Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
رفتن به کانال در Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 710
مشترکین
-1424 ساعت
-597 روز
-1 74630 روز
آرشیو پست ها
+4
#Live
👍 Tadbir davomida ishtirokchilarga mahalla tizimini rivojlantirish va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha eng zarur hamda foydali ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
👍 Mahalla faollari ham faoliyatlariga oid o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Live
🇺🇿 🇺🇿 Ayni damda Toshkent shahar hokimi boshchiligida Humo Arena sport majmuasida poytaxtdagi, jumladan, Yangihayot tumanidagi mahalla yettiliklari bilan mahalla tizimini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan yirik taqdimot va team building bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Ushbu tadbir mahalla tizimini yanada takomillashtirish hamda O‘zbekiston Prezidentining belgilagan ustuvor vazifalari va PF–116-sonli Farmoni ijrosini samarali ta'minlashga qaratilgan.
👍 Tadbir davomida mahalla institutini tubdan yangilash, ahalla yettiligi faoliyati sifatini oshirish, aholi murojaatlarini joyida va qisqa muddatda hal etish, davlat idoralari va mahalla tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+3
📍 Ayni damda Humo Arena sport majmuasida Toshkent shahar hayotidagi muhim siyosiy-amaliy tadbirlardan biri boshlanish arafasida.
💠 Toshkent shahar hokimi boshchiligida oʻtkazilayotgan ushbu yirik taqdimot va team building mahalla tizimini yanada takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bagʻishlanadi.
👥 Unda Yangihayot tumanidagi 30 ta mahalla yettiligi va tuman hokimligi masʼullari ham ishtirok etmoqda. Tadbir jami 5 ming nafardan ortiq poytaxt faollarini bir maydonga jamlaydi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
❗️Hurmatli “Choshtepa” mahalla ahli!
💡 Sergeli tumanidan kirib keluvchi yuqori kuchlanishli kabelda yuzaga kelgan nosozlik sababli, mahallalardagi ayrim qismlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda avariya tiklash brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+2
🙂 Issiqni ham mehr yenga oladi
☀️ Asfalt qizigan. Havo dim. Ko‘pchilik salqin joy izlayotgan ayni damda kimdir quyosh tig‘i ostida shahrimizni ozoda saqlash uchun mehnat qilmoqda.
🇺🇿 Yangihayot tumanida yashovchi faol fuqaro Xabibulla aka ana shunday insonlarning mashaqqatini ko‘rib, befarq o‘tishni istamadi. U o‘z mablag‘i hisobidan obodonlashtirish xodimlariga ichimlik suvi ulashib, ularning og‘ir mehnatini yengillashtirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
👍 Bu oddiy saxovat emas edi. Bu mehnatga bo‘lgan hurmat, inson qadri va jamiyat birdamligining amaldagi ifodasi edi. Chunki ba'zan eng katta yordam qimmatbaho sovg‘alarda emas, ayni vaqtda uzatilgan bir shisha suvda ham namoyon bo‘ladi.
🥳 Yangihayot tuman hokimligi tomonidan ushbu ezgu tashabbusni yuksak qadrlab, fuqarolik mas'uliyati, bag‘rikengligi va boshqalarga namuna bo‘ladigan insonparvarligi uchun Xabibulla akaga "Yangihayot faxri" esdalik ko‘krak nishoni topshirildi.
🕊 Bunday ezgu amallar jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va birdamlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Zero, chin insoniylik baland minbarlarda emas, balki birovning mashaqqatini his qilib, unga vaqtida ko‘rsatilgan e'tiborda namoyon bo‘ladi.
__________________
🙂 И жару одолеет доброта
☀️ Асфальт раскалён. Воздух душный. В то время как большинство ищет прохладу, кто-то трудится под палящим солнцем, чтобы сохранить чистоту нашего города.
🇺🇿 Хабибулла-ака, активный гражданин и житель Янгихаётского района, увидев, как тяжело приходится этим людям, не смог остаться равнодушным. На собственные средства он купил и раздал работникам сферы благоустройства питьевую воду и прохладительные напитки, внеся свой вклад в облегчение их нелёгкого труда.
👍 Это была не просто щедрость. Это было проявлением на деле уважения к труду, человеческому достоинству и единству общества. Ведь порой самая большая помощь — это не дорогие подарки, а бутылка воды, протянутая в нужный момент.
