BuxDU •БухГУ •BukhSU
• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу BuxDU •БухГУ •BukhSU
Канал BuxDU •БухГУ •BukhSU (@buxdu_uz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 16 250 підписників, посідаючи 12 310 місце в категорії Освіта та 4 998 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 16 250 підписників.
За останніми даними від 01 серпня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 1 399, а за останні 24 години на -5, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Не верифікований
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 9.37%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 6.96% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 1 529 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 1 137 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 4.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“• Buxoro davlat universiteti
• Бухарский государственный университет
• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov
@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 02 серпня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.
Триває завантаження даних...
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 02 серпня | 0 | |||
| 01 серпня | +8 |
| 2 | 👥👥👥👥👥👥
📘BuxDU va Qozon federal universitetining Iqtisodiyot va moliyani boshqarish instituti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Buxoro davlat universiteti delegatsiyasining Qozon federal universitetidagi tashrifi Iqtisodiyot va moliyani boshqarish institutida davom etdi.
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini institut direktori Alsu Rinatovna hamda institut rahbariyati kutib oldi.
Uchrashuv davomida Buxoro davlat universiteti va Qozon federal universiteti o‘rtasida iqtisodiyot, moliya va boshqaruv yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida tomonlar iqtisodiyot va moliya sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hamda o‘zaro aloqalarni aniq amaliy natijalarga yo‘naltirish yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinib, kelgusida yangi tashabbus va loyihalarni birgalikda amalga oshirish, akademik hamda ilmiy aloqalarni yanada faollashtirishga tayyorlik bildirildi.
Mazkur tashrif Buxoro davlat universiteti va Qozon federal universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiyot, moliya va boshqaruv yo‘nalishlarida yangi ta’lim hamda ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Facebook | 1 050 |
| 3 | 👥👥👥👥👥👥
📘Buxoro delegatsiyasi Qozon federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya institutida
Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov hamda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Mamurov boshchiligidagi delegatsiya Qozon federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya institutiga tashrif buyurdi.
Delegatsiyani institut direktori Radif Rifkatovich Zameditdinov kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institutning ta’lim va ilmiy faoliyati, ilmiy maktablari, zamonaviy infratuzilmasi hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, delegatsiya uchun institut muzeyi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda muassasaning shakllanish va rivojlanish tarixi, filologiya sohasidagi ilmiy an’analari, erishilgan yutuqlari hamda bugungi kundagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif doirasida Buxoro oliy ta’lim muassasalari hamda Qozon federal universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy-uslubiy tajriba almashish, shuningdek, istiqbolli qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashrif Buxoro oliy ta’lim muassasalari va Qozon federal universiteti o‘rtasidagi akademik hamda ilmiy aloqalarni mustahkamlash, filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Facebook | 1 056 |
| 4 | 🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda barcha islohotlar — inson qadri uchun!
🌐 bstu.uz 📱 Instagram 📱 Facebook 😎Telegram | 1 521 |
| 5 | #Tabriklaymiz 🗞️🗞️🗞️
📘Ismoilova Dildora Erkinovna fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵Ismoilova Dildora Erkinovna Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.FM.06.02 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida 01.01.01 – Matematik analiz ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Fermionli Fok fazodagi uchinchi tartibli operatorli matritsa muhim spektrining tahlili” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
⭐️Dissertant Dildora Ismoilova hamda ilmiy rahbar fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor To'lqin Rasulovni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube | 1 973 |
| 6 | 📸📸📸
📘Buxoronoma gazetasining 2026-yil 25-iyuldagi 57-sonida BuxDU rektori Obidjon Xamidov hamda BuxDU professori Bobir Namozovning "XXI asr Ibn Sinoni qayta kashf etmoqda” sarlavhali maqolasi chop etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Facebook | 1 671 |
| 7 | 🎓 Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi!
Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling
📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
📆 Ariza topshirish muddati
1-avgustdan 15-avgustga qadar.
🎥 Batafsil videoda bilib oling.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 1 546 |
| 8 | ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
❓Nima o‘zgardi?
Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!
Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.
Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 639 |
| 9 | Uchrashuv boshlandi!
🟡Jayxun 0:0 BuxDU 🟦
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇
Telegram ✈️| Instagram 🟣| Youtube🎞 | 1 808 |
| 10 | Jamoamiz uchrashuvdan oldin chigalyozdi mashg’ulotlarini yakunlandi mashg’ulotlardan fotolavhani tomosha qiling!
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇
Telegram | Instagram | Youtube | 1 839 |
| 11 | 🟡 QMU JAYXUN — BUXDU 🟦
🟢 https://youtu.be/M7Kqoq6O718 | 1 405 |
| 12 | 🎓 Rossiyaning TOP muhandislik universitetida o‘qish imkoniyati endi Toshkentda!
Agar siz IT, axborot texnologiyalari yoki elektronika yo‘nalishlarida tahsil olishni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-276-son qarori asosida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent filiali ilk bor abituriyentlar uchun qabulni boshladi.
