TASKIN - Psixologik markazi
前往频道在 Telegram
Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢
显示更多2 488
订阅者
+524 小时
+47 天
-5030 天
帖子存档
Repost from Bepul darsliklar📚
Darsdan insayt:
“Ko’pincha ruhiy travmasi bor insonni o’zi emas, uni atrofidagilar qiynalishadi”
Ya’ni abyuzerlar, nartssislar, psixopatlar bu haqiqiy travmatik insonlardir. Bu toifadagi insonlarni o’zidan ko’ra ular bilan munosabatga kirishganlar aziyat chekishadi.
Topmoq uchun avval yo’qotmoq kerak!
O’zlikni topmoq uchun - avval o’z menini yo’qotganini kishi anglamog’i zarur.
▶️ @taskin_markaz
Repost from Bepul darsliklar📚
Vaqtliroq e’lon qilolmadik uzr do’stlar!
Efir bugun soat 21:00da bo’ladi. Ungacha tezda ulanib olsangiz bo’ladi.
Adminga yozing: @azimov_admin
Tasavvur qiling:
Agar hozir siz yashagan hayot bilan yashayotgan, siz his qilgan hissiyotlarni his qilayotgan odamni ko’rganingizda unga nima degan bo’lardingiz?
Javobingizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻
▶️ @taskin_markaz
50% va 70% lik chegirmali konsultatsiyalarimizga ulgurmay qolganlar uchun!
Bizda chegirmaga yozilib lekin ma’lum sabablarga ko’ra kela olmay qolganlar bor. Ularni o’rniga boshqa odamni qabul qilamiz.
Kimga konsultatsiya kerak bo’lsa, tezda @azimov_admin ga aloqaga chiqing!
Atiga 2ta joy bor🎁🏃🏃♀️
▶️ @taskin_markaz
Anchadan beri konsultatsiya olishim kerak deb lekin turli sabablar bilan psixolog qabuliga bora olmay yurganlar DIQQATIGA!
Biz obunachilarimiz orasidan 10nafar ishtirokchiga konsultatsiyamizni 50% va 70% chegirma qilib beramiz.
Joylar soni cheklanganligi bois darhol yozib joyingizni band qildirib qo’ying!
Batafsil ma’lumot olish uchun: @azimov_admin profiliga “CHEGIRMA” so’zini yozib qoldiring!
▶️ @taskin_markaz
+1
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda «душевный целитель», «энергокоуч» «родолог» lar ko’paygan. Ularning asosiy yo’nalishi insonni “qalbini tozalash” , “Yaratgan bilan aloqani tiklash” va hokazolarga qaratilgan…
Bizning yurtdoshlarimiz orasida ham rus, ingliz va hokazo millatlarning “expertlari”ni Instagram, Youtube orqali kuzatadiganlar, ularni “aqlli” gaplaridan xulosa qiladiganlar bor.
Ko’rinishidan buni yomon joyi yo’qdek ko’rinadi. Hatto, bu ahir zo’rku deb ham o’ylab qolasiz. Yomon gap gapirmayaptiku? Lekin, tanganing 2-tomoni ham bor.
Yaratgan bilan munosabatni, qalb ilmini har kim o’z dinidan kelib chiqib talqin qiladi. Shunday ekan bu muhim mavzuni boshqa din vakillaridan o’rganish bu katta xato!
Dunyoviy har qanday ilmni istalgan insondan o’rganavering, lekin qalb, nafs, din masalalarida o’zimizning ahli ilmlarga murojaat qilishimiz kerak!
Haq - adashganlardan o’rganilmaydi☝🏻
▶️ @taskin_markaz
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar!
Alloh taolo qilgan qurbonliklaringizni, duolaringizni va ezgu niyatlaringizni qabul aylasin. Har bir xonadoningizga tinchlik, qalbingizga xotirjamlik, hayotingizga baraka va fayz ato etsin.
Yaqinlaringiz bilan mehr-oqibatda, quvonch va baxt ichida yashang. Dard ko‘rmang, rizqingiz ziyoda, qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin.
✨ Qurbon hayiti barchamizga yaxshilik, poklanish va yangi umidlar olib kelsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌙🐑
▶️ @taskin_markaz
Repost from Hasanxon Yahyo Abdulmajid | Rasmiy
Аллоҳ сизни хурсанд қилганичалик , сиз ўзингизни ўзингиз хурсанд қила олмайсиз.
Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид
Muhabbat izhori 💗
Insonlar "men seni yaxshi
ko'raman" degan gapni
turlicha aytishadi.
Ba'zilar "o'zingni ehtiyot qil"
degan shaklda...
Boshqalar "havo sovuq,
yaxshi kiyinib olgin" tarzida...
Boshqa birovlar "ovqat
yedingmi?", tarzida...
Yana boshqalar "bugun ko'p
charchading, endi dam ol"
ko'rinishida...
Boshqalar "uyga kelsang menga
xabar ber" tarzida aytishadi.
Kimlardir buni tushunadi.
Ammo ba'zilar buni oddiy
gap deb o'ylab unga mos
javob qaytarib qo'ya qolishadi!
🌷 Nega menga sevishingizni aytmaysiz deydiganilarga
yuborib qo'yvurasiz 🫶
#Abdulqodir Polvonov
@alamiy_uz
“Bolamni boshi kasaldan chiqmayapti” - deydigan onalar uchun👇🏻
Farzandingizni faqat kasal bo’lganida e’tiborli bo’lib qolsangiz, ko’p mexr beradigan bo’lib qolsangiz, keyinchalik ko’p betob bo’lishga moyil bo’lib qoladi.
Xulosa, yosh bolalarga tez-tez kerakli e’tibor va mexrni berib turing.
▶️ @taskin_markaz
KECHIRISH O‘ZINGIZNI OZOD QILISHDIR
Kechirish qilingan xatoni oqlash yoki bo‘lgan ishni unutish degani emas. Bu shunchaki o‘sha og‘riqni qo‘yib yuborish, uni na o‘zingga, na boshqalarga qarshi qurol qilmaslikdir.
Ba’zan ichimizdagi ginalar bizni himoya qilayotgandek tuyuladi. Go‘yo xafa bo‘lib yursak, qayta zarba yemaydigandekmiz. Lekin aslida bu tuyg‘u bizni o‘tmishga zanjirlab qo‘yadi va olg‘a yurishga yo‘l bermaydi.
Kechirish kimgadir yaxshilik qilish emas, balki o‘zingga ichki erkinlik sovg‘a qilishdir. Buni birov uchun emas, o‘z xotirjamligingiz uchun qilasiz. Qalbingizda og‘riq bilan emas, osudalik bilan yashash uchun. Yana yengil nafas olish va hayot lazzatini tuyish uchun.
Axir yashash uchun berilgan fursat shundoq ham qisqa. Shunday ekan, allaqachon qo‘yib yuborish kerak bo‘lgan yuklarni qalbda saqlab yurishdan nima naf?
O‘zingizga baxtli yashashga ruxsat bering. Kechiring va ozod bo‘ling. ♥️
#tarjima
▶️ @taskin_markaz
Руҳий хотиржамлик учун 3 та олтин қоида:
1. Майда-чуйдага куюнманг: Нарх-наво ёки об-ҳаво каби сизга боғлиқ бўлмаган нарсалар учун асабингизни бузманг.
2. Юрагингизни ҳимоя қилинг: Ҳар хил миш-миш ва салбий хабарларни қалбингизга яқин олманг.
3. Шижоатли бўлинг: Муаммоларга нисбатан шиддатли, бўронларга нисбатан кучли бўлишни ўрганинг.
Қўрқоқ киши ваҳима ва ёмон тушлар билан ҳар куни ўзини бир неча марта "ўлдиради". Жасур эса ҳаётни борича қабул қилади.
Имони суст инсоннинг ваҳима-васвасаси кўп бўлади. Лекин шижоатли қалб эгаси ҳар қандай қийинчиликка босиқлик ва мустаҳкам ишонч билан юзланади.
Аллоҳ қалбингизга хотиржамлик солсин! ✨
✅ Яқинларингизга ҳам улашинг!
▶️ @taskin_markaz
Onkologiyaga chalingan bemorlar: “Agar men tuzalib ketsam, hayotimni o’zgartiraman” deydi.
Senchi? 🫵🏻
- Sen harakat qila olasan…
- Sen ishlay olasan…
- Sen kula olasan…
- Seva olasan…
- Sen sayohat qila olasan…
- Sen erisha olasan…
- Sen orzu qila olasan…
Senda hali imkoniyat bor! Uni qo’ldan boy berma!
▶️ @taskin_markaz
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