🥳 Высоко оценив эту благородную инициативу, хокимият Янгихаётского района вручил Хабибулле-ака памятный нагрудный знак "Гордость Янгихаёта" за его гражданскую ответственность, отзывчивость и человечность, служащую примером для других.
🕊 Такие добрые дела ещё больше укрепляют в нашем обществе чувства сопереживания, взаимного уважения и сплочённости. Ибо истинная человечность проявляется не в высоких словах с трибун, а в способности почувствовать чужие трудности и в своевременно оказанном внимании.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#BizHurmatQilamiz
☀️ Yozning jazirama kunlari. Harorat tobora ko‘tarilib borayotgan bir paytda obodonlashtirish xodimlari o‘z xizmatini bir zum ham to‘xtatmayapti. Ular quyosh tig‘i ostida ko‘chalar, xiyobonlar va jamoat maskanlarini ozoda va tartibli saqlash uchun sidqidildan mehnat qilmoqda.
🇺🇿 Har bir toza ko‘cha, supurilgan yo‘lak va obod maskan ortida ana shu fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati mujassam. Ularning mehnati doim e’tibor va e’tirofga munosib.
🇺🇿 Shu maqsadda Yangihayot tumani hokimligi tomonidan jazirama issiqda xizmat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga salqin ichimlik hamda muzqaymoqlar tarqatildi.
😊 Siz ham uyingiz, mahallangiz yoki ish joyingiz atrofida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga va ularning mehnatiga befarq bo‘lmang.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+4
💧 Yangihayot tumanida sug‘orish tizimlari faol ishlamoqda
🇺🇿 Yangihayot tumanida anomal issiq ob-havo sharoitida yashil hududlarni asrash hamda aholi uchun yanada qulay va salqin muhit yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🏡 Xususan, tuman hududidagi gazonlar, daraxtlar va boshqa ko‘kalamzor maydonlardagi sug‘orish tizimlari rejali grafik asosida faol ishlamoqda.
_____________
💧 В Янгихаётском районе активно работают системы орошения.
🇺🇿 В Янгихаётском районе в условиях аномальной жары принимаются необходимые меры для сохранения зелёных насаждений и создания более комфортной и прохладной среды для населения.
🏡 В частности, системы полива на газонах, деревьях и других озеленённых территориях района работают в активном режиме по утверждённому графику.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
+3
🌿Toza shahar — barchamizning mas’uliyatimiz
📊 Iyul oyining dastlabki 15 kunida Toshkent shahrida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq 6 204 ta holat aniqlanib, 3 mlrd 135,2 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
🖥Xususan, “Xalq nazorati” portaliga kelib tushgan murojaat asosida qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlagan shaxsga BHMning 50 baravari — 20,6 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima rasmiylashtirildi.
🧹🍀Toza va ozoda shahar — bu avvalo har birimizning kundalik mas’uliyatimiz. Keling, Toshkentni birgalikda asraylik, chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlaylik va shahrimizni yanada qulay hamda yashash uchun yanada munosib maskanga aylantiraylik.
Batafsil — infografikada.
⸻
🌿Чистый город — наша общая ответственность
📊 За первые 15 дней июля в Ташкенте выявлено 6 204 случая выброса отходов в неположенном месте. По этим нарушениям наложены административные штрафы на общую сумму 3 млрд 135,2 млн сумов.
🖥В частности, по обращению, поступившему через портал «Xalq nazorati», за незаконный выброс строительных отходов был оформлен административный штраф в размере 50 БРВ — 20,6 млн сумов.
🧹🍀Чистый и ухоженный Ташкент начинается с ответственного отношения каждого из нас. Давайте вместе беречь наш город, выбрасывать отходы только в специально отведённых местах и делать столицу ещё более комфортной и красивой для жизни.
Подробнее — в инфографике
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Repost from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
📣 TOSHKENT SHAHRIDA KADASTR TIZIMIDA ISHLASHNI ISTAGANLAR DIQQATIGA!
🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tizimdagi 29 ta vakant lavozimga ishga taklif etadi.
🗓️ Arizalar 17-iyuldan 22-iyulgacha (dam olish kunisiz) 🕘 09:00 – 17:00 gacha qabul qilinadi.
📞 Batafsil ma’lumot bo‘yicha +99871 231-68-51 (ichki 222) telefon raqamiga murojaat qiling.
📍Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, KXAY koʻchasi, 9-uy.
💼 Kadastr tizimida o‘z faoliyatingizni boshlang, bizning jamoaga qo‘shiling.
