi va digital transformation yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. KDDI Group’ning global tarmog‘i 190 dan ortiq mamlakatni qamrab oladi.
🤝 Tomonlar O‘zbekistonni KDDI uchun IT-outsourcing va global delivery markazi sifatida rivojlantirish, o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarni xalqaro loyihalarga jalb qilish hamda Koreya va Yaponiya kompaniyalari bilan texnologik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🤝 IT Park Uzbekistan Princeville Capital va Hypernova Capital bilan investitsion hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi IC
+2
🤝 IT Park Uzbekistan Princeville Capital va Hypernova Capital bilan investitsion hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan vakillari Princeville Capital hamkori Antoni Doe va Hypernova Capital asoschi hamkori Tugche Ergul bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdi.
💼 Muzokaralarda O‘zbekiston startaplari uchun erta bosqichdan growth-stage’gacha bo‘lgan investitsiya imkoniyatlari, mahalliy venchur fondlari bilan ko-investment mexanizmlari, xalqaro investorlar tarmog‘iga chiqish va texnologik kompaniyalarni yangi bozorlarga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Princeville Capital bilan, xususan, O‘zbekistondagi AI yo‘nalishidagi istiqbolli startaplar oqimini shakllantirish, ularni fondning investitsiya oqimiga olib kirish va keyingi bosqichlarda xalqaro investorlar bilan bog‘lash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 🌱 Hypernova Capital bilan esa Osiyodagi LP investorlar kapitalini O‘zbekiston venchur ekotizimiga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mahalliy venchur fondlarini xalqaro LP tarmog‘i bilan bog‘lash va O‘zbekistonni Osiyo kapitali uchun yanada jozibador investitsion yo‘nalishga aylantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Tomonlar O‘zbekiston startaplarini Silikon vodiysi, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo investor hamda mentorlar tarmog‘i bilan bog‘lash, cross-border expansion’ni qo‘llab-quvvatlash va sanoat, AI, barqarorlik hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishlaridagi loyihalarga kapital jalb qilish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.
📈 Uchrashuv yakunida tomonlar AI-startaplar uchun xalqaro investitsiya oqimini kengaytirish, Osiyodagi LP kapitalini O‘zbekistonga jalb qilish hamda mahalliy venchur ekotizimini global investorlar tarmog‘i bilan yanada yaqinroq bog‘lash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🌍 IT Park Uzbekistan va Knowledge Oasis Muscat O‘zbekiston va Ummon startaplari uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qildi IC
+2
🌍 IT Park Uzbekistan va Knowledge Oasis Muscat O‘zbekiston va Ummon startaplari uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qildi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va Ummonning Knowledge Oasis Muscat (KOM) texnoparki vakillari startaplarning ikki mamlakat bozoriga chiqishi, inkubatsiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
🤝 Uchrashuvda ikki tomonlama kompaniyalar almashinuvi ko‘rib chiqildi: O‘zbekiston startaplari va IT-kompaniyalarini Ummon bozoriga olib chiqish, shuningdek, Ummon kompaniyalarini O‘zbekiston bozoridagi imkoniyatlar bilan tanishtirish. 2003-yilda tashkil etilgan Knowledge Oasis Muscat Ummonning yetakchi texnoparklaridan biri bo‘lib, Madayn tomonidan boshqariladi. Uning ekotizimida 200 dan ortiq kompaniya va tashkilot, jumladan Ericsson, Oracle, HP, Microsoft va Huawei faoliyat yuritadi. 👤 Uchrashuvda KOM bosh direktori Jaafar bin Mohammed bin Ali Al Ajmi ishtirok etdi. IT Park Uzbekistan va KOM o‘rtasidagi muzokaralar 2026-yil avgust oyida boshlangan bo‘lib, hamkorlik doirasida qo‘shma vebinarlar va Ummon bozoriga chiqish dasturini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Tomonlar o‘zbek kompaniyalari uchun Ummondagi istiqbolli yo‘nalishlarni, jumladan logistika, yashil vodorod va sanoat texnologiyalari sohalarini o‘rganishni muhokama qildi. Shuningdek, mahalliy investorlar va korporativ hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, KOM infratuzilmasida inkubatsiya va biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanishga qaratilgan go-to-market dasturi ko‘rib chiqildi. ✈️ 2026-yil noyabr oyida besh nafar o‘zbek kompaniyasi ishtirokida Ummonga biznes missiyasi tashkil etish hamda COMEX 2027 ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyonini ochish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Tomonlar Ummonni o‘zbek texnologik kompaniyalari uchun GCC bozorlariga chiqish darvozasi sifatida ko‘rib chiqish, soft-landing va inkubatsiya imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
📄 Uchrashuv yakunida bozorga kirish dasturini ishlab chiqish va hamkorlikni rasmiylashtirish uchun memorandum imzolash ustida ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🏆 OTS Technology Forum doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston startaplari taqdirlandi ICT WEEK Uzbekistan 2026 d
+5
🏆 OTS Technology Forum doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston startaplari taqdirlandi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Turkiy davlatlar tashkiloti texnologiya forumida uch mamlakat startaplari ishtirokida pitch-sessiya bo‘lib o‘tdi.
