uk
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Відкрити в Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
4 708
Підписники
-624 години
-507 днів
-1 73930 днів
Архів дописів
Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Mahalladagi hamjihatlik, daxldorlik va tashabbuskorlik amaliy natijalar bilan o‘lchanishi ta’kidlandi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Mas’uliyat va tashabbuskorlik yetishmayapti".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#ob_havo 📆 Bugun 17-iyul, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Ⓜ️ Yerusti metro liniyasining «Turon» 13-bekatidagi vaziyat yuzasidan ma'lumot 🚇 «Toshkent metropoliteni» DUK avval xabar be
Ⓜ️ Yerusti metro liniyasining «Turon» 13-bekatidagi vaziyat yuzasidan ma'lumot 🚇 «Toshkent metropoliteni» DUK avval xabar berganidek, 2026-yil 16-iyul kuni yerusti metro liniyasining «Turon» 13-bekatida shiftning dekorativ qoplama qismlari yo‘lovchilar platformasiga qisman qulab tushganini ma’lum qilamiz. Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi. Ularga zudlik bilan zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ayni paytda korxona mutaxassislari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda inshoot konstruksiyalarini vizual va texnik ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shiftning dekorativ qismi shikastlangan. Hodisa sabablarini aniqlash maqsadida maxsus komissiya tuzilgan, ayni vaqtda tiklash ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahar hokimligi ilk daqiqalardanoq metropoliten rahbariyati bilan aloqada bo‘lib, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash uchun zarur ko‘makni ko‘rsatmoqda. Bekatga tutash hududda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari transport harakatini tartibga solib, xavfsizlikni ta’minlamoqda. Tekshiruv va ta’mirlash ishlari davomida Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi: — 13 va 14-bekatlar oralig‘ida 4 ta avtobus; — 13 va 12-bekatlar oralig‘ida 4 ta avtobus. Harakatlanish intervali 3 daqiqani tashkil etadi. Shuningdek, voqea joyida shahar va favqulodda xizmatlarning faoliyati ta’minlanib, yo‘lovchilarni jamoat transporti harakatidagi o‘zgarishlar haqida tezkor xabardor qilish yo‘lga qo‘yilgan. «Toshkent metropoliteni» DUK yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi. Toshkent shahar hokimligi aholining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan vaziyatni nazorat qilishda davom etmoqda. Ⓜ️ О ситуации на 13-й станции "Турон" наземной линии метрополитена 🚇 Как ранее сообщило ГУП «Тошкент метрополитени», 16 июля 2026 года, информируем, что на 13-й станции наземной линии метро «Турон» произошло частичное обрушение декоративных облицовочных элементов потолка на пассажирскую платформу. В результате происшествия два пассажира получили лёгкие телесные повреждения. Им своевременно оказана необходимая медицинская помощь. В настоящее время специалисты предприятия совместно с профильными организациями проводят визуальное и техническое обследование конструкций. По предварительным данным, повреждена декоративная часть потолка. Для установления причин произошедшего создана специальная комиссия, ведутся восстановительные работы. Хокимият города Ташкента с первых минут находится на связи с руководством метрополитена и оказывает необходимое содействие для обеспечения безопасности и удобства жителей. На прилегающей территории сотрудники Управления безопасности дорожного движения ГУВД города Ташкента регулируют движение и обеспечивают безопасность. На период обследования и ремонтных работ Главным управлением транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента совместно с АО «Тошшахартрансхизмат» организовано движение дополнительных автобусов: — 4 автобуса между 13-й и 14-й станциями; — 4 автобуса между 13-й и 12-й станциями. Интервал движения составляет 3 минуты. На месте также обеспечена работа городских и экстренных служб, налажено оперативное информирование пассажиров об изменениях в движении общественного транспорта. ГУП «Тошкент метрополитени» приносит пассажирам извинения за временные неудобства. Хокимият города Ташкента продолжает контролировать ситуацию в части обеспечения безопасности и бесперебойного передвижения жителей. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🇺🇿 Yangihayot tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida tashkil etilgan qabulda 10 nafarga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar, tashabbus va takliflari bilan tuman hokimiga murojaat qildi.
👍 Xususan, murojaatchilardan biri yoshlarning ta’lim-tarbiyasini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan loyihasini taqdim etdi. Tuman hokimi mazkur tashabbusni qiziqish bilan tinglab, uning mazmuni, amaliy ahamiyati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. 👍 Yana bir fuqaro bandligini ta’minlash masalasida murojaat qildi. Suhbat davomida uning kasbiy tajribasi va mavjud imkoniyatlari inobatga olinib, mos bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya etildi. ⚡️ Shuningdek, uy-joy masalasida murojaat qilgan fuqaroga subsidiya asosida uy-joy olish uchun ariza topshirish tartibi, talab etiladigan hujjatlar va amaldagi mezonlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
🔷 Bundan tashqari, qabul davomida uy-joy, tibbiyot, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik hamda obodonlashtirish yo‘nalishlariga oid boshqa murojaatlar ham mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning ayrimlari joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olindi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari mahallalarni rivojlantirish, odamlar turmush sharoitini yaxshilash va oilalarni mustahk
Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari mahallalarni rivojlantirish, odamlar turmush sharoitini yaxshilash va oilalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilinganini ta’kidladi. Bunday ezgu ishlar orqali mahallada mehr-oqibat, ahillik, hamjihatlik, ogohlik va sog‘lom muhit shakllanishi qayd etildi.
“Odamlarning ertangi kunga ishonchi ortadi, islohotlar yanada jadallashib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oson yechim topiladi. Oilalarda va xonadonlarda tinchlik-totuvlik hukm suradi. Yoshlar Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiya topadi. Eng muhimi, hech kim e’tibordan chetda qolmaydi,
– dedi Prezidentimiz. Yakunda mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X

Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yaratilgan tizim o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. So‘nggi uch yilda kr
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yaratilgan tizim o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. So‘nggi uch yilda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 1 ming 162 ta mahallaning 571 tasida bu yil birorta jinoyat sodir etilmadi. Bunga videokameralar o‘rnatilib, xavfsiz ko‘cha va yo‘laklar tashkil qilingani, aholi muammolari ilmiy asosda hal etilgani, oilalarga psixologik yordam ko‘rsatilgani natijasida erishildi. Jinoyatchilikni jilovlashga mas’ul ilmiy tashkilotlar bilan birga namunali mahallalar tajribasi asosida metodika ishlab chiqiladi. Yil davomida “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar profilaktika inspektorlari ushbu metodika bo‘yicha joyiga borib o‘qitiladi. Namangan viloyatida profilaktika inspektorlariga yonkameralar berilib, planshetlariga integratsiya qilingan tajriba ham ijobiy natija bergan. Bu orqali fuqarolar shaxsini aniqlash, ma’muriy bayonnoma to‘ldirish va sudga material yuborish avtomatlashgan. Natijada profilaktika inspektorlarining ish yuklamasi qisqarib, ayrim mahallalarda jinoyatlar 10 tadan 5 taga kamaygan. Mazkur tajribani yil yakunigacha Namangan viloyatida to‘liq, qolgan hududlarda esa kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 448 ta mahallada yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda mahalla bankirlarining ish uslubi ham tubdan o‘zgarishi belgilandi. Joylarda yaxshi tajribalar bor. Masalan, Ango
Yig‘ilishda mahalla bankirlarining ish uslubi ham tubdan o‘zgarishi belgilandi. Joylarda yaxshi tajribalar bor. Masalan, Angor tumani Yangiobod mahallasidagi 2 kilometr zovur usti yopilib, 110 ta servis obyekti ishga tushirildi. Natijada mahalla atrofida yashaydigan 1 ming 225 nafar odam ishli va daromadli bo‘ldi. Arnasoy tumanidagi Baxtli mahallasining bankiri 20 ta xonadonga 50 million so‘mdan kredit ajratib, mehmon uylarini ishga tushirdi. Har bir xonadon bir mavsumda 100 million so‘mgacha daromad olmoqda. Ish yurib ketgani uchun yana 80 ta oila shunday mehmon uylari tashkil qilishga kirishdi. Endi banklar har bir mahallaning “o‘sish nuqtasi”ni aniqlab, tashabbuskorlarni topishi va daromadli loyihalarni ko‘paytirishi zarur. Bundan buyon bitta mahalla bankiriga ko‘pi bilan uchta mahalla biriktiriladi. Ikki haftada tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan oliygoh bitiruvchilari va yosh mutaxassislar orasidan 400 nafar yangi mahalla bankiri tanlab olinadi. Ular bir oy davomida namunali mahallalarga olib borilib, tajriba o‘rganadi. Facebook|Instagram|X

Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat,
Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida bu boradagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi. Achinarlisi, 960 ta kambagʻal oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand odam doimiy ishga joylashtirilmagan. 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay yurib, loyiha qilmagan, tadbirkorlar bilan uchrashmagan. Shuning uchun yil boshidan mahallada ishni toʻgʻri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi, yana 700 nafariga intizomiy chora koʻrildi. Mahallalarda soliq tushumlari, jinoyatchilikni jilovlash va aholi muammolarini hal etish boʻyicha ham masʼullarga savollar qoʻyildi. Davlatimiz rahbari mahalla odamlar uchun chinakam “ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi” boʻlishi zarurligini taʼkidladi. Facebook|Instagram|X

Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu yilning o‘zida Xalq qabulxonalari orqali
Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu yilning o‘zida Xalq qabulxonalari orqali 87 ta mahallaning har biridan 200 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu mahalla raislari hududi bo‘yicha master reja qilishni, bo‘sh yerlar, bino-inshootlarni iqtisodiy aktivga aylantirishni o‘ylamayotgani, tuman, viloyat, respublikadan kelgan rahbarlarga aniq masala qo‘ya olmayotgani bilan ham bog‘liq. Shuningdek, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida joriy yil 7,5 trillion so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, 2 ming 136 ta mahallada birorta loyiha g‘olib chiqmagan. Davlatimiz rahbari mahalladagi hamjihatlik, daxldorlik va tashabbuskorlik aynan shunday amaliy natijalar bilan o‘lchanishini ta’kidladi. Yig‘ilishda mahallalarda kichik loyihalarni ko‘paytirish va aholini ishli qilish masalalari tanqidiy tahlil qilindi. So‘nggi olti oyda banklar tomonidan kichik-kichik loyihalar uchun 18,5 trillion soʻm resurs ajratildi. Mazkur mablagʻlar hisobidan 110 mingta mikroloyiha amalga oshirilib, 259 ming odam ishli boʻldi. Lekin 47 ta mahallada bor-yoʻgʻi 2 tadan mikroloyiha ishga tushirilgan. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha t
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, odamlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ berilganini ta’kidladi. Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha ko‘paydi. Tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoldi, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150-200 million so‘m tushdi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

