TASKIN - Psixologik markazi
Відкрити в Telegram
Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢
Показати більше2 451
Підписники
-224 години
+97 днів
-130 день
Архів дописів
Bugun oilaviy maslahatlar bo’yicha expert Shavkat Hasan akamizning Nikoh loyihalarini yopiq perezentatsiyasida mehmondamiz.
Yaqinda bir harakatimga diqqat qaratib qoldim. Ahamiyat qilsam, otam qaysi xonada bo’lsalar garchi men boshqa xonada bo’lsam ham, otam bor xona tomonga oyoq qaratib yotmas ekanman. Qandaydir o’zimni noqulay his qilaveraman. Boshqa tarafga oyoq uzataman. Yaxshilab tahlil qilsam bu odatim yoshligimdan shakllangan ekan (otam kirib kelsalarku yotgan joyimdan turib olaman).
“Qiblagohim otam” iborasini amalda isbotini his qildim shu onda!
P.s. farzandlaringizga yoshligidan tarbiya qilayapman deb hadeb urishavermasdan shu kabi oddiy ko’ringan detallarni o’rgatib boring.
▶️ @taskin_markaz
📍 Namangan viloyatida shaxsiy psixologik konsultatsiyalar
25–26-iyul kunlari xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘laman.
Safarim davomida bo‘sh vaqtimdan foydalanib, 2–3 nafar inson bilan yuzma-yuz psixologik konsultatsiya o‘tkazishga qaror qildim.
Ba’zan insonni uzoq vaqtdan beri qiynayotgan muammo haqida shunchaki ochiq gaplashishning o‘zi ham katta yengillik beradi. Agar siz ham ichki bezovtalik, oilaviy muammolar, uzoq yillardan beri hal qila olmay yurgan travmalar, xavotir yoki o‘zingizni yaxshiroq tushunish istagi bilan yurgan bo‘lsangiz, mamnuniyat bilan yordam beraman.
📅 Sana: 25–26-iyul
📍 Manzil: Namangan shahri (aniq joy uchrashuvdan oldin kelishiladi)
👥 Joylar soni cheklangan — atigi 3 ta konsultatsiya.
Agar o’zingizni qiynayotgan savollarga javob topishni istasangiz, @azimov_admin ga yozing. Vaqtlarni oldindan kelishib olamiz.
▶️ @taskin_markaz
#оят_ибратлар
«Юсуф ва унинг оға-инилари (ҳақидаги қисса)да сўровчилар учун оят ибратлар бордир» (Юсуф сураси, 7-оят).
– Отанинг муҳаббати зоҳиран яхши нарса, лекин бу Юсуф алайҳиссаломнинг қудуққа
ташланишига сабаб бўлди.
– Қудуққа тушиб қолишлари зоҳиран ёмон нарса, лекин бу вазирнинг хонадонига
киришларига сабаб бўлди.
– Вазирнинг қасри зоҳиран яхши маскан, лекин бу зиндонга тушишларига сабаб бўлди.
– Зиндонга тушишлари зоҳиран ёмон ҳолат, лекин бу Мисрнинг вазири бўлишларига
сабаб бўлди.
Демак, ҳар бир бало-офатнинг ортида совға ва туҳфа бор экан.
«Роббим Ўзи хоҳлаган нарсани сездирмай амалга оширгувчи Зотдир» (Юсуф сураси, 100-оят).
♻️ Улашинг
https://t.me/+nkho490OE8I3Y2Uy
Salkam 3 yillik tanaffusdan so’ng Tv kanallarida ko’rinish bergan psixologingiz 👇😉
https://youtu.be/vG9igI3tmSM?si=rXBpfYaIc0Jh_kXW
Kaminani Tv ko’rsatuvlarida chiqishini sog’inganlar Diqqatiga!
Ertaga soat 8:00 da Nurafshon telekanalida jonli efirda ko’rishguncha☝🏻😉
▶️ @taskin_markaz
Eslatma!
🔹Xato qilish - bu normal holat
🔹Yordam so’rash - bu norma
🔹Kichkina qadamlar - bu allaqachon progress
🔹Biroz tanaffus olish - bu ham norma.
Sen o’ylaganingdan ham kuchliroqsan, shunchaki o’zinga bo’lgan talablarni yuqori qo’yib yuborgansan…
▶️ @taskin_markaz
Pul tiksang sendan tortib olib bo’lmaydigan narsaga pul tik. Bu ilm bilan sog’liqqa qilingan sarmoyadir.
▶️ @taskin_markaz
Repost from Bepul darsliklar📚
Darsdan insayt:
“Ko’pincha ruhiy travmasi bor insonni o’zi emas, uni atrofidagilar qiynalishadi”
Ya’ni abyuzerlar, nartssislar, psixopatlar bu haqiqiy travmatik insonlardir. Bu toifadagi insonlarni o’zidan ko’ra ular bilan munosabatga kirishganlar aziyat chekishadi.
Topmoq uchun avval yo’qotmoq kerak!
O’zlikni topmoq uchun - avval o’z menini yo’qotganini kishi anglamog’i zarur.
▶️ @taskin_markaz
Repost from Bepul darsliklar📚
Vaqtliroq e’lon qilolmadik uzr do’stlar!
Efir bugun soat 21:00da bo’ladi. Ungacha tezda ulanib olsangiz bo’ladi.
Adminga yozing: @azimov_admin
Tasavvur qiling:
Agar hozir siz yashagan hayot bilan yashayotgan, siz his qilgan hissiyotlarni his qilayotgan odamni ko’rganingizda unga nima degan bo’lardingiz?
Javobingizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻
▶️ @taskin_markaz