🚀 Jamoalar sun’iy intellekt, fintex va logistika yo‘nalishlaridagi loyihalarini xalqaro hakamlar hay’atiga taqdim etdi. Har bir yo‘nalishda ajralib turgan startap maxsus mukofot bilan taqdirlandi: • Sun’iy intellekt: OX System (O‘zbekiston) • Fintex: YouTrade (Qozog‘iston) • Logistika: Sakaris (Qirg‘iziston) 🎤 Pitch-sessiyada TrustExam.ai, Emotomo, Flott va DAX Trade startaplari ham qatnashdi. Jamoalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi, ekspertlardan fikr-mulohaza oldi va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. 👥 Loyihalarni Astana Hub Ventures, Aitim Holding, IT Park Ventures va KYO Legal vakillaridan iborat hakamlar hay’ati baholadi.
🤝 Tadbir turkiy davlatlar startap ekotizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
Turli formatdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida qanday tahlil qilish mumkin? AWS Community Day Central Asia doirasida VeloD
Turli formatdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida qanday tahlil qilish mumkin? AWS Community Day Central Asia doirasida VeloDB muhandislik bo‘yicha vitse-prezidenti Mingyu Chen katta hajmdagi va turli formatdagi ma’lumotlarni yagona tizimda tezkor tahlil qilish imkoniyatlari haqida so‘z yuritmoqda.
Spiker matn, rasm, audio va video kabi ma’lumotlar bilan ishlash, ularni yagona muhitda birlashtirish hamda real vaqt rejimida tahlil qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni taqdim etmoqda.
Shuningdek, bunday yondashuv sun’iy intellekt tizimlari uchun zarur ma’lumotlarni tezroq qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish imkonini berishi haqida fikr bildirmoqda. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
Sun’iy intellektdan xavfsiz va qonuniy foydalanishni qanday ta’minlash mumkin? AWS Community Day Central Asia doirasida Innov
Sun’iy intellektdan xavfsiz va qonuniy foydalanishni qanday ta’minlash mumkin? AWS Community Day Central Asia doirasida Innovative Digital Transformation bosh direktori Mikhail Ruchkin sun’iy intellekt tizimlarini joriy etishda xavfsizlik va qonunchilik talablariga rioya qilish masalalari haqida so‘z yuritmoqda.
Spiker sun’iy intellektdan foydalanishda ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiylik, tizim ustidan nazorat va me’yoriy talablarga muvofiqlik muhimligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, AWS xizmatlari yordamida sun’iy intellekt yechimlarini xavfsiz boshqarish va nazorat qilish imkoniyatlarini tushuntirmoqda.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
"Kubernetes" tizimlarida muammolarni qanday qilib erta aniqlash mumkin? AWS Community Day Central Asia doirasida Naviteq komp
"Kubernetes" tizimlarida muammolarni qanday qilib erta aniqlash mumkin? AWS Community Day Central Asia doirasida Naviteq kompaniyasi texnik direktori va DevOps Kitchen Talks hammuallifi Alex Dovnar Kubernetes tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash haqida so‘z yuritmoqda.
