fa
Feedback
Fulbright kundaligi

Fulbright kundaligi

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
640
مشترکین
-224 ساعت
+17 روز
+25630 روز
آرشیو پست ها
Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, m
Tez orada postni topshiraman. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Lekin vazifa o‘zgarsa ham, makon o‘zgarsa ham, maqsad bitta - millatga xizmat qilish. @fulbright_kundaligi

Viza jarayoni AQSh elchixonasidagi suhbat taxminan 2 daqiqa davom etdi. Ofitser asosan DS-160 anketasida yozilgan ma’lumotlar
Viza jarayoni AQSh elchixonasidagi suhbat taxminan 2 daqiqa davom etdi. Ofitser asosan DS-160 anketasida yozilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun 2–3 ta savol berdi. Social media akkauntlarim ham ko‘rib chiqildi va viza tasdiqlandi. Albatta, bu jarayonda Fulbright’ning yordami katta bo‘ldi. Chunki top universitetlarga kirgan, lekin viza ololmagan insonlarni shaxsan taniyman. Social media’da nima yozayotganingizga ham e’tiborli bo‘ling. @fulbright_kundaligi

Fulbright'ga topshirishga ulgurmaganlar uchun oldinda Chevening granti! Avgustda ochiladi. Hozirdan tayyorgarlik ko'rib boris
Fulbright'ga topshirishga ulgurmaganlar uchun oldinda Chevening granti! Avgustda ochiladi. Hozirdan tayyorgarlik ko'rib borish kerak. https://www.chevening.org/scholarships/ @fulbright_kundaligi

Williams College’ning men topshirgan Siyosiy iqtisodiyot dasturiga har yili taxminan 30 nafar nomzod qabul qilinadi va ularni
Williams College’ning men topshirgan Siyosiy iqtisodiyot dasturiga har yili taxminan 30 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning deyarli barchasiga grant ajratiladi. Bir yillik kontrakt summasining o‘zi 72 000 AQSh dollaridan oshadi. Ko‘p hollarda bu dasturda o‘qish uchun Jahon banki orqali ham grant ajratiladi. Quyidagi havolada Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar va universitetlar ro‘yxati keltirilgan. https://www.worldbank.org/en/programs/scholarships/brief/jjwbgsp-participating-programs Bundan tashqari universitet bir nechta jamg'armalar bilan hamkorlikda ham grant ajratadi. Ayollar uchun ham alohida grant dasturlari bor. Shuning uchun Fulbright grantini yutolmagan nomzodlar ham bu kabi dasturlarga boshqa grantlar orqali topshirib ko‘rishlari mumkin. Ya’ni Fulbright yagona yo‘l emas, unga o‘xshash boshqa kuchli imkoniyatlar ham bor. @fulbright_kundaligi

Williams College'ni tanlashganini eshitganimdan keyin u haqida ko'proq o'rganishni boshladim. O'rganish davomida iqtisodchi B
Williams College'ni tanlashganini eshitganimdan keyin u haqida ko'proq o'rganishni boshladim. O'rganish davomida iqtisodchi Behzod Hoshimovning Williams College bitiruvchisi Komiljon aka bilan bo'lgan podkastiga ko'zim tushdi. Avval ham ko‘rgan ekanman, lekin ko‘p joylari esimdan chiqqan ekan. Komiljon aka hozirda Washingtonda xalqaro tashkilotda faoliyat yuritadilar. Ko‘rmagan bo‘lsangiz, tavsiya qilaman. https://youtu.be/6nMos05hzfQ?si=z4ssGtFJIBPcfYBS&t=1h10m14s @fulbright_kundaligi

University Placement Fulbright tomonidan menga Williams College tanlandi. Williams College’ga 1793-yilda asos solingan bo‘lib
+4
University Placement Fulbright tomonidan menga Williams College tanlandi. Williams College’ga 1793-yilda asos solingan bo‘lib, u AQShdagi liberal arts yo‘nalishidagi eng nufuzli kollejlardan biri hisoblanadi va Massachusetts shtatida joylashgan. O‘qish davomiyligi bir yil bo‘lib, umumiy grant qiymati taxminan 150 000 AQSh dollari atrofida bo‘ladi. @fulbright_kundaligi

