ar
Feedback
Mahzunona

Mahzunona

الذهاب إلى القناة على Telegram

Манбасиз олаверинг Хамма нарса Аллoхники @by_yozuvchi енг йоқтирган саҳифам Канал егаси:Музаккар( еркак киши) @sahiifala.)

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
868
المشتركون
+7924 ساعات
+1737 أيام
+15930 أيام
أرشيف المشاركات
Hamma balolar gunohlar sababli tushgan, tavbalar bilan ko‘tarilgan.

Juma — shoshayotgan dunyoda qalbning Robbisiga qaytadigan kunidir. Bugun dunyo tashvishlaridan bir lahza bo'lsa ham uzoqlashib, qalbimizni istig'for bilan poklaylik, tilimizni salovot bilan bezaylik, qo'llarimizni duo uchun ko'taraylik. Balki bugungi bitta samimiy duo taqdirimizni o'zgartirar... Balki bugungi bitta istig'for yillar davomida yig'ilgan gunohlarimizga kafforat bo'lar... Alloh barchamizga hayrli va barakotli Juma nasib etsin. Jumangiz muborak bo'lsin!

Севги — бу фақат қувончли онларда эмас, балки ҳаётнинг ҳар қандай синовларида ҳам ёнма-ён қолишдир
Севги — бу фақат қувончли онларда эмас, балки ҳаётнинг ҳар қандай синовларида ҳам ёнма-ён қолишдир

Қул қаноати миқдорича ҳурдир. Ҳур эса, тамаъси миқдорича қулдир.

Ilm talabasi uchun eng katta boylik — vaqtidir. Chunki yo‘qotilgan mol qayta topilishi mumkin, ammo behuda ketgan vaqt hech qachon ortga qaytmaydi. Shu sabab salaflar ilm yo‘lida bir lahzani ham zoye qilishni xush ko‘rmaganlar. Ular eshitgan foydalarini yozib qo‘yar, o‘qiganlarini takrorlar, bilganlariga amal qilar edilar. Chunki ular ilmning ko‘pligini emas, uning qalbda mustahkam qolishini va hayotda namoyon bo‘lishini maqsad qilganlar. Ilm bir kunda qo‘lga kirmaydi. U sabr bilan, matonat bilan, tunlarning bedorligi va nafsning istaklariga qarshi kurash bilan hosil bo‘ladi. Kim har kuni oz bo‘lsa ham ilmga vaqt ajratsa, vaqt o‘tib katta xazinaga ega bo‘ladi. Kim bugun o‘rganishni ortga sursa, ertaga pushaymonlikdan boshqa narsa topmaydi. Foydalarni yozib borish, ularni tartibga solish va takrorlab turish ilmning barakasini oshiradi. Zero, yozilmagan ilm unutilishga, takrorlanmagan ilm esa zaiflashishga mahkumdir. Shuning uchun ilm ahllari qalamni o‘zlariga eng sodiq do‘st deb bilganlar. Qalbga kelgan foyda darhol yozib olinmasa, ko‘pincha u yana qaytib kelmaydi. Ilm talabasi shuni unutmasin: maqsad kitoblarni tugatish emas, o‘zini isloh qilishdir; maqsad ko‘p ma'lumot yig‘ish emas, haqiqatni tanib unga amal qilishdir. Chunki amal qilinmagan ilm hujjat bo‘lib qoladi, amal qilingan ilm esa nurga aylanadi. Alloh taolo ilmimizni manfaatli, qalblarimizni ixlosli va harakatlarimizni barakali qilsin.

Севги журъат талаб қилади. Ikrom Sharif
Севги журъат талаб қилади.
Ikrom Sharif

Story from Mahzunona

Eshitib juda ta'sirlangan hikmatlarimdan biri: Hayotda asalari kabi bo'l. U qay daraxt yoki gulga qo'nmasin undan o'ziga keragini - asalni oladi. Qolgani bilan ishi yo'q Ammo pashsha kabi bo'lma. U har qanday joyda faqat nopok va badbo'y narsalarni topib, shunisiga qo'nadi. Qolgani bilan ishi yo'q

– Аллоҳ таоло мени яхши кўрадими? – Ҳа, яхши кўради. Сен тунда гуноҳлар билан Унга исён қиласан. У эса сенинг жонингни гуноҳи
– Аллоҳ таоло мени яхши кўрадими? – Ҳа, яхши кўради. Сен тунда гуноҳлар билан Унга исён қиласан. У эса сенинг жонингни гуноҳинг устида олмайди, балки тавба қилар, деб тонгда сени ўйғотади, яна фурсат беради. Аслида У сенинг тавбангга муҳтож эмас. Мана шу сени яхши кўриши аломатидир.

Raxmat @mufassiir

Дунё - улкан мактабдир. Унда ҳар қанча аълочи бўлмагин, фақат вафотинг ҳақида шаҳодатнома оласан, холос!
Дунё - улкан мактабдир. Унда ҳар қанча аълочи бўлмагин, фақат вафотинг ҳақида шаҳодатнома оласан, холос!

Ba’zilar hayotingga ne’mat bo‘lib keladi, ba’zilar esa dars bo‘lib keladi. Sen ne’matni qadriga yet, darsdan esa ta’lim ol.
Ba’zilar hayotingga ne’mat bo‘lib keladi, ba’zilar esa dars bo‘lib keladi. Sen ne’matni qadriga yet, darsdan esa ta’lim ol.

Asosiy muammo Yahudiylar Qur’ondagi yahudiylar, nasroniylar ham Qur’onda aytilgan nasroniylar. Faqat musulmonlargina Qur’onda
Asosiy muammo Yahudiylar Qur’ondagi yahudiylar, nasroniylar ham Qur’onda aytilgan nasroniylar. Faqat musulmonlargina Qur’onda ko‘rsatilgan musulmonlar emas. Biz hali uni unday, hali buni bunday deb yozg‘iramiz, lekin o‘zimizchi? Hamma o‘z manfaatini o‘ylab va bilganicha yashamoqda, bu tabiiy hol. Hadeb ulardan o‘pkalamay, musulmon ham o‘z ishonchi va manfaati uchun yashashi kerak. Muammoning og‘riqli nuqtasi shundaki, musulmonlar bugun musulmoncha yashash lozimligini ham unutayozganlar. Ko‘pchilik musulmonlar Islomga faqat ma’lum toifa, diniy olimlar amal qilishi kerak, qolganlari janozayu nikohni ado etsa bas, degan tushunchaga yetib borgan. Natijada bu oddiy hol bo‘lib qoldi. Aslida esa Allohga va Rasuliga iymon keltirgan har bir shaxs o‘z iymoni taqozosiga ko‘ra yashashga imkon boricha urinishi kerak. Har bir musulmon o‘zi turgan mavqeda dini uchun xizmat qilishi, Allohga itoatda bo‘lishi darkor. Mana shunda ular Qur’ondagi mo‘min-musulmonlar bo‘ladilar. Alloh mo‘minlar bilan birgadir.
Hasanxon Yahyo

Malhami bo’lmagan hastalikdir, sog’inch. Hatto ichayotgan choyingga qarasang ham hayolingga kelaveradi
Malhami bo’lmagan hastalikdir, sog’inch. Hatto ichayotgan choyingga qarasang ham hayolingga kelaveradi

ошиқ кишининг суҳбати, ишқсиз одамга балодир. Юнус Эмро
ошиқ кишининг суҳбати, ишқсиз одамга балодир.
Юнус Эмро

Yomon odamda ilmning ziyoda bo‘lishi zaqqumning* ildizida suvning ziyoda bo‘lishiga o‘xshaydi. Qancha sug‘orsang, shuncha achchiq bo‘laveradi.
*Zaqqum - nihoyatda achchiq mevali o‘simlik.

Агар тонгда бахтиёр уйғонишни истасанг, туннинг охирги учдан бирида ким ила сўзлашаётганингни (яхшилаб) билиб олгин. Доктор М
Агар тонгда бахтиёр уйғонишни истасанг, туннинг охирги учдан бирида ким ила сўзлашаётганингни (яхшилаб) билиб олгин.
Доктор Муҳаммад Ротиб Наблусий.

Assalamu aleykum salomatmisizlar..?) Bir iltimos bor edi pastagi kanalga qoʻshilib bersalariz xursand boʻlar edimm..:)https://t.me/+uFAQdqgUccQwYWY6