#Kadastr #vakansiya #matn
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mahalladagi hamjihatlik, daxldorlik va tashabbuskorlik amaliy natijalar bilan o‘lchanishi ta’kidlandi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Mas’uliyat va tashabbuskorlik yetishmayapti".Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Ⓜ️ Yerusti metro liniyasining «Turon» 13-bekatidagi vaziyat yuzasidan ma'lumot
🚇 «Toshkent metropoliteni» DUK avval xabar berganidek, 2026-yil 16-iyul kuni yerusti metro liniyasining «Turon» 13-bekatida shiftning dekorativ qoplama qismlari yo‘lovchilar platformasiga qisman qulab tushganini ma’lum qilamiz.
Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi. Ularga zudlik bilan zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Ayni paytda korxona mutaxassislari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda inshoot konstruksiyalarini vizual va texnik ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shiftning dekorativ qismi shikastlangan. Hodisa sabablarini aniqlash maqsadida maxsus komissiya tuzilgan, ayni vaqtda tiklash ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi ilk daqiqalardanoq metropoliten rahbariyati bilan aloqada bo‘lib, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash uchun zarur ko‘makni ko‘rsatmoqda.
Bekatga tutash hududda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari transport harakatini tartibga solib, xavfsizlikni ta’minlamoqda.
Tekshiruv va ta’mirlash ishlari davomida Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi:
— 13 va 14-bekatlar oralig‘ida 4 ta avtobus;
— 13 va 12-bekatlar oralig‘ida 4 ta avtobus.
Harakatlanish intervali 3 daqiqani tashkil etadi.
Shuningdek, voqea joyida shahar va favqulodda xizmatlarning faoliyati ta’minlanib, yo‘lovchilarni jamoat transporti harakatidagi o‘zgarishlar haqida tezkor xabardor qilish yo‘lga qo‘yilgan.
«Toshkent metropoliteni» DUK yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
Toshkent shahar hokimligi aholining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan vaziyatni nazorat qilishda davom etmoqda.
⸻
Ⓜ️ О ситуации на 13-й станции "Турон" наземной линии метрополитена
🚇 Как ранее сообщило ГУП «Тошкент метрополитени», 16 июля 2026 года, информируем, что на 13-й станции наземной линии метро «Турон» произошло частичное обрушение декоративных облицовочных элементов потолка на пассажирскую платформу.
В результате происшествия два пассажира получили лёгкие телесные повреждения. Им своевременно оказана необходимая медицинская помощь.
В настоящее время специалисты предприятия совместно с профильными организациями проводят визуальное и техническое обследование конструкций. По предварительным данным, повреждена декоративная часть потолка. Для установления причин произошедшего создана специальная комиссия, ведутся восстановительные работы.
Хокимият города Ташкента с первых минут находится на связи с руководством метрополитена и оказывает необходимое содействие для обеспечения безопасности и удобства жителей.
На прилегающей территории сотрудники Управления безопасности дорожного движения ГУВД города Ташкента регулируют движение и обеспечивают безопасность.
На период обследования и ремонтных работ Главным управлением транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента совместно с АО «Тошшахартрансхизмат» организовано движение дополнительных автобусов:
— 4 автобуса между 13-й и 14-й станциями;
— 4 автобуса между 13-й и 12-й станциями.
Интервал движения составляет 3 минуты.
На месте также обеспечена работа городских и экстренных служб, налажено оперативное информирование пассажиров об изменениях в движении общественного транспорта.
ГУП «Тошкент метрополитени» приносит пассажирам извинения за временные неудобства.
Хокимият города Ташкента продолжает контролировать ситуацию в части обеспечения безопасности и бесперебойного передвижения жителей.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
🇺🇿 Yangihayot tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida tashkil etilgan qabulda 10 nafarga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar, tashabbus va takliflari bilan tuman hokimiga murojaat qildi.
👍 Xususan, murojaatchilardan biri yoshlarning ta’lim-tarbiyasini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan loyihasini taqdim etdi. Tuman hokimi mazkur tashabbusni qiziqish bilan tinglab, uning mazmuni, amaliy ahamiyati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. 👍 Yana bir fuqaro bandligini ta’minlash masalasida murojaat qildi. Suhbat davomida uning kasbiy tajribasi va mavjud imkoniyatlari inobatga olinib, mos bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya etildi. ⚡️ Shuningdek, uy-joy masalasida murojaat qilgan fuqaroga subsidiya asosida uy-joy olish uchun ariza topshirish tartibi, talab etiladigan hujjatlar va amaldagi mezonlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.🔷 Bundan tashqari, qabul davomida uy-joy, tibbiyot, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik hamda obodonlashtirish yo‘nalishlariga oid boshqa murojaatlar ham mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning ayrimlari joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olindi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari mahallalarni rivojlantirish, odamlar turmush sharoitini yaxshilash va oilalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilinganini ta’kidladi.
