uk
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Відкрити в Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
6 757
Підписники
+1 78224 години
+1 6637 днів
+3 46630 днів
Архів дописів
Oʻzbekiston delegatsiyasi Kapanda🤝 Armanistonning Kapan shahrida boshlangan "MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" loyihasi doi
+9
Oʻzbekiston delegatsiyasi Kapanda🤝 Armanistonning Kapan shahrida boshlangan "MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" loyihasi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi dastlabki kundanoq faol ishtirok etmoqda. 🔹Rasmiy ochilish marosimidan soʻng MDH davlatlari vakillari bilan tanishuv uchrashuvlari boʻlib oʻtdi — bu yerda hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi. 🔹Kun davomida rasmiy qabul, ikki va koʻp tomonlama muzokaralar tashkil etilib, yoshlar siyosati, xalqaro tajriba almashish kabi masalalar koʻtarildi. Yakunda esa netvorking sessiyalari orqali yangi hamkorlik va qoʻshma loyihalarga zamin yaratildi. 🔝Oʻzbekistonning MDH mintaqasida yoshlar diplomatiyasini mustahkamlash boradagi izchil siyosatining yana bir koʻrinishi boʻldi.

📍 MDH Yoshlar Poytaxti – Kapan 2026 🇦🇲 Armaniston | Kapan shahri 📅 24-iyul, 2026-yil 🔹 Xizmat safari dasturining 2-kuni samarali va mazmunli uchrashuvlar bilan davom etdi. Kun davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib bordilar: ✅ Ishchi guruhlar taqdimoti va 4 ta guruhni shakllantirish; ✅ “Sog‘lom turmush tarzi (SNGdagi sog‘lom hayot tarzi)” mavzusida guruhli muhokamalar; ✅ Guruhlarning taklif va loyihalar ustida ishlashi; ✅ Takliflar taqdimoti hamda yakuniy muhokama; ✅ Yakuniy xulosa, sertifikatlar topshirilishi va forumning yopilish marosimi. 🤝 Ushbu xizmat safari davomida yoshlar tajriba almashish, yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. #MDHYoshlarPoytaxti #Kapan2026 #XizmatSafari #Yoshlar #Hamkorlik #SoglomTurmushTarzi #Armaniston #Kapan

🇦🇲KAPAN Ikkinchi muhim kun! -asosiy muhokamalar -loyihaviy faoliyat -rasmiy taqdimot -networking
🇦🇲KAPAN Ikkinchi muhim kun! -asosiy muhokamalar -loyihaviy faoliyat -rasmiy taqdimot -networking

🇦🇲 Kapan shahri, Armaniston 🗓 24-iyul 2026-yil MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026 loyihasi doirasidagi xizmat safarining ik
🇦🇲 Kapan shahri, Armaniston 🗓 24-iyul 2026-yil MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026 loyihasi doirasidagi xizmat safarining ikkinchi kuni ishtirokchilar amaliy ishlar va jamoaviy muhokamalarga bag‘ishlangan dasturda faol qatnashmoqda.
📝 Kun davomida: ✔️ Ishchi guruhlar faoliyati va yo‘nalishlari taqdimoti; ✔️ Belgilangan mavzular yuzasidan guruhli muhokamalar; ✔️ Taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ishlar; ✔️ Guruhlar tomonidan yakuniy taqdimotlar; ✔️ Dastur yakuni hamda ishtirokchilarga sertifikatlar topshirish marosimi.
Mazkur sessiyalar yoshlar o‘rtasida tajriba almashish, dolzarb masalalar yuzasidan innovatsion yechimlar ishlab chiqish hamda MDH davlatlari vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🤝 Birgalikda – yangi imkoniyatlar sari! #MDHYoshlarPoytaxti #Kapan2026 #Uzbekistan #YouthCooperation #CIS #InternationalCooperation #YouthForum

