uk
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

Відкрити в Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

Показати більше
789
Підписники
-1924 години
-917 днів
-37630 днів
Архів дописів
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlar
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев вручил государственные награды молодым людям, вносящим достойный вклад в развитие Нового Узбекистана. #Mirziyoyev #marosim #yoshlar #mukofotlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbirlari davom etmoqda 30-iyun – Yoshlar k
+2
“Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbirlari davom etmoqda
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zagroinspeksiya tizimida faoliyat yuritayotgan iqtidorli, tashabbuskor va fidoyi yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbirlari viloyat boshqarmalarida davom etmoqda.
Xususan, tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘rin sohibi – Toshkent viloyati boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani bo‘limining qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Ismoilov Asrorbek O‘tkirbek o‘g‘li tantanali ravishda I darajali diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 3-o‘rinni egallagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Mo‘ynoq tumani bo‘limining qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Minajov Sundetbay hamda Farg’ona viloyati boshqarmasi Axborot tahlil, ijro intizomi, ma’muriy amaliyot va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi yetakchi mutaxassisi Shoxjaxon Xaydarovlarga III darajali diplom va pul mukofotlari topshirildi. Taqdirlash marosimlarida so‘zga chiqqan mutasaddilar yosh mutaxassislarni erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, ularning mas’uliyatli mehnati, yuqori kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi hamda tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdilar.
O‘zagroinspeksiyada yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy fikrlaydigan, fidoyi va malakali kadrlar safini kengaytirish borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Yoshlarning yutuqlarini munosib e’tirof etish va rag‘batlantirish ularning kelgusidagi faoliyatida yangi marralarni zabt etishiga, soha ravnaqi yo‘lida yanada katta mas’uliyat va tashabbus bilan mehnat qilishiga xizmat qiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. — Президент нашей страны провел диалог с молодежью, выслушал ее предложения и инициативы. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim
“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim, kasb va texnologiya! Mening niyatim – har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega bo‘lib, hayotda munosib o‘rnini topsin,
– dedi Prezidentimiz. Shuning uchun har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi. Hududlarimizda “O‘quv markazi qurib, yoshlarga kasb va til o‘rgataman” degan o‘g‘il-qizlar ko‘payib bormoqda. Endilikda bu maqsadlar uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi. Yoshlar to‘lovni besh yilda foizsiz bo‘lib to‘laydi. Infratuzilmaga zarurat bo‘lsa, davlat qilib beradi. O‘quv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7 foizi kompensatsiya qilinadi. Yoshlar o‘quv markazlariga xorijiy ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni olib kelsa, davlat ushbu xarajatning yarmini qoplashga ham tayyor. Facebook|Instagram|X

“Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib
“Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni xursand qiladi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Kecha Prezidentimiz mana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzoladi. Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
“Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak e’tirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin!
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidla
Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida jozibador biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi. O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlarimiz 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi. Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi.
“Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas,
– dedi davlatimiz rahbari. Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakat
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi. — Президент Шавкат Мирзиёев встретился с активной и инициативной молодежью страны на специальной выставке, организованной по случаю Дня молодежи в Олимпийском городке. #Mirziyoyev #tanishuv #yoshlar #kurgazma Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bi
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.   — Сегодня, в День молодежи, Президент Шавкат Мирзиёев проведет диалог с молодежью и вручит государственные награды группе активных и инициативных юношей и девушек. Также глава нашего государства встретится с талантливыми молодыми людьми и ознакомится с их проектами в различных сферах.