This is the letter every Fulbrighter receives at the end, and it marks the start of their journey. Hope one of you will be th
This is the letter every Fulbrighter receives at the end, and it marks the start of their journey. Hope one of you will be the next one. @fulbright_kundaligi

Study Objective Fulbright dasturi uchun talab qilinadigan insholardan biri bo‘lgan “Study Objective”ni yozishda juda ehtiyot
Study Objective Fulbright dasturi uchun talab qilinadigan insholardan biri bo‘lgan “Study Objective”ni yozishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki nomzodning qaysi universitet yoki dasturga joylashtirilishi ko‘p hollarda aynan Study Objective’da yozilgan maqsadlar va akademik yo‘nalishdan kelib chiqib belgilanadi. Ya’ni universitet tanlash to‘liq nomzodning ixtiyorida bo‘lmagani uchun, inshoda qanday dasturda o‘qimoqchi ekaningiz va aynan nimani o‘rganmoqchi ekaningiz yetarlicha aniq ochib berilishi kerak. Masalan, shunday holat bo‘lgan: nomzod aslida Data Analytics yo‘nalishida o‘qishni xohlagan, lekin insholarida Public Policy, Management va Public Administration’ga yaqin iboralar va g‘oyalarni ko‘p ishlatgan. Natijada uning profili ko‘proq Public Administration yo‘nalishiga mosdek ko‘ringan. Inshoni o‘qigan istalgan kishi nomzodning asosiy maqsadi Data Analytics ekanini aniq sezmasligi mumkin, chunki data bilan bog‘liq qismi yetarlicha yoritilmagan. Shuning uchun Study Objective’da umumiy va chiroyli gaplardan ko‘ra, o‘qimoqchi bo‘lgan sohangiz, kerakli bilim va ko‘nikmalar, tanlamoqchi bo‘lgan dastur turi va kelajakdagi rejangiz juda aniq ko‘rinishi kerak. Insholarni topshirishdan oldin kamida 2–3 kishiga o‘qitish foydali bo‘ladi. Chunki boshqa odam siz o‘zingiz sezmagan noaniqlik, takror yoki noto‘g‘ri urg‘ularni ko‘rib berishi mumkin. Xullas, anketadagi yo‘nalish tanlanadigan joyda Data Analytics’ni belgilashning o‘zi shu sohada o‘qishingizni kafolatlamaydi. Siz yozgan loyihalar, maqsadlar, ishlatgan iboralar va umumiy application story ham shu yo‘nalishga mos kelishi kerak. @fulbright_kundaligi

Qabul tugashiga roppa-rosa 10 kun qoldi!

#arxiv Fulbright grantini yutgan bir akamiz 2016-yili shu grantga topshiring degandilar. Topshirib ko'rmagan edim. Qaror qili
#arxiv Fulbright grantini yutgan bir akamiz 2016-yili shu grantga topshiring degandilar. Topshirib ko'rmagan edim. Qaror qilishda juda ko'p o'ylash oxiri qaror qilmaslikka olib kelishiga yaxshi misol bo'lgan edi men uchun. Oradan 10 yil o'tib tavakkal topshirib ko'rgan edim. Natijasi uzoq kuttirmadi. Xulosa shuki, natija bizga bog'liq emas, biz faqat sabablarini qilishimiz kerak. Lotoreyada yutuq chiqishi uchun avval lotoreya chiptasini sotib olish kerak... @fulbright_kundaligi

Repost from UzA Sport
Hamid Saharining yangi ijodi. 🏆Jahon chempionatiga doir eng so'nggi yangiliklar: @Uzasport

Repost from Le Professeur
Kolumbiyalik muxlislar yig'layotgan o'zbekistonlik bolakayni ko'rib "O'zbekiston" deb yupatishga harakat qilishibdi. Jahon chempionati futboldan ham kattaroq narsa.

