uk
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Відкрити в Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
200
Підписники
-324 години
-17 днів
-1130 день
Архів дописів
✅ Aholi murojaatlari — deputat e’tiborida: Muammolar joyida hal etildi Bugun 25-saylov okrugi deputati Omonov Abdinazar Ovchi
+1
✅ Aholi murojaatlari — deputat e’tiborida: Muammolar joyida hal etildi Bugun 25-saylov okrugi deputati Omonov Abdinazar Ovchiyevich tomonidan “Jilisuv” MFY hududida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi. O‘rganish natijasiga ko‘ra: Fuqarolarni qiynayotgan bir qator dolzarb muammolar deputat va mahalla faollari ishtirokida joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilish va deputatlik nazoratiga olish belgilandi. "Xalqning dardini eshitish va ularning og‘irini yengil qilish — deputatlik faoliyatimizning bosh mezoni. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi," — deya ta’kidladi A. Omonov. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

📌 Muammo aniqlandi — yechim uchun deputat so‘rovi yuborildi. Bugun 22-Qaynar saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektla
+1
📌 Muammo aniqlandi — yechim uchun deputat so‘rovi yuborildi. Bugun 22-Qaynar saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganish jarayonida aniqlangan tizimli muammolar yuzasidan tuman Kengashi deputati A.Usmonov tomonidan mas’ul tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi. Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan qat’iy choralar ko‘rilishi so‘raldi: 28-sonli maktab binosining texnik holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish; Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlari uchun mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqish; Ishlarni qisqa muddatlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq reja-grafik belgilash. "Saylovchilarimiz farzandlari zamonaviy va xavfsiz sharoitlarda ta’lim olishi — bizning asosiy maqsadimiz. Har bir murojaat va aniqlangan muammo natija bo‘lgunga qadar nazoratimizda qoladi," — deydi deputat A.Usmonov. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning javoblari va amalga oshiriladigan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib borila 👉🏻 Telegram

📍 Deputat nazorati: Ijtimoiy soha obyektlari doimiy e’tiborda 22-Qaynar saylov okrugi deputati A.Usmonov tomonidan hududdagi
+5
📍 Deputat nazorati: Ijtimoiy soha obyektlari doimiy e’tiborda 22-Qaynar saylov okrugi deputati A.Usmonov tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining bugungi holati va faoliyat samaradorligi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida deputat quyidagi muassasalarda bo‘ldi: 28-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT): Bog‘chadagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolajonlarning ovqatlanish ratsioni ko‘zdan kechirildi. 86-sonli umumta’lim maktabi: Ta’lim muassasasidagi dars jarayonlari, o‘quvchilarning davomati hamda maktab kutubxonasi va sport zali holati o‘rganildi. Oilaviy shifokorlik punkti: Tibbiyot maskanida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati, dori-darmon zaxirasi holati tahlil qilindi. Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish va muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi. 👉🏻Telegram

📍 Deputatlar mahallalar faoliyati va aholi murojaatlarini o‘rgandi. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Y
+4
📍 Deputatlar mahallalar faoliyati va aholi murojaatlarini o‘rgandi. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Yulduz Ergasheva, tuman Kengashi deputati G‘ulom Uzoqov hamda Kotibiyat mutaxassisi J.Ergashevlar tumandagi bir qator mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordilar. Xususan, “Yakkatut”, “Beshterak” hamda “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, u yerdagi “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish; “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi; Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari. Shuningdek, tashrif doirasida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

📌 Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi hamjihatlikda kurashamiz! Bugun Paxtaobod MFY binosida xotin-qizlar huquqlarini himoya qili
+3
📌 Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi hamjihatlikda kurashamiz! Bugun Paxtaobod MFY binosida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda xalq vakillari — Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Ergasheva Yulduz Alimovna hamda tuman Kengashi deputati Uzoqov G‘ulom Baxronovich ishtirok etdilar. Uchrashuvda mahalla xotin-qizlar faollari, otinoyilar va mahalla fuqarolari bilan quyidagi dolzarb mavzularda so‘z yuritildi: Ayollarga nisbatan har qanday turdagi tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslik va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish. Himoya orderi ahamiyati: Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va huquqiy kafolatlar. Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish: Oilalardagi ajrimlarning oldini olishda otinoyilar va mahalla faollarining o‘rni. "Ayol — oila chirog‘i, jamiyat tayanchi. Uning huquqlari poymol etilishiga hech kimning haqqi yo‘q," — deya ta’kidladi deputat Yulduz Ergasheva.

Deputat nazorati: Ijtimoiy obyektlar e’tiborda 22-Qaynar saylov okrugi deputati A.Usmonov hududdagi maktab, bog‘cha va oilavi
+3
Deputat nazorati: Ijtimoiy obyektlar e’tiborda 22-Qaynar saylov okrugi deputati A.Usmonov hududdagi maktab, bog‘cha va oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rganish va muassasalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 👉🏻 Telegram

Tadbirkor muammolari e’tibor markazida "Qaynar" MFY hududida faoliyat yuritayotgan "Diyora" tikuvchilik xususiy korxonasi rah
+1
Tadbirkor muammolari e’tibor markazida "Qaynar" MFY hududida faoliyat yuritayotgan "Diyora" tikuvchilik xususiy korxonasi rahbarini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish quvvati, ishchi o‘rinlari va faoliyatini kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar tahlil qilindi. Tadbirkorga mavjud masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va huquqiy tushuntirishlar berildi. Bu kabi o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalladagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashishdir. 👉🏻 Telegram

Deputat hududdagi issiqxonalar faoliyatini o‘rgandi 4-Xalqlar Do‘stligi saylov okrugi deputati Uzoqov G‘ulom Baxronovich hudu
+3
Deputat hududdagi issiqxonalar faoliyatini o‘rgandi 4-Xalqlar Do‘stligi saylov okrugi deputati Uzoqov G‘ulom Baxronovich hududda joylashgan issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida deputat tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashib, issiqxonalarning hozirgi holati, mahsulot yetishtirish jarayoni hamda yuzaga kelayotgan masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, aholini sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi rejalar ko‘rib chiqildi. G‘ulom Uzoqov issiqxona egalarining takliflarini tinglab, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanishini ta’kidladi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

#Uchrashuvlar #Kitob_tumani @Shaxnoza_Xolmaxamatova

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganib, aholi tomonidan k
+5
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganib, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni tinglandi. Xususan, tashabbusli byudjet loyihalari doirasida ilgari surilgan muhim tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Xususan, ichki yo‘llarni hamda tuman markaziy o‘yingohini ta’mirlashga qaratilgan loyihalar aholining kundalik hayoti uchun nihoyatda muhim. Jumladan, Mustaqillik mahallasidagi markaziy o‘yingohni ta’mirlash yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ular uchun zamonaviy va qulay rivojlanish maydonini yaratadi. Shuningdek, Toshkent va Xalqlar do‘stligi mahallalarida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan ham tanishdik. Aholi tomonidan hududlar infratuzilmasini rivojlantirish va farovonlikni oshirish borasidagi ijobiy o‘zgarishlar e’tirof etildi. Shu bilan birga, Toshkent mahallasida yangi mahalla binosini qurish, Xalqlar do‘stligi mahallasida esa ichki yo‘llarni ta’mirlash va ko‘chalarni yoritish tizimini yaxshilashda amaliy yordam so‘raldi.

photo content
+3

Mahallabay ishlash: Yangi ish o‘rinlari va ishlab chiqarish quvvatlari. “Makrid” MFY hududida tadbirkorlikni rivojlantirish v
+2
Mahallabay ishlash: Yangi ish o‘rinlari va ishlab chiqarish quvvatlari. “Makrid” MFY hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlar e'tiborida. Xususan, tadbirkor Hamzayev Bilol tomonidan tashkil etilgan yangi subyektda bugungi kunda uzumzorlar uchun juda zarur bo‘lgan: ✅ Temir-beton shpalera ustunlari (tokzorlar uchun tayanchlar); ✅ Shlakoblok g‘ishtlari ishlab chiqarilmoqda. Mazkur tadbirkorlik faoliyati nafaqat qurilish materiallari yetkazib bermoqda, balki hududdagi 8 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash imkonini berdi. O‘rganish davomida deputatlar ishlab chiqarish jarayoni va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirkorning kelgusi rejalari va faoliyatini kengaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram

Deputat va partiya vakillari tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi 23-Makrid saylov o
+2
Deputat va partiya vakillari tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi 23-Makrid saylov okrugi deputati G.Kenjayeva, tuman Kengashi bosh mutaxassisi J.Ergashev hamda O'zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari V.Parmonova ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi. Mas’ullar tumandagi “Samarqand” MFY hududida joylashgan 3-sonli oilaviy shifokorlik punkti faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi: ✅ Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligi; ✅ Bemorlar uchun ajratilgan bepul dori-darmon vositalarining ta’minoti; ✅ Muassasadagi mavjud sharoitlar va xodimlarning ish faoliyati. Muloqot davomida soha xodimlariga aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|

✉️Deputat so‘rovi amalda: Maktab yo‘li xavfsiz holatga keltirildi 24-saylov okrugi deputati Turayev Najmiddin tomonidan yubor
+2
✉️Deputat so‘rovi amalda: Maktab yo‘li xavfsiz holatga keltirildi
24-saylov okrugi deputati Turayev Najmiddin tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari o‘z natijasini berdi. 🪏Qashqadaryo MFY, Minjir qishlog‘i hududida joylashgan 78-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lning 1,5 km qismida yangi piyodalar yo‘lakchasi qurib bitkazildi. Endilikda o‘quvchilar va qishloq aholisi manzilga xavfsiz va qulay yo‘ldan yetib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xalq manfaati — har bir deputatning asosiy vazifasidir! |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|

Deputat faoliyati: O‘rganish va muloqot Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Turayev Najmiddin navbatdagi ishchi o‘rganis
+5
Deputat faoliyati: O‘rganish va muloqot Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Turayev Najmiddin navbatdagi ishchi o‘rganishlarini amalga oshirdi. Dastlab, deputat “Qashqadaryo” MFYda bo‘lib, mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, saylov okrugi hududidagi 78-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasa uchun qurilayotgan 250 o‘rinli qo‘shimcha yangi bino qurilishining borishini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratildi. |Telegram|Instagram|YouTube|Facebook|

🏛 Deputat hududda: Tadbirkorlik va yoshlar masalalari e’tiborda 24-Oyoqchi saylov okrugi deputati Najmiddin Turayev Qashqada
+6
🏛 Deputat hududda: Tadbirkorlik va yoshlar masalalari e’tiborda 24-Oyoqchi saylov okrugi deputati Najmiddin Turayev Qashqadaryo MFY da bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi: Deputat faoliyatini endigina boshlagan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning rejalari va ish jarayonida duch kelayotgan muammolarini o‘rgandi. Mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi. Hududdagi sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan “Sadriddin Samandarovich” MCHJ faoliyati ko‘zdan kechirildi. Korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va istiqboldagi loyihalari muhokama qilindi. 👶 50 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy davlat-xususiy sherikchiligidagi bolalar bog‘chasi ko‘zdan kechirildi. Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. ⚽️ Navqiron avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida bunyod etilgan yangi bolalar sport maydonchasi deputat e’tiboridan chetda qolmadi. |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|

РАСМИЙ ОГОҲЛАНТИРИШ Сўнгги вақтларда Телеграм мессенжери орқали давлат органлари раҳбарлари ва мансабдор шахслар номидан сохт
РАСМИЙ ОГОҲЛАНТИРИШ Сўнгги вақтларда Телеграм мессенжери орқали давлат органлари раҳбарлари ва мансабдор шахслар номидан сохта аккаунтлар очиш ҳолатлари кўпаймоқда. Ушбу аккаунтларда: мансабдор шахсларнинг расмлари, исми ва фамилияси қўлланилиб, бу фуқароларда ишонч уйғотилмоқда. Сохта аккаунтлар орқали: турли илтимослар; топшириқлар; пул ёки шахсий маълумот сўраш ҳолатлари кузатилмоқда. Эслаб қолинг: давлат органлари раҳбарлари шахсан мессенжер орқали бундай мурожаатлар қилмайди! Қўйидаги тавсияларга амал қилинг! Ҳар қандай хабарни текширинг. Номаълум аккаунтларга ишонманг. Шахсий маълумотларингизни ҳеч кимга берманг. Агар Сиз шундай ҳолатларга дуч келсангиз, зудлик билан 102 рақамига қўнғироқ қилинг! Ички ишлар вазирлиги Киберхавфсизлик маркази

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Siz azizlarni muborak Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish, mehr-oqibat va ezg
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Siz azizlarni muborak Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish, mehr-oqibat va ezgulik ayyomi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
🌸 Navro‘z ayyomi yurtimizga yangilanish ruhi, ko‘ngillarga quvonch va umid bag‘ishlab, ezgu qadriyatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin. Qalblarimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va birdamlik tuyg‘ulari yanada kuchaysin. Barchamiz yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida yanada jipslashib, ulkan marralar sari dadil qadam tashlaylik.
🌟 Yurtimiz tinchi, osmonimiz musaffo, har bir xonadon obod bo‘lsin! 🌟 Hurmat bilan, 🏛 Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi jamoasi.

📌 Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z. Norova h
+5
📌 Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z. Norova hamda 21-Yangi Zamon saylov okrugi deputati R. Kamilov hamkorlikda "Sharq Yulduzi" MFY hududida joylashgan 3-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ Patronaj xizmati: Hamshiralarning xonadonbay yurishi va aholi salomatligini nazorat qilish tizimi; ✅ Bepul dori-darmonlar: Davlat tomonidan ajratilgan bepul dori vositalarining fuqarolarga yetkazib berilish shaffofligi; ✅ Sharoitlar: Poliklinikada bemorlar va xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar. Muloqot davomida soha xodimlarining takliflari tinglanib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha partiyaviy nazorat doirasida tegishli vazifalar belgilab olindi. 📍 Manzil: "Sharq Yulduzi" MFY #XDP #Deputat #Salomatlik #Mahalla #Patronaj #Tibbiyot 👉🏻 Telegram

MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK: AMALIY MULOQOT Charmgar mahalla fuqarolar yig'inida aholi bandligini ta’minlash va tadbirk
+1
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK: AMALIY MULOQOT Charmgar mahalla fuqarolar yig'inida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Kamilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tuman kengashi raisi Zilola Norova ishtirok etishdi. Tadbirkorlikka ko'mak: Uchrashuv davomida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Ularga imtiyozli kreditlar olish, soliq imtiyozlari va tadbirkorlikni huquqiy ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiya va tushunchalar berildi. Bandlik ta'minlandi: Deputat R.Kamilovning bevosita tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan Charmgar mahallasida yashovchi, ishsiz bo‘lgan 5 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Ular “Kitob temir-beton buyumlari” MCHJ korxonasiga ishga joylashtirildi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 |Telegram|YouTube|Instagram|Facebook|