🇺🇿 MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026 📍 Kapan shahri, Armaniston Birinchi kun muvaffaqiyatli yakunlandi Bugun delegatsiyamiz “MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026” loyihasi doirasidagi xizmat safari dasturida ishtirok etmoqda. Kun davomida: 🔹 Loyihaning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etildi; 🔹 MDH davlatlaridan tashrif buyurgan delegatsiyalar bilan tanishuv va muloqotlar o’tkazildi; 🔹 Xalqaro mehmonlar ishtirokidagi rasmiy qabul marosimida qatnashildi; 🔹 Yoshlar tashkilotlari vakillari bilan tajriba almashildi; 🔹 Yangi hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va istiqbolli tashabbuslarni muhokama qilish bo’yicha uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar o’rtasida tajriba almashish hamda O’zbekiston delegatsiyasining xalqaro maydondagi faol ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. 🤝 Birgalikda yangi imkoniyatlar sari! #Kapan2026 #MDHYoshlarPoytaxti #YouthCapital #InternationalCooperation #Uzbekistan #YouthDiplomacy #CIS #Yoshlar

🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak, Janob Prezidentimiz! Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga musta
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak, Janob Prezidentimiz! Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog'lik, uzoq umr, cheksiz kuch-g'ayrat va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lidagi mehnatlaringiz bardavom bo'lsin. Doimo sihat-salomat bo'lib, ezgu maqsadlaringiz ro'yobga chiqsin. Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!

🎙 MUVAFFAQIYAT FORMULASI Bu galgi ovozli chatimiz mehmoni — E'zoza Ortiqova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi 🔹 Ho
🎙 MUVAFFAQIYAT FORMULASI Bu galgi ovozli chatimiz mehmoni — E'zoza Ortiqova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi 🔹 Hozirda O‘zbekiston Bolalar tashkilotida bolalar o‘rtasida startap tashabbuslari va inklyuziyani rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. 🎓 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasiga ega. Suhbat davomida: • muvaffaqiyat sari bosib o‘tilgan yo‘l; • yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar; • startap ekotizimi va innovatsiyalar; • inklyuziv rivojlanish hamda shaxsiy tajribalar haqida samimiy fikr almashiladi. 📅 Sana: 24-iyul 🕗 Vaqt: 20:00 📍Telegram (ovozli chat) @ayollarecoklub Barchangizni "Muvaffaqiyat formulasi" loyihasining navbatdagi sonida kutib qolamiz!

📍 XIZMAT SAFARI DASTURI | MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026 🇦🇲 23-iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Armanistonning Kapan
📍 XIZMAT SAFARI DASTURI | MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026 🇦🇲 23-iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Armanistonning Kapan shahrida bo‘lib o‘tadigan "MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" xalqaro loyihasi doirasidagi xizmat safari tadbirlarida ishtirok etadi.
Kun davomida delegatsiya a’zolari quyidagi muhim uchrashuv va tadbirlarda qatnashadilar: ✔️ Loyihaning rasmiy ochilish marosimi; ✔️ MDH davlatlari delegatsiyalari vakillari bilan tanishuv va ilk muloqot; ✔️ Xalqaro mehmonlar ishtirokidagi rasmiy qabul marosimi; ✔️ MDH davlatlari yoshlar tashkilotlari vakillari bilan tajriba almashish; ✔️ Yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli loyihalarni muhokama qilish.
Mazkur xizmat safari O‘zbekiston va MDH davlatlari o‘rtasidagi yoshlar hamkorligini yanada mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish, delegatsiyamizning faol ishtirokini ta’minlash hamda istiqbolli tashabbus va hamkorliklarni rivojlantirishga xizmat qiladi. 🌍 Xalqaro hamkorlik — yoshlar taraqqiyoti yo‘lida muhim qadam! #MDHYoshlarPoytaxti2026 #Kapan2026 #Armaniston #XizmatSafari #Yoshlar #XalqaroHamkorlik #Uzbekistan

"MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" xalqaro forumida O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida O'zbekiston Ekologik pa
"MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" xalqaro forumida O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida O'zbekiston Ekologik partiyasidan: 1. O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari -Nilufar Matkarimova 2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o’rinbosari, Yoshlar parlamenti O’zbekiston Ekologik fraksiyasi rahbari - Mohinur Ergash 3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi - Munisa Mullajonova ishtirok etadi.