Ukam “El-yurt umidi” stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Bundan avval u dunyoda 44-o‘rinda turuvchi Gonkong fan va texnologiyalar uni
Ukam “El-yurt umidi” stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Bundan avval u dunyoda 44-o‘rinda turuvchi Gonkong fan va texnologiyalar universitetiga grant va stipendiya asosida o‘qishga qabul qilingan edi. Jamg‘arma nizomiga ko‘ra, uning xalqaro transport va turar joy xarajatlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. 2 yil kutganiga arziydigan natija! @fulbright_kundaligi

Universitet tanlash jarayoni (5/n) TOEFL va GRE test natijalari odatda 1-oktyabrgacha IIE (Institute of International Educati
Universitet tanlash jarayoni (5/n) TOEFL va GRE test natijalari odatda 1-oktyabrgacha IIE (Institute of International Education)ga yuborilishi kerak bo‘ladi. Shundan keyin keyingi yil aprel oyigacha asosan kutish bosqichi boshlanadi. Bu davrda IIE nomzodning yozgan insholari, ta’lim maqsadi, akademik yo‘nalishi, tajribasi va test natijalariga qarab o'rtacha 4 ta universitetni tanlaydi hamda nomzod nomidan hujjatlarni o‘zi topshiradi. Odatda nomzod universitetlarni mustaqil tanlamaydi va ariza topshirish jarayonining asosiy qismi IIE orqali amalga oshiriladi. Agar universitet nomzod bilan suhbat o‘tkazmoqchi bo‘lsa, nomzod suhbat bosqichida qatnashadi. Qolgan jarayonlarning katta qismi nomzodning bevosita ishtirokisiz davom etadi. Universitet tanlash jarayoniga Toshkentdagi Fulbright paneli ham bevosita aralashmaydi. Fevral yoki mart oylariga kelib, IIE nomzod uchun 4 ta universitetlardan birini aniqlaydi. Agar nomzod bir nechta universitetdan ijobiy javob olsa, yakuniy joylashtirish jarayonida universitetning akademik mosligi, dastur shartlari, qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlari va nomzodni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hisobga olinadi. Bunday shartlarga qo‘shimcha grant yoki moliyaviy yordam ajratish, akademik maslahat va qo‘llab-quvvatlash, turli tadbirlar tashkil etish, nomzodning o‘qish davridagi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar kirishi mumkin. Hamma universitet ham bunday qo‘shimcha majburiyatlarni bir xil darajada o‘z zimmasiga olmasligi mumkin. Shu sababli yakuniy joylashtirish nafaqat nomzodning xohishi, balki universitet va IIE o‘rtasidagi kelishuvlarga ham bog‘liq bo‘ladi. @fulbright_kundaligi

Koreyada 3-4 kunlik dam olish kunlarida hech ikkilanmasdan 1000km lik safarga chiqib ketaverardim. Infrastruktura juda qulay,
Koreyada 3-4 kunlik dam olish kunlarida hech ikkilanmasdan 1000km lik safarga chiqib ketaverardim. Infrastruktura juda qulay, yo'l charchatmidi, dam olish ko'ngildagidey o'tadi. Havo yomg'irlimi, quyoshlimi farqi yo'q edi. Hayitga berilgan dam olish kunida vodiyga borib keldim. Qaytgandan keyin yarim kun tiklanish bilan o'tdi. Kamiga jarimalar kelmasa bo'lgani. @fulbright_kundaligi

Bularni 2021-yil Seuldan olgandim. Oʻsha paytlar GMAT soʻraladigan yoʻnalishda oʻqisam kerak deb oʻylardim. Lekin vaqt oʻtib
Bularni 2021-yil Seuldan olgandim. Oʻsha paytlar GMAT soʻraladigan yoʻnalishda oʻqisam kerak deb oʻylardim. Lekin vaqt oʻtib GRE soʻraladigan yoʻnalishga qabul qilindim. @fulbright_kundaligi

