Mahzunona
Відкрити в Telegram
Манбасиз олаверинг Хамма нарса Аллoхники @by_yozuvchi енг йоқтирган саҳифам Канал егаси:Музаккар( еркак киши) @sahiifala.)
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
868
Підписники
+7924 години
+1737 днів
+15930 днів
Архів дописів
865
Juma — shoshayotgan dunyoda qalbning Robbisiga qaytadigan kunidir.
Bugun dunyo tashvishlaridan bir lahza bo'lsa ham uzoqlashib, qalbimizni istig'for bilan poklaylik, tilimizni salovot bilan bezaylik, qo'llarimizni duo uchun ko'taraylik.
Balki bugungi bitta samimiy duo taqdirimizni o'zgartirar... Balki bugungi bitta istig'for yillar davomida yig'ilgan gunohlarimizga kafforat bo'lar...
Alloh barchamizga hayrli va barakotli Juma nasib etsin. Jumangiz muborak bo'lsin!
865
Севги — бу фақат қувончли онларда эмас, балки ҳаётнинг ҳар қандай синовларида ҳам ёнма-ён қолишдир
865
Ilm talabasi uchun eng katta boylik — vaqtidir. Chunki yo‘qotilgan mol qayta topilishi mumkin, ammo behuda ketgan vaqt hech qachon ortga qaytmaydi. Shu sabab salaflar ilm yo‘lida bir lahzani ham zoye qilishni xush ko‘rmaganlar. Ular eshitgan foydalarini yozib qo‘yar, o‘qiganlarini takrorlar, bilganlariga amal qilar edilar. Chunki ular ilmning ko‘pligini emas, uning qalbda mustahkam qolishini va hayotda namoyon bo‘lishini maqsad qilganlar.
Ilm bir kunda qo‘lga kirmaydi. U sabr bilan, matonat bilan, tunlarning bedorligi va nafsning istaklariga qarshi kurash bilan hosil bo‘ladi. Kim har kuni oz bo‘lsa ham ilmga vaqt ajratsa, vaqt o‘tib katta xazinaga ega bo‘ladi. Kim bugun o‘rganishni ortga sursa, ertaga pushaymonlikdan boshqa narsa topmaydi.
Foydalarni yozib borish, ularni tartibga solish va takrorlab turish ilmning barakasini oshiradi. Zero, yozilmagan ilm unutilishga, takrorlanmagan ilm esa zaiflashishga mahkumdir. Shuning uchun ilm ahllari qalamni o‘zlariga eng sodiq do‘st deb bilganlar. Qalbga kelgan foyda darhol yozib olinmasa, ko‘pincha u yana qaytib kelmaydi.
Ilm talabasi shuni unutmasin: maqsad kitoblarni tugatish emas, o‘zini isloh qilishdir; maqsad ko‘p ma'lumot yig‘ish emas, haqiqatni tanib unga amal qilishdir. Chunki amal qilinmagan ilm hujjat bo‘lib qoladi, amal qilingan ilm esa nurga aylanadi. Alloh taolo ilmimizni manfaatli, qalblarimizni ixlosli va harakatlarimizni barakali qilsin.
865
Eshitib juda ta'sirlangan hikmatlarimdan biri:
Hayotda asalari kabi bo'l. U qay daraxt yoki gulga qo'nmasin undan o'ziga keragini - asalni oladi. Qolgani bilan ishi yo'q
Ammo pashsha kabi bo'lma. U har qanday joyda faqat nopok va badbo'y narsalarni topib, shunisiga qo'nadi. Qolgani bilan ishi yo'q
865
– Аллоҳ таоло мени яхши кўрадими?
– Ҳа, яхши кўради. Сен тунда гуноҳлар билан Унга исён қиласан. У эса сенинг жонингни гуноҳинг устида олмайди, балки тавба қилар, деб тонгда сени ўйғотади, яна фурсат беради. Аслида У сенинг тавбангга муҳтож эмас.
Мана шу сени яхши кўриши аломатидир.
865
Дунё - улкан мактабдир. Унда ҳар қанча аълочи бўлмагин, фақат вафотинг ҳақида шаҳодатнома оласан, холос!
865
Ba’zilar hayotingga ne’mat bo‘lib keladi, ba’zilar esa dars bo‘lib keladi. Sen ne’matni qadriga yet, darsdan esa ta’lim ol.
865
Asosiy muammo
Yahudiylar Qur’ondagi yahudiylar, nasroniylar ham Qur’onda aytilgan nasroniylar. Faqat musulmonlargina Qur’onda ko‘rsatilgan musulmonlar emas.
Biz hali uni unday, hali buni bunday deb yozg‘iramiz, lekin o‘zimizchi? Hamma o‘z manfaatini o‘ylab va bilganicha yashamoqda, bu tabiiy hol. Hadeb ulardan o‘pkalamay, musulmon ham o‘z ishonchi va manfaati uchun yashashi kerak.
Muammoning og‘riqli nuqtasi shundaki, musulmonlar bugun musulmoncha yashash lozimligini ham unutayozganlar. Ko‘pchilik musulmonlar Islomga faqat ma’lum toifa, diniy olimlar amal qilishi kerak, qolganlari janozayu nikohni ado etsa bas, degan tushunchaga yetib borgan. Natijada bu oddiy hol bo‘lib qoldi. Aslida esa Allohga va Rasuliga iymon keltirgan har bir shaxs o‘z iymoni taqozosiga ko‘ra yashashga imkon boricha urinishi kerak. Har bir musulmon o‘zi turgan mavqeda dini uchun xizmat qilishi, Allohga itoatda bo‘lishi darkor. Mana shunda ular Qur’ondagi mo‘min-musulmonlar bo‘ladilar. Alloh mo‘minlar bilan birgadir.
Hasanxon Yahyo
865
Malhami bo’lmagan hastalikdir, sog’inch. Hatto ichayotgan choyingga qarasang ham hayolingga kelaveradi
865
Yomon odamda ilmning ziyoda bo‘lishi zaqqumning* ildizida suvning ziyoda bo‘lishiga o‘xshaydi. Qancha sug‘orsang, shuncha achchiq bo‘laveradi.
*Zaqqum - nihoyatda achchiq mevali o‘simlik.
865
Агар тонгда бахтиёр уйғонишни истасанг, туннинг охирги учдан бирида ким ила сўзлашаётганингни (яхшилаб) билиб олгин.
Доктор Муҳаммад Ротиб Наблусий.
865
Assalamu aleykum salomatmisizlar..?)
Bir iltimos bor edi pastagi kanalga qoʻshilib bersalariz xursand boʻlar edimm..:)https://t.me/+uFAQdqgUccQwYWY6