Bunday ezgu ishlar orqali mahallada mehr-oqibat, ahillik, hamjihatlik, ogohlik va sog‘lom muhit shakllanishi qayd etildi.
“Odamlarning ertangi kunga ishonchi ortadi, islohotlar yanada jadallashib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oson yechim topiladi. Oilalarda va xonadonlarda tinchlik-totuvlik hukm suradi. Yoshlar Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiya topadi. Eng muhimi, hech kim e’tibordan chetda qolmaydi”,– dedi Prezidentimiz. Yakunda mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yaratilgan tizim o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. So‘nggi uch yilda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 1 ming 162 ta mahallaning 571 tasida bu yil birorta jinoyat sodir etilmadi.
Bunga videokameralar o‘rnatilib, xavfsiz ko‘cha va yo‘laklar tashkil qilingani, aholi muammolari ilmiy asosda hal etilgani, oilalarga psixologik yordam ko‘rsatilgani natijasida erishildi.
Jinoyatchilikni jilovlashga mas’ul ilmiy tashkilotlar bilan birga namunali mahallalar tajribasi asosida metodika ishlab chiqiladi. Yil davomida “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar profilaktika inspektorlari ushbu metodika bo‘yicha joyiga borib o‘qitiladi.
Namangan viloyatida profilaktika inspektorlariga yonkameralar berilib, planshetlariga integratsiya qilingan tajriba ham ijobiy natija bergan. Bu orqali fuqarolar shaxsini aniqlash, ma’muriy bayonnoma to‘ldirish va sudga material yuborish avtomatlashgan.
Natijada profilaktika inspektorlarining ish yuklamasi qisqarib, ayrim mahallalarda jinoyatlar 10 tadan 5 taga kamaygan. Mazkur tajribani yil yakunigacha Namangan viloyatida to‘liq, qolgan hududlarda esa kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 448 ta mahallada yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda mahalla bankirlarining ish uslubi ham tubdan o‘zgarishi belgilandi.
Joylarda yaxshi tajribalar bor. Masalan, Angor tumani Yangiobod mahallasidagi 2 kilometr zovur usti yopilib, 110 ta servis obyekti ishga tushirildi. Natijada mahalla atrofida yashaydigan 1 ming 225 nafar odam ishli va daromadli bo‘ldi.
Arnasoy tumanidagi Baxtli mahallasining bankiri 20 ta xonadonga 50 million so‘mdan kredit ajratib, mehmon uylarini ishga tushirdi. Har bir xonadon bir mavsumda 100 million so‘mgacha daromad olmoqda. Ish yurib ketgani uchun yana 80 ta oila shunday mehmon uylari tashkil qilishga kirishdi.
Endi banklar har bir mahallaning “o‘sish nuqtasi”ni aniqlab, tashabbuskorlarni topishi va daromadli loyihalarni ko‘paytirishi zarur. Bundan buyon bitta mahalla bankiriga ko‘pi bilan uchta mahalla biriktiriladi.
Ikki haftada tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan oliygoh bitiruvchilari va yosh mutaxassislar orasidan 400 nafar yangi mahalla bankiri tanlab olinadi. Ular bir oy davomida namunali mahallalarga olib borilib, tajriba o‘rganadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida bu boradagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi.
Achinarlisi, 960 ta kambagʻal oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand odam doimiy ishga joylashtirilmagan. 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay yurib, loyiha qilmagan, tadbirkorlar bilan uchrashmagan.
Shuning uchun yil boshidan mahallada ishni toʻgʻri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi, yana 700 nafariga intizomiy chora koʻrildi.
Mahallalarda soliq tushumlari, jinoyatchilikni jilovlash va aholi muammolarini hal etish boʻyicha ham masʼullarga savollar qoʻyildi. Davlatimiz rahbari mahalla odamlar uchun chinakam “ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi” boʻlishi zarurligini taʼkidladi.
Facebook|Instagram|X
