uk
Feedback
SHDPI Filologiya fakulteti

SHDPI Filologiya fakulteti

Відкрити в Telegram

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti rasmiy kanali - Talaba tashabbuslari - Ijtimoiy loyihalar - Yutuqlarimiz

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
440
Підписники
+124 години
+2547 днів
+25030 днів
Архів дописів
#PiyodalarXavfsizligi #IjtimoiyRolik 🙋 O‘zbekistonda yangi yo‘l harakati madaniyati shakllanmoqda!
📍 Poytaxtimizda piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tishda qo‘lni baland ko‘tarib, haydovchi e'tiborini jalb qilishga asoslangan yangi xavfsizlik madaniyatining ilk namunalari kuzatilmoqda. Bu shunchaki harakat emas, balki "Men piyodaman, meni ko‘rdingiz va menga yo‘l bering" degan muhim ishoradir.
📷 Videoni tomosha qiling va yangi xavfsizlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlang! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#bitiruvchi_2026 🎓 BITIRUVCHI–2026: Diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Bit
+9
#bitiruvchi_2026 🎓 BITIRUVCHI–2026: Diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Bitiruvchi–2026" tantanali diplom topshirish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Marosimni Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor Mash’al Saidov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bitiruvchilarni muhim hayotiy bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy qutladi. Rektor o‘z nutqida yosh mutaxassislarga kelgusi faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir davomida bayramona dastur, samimiy tabriklar va quvonchli lahzalar marosimga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

#YoshlarOvoziGazetasi 🙋 Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqeala
#YoshlarOvoziGazetasi 🙋 Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang. 🖋 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing! ➡️ Boqimandalik kayfiyatini yengish; ➡️ Tayyor intellekt: o'zingiz qachon fikrlaysiz? ➡️ Miyaning tayyor nonga o'rganishi; ➡️ Balansni qanday topish kerak? ➡️ O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi. ⬇️ Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#PiyodalarXavfsizligi #IjtimoiyRolik 🙋 Piyodalar xavfsizligining yangi madaniyati: yo‘lni qo‘l ko‘tarib kesib o‘ting!
👥 Har kuni dunyo bo‘ylab minglab insonlar yo‘l-transport hodisalari oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Eng achinarlisi, ushbu holatlarning katta qismi piyodalar bilan bog‘liq. Piyodalar o‘tish yo‘lagidan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bu oddiy qoida emas, balki inson hayotini saqlab qoluvchi muhim madaniyatdir.
📷 Ushbu videoda piyodalar o‘tish yo‘lagidan qanday qilib xavfsiz va to‘g‘ri o‘tish kerakligi bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan. ➡️ Agar siz ham o‘zingiz va farzandlaringiz hayoti xavfsiz bo‘lishini istasangiz, videoni albatta oxirigacha tomosha qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#KitobOlamiFestivali 🙋 28–29–30-iyun kunlari davomida o‘tkazilgan “Kitob Olami” festivali kitobsevarlar, ijodkorlar va ma’rifat ixlosmandlarini bir maydonda jamladi. 💬 Festival davomida tashkil etilgan kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda madaniy dasturlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 🔎 Ushbu videoda “Kitob Olami” festivalining eng yorqin va unutilmas lahzalarini tomosha qiling! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#30iyun #YoshlarKuni 🙋 Aziz yoshlar! Bugun mamlakatimiz yoshlar hayotida muhim sana — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilganiga 9 yil to‘ldi.
🇺🇿 O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi millionlab yigit-qizlarning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslari va g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida ishonchli tayanch bo‘lib kelmoqda.
🔎 Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yoshlarimizni, faol volontyorlarimizni, fidoyi yoshlar yetakchilarini hamda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan barcha tashabbuskor yigit-qizlarni samimiy muborakbod etamiz! 👥 Sizlarning g‘ayratingiz, shijoatingiz va Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu maqsadlaringiz mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir. Yangi marralarni zabt etish, ulkan yutuqlar va yorqin muvaffaqiyatlar doimo hamrohingiz bo‘lsin!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! Kelajak — siz bilan, Yangi O‘zbekiston — siz bilan bunyod bo‘ladi! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#YoshlarKuni 🙋 Aziz yoshlar! Bugun — sizning kuningiz! 30-iyun — “Yoshlar kuni” bilan barchangizni chin yurakdan tabriklayman! 🔎 Bilasizmi, sizlarga qarab faxrlanamiz, sizlarga ishonamiz! Chunki bu yurtning ertangi kuni, porloq kelajagi aynan sizlarning qo‘lingizda. Bugungi yoshlar esa – iqtidorli, jasur, g‘ayratli, orzusi baland! Har biringizda yuksalishga intilish, hayotingizni o‘zgartirishga bo‘lgan kuch bor. 👥 Bir narsani unutmang: siz yolg‘iz emassiz. Biz ko‘maklashishga tayyormiz. Faqat to‘xtab qolmang. O‘rganing, urinib ko‘ring, xatolardan qo‘rqmang, orzularingizdan voz kechmang! 🎁 Sizlarning har bir yutug‘ingiz — biz uchun bayram. Yoshligingiz quvonchga, hayotingiz g‘alabalarga va yutuqlarga to‘la bo‘lsin, yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! 🇺🇿 Hurmat bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#yetakchi_tabrigi #30_iyun ​ ⚡️ Aziz tengdosh yoshlar! Yurtimiz kelajagi, jamiyatimiz tayanchi bo‘lgan sizlarni 30-iyun — Yos
#yetakchi_tabrigi #30_iyun ⚡️ Aziz tengdosh yoshlar! Yurtimiz kelajagi, jamiyatimiz tayanchi bo‘lgan sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Sizlarga: ⭕️Ilm yo‘lida yuksak marralar, ⭕️Orzu va maqsadlaringizga erishishda qat’iyat, ⭕️Har bir qadamingizda ulkan zafarlar tilayman. ⭕️ Yoshlik — bu imkoniyatlar, intilish va bunyodkorlik davri. Sizning bilimga chanqoqligingiz, shijoatingiz va harakatingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim kuchidir. ⭕️Qalbingizdagi orzular hech qachon so‘nmasin, yuzingizdagi tabassum va ko‘nglingizdagi ishonch doim hamroh bo‘lsin!
⚡️Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!​Yuksak ehtirom bilan, Filologiya fakulteti Yoshlar yetakchisi Muhammadinom Xolboyev 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

Repost from Xayrulla Sattarov
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vosi
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan chin dildan muborakbod etaman. 🖋 Jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan mas'uliyatli faoliyatingiz tahsinga sazovordir. ⭐️ Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va xonadonlaringizga tinchlik-farovonlik tilab qolaman. 🎁 Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan 🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va 👨‍🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Repost from Xayrulla Sattarov
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vosi
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan chin dildan muborakbod etaman. 🖋 Jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan mas'uliyatli faoliyatingiz tahsinga sazovordir. ⭐️ Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va xonadonlaringizga tinchlik-farovonlik tilab qolaman. 🎁 Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan 🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va 👨‍🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

#KitobOlamiFestivali #TashabbuslarMarafoni 🙋 “Kitob olami” festivali yana qaytmoqda! 🆔 “Tashabbuslar marafoni” doirasida 28-iyun kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Kitob olami” festivali bo‘lib o‘tadi!
📌 “Kitob Olami” festivalida siz uchun: ➡️ O‘zbekiston va xorijiy nashriyotlarning yangi kitoblar taqdimotlari; ➡️ Chegirmalar bilan o‘z sevimli asarlaringizni xarid qilish imkoniyati; ➡️ Taniqli yozuvchi va shoirlar bilan samimiy suhbatlar; ➡️ Mualliflarning shaxsiy imzolari tushirilgan kitoblar; ➡️ Bilimdonlar uchun yutuqli viktorinalar; ➡️ Eng faol ishtirokchilar uchun kitob sovg‘alari taqdim etiladi.
🔎
Tadbir doirasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor va fidoyi yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshiriladi. Barchangizni ma’rifat va ilhom bayramiga taklif etamiz!
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi | 28-iyun ➡️ Yandex Xarita ➡️ Google Xarita Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

"Odam bo‘lish qiyin" asari tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari ma’lum! Yozgi ta’tilni mutolaa bilan o‘tkazayotgan barcha ishtirokchilarga faollik uchun rahmat. Bizga kelib tushgan ko‘plab tahliliy fikrlar orasidan asarning tub mohiyatini tizimli va kreativ yondashuv bilan ochib bergan eng munosib 2 ta ishtirokchini tanlab oldik.
🎁 Maxsus Premium promokodlar egalari:
1⃣Ona tili va adabiyoti: rus tili yo'nalishi 1-kurs talabasi Jumamurodova Xurshida (yozilgan tahlil) 2⃣Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 1-kurs talabasi Nazarova Xusnora (yozilgan tahlil)
🏆G‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz! Promokodlar tez fursatda egalariga yetkaziladi. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

1 soat qoldi

4 soat qoldi

6 soat qoldi.⌛

🎁 Va’da berganimizdek: Mutolaa ilovasiga Premium promokod! Yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli ta
🎁 Va’da berganimizdek: Mutolaa ilovasiga Premium promokod! Yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus loyiha start olmoqda.
Hozirgi raqamli davrda elektron va audio kitoblarning o‘rni beqiyos. Shu munosabat bilan, menda ommabop mutolaa ilovalaridan birining pullik Premium versiyasidan mutlaqo bepul foydalanish imkonini beruvchi 2 ta promokod mavjud. Ushbu imkoniyatni kitobxonlik yo‘nalishida o‘zining tahliliy qobiliyatini ko‘rsata olgan eng munosib ikki ishtirokchiga taqdim etishni lozim topdik.
Ishtirok etish shartlari: 1️⃣ Kanalimizga a’zo bo‘lish, shu postni 5ta faol guruhga tashlash(skrenshotlarni shu post ostiga tashlang); 2️⃣ Ushbu havolaga @filfak_yi O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" asari yuzasidan o‘zingizning shaxsiy tahlilingiz, kitobdan olingan eng muhim ilmiy-amaliy xulosalaringizni bayon etgan holda yuborish.
Baholash mezonlari: Shunchaki umumiy jumlalar bilan cheklangan izohlar inobatga olinmaydi. Asarning tub mohiyatini ochib bera olgan, tizimli va kreativ yondashilgan eng mukammal 2 ta tahliliy izoh muallifi g‘olib deb topiladi.
❗️G‘oliblar joriy haftaning Chorshanba kuni 22:00da rasman e’lon qilinadi va promokodlar egalariga shaxsan yetkaziladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

Yozgi ta’til uchun bitta insayd... 📚 Yozgi ta'tilni shunchaki ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni o'tkazib yuborish bilan emas, shaxsiy rivojlanish va sifatli mutolaa bilan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar bormi? Menda sizlar uchun bir syurpriz bor. Ayniqsa, pullik ilovalardan bepul foydalanishni xush ko'radigan kitobxonlarimiz uchun. 😉 Hozircha hamma narsani ochiqlamayman. Bildirishnomani (notification) yoqib qo‘yishni maslahat beraman, chunki joylar soni cheklangan. Diqqat bilan kuzating! 👀 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

🎂Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿 ​Bugun Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori Marjona Qo'ldoshevaning tug‘
🎂Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿 ​Bugun Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori Marjona Qo'ldoshevaning tug‘ilgan kuni. 🎁​Marjonaga dunyodagi eng go‘zal tilaklarni tilab qolamiz. Ilm yo‘lidagi izlanishlar va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Yosh bo'lishingizga qaramay juda ham faol yoshsiz biz buni qadrlaymiz. Doim mana shunday yuzingizdan tabassum, qalbingizdan ezgulik arimasin! 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

🤩 Qashqadaryolik qizlar uchun maxsus MINI TANLOV! 🎁 Atigi 3 ta kursni o‘qib, ajoyib sovg‘alar yutib olishni istaysizmi? O‘q
+1
🤩 Qashqadaryolik qizlar uchun maxsus MINI TANLOV! 🎁 Atigi 3 ta kursni o‘qib, ajoyib sovg‘alar yutib olishni istaysizmi?
O‘qishingiz kerak bo‘lgan kurslar: 🌷 Floristlik 🔬 Tadqiqot asoslari 🍽 Restoran ochish
Tanlov shartlari:
• Yuqoridagi 3 ta kursni to‘liq o‘qib tugating; • Har bir kurs bo‘yicha sertifikat oling; • Sertifikatlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda kreativ tarzda ulashing, farqi yo’q istalgan ijtimoiy tarmoq; • Isbot sifatida post yoki reels hamda sertifikatlar skrinshotlarini ushbu post izohida qoldiring.
🎉 G‘oliblarni random tarzida o’zim aniqlayman!
🏆 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin: 1 ta quloqchin + 1 ta termos + 1 ta bloknot 🥈 2-o‘rin: 1 ta termos + 1 ta shopper + 1 ta bloknot 🥉 3-o‘rin: 1 ta shopper + 1 ta bloknot
⏳ Shoshiling! Tanlov uchun vaqt ertaga 21:00 ga qadar.
Omad sizga yor bo‘lsin, aziz Qashqadaryolik ayol-qizlar! 🌸 Natijalar blogimda e’lon qilinadi 😎 Postlarimni copy qilmang, manba bilan ulashing: t.me/jurakulova_blog

#MilliyFashionShow 🙋 Milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan moda bayrami 👋 Yoshlar oyligi doirasida Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Milliy Fashion Show” modalar namoyishining Respublika final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. 🔗 Ochilish marosimi 🔗 Kolleksiyalar namoyishi va konsert dasturi 🔗 Taqdirlash marosimi Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube