ch
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

前往频道在 Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

显示更多
830
订阅者
-4824 小时
-707 天
-39230 天
帖子存档
✅ YURTIMIZ YOSHLARI — BIZNING G‘URURIMIZ! 📌 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda yoshlarning bilim va salo
+2
YURTIMIZ YOSHLARI — BIZNING G‘URURIMIZ!   📌 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib qadrlash hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
E'tiborlisi, O‘zagroinspeksiya tizimida faoliyat yuritayotgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar ham o‘z mehnati, mas'uliyati hamda fidoyiligi bilan yuksak e'tiroflarga sazovor bo‘lmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Yoshlar_kuni 🇺🇿Aziz va shijoatli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi A
#Yoshlar_kuni 🇺🇿Aziz va shijoatli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
✅ Yurtimiz taraqqiyoti, Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi va kelajagi siz – bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va fidoyi yoshlar qo‘lidadir. Sizning intilishlaringiz, izlanuvchanligingiz hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalaringiz mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, bitmas-tuganmas g‘ayrat, ulkan zafarlar hamda barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz. 🇺🇿 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar, Sizlar Yangi O‘zbekistonning tayanchi va kelajagisiz! Hurmat bilan, O'zagroinspeksiya jamoasi 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ AGROTEXNIK TADBIRLARNI BAJARILISHIDA XATO-KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Samarqand viloyatida 2026-yil paxta hosili uchun
AGROTEXNIK TADBIRLARNI BAJARILISHIDA XATO-KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Samarqand viloyatida 2026-yil paxta hosili uchun 60 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.
📌 O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish uchun viloyatda 1 429 dona kultivator jalb qilinib, bugungi kungacha ushbu tadbir 2,5 marta amalga oshirilganligi aniqlandi.
👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Sovrinli_viktorina ✅ Bo‘lib o‘tgan “Sovrinli viktorina”da 50 ga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi. Ularning 38 nafari barcha
#Sovrinli_viktorina ✅ Bo‘lib o‘tgan “Sovrinli viktorina”da 50 ga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi. Ularning 38 nafari barcha savollarga to‘g‘ri javoblarni taqdim etgan. 🕔 Ular orasidan to‘g‘ri javoblarni eng qisqa vaqtlarda taqdim etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.
📝Viktorinada faol ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin: 🥇eldor.s***1990@gmail.com 🥈 sultonovsh***bek@gmail.com 🥉timurabdum***ovich@gmail.com 🎉 Viktorina g‘oliblarini tabriklaymiz va tez orada ularga aloqaga chiqamiz 🗣 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅15 MING GEKTARDAN ORTIQ G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNI O‘TKAZILISHIDA KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Sirdaryo
15 MING GEKTARDAN ORTIQ G‘O‘ZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNI O‘TKAZILISHIDA KAMCHILIKLARGA YO‘L QO‘YILGAN ▶️ Sirdaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun jami 75 ming 220 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Bugungi kunda g‘o‘za maydonlarining 50 ming 979 gektari yoki 67,8 foizi shonalash, 22 ming 563 gektari yoki 30 foizi esa gullash va 1 ming 678 gektar yoki 2,2 foizi esa 1-2 ko’saklash fazasida rivojlanmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida viloyatdagi 1711 ta fermer xo‘jaliklarining 15 ming 541 gektar g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.
👉 BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Sovrinli_viktorina ❗️ Viktorina boshlandi ✅ Viktorinada quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin 👉 https://docs.google
#Sovrinli_viktorina
❗️ Viktorina boshlandi
✅ Viktorinada quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin 👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd9dpJHmilANZCFfL3BvPsDENCOuSuVRY7NUXXkefSWhVaKzQ/viewform?usp=header 🎉 Ishtirokchilar umumxalq bayramlariga oid 15 ta test savollariga javob berishlari lozim. ⏳Test savollariga 15:00 gacha javoblarni yuboring! ⛔️15:00 dan so'ng javoblarni qabul qilish to'xtatiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Hududlardan_yangiliklar #Qashqadaryo 📹
Agrar islohot | Nishon tumanida 2026-yil g’alla hosilini saranjomlab olish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Batafsil lavhada👆 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