#YangihayotAI #IjtimoiyRolik 🚫 Biz korrupsiyaga qarshimiz! ➡️ Agar siz poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoki boshqa korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqda, albatta, Bosh prokuraturaning 1161 — ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling. 🟡 Korrupsiyaga murosasiz munosabat — adolatli va farovon kelajak sari muhim qadamdir. _______________ #YangihayotAI #СоциальныйРолик 🚫 Мы против коррупции! ➡️ Если вы столкнулись со взяточничеством, злоупотреблением должностным положением или другими случаями коррупции, обязательно сообщите об этом по телефону доверия Генеральной прокуратуры — 1161. 🟡 Бескомпромиссное отношение к коррупции — это важный шаг к справедливому и процветающему будущему. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Live #Qabul 🇺🇿 Ayni vaqtda Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli bo’lib o’tmoqda. 👍 Unda tuman hokimi hududning turli mahallalarida istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin fuqaroning muammo va takliflarini o’rganmoqda 📌 Qabul natijalariga batafsil keyinroq to’xtalamiz _________ 🇺🇿 В настоящее время в хокимияте Янгихаётского района проходит очередной личный приём граждан, который проводит хоким района. 👍 На приёме хоким района изучает проблемы и предложения около 10 граждан, проживающих в различных махаллях. 📌 Подробнее о результатах приёма мы сообщим позже. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Bizda navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. 📌 Brifingda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan 5-iyuldan 5-sentabrga qadar respublikamizda o'tkazilayotgan "Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olish, shuningdek, cho‘milish mavsumida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda fuqarolar hushyorligini oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. 🧯 Yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? 🏊‍♀️ Suv havzalarida qanday ehtiyot choralariga amal qilish kerak? 👍 Ushbu videoda shu kabi savollarga to‘liq javob beriladi. Brifingni tomosha qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 16-iyul, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 💡 16-iyul kuni soat 02:00 dan 03:00 ga qadar 110/10 kV kuchlanishli “Istiqbol” podstansiyasida
❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 💡 16-iyul kuni soat 02:00 dan 03:00 ga qadar 110/10 kV kuchlanishli “Istiqbol” podstansiyasida elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi. 📍 Shu sababli quyidagi mahallarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin: 📌 “Yangi Turmush” MFY 📌 “Humo” MFY 📌 “Olchazor” MFY 📌 “Marhamat” MFY 📌 “Yangi Choshtepa” MFY 📌 “Choshtepa” MFY 📌 ”Yangi Hayot” MFY 📌 “Oriyat” MFY 📌 “Gulshanobod” MFY 📌 “Tashabbus” MFY 📌 “Yangi Umid” MFY 📌 “Zarbdor” MFY 📌 “Yorqin Hayot” MFY 📌 “Xushnud” MFY 📌 “Yangi Darxon” MFY 📌 “Yo‘ldosh” MFY 📌 “Mash’al” MFY 📌 “Charog‘on” MFY 📌 “Do‘stlik” MFY iste’molchilarining ayrim qismi 🛠️“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali ma’lum qilishicha, ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustgacha o‘z loyihalarini “Openbudget.uz” portalida ilgari surishlari mumkin. ☑️ Shuningdek, tashabbuskorlar 3-avgustga qadar sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham taqdim etishlari mumkin. 🏆 Eslatib o‘tamiz, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Mavsum reja-kalendari bilan mazkur post orqali tanishishingiz mumkin. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

👍 Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga t
+8
👍 Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” tomonidan bir guruh nikohlanuvchi juftliklar uchun oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga oid o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 👍 Davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda mas'ul rahbarlar hamda mutaxassislar yoshlarga nikohdagi huquqiy majburiyatlar, oilada huquqiy munosabatlarning kelib chiqishi, to‘y-ma’rakalarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat asosida baxtli turmush kechirish haqida zarur tavsiya va maslahatlar berishdi. 👍 Bundan tashqari, oilaviy-huquqiy munosabatlar, turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, ota-onalikning ijobiy koʻnikmalari, maʻnaviy-axloqiy qadriyatlar haqida tushunchalar berildi.Tadbir yakunida esa yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#OAVvaBiz 🇺🇿 Yangihayotda anomal issiq ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar OAV nigohida _______ #СМИиМы 🇺🇿 Меры по смягчению последствий аномальной жары в Янгихаётском районе в объективе СМИ 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site