Spiker tizimning ishga tayyorligi, uzluksiz ishlashi va ishga tushish holatini tekshirish usullarini amaliy misollar orqali tushuntirmoqda. Shuningdek, ushbu tekshiruvlarni noto‘g‘ri sozlash tizim faoliyatiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

🌐 Marhamatda IT-xizmatlar eksporti 8,72 mln dollarga yetdi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Andijon viloyatig
+3
🌐 Marhamatda IT-xizmatlar eksporti 8,72 mln dollarga yetdi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Andijon viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Marhamat tumanida IT va BPO sanoatining rivojlanishi bilan tanishdi. Vazir IT Park rezidenti Ershi Logistics tomonidan tashkil etilgan Ershi Logistics Center faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Hozirda markazda 350 dan ortiq mutaxassis o‘z hududini tark etmasdan AQSH bozoridagi kompaniyalarga xizmat ko‘rsatmoqda. 📈 2026-yil II choragi yakunlariga ko‘ra, Marhamat tumanidagi IT Park rezidentlarining IT-xizmatlari eksporti 8,72 mln dollarni tashkil etdi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 69,2% o‘sish demakdir. Bugungi kunda tumanda 15 ta IT Park rezidenti faoliyat yuritmoqda. 👉 Batafsil: it-park.uz — 🌐 IT Services Exports in Marhamat Reach $8.72 Million During his working visit to the Andijan region, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov reviewed the development of the IT and BPO industry in Marhamat district. The Minister visited Ershi Logistics Center, established by Ershi Logistics, a member of IT Park. Today, the center employs more than 350 specialists who work with companies in the U.S. market without leaving their home region. 📈 By the end of Q2 2026, IT service exports by IT Park members in Marhamat district reached $8.72 million, representing a 69.2% increase compared to the same period in 2025. Today, 15 IT Park members operate in Marhamat district. 👉 Read more: outsource.gov.uz Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from StartupBase
inDrive infratuzilmasini qanday qilib tezroq boshqarishga erishdi? AWS Community Day Central Asia doirasida inDrive Staff Clo
inDrive infratuzilmasini qanday qilib tezroq boshqarishga erishdi? AWS Community Day Central Asia doirasida inDrive Staff Cloud Engineer Aleksandr Plotnikov kompaniya infratuzilmasini boshqarishda amalga oshirilgan muhim o‘zgarish haqida so‘z yuritmoqda.
Spikerning ta’kidlashicha, jamoa yillar davomida infratuzilmani boshqarishda asosiy rol o‘ynagan yirik konfiguratsiya faylidan voz kechib, uning o‘rniga dependency graph asosidagi yondashuvni joriy qilgan. Natijada GitHub Actions orqali o‘zgarishlarni infratuzilmaga tatbiq etish jarayoni ikki baravar tezlashgan.
Taqdimot davomida ushbu o‘zgarishning amaliy natijalari, duch kelingan muammolar va yirik infratuzilmani samaraliroq boshqarish tajribasi bilan bo‘lishilmoqda. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🌍 Gateway to Growth: Yevropa va AQSh bozorlariga yo‘l ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan Gateway to Growt
+3
🌍 Gateway to Growth: Yevropa va AQSh bozorlariga yo‘l ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan Gateway to Growth: UK & EU va Gateway to Growth: U.S.A. sessiyalarini o‘tkazdi. 🚀 Xalqaro ekspertlar va investorlar startaplar bilan yangi bozorlarga chiqish, akseleratsiya dasturlari, B2B mijozlarni topish va AQSh kapitalini jalb qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni bo‘lishdi. 🤝 Ishtirokchilar ekspertlarga savollar berib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. 🔗 Batafsil saytimizda o‘qing. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🌍 Gateway to Growth: o‘zbek startaplari uchun yangi bozorlar ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan’ning Glob
+6
🌍 Gateway to Growth: o‘zbek startaplari uchun yangi bozorlar ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan’ning Global Growth departamenti Xitoy, Gonkong, Ozarbayjon, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Afrika bozorlariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdi. 🚀 Xalqaro ekspertlar startaplarga yangi bozorlarga chiqish, mahalliy hamkorlar bilan ishlash va qo‘llab-quvvatlash dasturlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Ozarbayjonda soft landing hamda O‘mon orqali GCC bozorlariga chiqish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. 🔗 Batafsil saytimizda o‘qing. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🎙 Pitch Point sessiyasi yakunlandi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Pitch Point sessiyasida 14 ta startap bir nechta ven
+9
🎙 Pitch Point sessiyasi yakunlandi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi Pitch Point sessiyasida 14 ta startap bir nechta venchur fondlar vakillari oldida o‘z loyihalarini taqdim etdi. 💼 Sessiya startaplarga investorlar bilan bevosita muloqot qilish, o‘z yechimlarini namoyish etish va potensial investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish uchun platforma bo‘ldi.