📅 Hujjatlar 28-avgustga qadar qabul qilinadi.
📚 Bakalavriat yo‘nalishlari:
▫️ Informatika va hisoblash texnikasi
▫️ Axborot tizimlari va texnologiyalari
▫️ Elektron vositalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi
📝 Kirish imtihonlari:
✔️ Matematika
✔️ Rus tili
📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy.
🌐 Batafsil ma'lumot:
🌍 Rasmiy sayt
📎 Hujjat topshirish
🚀Telegram
📷Instagram
Murojaat uchun:
☎️ +998 50 074 40 80
☎️ +998 97 712 10 30
⚡️ Muhandislik sohasida xalqaro darajadagi ta'lim olishni istasangiz, hujjat topshirishni kechiktirmang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 476 |
| 13 | Відеоповідомлення | 1 309 |
| 14 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в неформальной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана в городе Чолпон-Ате.
#Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 397 |
| 15 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на неформальной Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Informal Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia and Azerbaijan
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 110 |
| 16 | 📘🚀 2026-2027-O'QUV YILI UCHUN UNIVERSITET "STARTAPLAR KLUBI"GA A'ZOLIKKA QABUL BOSHLANDI!
🔵Sizda innovatsion g‘oya yoki istiqbolli startap loyihasi bormi?
Unda Buxoro davlat universiteti Startaplar klubi safiga qo‘shiling va o‘z g‘oyangizni muvaffaqiyatli biznesga aylantirish yo‘lini biz bilan boshlang!
🔆Klub a’zolari uchun yaratiladigan imkoniyatlar:
✅ Akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish;
✅ Tajribali mentorlar va soha mutaxassislari bilan individual ishlash;
✅ Biznes model (Business Model Canvas), MVP va investitsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy treninglar;
✅ Respublika va xalqaro grantlar, startap tanlovlari hamda investitsiya dasturlarida ishtirok etish uchun ko‘mak;
✅ Investorlar, yirik sanoat korxonalari va hamkor tashkilotlar bilan uchrashuvlar;
✅ "Ehtiyoj – Yechim" tamoyili asosida real sektor muammolariga innovatsion yechimlar ishlab chiqish;
✅ Universitet laboratoriyalari va ilmiy infratuzilmasidan foydalanib loyiha prototipini yaratish;
✅ Startapni tijoratlashtirish, bozorga olib chiqish va investorlar oldida taqdim etishga tayyorlash.
📈 Klub faoliyati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
⚡️ Onlayn ariza topshirish;
⚡️ Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish;
⚡️ Mentorlar bilan startapni takomillashtirish;
⚡️ Ekspertlar oldida loyiha taqdimoti (Pitch Day);
⚡️ Investitsiyaga tayyorlash va tijoratlashtirish;
⚡️ Startapni real sektor korxonalarida joriy etish imkoniyati.
🏃♀️Startap klubiga a'zo bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting
https://buxdu-startap-club.netlify.app/
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 1 133 |
| 17 | Немає тексту... | 981 |
| 18 | BUGUN O’YIN KUNI
⚽️⚽️ O’zbekiston Proligasi - 2026
12-TUR
31.07.26
Boshlanish vaqti
18:15
🟡Jayxun - BuxDU 🟦
“Olimpiya ” stadioni 🏟
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇
Telegram ✈️| Instagram 🟣| Youtube🎞 | 1 060 |
| 19 | ⚔️ Bugun universitet derbisi!
🟡 Qaraqalpaq Mamleketlik Universiteti — Buxoro Davlat Universiteti 🟦
📲 https://t.me/ProLigaUZB | 1 033 |
| 20 | ❗️❗️❗️❗️❗️
Malakali, ilmiy daraja va/yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan pedagog kadrlar uchun Buxoro davlat universitetida vakant ish o‘rinlariga ochiq tanlov e’lon qilinadi!
Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.
Talabgorlar diqqatiga!
👉 Pedagog kadrlar lavozimlariga tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 31-iyuldan 15-avgustgacha (shu kun ham qabul qilinadi) qadar davom etadi.
Yetakchi xorijiy reytinglarda 1000 talikda turuvchi xorijiy OTMlarni o‘qib tugatgan talabgorlarga tanlovda ustuvorlik beriladi, tanlovning faqat suhbat bosqichida qatnashadi va faoliyatda keng imkoniyatlar beriladi.
👉 Bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish:
☑️ Lavozim vazifalar bilan tanishish: https://hr.bukhsu.uz/vacancy/
☑️ Ariza topshirish: https://uniwork.buxdu.uz/
✔️ Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr va magistr diplomi), xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan nomzod bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, ilmiy daraja va ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi diplom (mavjud bo‘lsa);
✔️ Rezyume (ma’lumotnoma-obyektivka)
✔️ Xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa qabul jarayonida ustuvorlik beriladi)
✔️ Chet tili kafedralari uchun C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat talab etiladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube | 1 402 |
