Vatandoş KOREYA
Відкрити в Telegram
🇰🇷Koreyadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵Vatandosh.net 🔴youtube.com/@vatandosh_koreya 🔴Reklama: @migrantreklama
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
478
Підписники
+224 години
+417 днів
+7630 днів
Кількість дописів
Триває завантаження даних...
Реакції
Коментарі
Telegram Stars
ТОП дописів по
Триває завантаження даних...
Аналітика дописів
Дописи | Динаміка переглядів | |||||
🇺🇿🇰🇷 Aviatsiyadan sun’iy intellektgaça: Özbekiston va Koreya yangi bitimlar qabul qildi
Bugun, 14-sentyabr kuni Seulda, Şavkat Mirziyoyev va Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
📌 Kelishuvlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
✈️ Transport, aviatsiya va turizm;
🤖 Sun’iy intellekt va texnik kömak;
🎓 Oliy, maktab va maktabgaça ta’lim;
🌾 Qişloq xöjaligi;
💊 Tibbiy mahsulotlarni tartibga soliş;
🌿 Atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarishiga qarşi kuraş;
💡 Intellektual mulkni himoya qiliş va arxiv işi.
Hujjatlar ikki davlat örtasidagi savdo, investitsiya va gumanitar hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan.
@vatandosh_koreya | 127 | 1 | 0 | 4 | Loading... | |
Немає тексту... | 151 | 2 | 1 | 5 | Loading... | |
🇰🇷 Markaziy Osiyo rahbarlari Seulda jamlanadi: bu sammit nega muhim?
16-sentyabr kuni Seulda ilk «Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi» sammiti bölib ötadi. KBS xabariga köra, Koreya va mintaqaning beş davlati rahbarlari birinçi marta şu formatda uçraşadi.
🤝 Kimlar qatnaşadi?
Koreya prezidenti Li Je Myon hamda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari. Özbekiston nomidan Şavkat Mirziyoyev iştirok etadi.
💼 Nimalar muhokama qilinadi?
Savdo va investitsiyalar, energetika, transport infratuzilmasi, raqamli texnologiyalar hamda ilm-fan sohasidagi hamkorlik. Yakunda Seul deklaratsiyasi qabul qilinişi kutilmoqda, deya Özbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
🔋 Koreya nega mintaqamizga qiziqmoqda?
Markaziy Osiyoda energiya resurslari va sanoat uçun muhim foydali qazilmalar bor. Koreyada esa ularni qazib oliş va qayta işlaş texnologiyalari mavjud. Tomonlar şu imkoniyatlarni birlaştirişni közlamoqda.
🇺🇿 Koreyadagi vatandoşlar uçun qiziq jihati
Mirziyoyevning taşrifi dasturiga Koreyadagi özbek jamoasi vakillari bilan uçraşuv ham kiritilgan. Şuningdek, biznes-forum va Koreyaning bir neçta şahrida Özbekiston madaniyati kunlari rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
@vatandosh_koreya | 523 | 3 | 0 | 0 | Loading... | |
🏦 Hana Bank Özbekistonda vakolatxona oçmoqçi
Janubiy Koreyaning yirik banklaridan biri — Hana Bank Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan investitsiya va moliya sohasida hamkorlik qilish böyiça memorandum imzoladi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Kelişuvga köra, tomonlar Özbekistonda yangi moliyaviy hamkorlik imkoniyatlarini izlaydi, Hana Bankning mahalliy bozorga kirishini qöllab-quvvatlaydi hamda mamlakat moliya sohasini rivojlantirish böyiça hamkorlik qiladi.
Hana Bank Özbekistonni Markaziy Osiyoga çiqiş uçun asosiy tayanch nuqta sifatida tanlagan. Bank 2026-yil oxirigaça Özbekistonda vakolatxona oçishni rejalashtirmoqda.
Vakolatxona ish boshlagach, bank Markaziy Osiyo moliya bozori va yangi biznes imkoniyatlarini örganib, mintaqadagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtiradi.
