uk
Feedback
Fulbright kundaligi

Fulbright kundaligi

Відкрити в Telegram

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
639
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
+23930 днів
Архів дописів
Morning in Florida... @fulbright_kundaligi
Morning in Florida... @fulbright_kundaligi

Ketish oldidan AQSH Elchixonasida AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davo
+2
Ketish oldidan AQSH Elchixonasida AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Fulbright dasturi doirasida AQSHda o‘qish, akademik muhitga moslashish, madaniy almashinuv va dastur ishtirokchilarining kelgusidagi mas’uliyati haqida suhbatlashildi. Fulbright nafaqat akademik rivojlanish, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va professional aloqalarni mustahkamlash imkoniyatidir. Ushbu imkoniyat uchun AQSH Elchixonasi, Fulbright dasturi va meni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. @fulbright_kundaligi

Williams College’da asosiy dastur boshlanishidan oldin University of Central Florida’da Fulbright tomonidan tashkil etilgan p
Williams College’da asosiy dastur boshlanishidan oldin University of Central Florida’da Fulbright tomonidan tashkil etilgan pre-academic dasturiga taklif etildim. Bir oylik dastur davomida AQShdagi akademik muhitga moslashish, asosiy dasturga tayyorgarlik ko‘rish va zarur ko‘nikmalarni mustahkamlash rejalashtirilgan. Bu Williams College’dagi o‘qishim oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘ladi. Let's meet in Florida! @fulbright_kundaligi

Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, m
Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, maqsad bitta - millatga xizmat qilish. @fulbright_kundaligi

Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, m
Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, maqsad bitta - millatga xizmat qilish. @fulbright_kundaligi

Viza jarayoni AQSh elchixonasidagi suhbat taxminan 2 daqiqa davom etdi. Ofitser asosan DS-160 anketasida yozilgan ma’lumotlar
Viza jarayoni AQSh elchixonasidagi suhbat taxminan 2 daqiqa davom etdi. Ofitser asosan DS-160 anketasida yozilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun 2–3 ta savol berdi. Social media akkauntlarim ham ko‘rib chiqildi va viza tasdiqlandi. Albatta, bu jarayonda Fulbright’ning yordami katta bo‘ldi. Chunki top universitetlarga kirgan, lekin viza ololmagan insonlarni shaxsan taniyman. Social media’da nima yozayotganingizga ham e’tiborli bo‘ling. @fulbright_kundaligi

Fulbright'ga topshirishga ulgurmaganlar uchun oldinda Chevening granti! Avgustda ochiladi. Hozirdan tayyorgarlik ko'rib boris
Fulbright'ga topshirishga ulgurmaganlar uchun oldinda Chevening granti! Avgustda ochiladi. Hozirdan tayyorgarlik ko'rib borish kerak. https://www.chevening.org/scholarships/ @fulbright_kundaligi

Williams College’ning men topshirgan Siyosiy iqtisodiyot dasturiga har yili taxminan 30 nafar nomzod qabul qilinadi va ularni
Williams College’ning men topshirgan Siyosiy iqtisodiyot dasturiga har yili taxminan 30 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning deyarli barchasiga grant ajratiladi. Bir yillik kontrakt summasining o‘zi 72 000 AQSh dollaridan oshadi. Ko‘p hollarda bu dasturda o‘qish uchun Jahon banki orqali ham grant ajratiladi. Quyidagi havolada Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar va universitetlar ro‘yxati keltirilgan. https://www.worldbank.org/en/programs/scholarships/brief/jjwbgsp-participating-programs Bundan tashqari universitet bir nechta jamg'armalar bilan hamkorlikda ham grant ajratadi. Ayollar uchun ham alohida grant dasturlari bor. Shuning uchun Fulbright grantini yutolmagan nomzodlar ham bu kabi dasturlarga boshqa grantlar orqali topshirib ko‘rishlari mumkin. Ya’ni Fulbright yagona yo‘l emas, unga o‘xshash boshqa kuchli imkoniyatlar ham bor. @fulbright_kundaligi