🇦🇲 Biz MDH davlatlari ishtirokida tashkil etilayotgan Yoshlar Forumida ishtirok etish uchun O’zbekiston delegatsiyasi bilan
🇦🇲 Biz MDH davlatlari ishtirokida tashkil etilayotgan Yoshlar Forumida ishtirok etish uchun O’zbekiston delegatsiyasi bilan Armaniston Respublikasiga yetib keldik.

Inson manfaati va farovonligi yo‘lidagi iqtisodiy islohotlar Bugun Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida er
+2
Inson manfaati va farovonligi yo‘lidagi iqtisodiy islohotlar Bugun Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etdim. ❗️Yig‘ilishda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini yanada jadallashtirish, hududlar va tarmoqlarda mavjud ichki imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, aholi farovonligini oshirish hamda har bir rahbarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Ta’kidlash kerakki, yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga, sanoat 8 foiz, xizmatlar sohasi 16,9 foiz, qurilish 13,8 foiz va qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish kuzatilgani islohotlarning salmoqli samarasi hisoblanadi. Investitsiyalar hajmi 28 milliard, eksport ko‘rsatkichi esa 14,4 milliard dollarga yetgani, nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonch tobora mustahkamlanayotganini tasdiqlaydi.
☝️Albatta, erishilayotgan bunday natijalar aholining yashash sharoitini yanada oshirishi darkor. Prezidentimiz ham iqtisodiy ko‘rsatkichlar faqat hisobotlardagi raqamlarda emas, eng avvalo, odamlarning kundalik hayotida, daromadida, yashash sharoitida, mahallalar obodligida, tadbirkorlik muhitida va aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchida namoyon bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Mahallalardagi muammolarni hal etish, aholi uchun munosib yashash muhitini yaratish va “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tartibda tashkil qilish, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 2 mingta eng og‘ir mahallada elektr energiyasi, tabiiy gaz, yo‘l va ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalarni ijobiy hal qilish bo‘yicha hokimlarga shaxsiy javobgarlik belgilandi. 8 ming 992 ta mahallaning ichiga kirish, muammoli xonadonlar bilan joyida, xonadonbay ishlash aniq vazifalar yuklatildi.
✅Partiyamiz deputatlari va hududiy tashkilotlari ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, mahallalardagi ekologik holatni o‘rganish, aholi bilan birgalikda amaliy tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda kamarbasta bo‘ladi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

🌱 Ekologik muammolar yechimida STEAM texnologiyalarining ahamiyati 1. Ilmiy tahlil va muammoni aniqlash Atrof-muhit holatini
🌱 Ekologik muammolar yechimida STEAM texnologiyalarining ahamiyati
1. Ilmiy tahlil va muammoni aniqlash Atrof-muhit holatini ilmiy usullar bilan o'rganish; Havo, suv va tuproq ifloslanishini monitoring qilish; Ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish. 2. Innovatsion texnologiyalarni yaratish Ekologik muammolar uchun mobil ilovalar; Sun'iy intellekt va IoT asosidagi monitoring tizimlari; Aqlli ekologik yechimlarni ishlab chiqish. 3. Muhandislik yechimlarini ishlab chiqish Chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari; Energiya tejamkor qurilmalar; Muqobil energiya manbalari bo'yicha loyihalar. 4. Kreativ va dizayn tafakkurini rivojlantirish "Design Thinking" orqali ekologik mahsulotlar yaratish; Ekologik madaniyatni targ'ib qiluvchi kreativ kampaniyalar; Barqaror dizayn tamoyillarini qo'llash. 5. Ekologik madaniyat va mas'uliyatni shakllantirish Tabiatga nisbatan ongli munosabatni rivojlantirish; Yoshlarni ekologik volontyorlikka jalb qilish; Barqaror turmush tarzini targ'ib etish. 6. Loyiha asosida ta'lim (Project-Based Learning) Nazariy bilimlarni amaliy loyihalarga tatbiq etish; Mahalliy ekologik muammolar uchun real yechimlar ishlab chiqish; Jamoaviy ishlash va liderlik ko'nikmalarini rivojlantirish. 7. Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDGs) xizmat qilish Iqlim o'zgarishiga moslashish; Toza energiya va mas'uliyatli iste'molni qo'llab-quvvatlash; "Yashil iqtisodiyot" uchun malakali kadrlarni tayyorlash.
STEAM — ekologik muammolarni o'rganish emas, balki ularni ilmiy, texnologik va kreativ yondashuvlar orqali hal qilishni o'rgatuvchi zamonaviy ta'lim modelidir. Bugungi kunda ekologik muammolarni samarali hal etish uchun faqat ekologik bilimning o'zi yetarli emas. Ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika integratsiyasiga asoslangan STEAM yondashuvi yoshlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirib, ularni yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanishning faol ishtirokchisiga aylantiradi. Telegram | Instagram | Facebook

Bugungi kun yoshlari bilan ishlash — zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab etadi. Raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va
Bugungi kun yoshlari bilan ishlash — zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab etadi. Raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar davrida yoshlarni faqat targ‘ibot bilan emas, balki mazmun, innovatsiya va ishtirok orqali ilhomlantirish mumkin. Yoshlar bilan ishlashda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan 7 ta muhim aspekt: ✔️ Raqamli fikrlash ✔️ Mazmun va qadriyat uyg‘unligi ✔️ Faollashtiruvchi ishtirok ✔️ Shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari ✔️Ishonch va samimiy muloqot ✔️ Innovatsion va kreativ yondashuv ✔️ Maqsad va ijtimoiy mas'uliyat Yoshlar bilan ishlashda- yoshlarning bugungi kun imkoniyatlari, bilim, ko'nikma, malakalari hamda qiziqishlarini inobatga olish muhim ahamaiyatga ega! Telegram | Instagram | Facebook

🇺🇿YOSHLAR BILAN ISHLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLARNI QO'LLASH MUHIM IJTIMOIY ASPEKT SIFATIDA Maqolada: - O‘zbekistonda yosh
🇺🇿YOSHLAR BILAN ISHLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLARNI QO'LLASH MUHIM IJTIMOIY ASPEKT SIFATIDA Maqolada: - O‘zbekistonda yoshlar siyosati – imkoniyatlar va tashabbuslar; - Yoshlarni innovatsion faoliyatga jalb etishning xalqaro tajribasi; - “ECO YOUTH SUMMIT” – yoshlar innovatsiyalari birlashtirgan loyiha haqida ma'lumotlar aks etgan.
Yoshlarning innovatsion va ekologik salohiyatini rag‘batlantirish — bu nafaqat iqtisodiy, siyosiy, balki barqaror rivojlanish masalasidir.
🖥 Maqola bilan tanishish uchun: Batafsil Telegram | Instagram | Facebook

🖥Ilm-fan va amaliyot Sirdaryo viloyatida 3 ta yangi “spin-off” korxona tashkil etildi! Ilm-fan va ishlab chiqarish integrats
🖥Ilm-fan va amaliyot
Sirdaryo viloyatida 3 ta yangi “spin-off” korxona tashkil etildi!
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga qaratilgan mazkur korxonalarda endilikda ilmiy ishlanmalar tijoratlashtiriladi. Bu esa avvalo yangi ish o‘rinlari yaratiladi degani. Qolaversa, innovatsion tadbirkorlik bozorda raqobat muhitining shakllanishiga ham hissa qo‘shadi. “spin-off” korxonani tashkil etish tartibi bilan tanishish uchun havolani bosing. Telegram | Instagram | Facebook