@vatandosh_koreya | 175 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
🇺🇿🇰🇷 Şavkat Mirziyoyev Seulda vatandoşlar bilan uçraşdi
Davlat taşrifi bilan Seul şahriga kelgan Prezident Şavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoşlarimiz samimiy kutib oldi.
Davlatimiz rahbari Koreyadagi yurtdoşlar bilan suhbatlaşdi.
📹 Prezident matbuot xizmati uçraşuvdan lavhalarni e’lon qildi.
@vatandosh_koreya | 204 | 2 | 0 | 4 | Loading... | |
⚽️ “Neftçi Koreya” Paju maydonida 7:2 hisobida ğalaba qozondi
Paju milliy futbol markazi öyingohida “Neftçi Koreya” va “Paju Frontier FC” havaskorlar jamoasi örtasida örtoqlik uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuvni Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boşçiligidagi delegatsiya a’zolari ham kuzatdi.
🇺🇿🇰🇷 “Neftçi Koreya” Koreyada tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan farğonalik hamda vodiylik yoşlar taşabbusi bilan taşkil etilgan. Hozir jamoada 30 nafardan ziyod futbolçi muntazam maşğulot olib boradi va Koreyadagi turli musobaqalarda qatnaşadi.
🏆 Jamoa iyun oyida Pyeongtaek şahrida ötkazilgan “Yaxşi qöşniçilik turniri — 2026” xalqaro musobaqasida 8 ta jamoa orasida 1-örinni egallagan.
“Neftçi Koreya” ayni paytda 20 ta jamoa qatnaşayotgan “Seul Ligasi”da ham peşqadamlar safida bormoqda.
🔥 Pajudagi örtoqlik uçraşuvida esa jamoa “Paju Frontier FC”ni 7:2 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuvdan söng Xayrullo Bozorov futbolçilar bilan muloqot qilib, ularning Koreyada öqiş va mehnat qiliş bilan birga sport orqali birlaşib, Farğona va Özbekiston nomini tarğib qilayotganini e’tirof etdi.
@vatandosh_koreya | 201 | 0 | 0 | 1 | Loading... | |
🆘 1 yoşu 7 oylik Muhammad Mustafoga yordam beraylik!
Murğak Muhammad Mustafoga obstruktiv gidrosefaliya — miyada suyuqlik töplanişi taşxisi qöyilgan.
🙏 Hozir uning taşxisi va davolanişi uçun yaxşi insonlarning yordami juda zarur. Kerakli mablağni yiğişda har birimizning ozğina yordamimiz ham katta ahamiyatga ega. Imkoningiz yetganiça kömaklaşaylik — kichik ehsonlar birlaşib, Muhammad Mustafoga katta yordam bölişi mumkin.
💳 8600 0604 8094 0809
Xolmuratova Surayyo (xolasi)
🤲 Yordam beriş imkoniyatingiz bölmasa, iltimos, xabarni yaqinlaringizga ulaşing. Balki aynan siz ulaşgan insonning yordami bilan kerakli mablağ yiğilar.
Alloh qilgan ehsonlaringizni qabul qilsin! | 519 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
🇺🇿🇰🇷 𝗠𝗶𝗴𝗿𝗮𝘁𝘀𝗶𝘆𝗮 𝗮𝗴𝗲𝗻𝘁𝗹𝗶𝗴𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘆𝗮𝗻𝗴𝗶 𝗿𝗮𝗵𝗯𝗮𝗿𝗶 𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗱𝗮𝗴𝗶 𝘃𝗮𝘁𝗮𝗻𝗱𝗼ş𝗹𝗮𝗿 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗺𝘂𝗹𝗼𝗾𝗼𝘁 𝗾𝗶𝗹𝗮𝗱𝗶
Migratsiya agentligi xabariga köra, agentlikning yangi rahbari Muxsinxöja Abdurahmonov Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan yurtdoşlar bilan oçiq muloqot ötkazadi.
Uçraşuvda fuqarolar özlarini qiziqtirgan masalalar böyiça agentlik rahbariga bevosita murojaat qilişi mumkin.