⭕️⭕️⭕️ #Sovrinli_viktorina
❗️ “Sovrinli viktorina” o‘tkaziladi
☑️ Bu galgi viktorina xodimlarning umumxalq bayramlariga oid ma'lumotlarni o'rganishga doir qiziqishlarini rag'batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. ⏳ Test savollari BUGUN "Google forms" shaklida 14:30 da beriladi hamda ishtirokchilardan 15:00 ga qadar javoblarini yuborish so‘raladi. 📤 Ishtirokchilar test savollariga javob berish uchun elektron pochtaga ega bo‘lishlari zarur. ✏️ Belgilangan muddatda test savollariga eng ko‘p to‘g‘ri javoblarni taqdim etgan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi. Agar ishtirokchilarning natijalari teng kelsa, ularning javoblarni yuborish tezligi inobatga olinadi. 🎁G‘olib ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Test savollariga tez va to‘g‘ri javob bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting! 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Adliya vazirligida Qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3865, 26.06.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📝 Unga ko‘ra: ➖ tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi; ➖ xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi; ➖ xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; ➖ xavf darajasini baholash qishloq xo‘jaligi texnikasi nazorati, agrotexnik tadbirlar, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish, urug‘chilik hamda paxta va don mahsulotlari sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi; ➖ huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi; ➖ yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi; ➖ past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi; ➖ elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 Biz tobora ko'proq ma'lumot oladigan va tobora kamroq ma'noga ega bo'lgan dunyoda yashayapmiz. 💬 Jan Bodriyar 🛫Biz
🟦🟦🟦🟦
Biz tobora ko'proq ma'lumot oladigan va tobora kamroq ma'noga ega bo'lgan dunyoda yashayapmiz.
💬 Jan Bodriyar 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim nati
⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim natijalar borki, ular o‘yin bilan emas, yillar davomida bajarilgan mehnat bilan baholanadi. O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Markaziy Osiyo tarixida bu marraga erishgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu tasodif emas, balki yillar davomida shakllangan futbol tizimi, yoshlar akademiyalari, murabbiylar va futbolchilarning mashaqqatli mehnati samarasidir. Jahon chempionati esa yakun emas. Bu — dunyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘ynab, kelajakdagi g‘alabalar uchun tajriba to‘planadigan maydon. Bugun Portugaliya, Kolumbiya yoki Kongo kabi raqiblarga qarshi o‘ynagan futbolchilar ertaga yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytadi. Dunyoning ko‘plab kuchli terma jamoalari ham ilk mundialini oson boshlamagan. Ammo aynan o‘sha tajriba ularni keyinchalik futbol gigantlariga aylantirgan. 🇺🇿 Bu hali boshlanishi. O‘zbekiston futbolining eng yorqin sahifalari hali oldinda.