Williams College'ni tanlashganini eshitganimdan keyin u haqida ko'proq o'rganishni boshladim. O'rganish davomida iqtisodchi B
Williams College'ni tanlashganini eshitganimdan keyin u haqida ko'proq o'rganishni boshladim. O'rganish davomida iqtisodchi Behzod Hoshimovning Williams College bitiruvchisi Komiljon aka bilan bo'lgan podkastiga ko'zim tushdi. Avval ham ko‘rgan ekanman, lekin ko‘p joylari esimdan chiqqan ekan. Komiljon aka hozirda Washingtonda xalqaro tashkilotda faoliyat yuritadilar. Ko‘rmagan bo‘lsangiz, tavsiya qilaman. https://youtu.be/6nMos05hzfQ?si=z4ssGtFJIBPcfYBS&t=1h10m14s @fulbright_kundaligi

University Placement Fulbright tomonidan menga Williams College tanlandi. Williams College’ga 1793-yilda asos solingan bo‘lib
+4
University Placement Fulbright tomonidan menga Williams College tanlandi. Williams College’ga 1793-yilda asos solingan bo‘lib, u AQShdagi liberal arts yo‘nalishidagi eng nufuzli kollejlardan biri hisoblanadi va Massachusetts shtatida joylashgan. O‘qish davomiyligi bir yil bo‘lib, umumiy grant qiymati taxminan 150 000 AQSh dollari atrofida bo‘ladi. @fulbright_kundaligi

This is the letter every Fulbrighter receives at the end, and it marks the start of their journey. Hope one of you will be th
This is the letter every Fulbrighter receives at the end, and it marks the start of their journey. Hope one of you will be the next one. @fulbright_kundaligi

Study Objective Fulbright dasturi uchun talab qilinadigan insholardan biri bo‘lgan “Study Objective”ni yozishda juda ehtiyot
Study Objective Fulbright dasturi uchun talab qilinadigan insholardan biri bo‘lgan “Study Objective”ni yozishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki nomzodning qaysi universitet yoki dasturga joylashtirilishi ko‘p hollarda aynan Study Objective’da yozilgan maqsadlar va akademik yo‘nalishdan kelib chiqib belgilanadi. Ya’ni universitet tanlash to‘liq nomzodning ixtiyorida bo‘lmagani uchun, inshoda qanday dasturda o‘qimoqchi ekaningiz va aynan nimani o‘rganmoqchi ekaningiz yetarlicha aniq ochib berilishi kerak. Masalan, shunday holat bo‘lgan: nomzod aslida Data Analytics yo‘nalishida o‘qishni xohlagan, lekin insholarida Public Policy, Management va Public Administration’ga yaqin iboralar va g‘oyalarni ko‘p ishlatgan. Natijada uning profili ko‘proq Public Administration yo‘nalishiga mosdek ko‘ringan. Inshoni o‘qigan istalgan kishi nomzodning asosiy maqsadi Data Analytics ekanini aniq sezmasligi mumkin, chunki data bilan bog‘liq qismi yetarlicha yoritilmagan. Shuning uchun Study Objective’da umumiy va chiroyli gaplardan ko‘ra, o‘qimoqchi bo‘lgan sohangiz, kerakli bilim va ko‘nikmalar, tanlamoqchi bo‘lgan dastur turi va kelajakdagi rejangiz juda aniq ko‘rinishi kerak. Insholarni topshirishdan oldin kamida 2–3 kishiga o‘qitish foydali bo‘ladi. Chunki boshqa odam siz o‘zingiz sezmagan noaniqlik, takror yoki noto‘g‘ri urg‘ularni ko‘rib berishi mumkin. Xullas, anketadagi yo‘nalish tanlanadigan joyda Data Analytics’ni belgilashning o‘zi shu sohada o‘qishingizni kafolatlamaydi. Siz yozgan loyihalar, maqsadlar, ishlatgan iboralar va umumiy application story ham shu yo‘nalishga mos kelishi kerak. @fulbright_kundaligi

Qabul tugashiga roppa-rosa 10 kun qoldi!