📌 𝗔𝘀𝗼𝘀𝗶𝘆 𝗺𝗮𝘃𝘇𝘂𝗹𝗮𝗿:
— mehnat faoliyati va iş vizalari;
— iş qidiriş va qonuniy bandlik;
— iş beruvçi bilan boğliq masalalar;
— mehnat huquqlarini himoya qiliş;
— Özbekistonga qaytiş va qayta işga joylaşiş;
— davlat tomonidan körsatiladigan moliyaviy yordam;
— migratsiyaga oid boşqa masalalar.
📆 𝗦𝗮𝗻𝗮: 13-sentyabr, 2026-yil
🕙 𝗩𝗮𝗾𝘁: 10:00–14:00
📍 𝗠𝗮𝗻𝘇𝗶𝗹: Seul şahridagi HANPASS kompaniyasi binosi
B2, S Tower, 92 Achasan-ro, Seongdong-gu, Seoul
서울특별시 성동구 아차산로 92, 에스타워 B2층
📢 Barcha yurtdoşlar oçiq muloqotda faol qatnaşişga taklif etiladi.
@vatandosh_koreya | 395 | 2 | 0 | 1 | Loading... | |
🇰🇷 𝗦𝗲𝘂𝗹𝗱𝗮 𝘅𝗼𝗿𝗶𝗷𝗹𝗶𝗸𝗹𝗮𝗿 𝘂ç𝘂𝗻 𝗯𝗲𝗽𝘂𝗹 𝗱𝗮𝘀𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝗿
Sentyabrda xorijliklar uçun bir neçta bepul imkoniyat mavjud:
🩺 𝗧𝗶𝗯𝗯𝗶𝘆 𝗸ö𝗿𝗶𝗸 — 19-sentyabr, Gangdong-gu. 70 kişi şifokorlar körigi, tahlillar, EKG va suyak zichligini tekşirişdan bepul ötişi mumkin.
📚 𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝘀 𝘁𝗶𝗹𝗶 — kuzgi kurs 28-sentyabrdan 4-dekabrgaça. Röyxatdan ötiş 14-sentyabrda. İşbilarmonlik koreys tili kursiga ham 14-sentyabrgaça ariza beriladi.
⚾️ 𝗕𝗲𝘆𝘀𝗯𝗼𝗹 — 25-sentyabr, Jamsil stadioni. Doosan Bears — Lotte Giants maçiga 100 ta bepul çipta. Arizalar 15-sentyabrgaça.
🎭 𝗦𝗽𝗲𝗸𝘁𝗮𝗸𝗹 — 24-sentyabr, Milliy teatr. «Pekmansa» spektakliga 30 ta bepul örin. Arizalar 15-sentyabrgaça.
🎓 «𝗦𝗲𝘂𝗹 𝗯ö𝘆𝗹𝗮𝗯 𝟯𝟬 𝗸𝘂𝗻𝗹𝗶𝗸 𝘀𝗮𝘆𝗼𝗵𝗮𝘁» — xorijiy talabalar uçun 75 ta örin. Arizalar 21-sentyabrgaça.
Arizalar MY SEOUL+ portalida qabul qilinadi.
@vatandosh_koreya | 347 | 6 | 0 | 0 | Loading... | |
🇰🇷 Koreyada kelin-kuyovlarga pul berilişi böydoqlarning jahlini chiqardi
💍 Janubiy Koreyada nikohini rasman qayd ettirganlarning har biriga 500 ming vondan, ya’ni er-xotinga jami 1 mln von bir martalik yordam beriş közda tutilgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bergan.
👶 Farzandli oilalarga ham qoşimça moliyaviy kömak ajratilişi rejalashtirilgan:
— birinçi farzand uçun — 10 mln von;
— ikkinçi farzand uçun — 12 mln von;
— uçinçi va undan keyingi farzandlar uçun — 15 mln von.
💰 Yoşlarni qo‘llab-quvvatlaşga ajratiladigan umumiy mablağ 28,2 trln vondan 43,3 trln vonga oşiriladi.