✅ YURTIMIZ YOSHLARI — BIZNING G‘URURIMIZ! 📌 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda yoshlarning bilim va salo
+2
YURTIMIZ YOSHLARI — BIZNING G‘URURIMIZ!   📌 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib qadrlash hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
E'tiborlisi, O‘zagroinspeksiya tizimida faoliyat yuritayotgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar ham o‘z mehnati, mas'uliyati hamda fidoyiligi bilan yuksak e'tiroflarga sazovor bo‘lmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Yoshlar_kuni 🇺🇿Aziz va shijoatli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi A
#Yoshlar_kuni 🇺🇿Aziz va shijoatli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
✅ Yurtimiz taraqqiyoti, Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi va kelajagi siz – bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va fidoyi yoshlar qo‘lidadir. Sizning intilishlaringiz, izlanuvchanligingiz hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalaringiz mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, bitmas-tuganmas g‘ayrat, ulkan zafarlar hamda barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz. 🇺🇿 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar, Sizlar Yangi O‘zbekistonning tayanchi va kelajagisiz! Hurmat bilan, O'zagroinspeksiya jamoasi 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ AGROTEXNIK TADBIRLARNI BAJARILISHIDA XATO-KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Samarqand viloyatida 2026-yil paxta hosili uchun
AGROTEXNIK TADBIRLARNI BAJARILISHIDA XATO-KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Samarqand viloyatida 2026-yil paxta hosili uchun 60 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.
📌 O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish uchun viloyatda 1 429 dona kultivator jalb qilinib, bugungi kungacha ushbu tadbir 2,5 marta amalga oshirilganligi aniqlandi.
👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Sovrinli_viktorina ✅ Bo‘lib o‘tgan “Sovrinli viktorina”da 50 ga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi. Ularning 38 nafari barcha
#Sovrinli_viktorina ✅ Bo‘lib o‘tgan “Sovrinli viktorina”da 50 ga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi. Ularning 38 nafari barcha savollarga to‘g‘ri javoblarni taqdim etgan. 🕔 Ular orasidan to‘g‘ri javoblarni eng qisqa vaqtlarda taqdim etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.
📝Viktorinada faol ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin: 🥇eldor.s***1990@gmail.com 🥈 sultonovsh***bek@gmail.com 🥉timurabdum***ovich@gmail.com 🎉 Viktorina g‘oliblarini tabriklaymiz va tez orada ularga aloqaga chiqamiz 🗣 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅15 MING GEKTARDAN ORTIQ G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNI O‘TKAZILISHIDA KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Sirdaryo
15 MING GEKTARDAN ORTIQ G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNI O‘TKAZILISHIDA KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Sirdaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun jami 75 ming 220 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Bugungi kunda g‘o‘za maydonlarining 50 ming 979 gektari yoki 67,8 foizi shonalash, 22 ming 563 gektari yoki 30 foizi esa gullash va 1 ming 678 gektar yoki 2,2 foizi esa 1-2 ko’saklash fazasida rivojlanmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida viloyatdagi 1711 ta fermer xo‘jaliklarining 15 ming 541 gektar g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.
👉 BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Sovrinli_viktorina ❗️ Viktorina boshlandi ✅ Viktorinada quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin 👉 https://docs.google
#Sovrinli_viktorina
❗️ Viktorina boshlandi
✅ Viktorinada quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin 👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd9dpJHmilANZCFfL3BvPsDENCOuSuVRY7NUXXkefSWhVaKzQ/viewform?usp=header 🎉 Ishtirokchilar umumxalq bayramlariga oid 15 ta test savollariga javob berishlari lozim. ⏳Test savollariga 15:00 gacha javoblarni yuboring! ⛔️15:00 dan so'ng javoblarni qabul qilish to'xtatiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Hududlardan_yangiliklar #Qashqadaryo 📹
Agrar islohot | Nishon tumanida 2026-yil g’alla hosilini saranjomlab olish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Batafsil lavhada👆 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

⭕️⭕️⭕️ #Sovrinli_viktorina
❗️ “Sovrinli viktorina” o‘tkaziladi
☑️ Bu galgi viktorina xodimlarning umumxalq bayramlariga oid ma'lumotlarni o'rganishga doir qiziqishlarini rag'batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. ⏳ Test savollari BUGUN "Google forms" shaklida 14:30 da beriladi hamda ishtirokchilardan 15:00 ga qadar javoblarini yuborish so‘raladi. 📤 Ishtirokchilar test savollariga javob berish uchun elektron pochtaga ega bo‘lishlari zarur. ✏️ Belgilangan muddatda test savollariga eng ko‘p to‘g‘ri javoblarni taqdim etgan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi. Agar ishtirokchilarning natijalari teng kelsa, ularning javoblarni yuborish tezligi inobatga olinadi. 🎁G‘olib ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Test savollariga tez va to‘g‘ri javob bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting! 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Adliya vazirligida Qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3865, 26.06.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📝 Unga ko‘ra: ➖ tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi; ➖ xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi; ➖ xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; ➖ xavf darajasini baholash qishloq xo‘jaligi texnikasi nazorati, agrotexnik tadbirlar, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish, urug‘chilik hamda paxta va don mahsulotlari sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi; ➖ huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi; ➖ yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi; ➖ past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi; ➖ elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter