cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Shaxnoza Xolmaxamatova

Qashqadaryo viloyati 134- Yakkabog’ saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Админ билан боғланиш боти. @Shaxnoza_Xolmaxamatova

Більше
Рекламні дописи
782
Підписники
+124 години
-267 днів
-3530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Assalomu alaykum! Qurbon Hayiti muborak bo’lsin! Kelgusi Hayitlarni ham tinchlikda, eson-omonlikda, yorug’ yuz bilan kutib olish nasib qilsin!🤲🙏
Показати все...
🔥 12👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
👍 7🔥 2👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ko`ksaroy qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Prezidentlar kelgusi uch yilga O`zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligini ta’kidladilar Xususan, ta’lim sohasida hamkorlik bo`yicha katta tajriba to`plangan. O`tgan yilning martida birinchi O`zbekiston-Koreya rektorlari forumi bo`lib o`tdi. Kelgusi yili navbatdagi uchrashuv o`tkaziladi. O`zbekistonda Koreya fan va texnologiyalari instituti (КАИСТ) modeli asosida institut tashkil etish taklifi qo`llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, Koreya Davlat boshqaruvi instituti va Milliy inson resurslari instituti bilan hamkorlikda Toshkentdagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt o`quv markazini ochish rejalashtirilgan. Koreyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda koreys tilini o`rganish dasturlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. КОИсА ko`magida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Farg`ona va Urganchda ochilgan professional ta’lim markazlarida o`zbekistonlik fuqarolar muvaffaqiyatli tayyorlanayotgani qayd etildi. Koreya tomoni moliyaviy-texnik ko`makni jalb qilgan holda bunday markazlar tarmog`ini O`zbekistonning boshqa hududlarida ham ochishga tayyorligini bildirdi. Ikki xalqni yanada yaqinlashtirish maqsadida kelgusi yilni “O`zbekiston va Koreya o`rtasidagi o`zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilish va o`zaro madaniy tadbirlarni o`tkazish taklif qilindi.
Показати все...
👍 7👏 2🔥 1
00:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat.” Jaloliddin Rumiy
Показати все...
IMG_1723.MOV8.11 MB
👍 18🔥 6👏 3
03:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning "Hisorak" suv omboridagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonoti.
Fuqarolardan assosiz xabarlarga ishonib vahimaga tushmaslikni iltimos qilmoqchiman. Bu vaziyatda aholini sarosimaga soladigan asossiz, FEYK xabarlarni tarqatib, vaziyatni murakkablashtirish tarafdorlari bo’layotganlarga qat’iy chora ko’rish lozim.
Mas’ullar vaziyat haqida uzoq bo’lmagan vaqt oralig’ida rasmiy munosabat va bayonotlar berib turishi aholini Feyk xabarlardan asrash uchun juda muhim nazarimda.
Показати все...
IMG_1674.MP437.97 MB
👍 9👏 3🔥 2
02:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov hamda Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i Farxod Mirzayev “Hisorak” suv ombori oldida turib, holat bo’yicha video murojaat yo’lladi. Mas’ullar aholidan vahimaga tushmaslikni, hech qanday jiddiy xavf yo’qligini, yolg’on xabarlarga ishonmaslikni ta’kidlashgan. Vaziyat nazoratga olingani, xavf yo’qligi ko’nglimizni xotirjam qildi. Yaratganni O’zi yurtimizni, yurtdoshlarimizni balo-qazolardan asrasin. @Shaxnoza_Xolmaxamatova
Показати все...
IMG_1662.MP413.04 MB
👍 14🔥 3👏 3
02:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov hamda Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i Farxod Mirzayev “Hisorak” suv ombori oldida turib, holat bo’yicha video murojaat yo’lladi. Mas’ullar aholidan vahimaga tushmaslikni, hech qanday jiddiy xavf yo’qligini, yolg’on xabarlarga ishonmaslikni ta’kidlashgan. Holat nazoratga olingani ko’nglimizni xotirjam qildi. Yaratganni O’zi yurtimizni, yurtdoshlarimizni balo-qazolardan asrasin🙏
Показати все...
IMG_1661.MP413.03 MB
👍 1🔥 1👏 1
“Hisorak” suv omborida yuzaga kelgan holat to‘g‘risida ma'lumot Bugun, 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan. Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida "Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat Hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirlgi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hurmatli fuqarolar ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Показати все...
👍 5🔥 2👏 1😁 1
Ijtimoiy tarmoqlarda bugun 10 iyun kuni Shahrisabz tumanidagi Hisorak suv ombori tug’onida yoriq paydo bo’lgani, aholi evakuatsiya qilinayotgani, shtab tuzilgani kabi ma’lumotlar tarqamoqda. Bu vahimali xabarlardan aholi sarosimaga tushmoqda.Tuman hokimligi, mas’ul idoralar rasmiy munosabat bildirishlarini talab qilamiz.
Показати все...
platforma.uz

Айтишларича, бугун - 10 июнь куни Шаҳрисабз туманидаги "Ҳисорак" сув омбори тўғонининг чап тарафидан янги қўшимча туннель очаётган пайтда ёриқ пайдо бўлган. Манбага кўра, пайдо бўлган ёриқдан 40 метр баландликда сув мавжуд бўлиб, ҳозирги вақтда ундан секундига 80 литр сув оқиб чиқмоқда. Айни пайтда содир бўлган холатни бартараф этиш учун "Ўзбекгидроэнерго” АЖ бошқаруви раиси раҳбарлигида тегишли идоралардан иборат штаб ташкил этилган. Аварияни бартараф этишга жами 50 га яқин оғир-муҳандислик ва махсус техникалар ва 160 дан ортиқ ишчи ходим жалб этилгани айтилмоқда. Расмий ахборотни кутиб қоламиз. @platformauzb

👍 8🔥 1