🤔 Biroq nikoh qurganlarga alohida moliyaviy yordam berilişi ayrim böydoq va yolğiz yaşovçi koreyaliklarning noroziligiga sabab bölmoqda. Ular uy-joy, ijara va kundalik xarajatlar yolğiz yaşovçilar uçun ham katta yuk ekanini ta’kidlaşmoqda.
📌 Mazkur çoralar 2027-yilgi davlat budjeti loyihasi doirasida taklif qilingan.
@vatandosh_koreya | 252 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
🇰🇷 Koreyaga bir yilda 500 mingdan ortiq xorijlik öqiş uçun kelgan
2025-yilda Janubiy Koreyaga 505 410 nafar xorijlik öqiş yoki stajirovka ötaş maqsadida kelgan. Bu mamlakatga kelgan jami xorijliklarning 2,7 foizini taşkil etadi.
Koreya Milliy turizm tashkilotining 10-sentyabr kuni ma’lum qilişiça, ötgan yili mamlakatga jami 18 936 562 nafar xorijlik taşrif buyurgan.
✈️ Ularning 15 821 073 nafari yoki 83,5 foizi turistik maqsadda kelgan.
👥 Koreyaga kelgan xorijliklarning 46,3 foizini 20–39 yoşdagilar taşkil etgan.
@vatandosh_koreya | 225 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
💰 Qaytgan mehnat migrantlariga biznes uçun 60 mln sömgaça grant beriladi
Xorijda işlab, Özbekistonga qaytgan fuqarolar öz biznesini yo‘lga qöyiş yoki mavjud biznesini kengaytiriş uçun 60 mln sömgaça grant olişi mumkin. Mablag‘lar tanlov asosida ajratiladi.
🤝 Dastur Migratsiya agentligi va Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) tomonidan Şvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.
📌 Tanlovda:
— biznes ğoyasining asoslanganligi;
— yangi iş örinlari yaratiş imkoniyati;
— loyihaning barqarorligi va samaradorligi baholanadi.
👥 Unda 2025–2026-yillarda xorijda işlagan va Özbekistonga qaytgan fuqarolar qatnaşa oladi. Ayollar taşabbuslariga alohida e’tibor qaratiladi.
📅 Arizalar 21-sentyabrgaça onlayn qabul qilinadi.
📲 Qoşimça ma’lumot uçun Telegram orqali: +998 90 021 50 38
❗️Muhimi, bu kredit emas — qaytarilmaydigan grant. Biroq 60 mln söm har bir murojaat qiluvçiga avtomatik tarzda berilmaydi, loyihalar tanlov asosida saralanadi.
🔗 Ariza topshirish
@vatandosh_koreya | 268 | 2 | 0 | 2 | Loading... | |
Migrant bolalar uçun 100 mln von xayriya qilindi
Gyeonggi provinsiyasi Siheung şahrida migrant oilalar farzandlari uçun möljallangan “Hamma uçun uy” (모두의집) markazi kapital ta’mirdan söng yangidan iş boshladi.
Koreyaning Newsis naşri xabariga köra, Super Junior guruhi a’zosi Eunhyuk markazni yangilaş uçun 100 million von öz mablağidan xayriya qilgan. Uşbu mablağ markazdagi yangi makonni tashkil etişga sarflangan.
Markaz Siheungdagi bolalar markazi qoşida faoliyat yuritadi. U migrant oilalar farzandlarining dam olişi, turli madaniy tadbirlarda qatnaşişi hamda köp madaniyatli almaşinuv dasturlarida iştirök etişi uçun möljallangan.
Loyiha Siheung şahri ma’muriyati va Green Umbrella (초록우산) bolalar xayriya tashkiloti hamkorligida amalga oşirilgan.
@vatandosh_koreya | 268 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
🇰🇷 Koreyada E-9 böyiça yangi qabul: 12 357 ta örin ajratiladi
Janubiy Koreyada 14–29-sentyabr kunlari E-9 vizasi böyiça xorijlik işçilarni yollaş uçun arizalar qabul qilinadi. Bu haqda mamlakat Bandlik va mehnat vazirligiga tayanib, Newsis xabar berdi.
Bu — 2026-yildagi törtinçi qabul bölib, jami 12 357 ta işga yollaş ruxsatnomasi ajratilişi rejalaştirilgan.
📊 Örinlar sohalar böyiça quyidagiça taqsimlanadi:
🏭 İşlab çiqariş — 9 020 ta
🌾 Qişloq xöjaligi va çorvaçilik — 1 906 ta
🎣 Baliqçilik — 897 ta
🏗 Quriliş — 394 ta
🛎 Xizmat körsatiş — 140 ta
Talab ajratilgan örinlardan oşib ketsa, 10 mingta örindan iborat qöşimça zaxira ham işga solinişi mumkin.
📝 Arizani kim topşiradi?
Arizalarni Koreyadagi iş beruvçilar topşiradi. Ular avval kamida yetti kun davomida mahalliy işçi izlagan bölişi kerak. Şundan söng hududiy bandlik va mehnat idorasiga yoki Work24 portali orqali murojaat qilişlari mumkin.
📅 Natijalar va ruxsatnoma beriş muddatlari:
• Natijalar — 16-oktyabrda eʼlon qilinadi.
• İşlab çiqariş va toğ-kon sanoati uçun ruxsatnomalar — 19–23-oktyabrda beriladi.
• Qişloq xöjaligi, çorvaçilik, baliqçilik, örmon xöjaligi, quriliş va xizmat körsatiş sohalari uçun — 26–30-oktyabrda beriladi.
Navbatdagi, beşinçi qabul noyabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan.
📌 Bu işçilarning imtihonga röyxatdan ötişi emas, iş beruvçilarning xorijlik xodim yollaş uçun ruxsatnoma söraş bosqiçidir.
@vatandosh_koreya | 634 | 10 | 0 | 0 | Loading... | |
🇰🇷 Koreyada bor oyda 184 mingta yangi ish o‘rni yaratildi
Janubiy Koreyada avgust oyida ish bilan band aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 184 ming kishiga ko‘payib, 29,15 million nafarga yetdi. Bu so‘nggi besh oy ichidagi eng yuqori o‘sishdir.
📊 Mart oyida 206 mingta yangi ish o‘rni yaratilganidan keyin avgustda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.
Ish o‘rinlari soni ketma-ket uchinchi oy o‘smoqda. May oyida bandlik 40 ming kishiga qisqarib, 17 oy ichida ilk bor pasaygan, iyundan esa yana o‘sish boshlangan.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish sohasidagi sustlik davom etmoqda va yoshlar uchun mehnat bozoridagi vaziyat hamon murakkabligicha qolmoqda.
Ma’lumotlar Janubiy Koreya Statistika vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
@vatandosh_koreya | 305 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
🇰🇷 Koreya mehnat vaziri xorijiy ishchilar ishlaydigan korxonani ogohlantirmasdan tekshirdi
Janubiy Koreya Bandlik va mehnat vazirligining 9-sentyabrdagi rasmiy xabariga ko‘ra, vazir Kim Yon Hun Ansan shahridagi xorijliklar ko‘p ishlaydigan ishlab chiqarish korxonasiga oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyurdi.
Korxona aprel oyida ham tekshirilgan va rahbariyat aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganini ma’lum qilgan edi. Biroq takroriy tekshiruvda ayrim xavfsizlik choralari amalda saqlanmagani aniqlandi.
Shuningdek, xorijlik ishchilarga xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar asosan koreys tilida berilgani, ularning mazmunni tushungan-tushunmagani yetarlicha tekshirilmagani hamda xavfli uskunalar va hududlarda tasviriy ogohlantirish belgilari o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi.
Vazir xorijlik ishchilarga xavfsizlik qoidalarini tushunarli til va tasvirlar orqali yetkazish zarurligini ta’kidladi.