“O‘zagroinspeksiya”da “Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi g’oliblari aniqlandi 🇺🇿“Yangi O‘zbekiston yo
+9
“O‘zagroinspeksiya”da “Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi g’oliblari aniqlandi
🇺🇿“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida O‘zagroinspeksiya tizimida “Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
✅Ko‘rik-tanlov O‘zagroinspeksiya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning kasbiy mahorati, ijodiy salohiyati, tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish, shuningdek, agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda O‘zagroinspeksiya tizimida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega, keyingi bir yil davomida yuqori natijalarga erishgan, 30 yoshgacha bo‘lgan faol va tashabbuskor xodimlar “Mening g‘oyam” mavzusidagi konseptual loyihalari hamda taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Hakamlar hay’ati baholash yakunlariga ko‘ra: 🥇1-o‘rin Toshkent viloyati boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani bo‘limining qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Ismoilov Asrorbek O‘tkirbek o‘g‘liga nasib etdi. 🥈2-o‘rinni Jizzax viloyati boshqarmasining qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Boltayeva Ra’no Norboy qizi egalladi. 🥉3-o‘rin esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani bo‘limining qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Minajov Sundetbay Tasqinbay Uli hamda Farg’ona viloyati boshqarmasi Axborot tahlil, ijro intizomi, ma’muriy amaliyot va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi yetakchi mutaxassisi Xaydarov Shoxjaxon Odilbekovichlarga nasib etdi.
Tadbir yakunida g‘oliblar O‘zagroinspeksiyaning I, II va III darajali diplomlari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovning barcha ishtirokchilariga faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar topshirildi.
✍️Mazkur ko‘rik-tanlov yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zagroinspeksiya tizimida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 Taqdir — bu sening fikrlaring, niyatlaring va tashlagan qadamlaringdir. Omading ham, omadsizliging ham barchasi o’zi
🟦🟦🟦🟦
Taqdir — bu sening fikrlaring, niyatlaring va tashlagan qadamlaringdir. Omading ham, omadsizliging ham barchasi o’zingdandur.
@ Elchin Safarli 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#OAV_biz #TV_video #Jizzax 📹
Joriy yil Jizzax viloyatida 2026-yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi yuqori darajada tashkil etildi. Mavsum davomida g'alla o'rish kombaynlariga GPS navigatorlari va kameralar o‘rnatilib, ularning harakati hamda ish jarayonlari onlayn kuzatib borildi.
Agroinspeksiya tomonidan olib borilgan monitoring va muvofiqlashtirish ishlari natijasida mavsum davomida texnik nosozliklar tezkor bartaraf etildi va o‘rim muddatlari qisqartirildi. Shuningdek, raqamlashtirish jarayonlari orqali shaffoflik taʼminlanib, don qabul qilish jarayonlaridagi ortiqcha kutishlar va hisob-kitobdagi noaniqliklarga chek qo‘yildi. Batafsil lavhada👆 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Biz_OAV_sahifalarida #mutolaa_uchun Samarqand viloyati “Kattaqo‘rg‘on kecha va bugun” gazetasining navbatdagi sonida “O‘zagr
+1
#Biz_OAV_sahifalarida #mutolaa_uchun   Samarqand viloyati “Kattaqo‘rg‘on kecha va bugun” gazetasining navbatdagi sonida “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi bosh mutaxassislari Quvonov Ilhom Xolboyevich va Ro‘ziyev Bunyod Erkinovichlar tomonidan tayyorlangan “Kattaqo‘rg‘onda g‘alla o‘rimi avjida, qishloq xo‘jaligi va yo‘l qurilish texnikalarini ro‘yxatga olishda yangi davr” nomli maqolasi chop etildi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✅ TOSHKENT VILOYATIDA ERTAKI EKIN VA G‘ALLADAN BO‘SHAGAN QARIB 85 MING GEKTAR MAYDONGA TAKRORIY EKIN EKILADI ▶️ Respublikamiz
TOSHKENT VILOYATIDA ERTAKI EKIN VA G‘ALLADAN BO‘SHAGAN QARIB 85 MING GEKTAR MAYDONGA TAKRORIY EKIN EKILADI ▶️ Respublikamizning sug‘oriladigan maydonlarida ekilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari asosini g‘o‘za va kuzgi boshoqli don ekinlari tashkil etadi. Toshkent viloyatida har yili 100 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlari ekilib don yetishtiriladi.
Joriy yilda Toshkent viloyatida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 85 ming gektar maydonlarga takroriy ekinlar ekilishi belgilangan. Bu yil mirishkor dehqonlar tomonidan mavjud 103 ming gektar yer maydonida yetishtirilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ‼️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan 2026- yil 22-iyunda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1155 Qonuni imzolandi. 5️⃣ Komplaens tuzilmalarning mustaqil va ta’sirchan ishlashini ta’minlash uchun ushbu bo‘linmalar xodimlarining xavfsizlik kafolatlari o‘rnatildi.
—    Ularga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin; —    Xodimning turar joyi, xizmat xonasi yoki transportiga kirish, ko‘zdan kechirish, tintuv, ashyo olish, telefon so‘zlashuvini eshitish, shaxsiy tintuv, xat-xabar va hujjatlarni olish faqat Bosh prokurorning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi; —    komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimini, u xizmatdan bo‘shatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimini guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilishga, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga va ushlab turishga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi; —    Xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.
6️⃣ Komplaens tuzilmalari barcha davlat organlarida tashkil etilib, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib boruvchi tuzilmalarning o‘zida ham komplaens-nazorati tizimi olib boriladi. 7️⃣  Komplaens tuzilmalarining butun faoliyati Prezident Administratsiyasining Komplaens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi. Endilikda korrupsiyaga qarshi tarqoq holda kurashish emas, yagona tizim asosida yaxlit tuzilma sifatida ish olib boriladi. 8️⃣  5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmasligi belgilandi;
O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (1), firibgarlik (2) uchun hukm qilingan va yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan, shuningdek, takroran yoki xavfli residivist bo‘la turib yoxud juda ko‘p miqdorda pora olish (3), pora berish (4), pora olish-berishda vositachilik qilish (5) jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan.
9️⃣ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga har bir davlat organi va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi;
Unda har bir yo‘nalish bo‘yicha jinoyatchilik statistikasi, amaliyot tahlili, aholining munosabati, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati samaradorligi kabi ma’lumotlar aks ettiriladi.
1️⃣0️⃣ “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash, hududiy kengashlarning maqomi va vazifalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 8 ta yangi vazifalar belgilandi.
Mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish va b.

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter