fa
Feedback
SHDPI Filologiya fakulteti

SHDPI Filologiya fakulteti

رفتن به کانال در Telegram

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi | rasmiy kanali 📚 Talaba tashabbuslari 🌱 Ijtimoiy loyihalar 🎓 Faol yoshlar harakati “Birlikda – kuchlimiz.”

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
432
مشترکین
+8824 ساعت
+1267 روز
+12330 روز
آرشیو پست ها
#30iyun #YoshlarKuni 🙋 Aziz yoshlar! Bugun mamlakatimiz yoshlar hayotida muhim sana — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilganiga 9 yil to‘ldi.
🇺🇿 O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi millionlab yigit-qizlarning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslari va g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida ishonchli tayanch bo‘lib kelmoqda.
🔎 Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yoshlarimizni, faol volontyorlarimizni, fidoyi yoshlar yetakchilarini hamda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan barcha tashabbuskor yigit-qizlarni samimiy muborakbod etamiz! 👥 Sizlarning g‘ayratingiz, shijoatingiz va Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu maqsadlaringiz mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir. Yangi marralarni zabt etish, ulkan yutuqlar va yorqin muvaffaqiyatlar doimo hamrohingiz bo‘lsin!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! Kelajak — siz bilan, Yangi O‘zbekiston — siz bilan bunyod bo‘ladi! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#YoshlarKuni 🙋 Aziz yoshlar! Bugun — sizning kuningiz! 30-iyun — “Yoshlar kuni” bilan barchangizni chin yurakdan tabriklayman! 🔎 Bilasizmi, sizlarga qarab faxrlanamiz, sizlarga ishonamiz! Chunki bu yurtning ertangi kuni, porloq kelajagi aynan sizlarning qo‘lingizda. Bugungi yoshlar esa – iqtidorli, jasur, g‘ayratli, orzusi baland! Har biringizda yuksalishga intilish, hayotingizni o‘zgartirishga bo‘lgan kuch bor. 👥 Bir narsani unutmang: siz yolg‘iz emassiz. Biz ko‘maklashishga tayyormiz. Faqat to‘xtab qolmang. O‘rganing, urinib ko‘ring, xatolardan qo‘rqmang, orzularingizdan voz kechmang! 🎁 Sizlarning har bir yutug‘ingiz — biz uchun bayram. Yoshligingiz quvonchga, hayotingiz g‘alabalarga va yutuqlarga to‘la bo‘lsin, yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! 🇺🇿 Hurmat bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#yetakchi_tabrigi #30_iyun ​ ⚡️ Aziz tengdosh yoshlar! Yurtimiz kelajagi, jamiyatimiz tayanchi bo‘lgan sizlarni 30-iyun — Yos
#yetakchi_tabrigi #30_iyun ⚡️ Aziz tengdosh yoshlar! Yurtimiz kelajagi, jamiyatimiz tayanchi bo‘lgan sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Sizlarga: ⭕️Ilm yo‘lida yuksak marralar, ⭕️Orzu va maqsadlaringizga erishishda qat’iyat, ⭕️Har bir qadamingizda ulkan zafarlar tilayman. ⭕️ Yoshlik — bu imkoniyatlar, intilish va bunyodkorlik davri. Sizning bilimga chanqoqligingiz, shijoatingiz va harakatingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim kuchidir. ⭕️Qalbingizdagi orzular hech qachon so‘nmasin, yuzingizdagi tabassum va ko‘nglingizdagi ishonch doim hamroh bo‘lsin!
⚡️Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!​Yuksak ehtirom bilan, Filologiya fakulteti Yoshlar yetakchisi Muhammadinom Xolboyev 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

Repost from Xayrulla Sattarov
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vosi
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan chin dildan muborakbod etaman. 🖋 Jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan mas'uliyatli faoliyatingiz tahsinga sazovordir. ⭐️ Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va xonadonlaringizga tinchlik-farovonlik tilab qolaman. 🎁 Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan 🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va 👨‍🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Repost from Xayrulla Sattarov
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vosi
🎉 Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Bugungi kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan chin dildan muborakbod etaman. 🖋 Jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan mas'uliyatli faoliyatingiz tahsinga sazovordir. ⭐️ Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va xonadonlaringizga tinchlik-farovonlik tilab qolaman. 🎁 Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan 🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va 👨‍🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

#KitobOlamiFestivali #TashabbuslarMarafoni 🙋 “Kitob olami” festivali yana qaytmoqda! 🆔 “Tashabbuslar marafoni” doirasida 28-iyun kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Kitob olami” festivali bo‘lib o‘tadi!
📌 “Kitob Olami” festivalida siz uchun: ➡️ O‘zbekiston va xorijiy nashriyotlarning yangi kitoblar taqdimotlari; ➡️ Chegirmalar bilan o‘z sevimli asarlaringizni xarid qilish imkoniyati; ➡️ Taniqli yozuvchi va shoirlar bilan samimiy suhbatlar; ➡️ Mualliflarning shaxsiy imzolari tushirilgan kitoblar; ➡️ Bilimdonlar uchun yutuqli viktorinalar; ➡️ Eng faol ishtirokchilar uchun kitob sovg‘alari taqdim etiladi.
🔎
Tadbir doirasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor va fidoyi yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshiriladi. Barchangizni ma’rifat va ilhom bayramiga taklif etamiz!
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi | 28-iyun ➡️ Yandex Xarita ➡️ Google Xarita Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

"Odam bo‘lish qiyin" asari tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari ma’lum! Yozgi ta’tilni mutolaa bilan o‘tkazayotgan barcha ishtirokchilarga faollik uchun rahmat. Bizga kelib tushgan ko‘plab tahliliy fikrlar orasidan asarning tub mohiyatini tizimli va kreativ yondashuv bilan ochib bergan eng munosib 2 ta ishtirokchini tanlab oldik.
🎁 Maxsus Premium promokodlar egalari:
1⃣Ona tili va adabiyoti: rus tili yo'nalishi 1-kurs talabasi Jumamurodova Xurshida (yozilgan tahlil) 2⃣Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 1-kurs talabasi Nazarova Xusnora (yozilgan tahlil)
🏆G‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz! Promokodlar tez fursatda egalariga yetkaziladi. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

1 soat qoldi

4 soat qoldi

6 soat qoldi.⌛

🎁 Va’da berganimizdek: Mutolaa ilovasiga Premium promokod! Yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli ta
🎁 Va’da berganimizdek: Mutolaa ilovasiga Premium promokod! Yozgi ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus loyiha start olmoqda.
Hozirgi raqamli davrda elektron va audio kitoblarning o‘rni beqiyos. Shu munosabat bilan, menda ommabop mutolaa ilovalaridan birining pullik Premium versiyasidan mutlaqo bepul foydalanish imkonini beruvchi 2 ta promokod mavjud. Ushbu imkoniyatni kitobxonlik yo‘nalishida o‘zining tahliliy qobiliyatini ko‘rsata olgan eng munosib ikki ishtirokchiga taqdim etishni lozim topdik.
Ishtirok etish shartlari: 1️⃣ Kanalimizga a’zo bo‘lish, shu postni 5ta faol guruhga tashlash(skrenshotlarni shu post ostiga tashlang); 2️⃣ Ushbu havolaga @filfak_yi O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" asari yuzasidan o‘zingizning shaxsiy tahlilingiz, kitobdan olingan eng muhim ilmiy-amaliy xulosalaringizni bayon etgan holda yuborish.
Baholash mezonlari: Shunchaki umumiy jumlalar bilan cheklangan izohlar inobatga olinmaydi. Asarning tub mohiyatini ochib bera olgan, tizimli va kreativ yondashilgan eng mukammal 2 ta tahliliy izoh muallifi g‘olib deb topiladi.
❗️G‘oliblar joriy haftaning Chorshanba kuni 22:00da rasman e’lon qilinadi va promokodlar egalariga shaxsan yetkaziladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

Yozgi ta’til uchun bitta insayd... 📚 Yozgi ta'tilni shunchaki ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni o'tkazib yuborish bilan emas, shaxsiy rivojlanish va sifatli mutolaa bilan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar bormi? Menda sizlar uchun bir syurpriz bor. Ayniqsa, pullik ilovalardan bepul foydalanishni xush ko'radigan kitobxonlarimiz uchun. 😉 Hozircha hamma narsani ochiqlamayman. Bildirishnomani (notification) yoqib qo‘yishni maslahat beraman, chunki joylar soni cheklangan. Diqqat bilan kuzating! 👀 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

🎂Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿 ​Bugun Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori Marjona Qo'ldoshevaning tug‘
🎂Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿 ​Bugun Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori Marjona Qo'ldoshevaning tug‘ilgan kuni. 🎁​Marjonaga dunyodagi eng go‘zal tilaklarni tilab qolamiz. Ilm yo‘lidagi izlanishlar va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Yosh bo'lishingizga qaramay juda ham faol yoshsiz biz buni qadrlaymiz. Doim mana shunday yuzingizdan tabassum, qalbingizdan ezgulik arimasin! 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

🤩 Qashqadaryolik qizlar uchun maxsus MINI TANLOV! 🎁 Atigi 3 ta kursni o‘qib, ajoyib sovg‘alar yutib olishni istaysizmi? O‘q
+1
🤩 Qashqadaryolik qizlar uchun maxsus MINI TANLOV! 🎁 Atigi 3 ta kursni o‘qib, ajoyib sovg‘alar yutib olishni istaysizmi?
O‘qishingiz kerak bo‘lgan kurslar: 🌷 Floristlik 🔬 Tadqiqot asoslari 🍽 Restoran ochish
Tanlov shartlari:
• Yuqoridagi 3 ta kursni to‘liq o‘qib tugating; • Har bir kurs bo‘yicha sertifikat oling; • Sertifikatlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda kreativ tarzda ulashing, farqi yo’q istalgan ijtimoiy tarmoq; • Isbot sifatida post yoki reels hamda sertifikatlar skrinshotlarini ushbu post izohida qoldiring.
🎉 G‘oliblarni random tarzida o’zim aniqlayman!
🏆 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin: 1 ta quloqchin + 1 ta termos + 1 ta bloknot 🥈 2-o‘rin: 1 ta termos + 1 ta shopper + 1 ta bloknot 🥉 3-o‘rin: 1 ta shopper + 1 ta bloknot
⏳ Shoshiling! Tanlov uchun vaqt ertaga 21:00 ga qadar.
Omad sizga yor bo‘lsin, aziz Qashqadaryolik ayol-qizlar! 🌸 Natijalar blogimda e’lon qilinadi 😎 Postlarimni copy qilmang, manba bilan ulashing: t.me/jurakulova_blog

#MilliyFashionShow 🙋 Milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan moda bayrami 👋 Yoshlar oyligi doirasida Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Milliy Fashion Show” modalar namoyishining Respublika final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. 🔗 Ochilish marosimi 🔗 Kolleksiyalar namoyishi va konsert dasturi 🔗 Taqdirlash marosimi Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

Repost from N/a
Qashqadaryo yoshlari o‘z so‘zini aytdi: Kutilgan va kutilmagan lahzalar Shahrisabzda o‘tgan "Yoshlar tashabbuslari marafoni"
+9
Qashqadaryo yoshlari o‘z so‘zini aytdi: Kutilgan va kutilmagan lahzalar Shahrisabzda o‘tgan "Yoshlar tashabbuslari marafoni" shunchaki navbatdagi tadbir emas, balki hududdagi yoshlar va talabalar uchun katta networking maydoniga aylandi.
Tadbir yoshlar siyosatining ko‘plab taniqli vakillari va ekspertlari ishtiroki bilan yodda qoldi. Xususan, Muhammadali Eshonqulov, Gulnora Odilova va bir qator spekerlar o'z tajribalarini yoshlarga ulashishdi. Uchrashuvlar, fikr almashishlar va loyihalar taqdimoti yuqori darajada tashkil etildi. Kichik bir parda orti tafsiloti: ko‘pchilik talabalar va faollar qatorida men ham Alisher Sa’dullayev va Xayrulla Sattorov kabi soha yetakchilarini Shahrisabz minbarlarida ko‘rishni, ular bilan bevosita muloqot qilishni kutgan edim. Afsuski, bu safar uchrashuv nasib qilmadi. Ammo bu marafonga minus olib keldimi? Yo‘q! (Alisher Zafaarovichni kechki gala-konsertda ko'rganimni ham aytib ketay.) Sahnada va loyihalar maydonida Shahrisabz davlat pedagogika instituti va butun viloyatning eng iqtidorli yoshlari bor edi. Ular ta’lim, IT, kitobxonlik va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha shunday taqdimotlar qilishdiki, marafon o‘z nomiga mos ravishda haqiqiy "tashabbuslar bayrami"ga aylandi. Biz o‘z energiyamiz va mehnatimiz bilan har qanday tadbirni yuqori darajaga olib chiqa olishimizni isbotladik.
"Marafon" haqida qisqacha shular. hali bu haqida ko'p gaplashamiz. 😉 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 4️⃣ X(Twitter)

#TashabbuslarMarafoni #SuvniBirgalikdaAsraymiz 🙋 Qashqadaryoda yashil tashabbuslar davom etmoqda! 👥 Shahrisabz shahridagi O
+7
#TashabbuslarMarafoni #SuvniBirgalikdaAsraymiz 🙋 Qashqadaryoda yashil tashabbuslar davom etmoqda!
👥 Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasida “Tashabbuslar marafoni” doirasida suv resurslarini asrash va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan interaktiv pavilion o‘z faoliyatini boshladi. Tadbir davomida yoshlar qiziqarli viktorinalar, challenge’lar, amaliy tajribalar hamda suv haqidagi foydali ma’lumotlar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Shuningdek, kreativ fotozonalar va kontent maydonlari ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
🆔 Tadbirdan yorqin va qiziqarli jarayonlarni tomosha qiling! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

⚡️ “Yoshlar tashabbuslari marafoni” Qashqadaryoga yetib keldi! Yoshlarning bilim, tajriba va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatla
⚡️ “Yoshlar tashabbuslari marafoni” Qashqadaryoga yetib keldi! Yoshlarning bilim, tajriba va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik marafon estafetasi o‘zining navbatdagi manzili — Qashqadaryo viloyatida davom etadi. Marafon doirasida tadbirkorlik, bandlik, innovatsiya, robototexnika, kitobxonlik, xorijiy tillar, ekologiya, sport va madaniyat yo‘nalishlarida maxsus pavilyonlar faoliyat yuritadi. Bugun soat 09:00 da barcha yoshlarni Shahrisabz shahri, Oqsaroy maydonida kutamiz! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

#TashabbuslarMarafoni #SuvniBirgalikdaAsraymiz 🙋 Qashqadaryolik yoshlar, endi navbat sizda! 👋 Respublikamiz bo‘ylab a’lo kayfiyatda o‘tayotgan “Tashabbuslar marafoni” endi Qashqadaryoga kirib bormoqda. Bu yerda qiziqarli viktorinalar, challenge’lar, ilmiy faktlar va amaliy tajribalar orqali suv resurslari haqida yangi bilimlarga ega bo‘lasiz. Shuningdek, foto zonalar va kreativ kontent yaratish imkoniyati ham mavjud. Eng faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 📍 Ertaga, 15-iyun soat 09:00 da Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasida sizlar bilan koʻrishamiz! Safimizga qo‘shiling, tashabbus ko‘rsatib, o‘zingizni namoyon qiling! 🖋 Ro‘yxatdan o‘tish: yoshlar.gov.uz/marathon Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

Assalomu alaykum, aziz yoshlar va hurmatli yetakchilar! Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan "Yoshlar tashabbuslari maraf
Assalomu alaykum, aziz yoshlar va hurmatli yetakchilar! Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan "Yoshlar tashabbuslari marafoni" butun respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda. Navbatdagi yirik tadbir 14–15-iyun kunlari Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tadi. ⚡️Ushbu marafon nafaqat o‘z g‘oyalaringizni namoyon etish, balki respublikaning faol va tashabbuskor yoshlari bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish hamda yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun ajoyib maydondir.
💠Tadbirda: 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev; 🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov; Respublikaning taniqli mentor va ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda. 🔅Aziz yoshlar! Keling, birgalikda Qashqadaryo yoshlarining faolligi, salohiyati va tashabbuskorligini namoyon qilaylik. Sizning ishtirokingiz marafonning yanada mazmunli va unutilmas o‘tishiga xizmat qiladi.
👥 Siz ham ushbu Yoshlar marafoning bir qismi bo‘lishga tayyormisiz? Unda 14–15-iyun kunlari Shahrisabzda uchrashamiz! Barchangizni marafonda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! 🔹 TELEGRAM |🔹 INSTAGRAM