#arxiv Fulbright grantini yutgan bir akamiz 2016-yili shu grantga topshiring degandilar. Topshirib ko'rmagan edim. Qaror qili
#arxiv Fulbright grantini yutgan bir akamiz 2016-yili shu grantga topshiring degandilar. Topshirib ko'rmagan edim. Qaror qilishda juda ko'p o'ylash oxiri qaror qilmaslikka olib kelishiga yaxshi misol bo'lgan edi men uchun. Oradan 10 yil o'tib tavakkal topshirib ko'rgan edim. Natijasi uzoq kuttirmadi. Xulosa shuki, natija bizga bog'liq emas, biz faqat sabablarini qilishimiz kerak. Lotoreyada yutuq chiqishi uchun avval lotoreya chiptasini sotib olish kerak... @fulbright_kundaligi

Repost from UzA Sport
Hamid Saharining yangi ijodi. 🏆Jahon chempionatiga doir eng so'nggi yangiliklar: @Uzasport

Repost from Le Professeur
Kolumbiyalik muxlislar yig'layotgan o'zbekistonlik bolakayni ko'rib "O'zbekiston" deb yupatishga harakat qilishibdi. Jahon chempionati futboldan ham kattaroq narsa.

Ukam “El-yurt umidi” stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Bundan avval u dunyoda 44-o‘rinda turuvchi Gonkong fan va texnologiyalar uni
Ukam “El-yurt umidi” stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Bundan avval u dunyoda 44-o‘rinda turuvchi Gonkong fan va texnologiyalar universitetiga grant va stipendiya asosida o‘qishga qabul qilingan edi. Jamg‘arma nizomiga ko‘ra, uning xalqaro transport va turar joy xarajatlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. 2 yil kutganiga arziydigan natija! @fulbright_kundaligi

Universitet tanlash jarayoni (5/n) TOEFL va GRE test natijalari odatda 1-oktyabrgacha IIE (Institute of International Educati
Universitet tanlash jarayoni (5/n) TOEFL va GRE test natijalari odatda 1-oktyabrgacha IIE (Institute of International Education)ga yuborilishi kerak bo‘ladi. Shundan keyin keyingi yil aprel oyigacha asosan kutish bosqichi boshlanadi. Bu davrda IIE nomzodning yozgan insholari, ta’lim maqsadi, akademik yo‘nalishi, tajribasi va test natijalariga qarab o'rtacha 4 ta universitetni tanlaydi hamda nomzod nomidan hujjatlarni o‘zi topshiradi. Odatda nomzod universitetlarni mustaqil tanlamaydi va ariza topshirish jarayonining asosiy qismi IIE orqali amalga oshiriladi. Agar universitet nomzod bilan suhbat o‘tkazmoqchi bo‘lsa, nomzod suhbat bosqichida qatnashadi. Qolgan jarayonlarning katta qismi nomzodning bevosita ishtirokisiz davom etadi. Universitet tanlash jarayoniga Toshkentdagi Fulbright paneli ham bevosita aralashmaydi. Fevral yoki mart oylariga kelib, IIE nomzod uchun 4 ta universitetlardan birini aniqlaydi. Agar nomzod bir nechta universitetdan ijobiy javob olsa, yakuniy joylashtirish jarayonida universitetning akademik mosligi, dastur shartlari, qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlari va nomzodni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hisobga olinadi. Bunday shartlarga qo‘shimcha grant yoki moliyaviy yordam ajratish, akademik maslahat va qo‘llab-quvvatlash, turli tadbirlar tashkil etish, nomzodning o‘qish davridagi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar kirishi mumkin. Hamma universitet ham bunday qo‘shimcha majburiyatlarni bir xil darajada o‘z zimmasiga olmasligi mumkin. Shu sababli yakuniy joylashtirish nafaqat nomzodning xohishi, balki universitet va IIE o‘rtasidagi kelishuvlarga ham bog‘liq bo‘ladi. @fulbright_kundaligi

Koreyada 3-4 kunlik dam olish kunlarida hech ikkilanmasdan 1000km lik safarga chiqib ketaverardim. Infrastruktura juda qulay,
Koreyada 3-4 kunlik dam olish kunlarida hech ikkilanmasdan 1000km lik safarga chiqib ketaverardim. Infrastruktura juda qulay, yo'l charchatmidi, dam olish ko'ngildagidey o'tadi. Havo yomg'irlimi, quyoshlimi farqi yo'q edi. Hayitga berilgan dam olish kunida vodiyga borib keldim. Qaytgandan keyin yarim kun tiklanish bilan o'tdi. Kamiga jarimalar kelmasa bo'lgani. @fulbright_kundaligi