🌐 LinkedIn — Professional imkoniyatlar tarmog’i Bugungi kunda LinkedIn dunyodagi eng yirik professional ijtimoiy tarmoqlarda
+2
🌐 LinkedIn — Professional imkoniyatlar tarmog’i Bugungi kunda LinkedIn dunyodagi eng yirik professional ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. U o’z shaxsiy brendingizni rivojlantirish, yangi bilimlarga ega bo’lish va professional aloqalarni kengaytirish uchun ham ajoyib platformadir. 💼 LinkedIn orqali siz: • O’z professional profilingizni yaratishingiz mumkin. • Yirik kompaniyalar bilan bog’lanasiz. • Yangi tajriba va amaliyot (internship) imkoniyatlarini topasiz. • O’z tajribangiz, loyihalaringiz va yutuqlaringizni namoyish qilasiz. • Turli soha mutaxassislari bilan fikr almashib, networking qilasiz. • Kurslar va foydali maqolalar orqali bilimlaringizni oshirasiz. 📈 Bugungi raqamli davrda kuchli LinkedIn profili sizning onlayn rezyumeingiz va professional vizitkangiz hisoblanadi. Faol bo’ling, foydali kontent ulashing va professional hamjamiyatning bir qismiga aylaning. 🚀 Sizda LinkedIn akkaunti bormi? U orqali qanday imkoniyatlarga ega bo’lgansiz? Izohlarda fikringizni qoldiring! #LinkedIn #Networking #Career #ProfessionalDevelopment #PersonalBranding #JobSearch #Uzbekistan

O‘zbekiston Ekologik partiyasida ayollarning siyosiy faolligi izchil ortib bormoqda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tizimida x
O‘zbekiston Ekologik partiyasida ayollarning siyosiy faolligi izchil ortib bormoqda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tizimida xotin-qizlarning faolligi barqaror ravishda kengayib, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki tobora mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda partiyadan saylangan deputatlarning umumiy soni 767 nafarni tashkil etadi. Shundan 261 nafari ayollar bo‘lib, bu umumiy deputatlar tarkibining 34 foizini tashkil etadi. Mahalliy Kengashlarda faoliyat yuritayotgan 752 nafar deputatdan 255 nafari ayollar bo‘lib, ularning hududlarni barqaror rivojlantirish, ekologik muammolarni hal etish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdagi faolligi tobora ortib bormoqda. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining 15 nafar a'zosidan 6 nafari ayollar bo‘lib, bu fraksiya tarkibining 40 foizini tashkil etadi. Yosh xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki ham alohida e'tiborga loyiq. Mahalliy Kengash deputatlari orasida 35 yoshgacha bo‘lgan 15 nafar ayol deputat faoliyat yuritmoqda. Ekologik partiya xotin-qizlarning siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning liderlik salohiyatini rivojlantirish hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi munosib ishtirokini ta'minlash yo‘lida izchil ishlarni davom ettirmoqda.

#munosabat Oqava suvlarini tizimiga e'tibor berish va nazorat qilish — bu nafaqat ekologik, balki milliy xavfsizlik masalasid
#munosabat Oqava suvlarini tizimiga e'tibor berish va nazorat qilish — bu nafaqat ekologik, balki milliy xavfsizlik masalasidir Batafsil

#Fraksiya_yigilishi Fraksiyamizning navbatdagi yig‘ilishi ham muhim qonun loyihalarining qizg‘in muhokamalariga boy tarzda o‘tdi.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik va oqova suv xizmatlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan t
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik va oqova suv xizmatlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам дальнейшего улучшения услуг питьевого водоснабжения и канализации. #Mirziyoyev #taqdimot #suvtaminoti #ichimliksuvi Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X