@vatandosh_koreya | 549 | 3 | 0 | 4 | Loading... | |
“Germaniya sifatli hayot uchun, boyish uchun emas”
🇩🇪 Germaniyaga 2011-yil o‘qish maqsadida kelgan samarqandlik Sherzodbek Boxumdagi Rur universitetini tamomlagan. Sotsial pedagog.
U 15 yildan beri Hamm shahrida oilasi bilan istiqomat qilib keladi. Yevropa safari chog‘ida vatandoshimiz bilan Germaniyadagi hayot, ijtimoiy himoya tizimi va migratsiya singari muhim mavzularda suhbatlashdik.
📱YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/tAyEBg6YSaM
😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu | 258 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
🇰🇷 Toshkentdagi «Seoul Mun» darvozasi Janubiy Koreyada bahslarga sabab bo‘ldi
Toshkentdagi «Seoul Mun» majmuasiga o‘rnatilgan darvoza Janubiy Koreyada tanqidlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Songshin ayollar universiteti professori So Kyong-duk ijtimoiy tarmoqlarda darvozaning shakli Yaponiyadagi sinto ibodatxonalari kirishiga o‘rnatiladigan «torii»ni eslatishi, undagi qizil chiroqlar esa Xitoy madaniyatiga xos ekani haqida yozgan.
Professorning fikricha, Koreya nomi bilan atalgan majmuada Yaponiya va Xitoyga xos unsurlarning qo‘llanishi xorijliklarda Koreya madaniyati haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi mumkin. U darvozani almashtirishga chaqirgan. Shundan so‘ng masala Janubiy Koreyaning qator nashrlarida yoritilgan.
Qariyb ikki oy davomida shu yerda turgan darvoza Janubiy Koreya mediasidagi tanqidiy chiqishlardan so‘ng majmua ma’muriyati tomonidan olib tashlangan.
@vatandosh_koreya | 782 | 10 | 2 | 4 | Loading... | |
🇰🇷 Janubiy Koreya ko‘chib yashash uchun eng yaxshi davlatlar reytingida 30-o‘rinni egalladi
Janubiy Koreya Global Relocation Index 2026 reytingida 192 ta davlat va hudud orasida 30-o‘rinni egallab, 100 balldan 67,9 ball oldi. Bu haqda reytingni tuzgan xususiy xalqaro Rumavi kompaniyasi ma’lum qildi.
Koreyaning kuchli jihatlari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
🟢 xavfsizlik va barqarorlik — 75,4 ball;
🟢 tibbiyot sifati — 83 ball;
🟢 raqamli infratuzilma — 88 ball;
🟢 ta’lim — 84 ball;
🟢 biznes imkoniyatlari — 84 ball;
🟢 startap muhiti — 90 ball.
Mamlakat tadbirkorlar uchun tuzilgan reytingda 16-o‘rin, oilalar uchun 22-o‘rin, raqamli ko‘chmanchilar uchun 36-o‘rin, pensionerlar uchun esa 57-o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston ushbu reytingda 110-o‘rinda qayd etilgan.
Reyting BMT yoki biror davlat idorasi tomonidan emas, ko‘chib o‘tish, rezidentlik va investitsiya masalalariga ixtisoslashgan xususiy kompaniya tomonidan tuzilgan. Tadqiqotda 24 ta ko‘rsatkich hisobga olingan.
@vatandosh_koreya | 587 | 5 | 0 | 0 | Loading... | |
🇺🇿🇰🇷 Seulda ilk bor O‘zbekiston va Koreya hududlararo forumi o‘tkaziladi
11-sentyabr kuni Seul shahrida birinchi «O‘zbekiston — Koreya» hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonning Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi ma’lum qildi.
Unda ikki mamlakat davlat idoralari va hududlari vakillari, investorlar hamda tadbirkorlar ishtirok etadi.
Forumning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 sanoat kooperatsiyasi va investitsiyalar;
🔹 professional ta’lim va kadrlar tayyorlash;
🔹 raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va IT;
🔹 madaniyat va sport.
Tadbir ikki mamlakat hududlari va kompaniyalari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
@vatandosh_koreya | 263 | 2 | 0 | 0 | Loading... |