🚀 Pitch qilgan startaplar: 🔵Sino AI 🔵Cerberus 2.0 🔵Azma Finance 🔵DOMPLAN 🔵Fundgate 🔵Voice Lab 🔵OX System 🔵Syncall AI 🔵FINKO 🔵Fonus Kids 🔵Kozuz 🔵Onvision 🔵SmartCast 🔵DOMO 📈 Ular orasida DOMO, Fonus Kids, OX System va SmartCast — IT Park Ventures portfel startaplari hisoblanadi.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida o‘tkazilgan GameGap tadbiri yakunlandi. Tadbir moderatori, IT Park Uzbekistan Raqamli ma
+3
✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida o‘tkazilgan GameGap tadbiri yakunlandi. Tadbir moderatori, IT Park Uzbekistan Raqamli mahsulotlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Sevara Xidoyatova kun dasturiga yakun yasadi. GameGap — O‘zbekistonda rivojlanayotgan gamedev ekotizimini xalqaro ekspertiza, investitsiyalar va yangi bozorlar bilan bog‘lovchi maydonga aylandi. — ✨ GameGap, held as part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, has concluded. The event was wrapped up by moderator Sevara Khidoyatova, Head of Digital Products Attraction Division at IT Park Uzbekistan. GameGap brought together developers, studios, investors, and industry experts, connecting Uzbekistan’s growing gamedev ecosystem with global expertise, investment, and new markets. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from StartupBase
AWS xizmatlaridan qaysi birini tanlash kerak: Fargate yoki Lambda MicroVMs? AWS Community Day Central Asia doirasida Cloud Ag
AWS xizmatlaridan qaysi birini tanlash kerak: Fargate yoki Lambda MicroVMs? AWS Community Day Central Asia doirasida Cloud Agnostic kompaniyasining texnik direktori Arman Nurgaliyev AWS infratuzilmasi uchun mos yechimlarni tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy omillar haqida so‘z yuritdi.
Spiker kichik jamoalar va startaplar uchun ECS hamda Fargate dan foydalanish holatlarini tahlil qilib, infratuzilmani boshqarish xarajatlari, AWS xizmatlari bilan integratsiya va turli yuklamalarga mos yechim tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
🏆 Startup World Cup Uzbekistan — kechagi kunning eng yorqin lahzalari ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Startup World Cup Uzbekistan Regional Final bo‘lib o‘tdi.
🚀 15 ta finalist startup xalqaro hakamlar hay’ati oldida pitch qilib, o‘z mahsulotlari, texnologiyalari va global o‘sish rejalarini taqdim etdi. Yakunda esa g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 🎤 Kun davomida founderlar, investorlar va xalqaro ekspertlar ishtirokidagi asosiy ma’ruzalar, panel sessiyalar va fireside chat’lar ham bo‘lib o‘tdi. 🤝 Dastur yakunida esa tanlangan startaplar uchun Investor–Startup Matchmaking o‘tkazilib, jamoalar potensial investorlar bilan bevosita uchrashdi.
🎥 Startup World Cup Uzbekistan’ning eng muhim va yorqin lahzalari — videoda. ✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website