🇺🇸 Hubert H. Humphrey Fellowship Program 2027 🎓 AQShda 10 oylik to‘liq grant (diplomsiz magistratura darajasidagi dastur)
🇺🇸 Hubert H. Humphrey Fellowship Program 2027 🎓 AQShda 10 oylik to‘liq grant (diplomsiz magistratura darajasidagi dastur) Humphrey Fellowship — Fulbright dasturi doirasidagi nufuzli professional rivojlanish dasturi bo‘lib, yosh va o‘rta bosqichdagi yetakchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Ishtirokchilar AQShda 10 oy davomida akademik va amaliy professional tajriba orttiradilar. 🎯 Dastur haqida – 10 oylik ta’lim (non-degree) – AQShning 13 ga yaqin yetakchi universitetlaridan birida joylashtirish – Kamida 6 haftalik professional amaliyot (government, NNT, xususiy sektor yoki xalqaro tashkilotlarda) – Siyosat va boshqaruv darajasida tajriba almashish 📌 Ishtirokchilar muayyan universitetni tanlay olmaydi — joylashtirish dastur tomonidan amalga oshiriladi. 👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – Bakalavrdan keyin kamida 5 yillik to‘liq ish tajribasi – Boshqaruv yoki siyosat darajasida tajribaga ega bo‘lish – Ingliz tili darajasi: TOEFL 72 / Duolingo 100 / IELTS 6.0 yoki undan yuqori
📚 Yo‘nalishlar – Ommaviy kommunikatsiya va jurnalistika – Huquq va boshqaruv – Tabiiy resurslar siyosati – Davlat va iqtisodiy siyosat – Sog‘liqni saqlash siyosati va menejment – Texnologiya siyosati va menejment
💰 Grant nimalarni qoplaydi? ✔️ Borish–qaytish aviabileti ✔️ Kontrakt va universitet to‘lovlari ✔️ Yashash xarajatlari ✔️ Tibbiy sug‘urta ✔️ Professional rivojlanish uchun alohida mablag‘ ✔️ AQShda tayyorgarlik (pre-academic orientation) dasturi
🗓 Ariza topshirish muddati: 3-iyul 2026 Rasmiy manba Ariza topshirish bo‘yicha maslahat uchun: @said_tojiboev_13 P.S.: My close team lead has been selected as a Humphrey Fellow this year and will depart for the United States this summer.

Suhbatdan keyingi bosqich. (4/n) Suhbat natijasini kutmasdan, TOEFL va kerakli testlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish tavsiy
Suhbatdan keyingi bosqich. (4/n) Suhbat natijasini kutmasdan, TOEFL va kerakli testlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi. Chunki voucher berilgandan keyin test topshirish uchun vaqt juda cheklangan bo‘ladi. Meni holatimda, Fulbright’ga boshida unchalik jiddiy qaramaganim uchun suhbat kunigacha hujjat topshirganim ham esimdan deyarli chiqib ketgan edi. Suhbatdan keyin esa birdan shoshib qoldim. Testlarga tayyorlanish davri avgust oyidagi 10 kunlik Singapur xizmat safarimga to‘g‘ri kelib qoldi. Kunlik vazifalardan keyin hamma shahar aylanishga chiqqanida, men mehmonxonada testga tayyorlanib o‘tirardim. Safardan keyin ham ishlar ko‘payib, tayyorgarlikka yetarli vaqt ajratish qiyin bo‘lgan. Shu sababli oldindan reja qilish juda muhim. Hatto suhbat natijasi hali chiqmagan bo‘lsa ham, kamida TOEFL va tanlangan yo‘nalishga mos test formati bilan tanishib, minimal tayyorgarlikni boshlab qo‘ygan ma’qul. @fulbright_kundaligi

🇺🇸 Fulbright Visiting Scholar Program 2027 🎓 AQShda 3–5 oylik ilmiy tadqiqot va dars berish imkoniyati Fulbright Visiting
🇺🇸 Fulbright Visiting Scholar Program 2027 🎓 AQShda 3–5 oylik ilmiy tadqiqot va dars berish imkoniyati Fulbright Visiting Scholar dasturi O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar, tajribali mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun AQShda qisqa muddatli ilmiy faoliyat olib borish imkoniyatini taqdim etadi.
🎯 Dastur yo‘nalishlari – Universitet darajasida ma’ruza o‘qish – Postdoktorant darajasida ilmiy tadqiqot olib borish – Ma’ruza va tadqiqotni birlashtirgan dastur – Yosh professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv dasturi (syllabus) ishlab chiqish va metodikani takomillashtirish
👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – O‘zbekiston fuqarosi – PhD (doktorlik) darajasiga ega yoki kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassis – Oliy ta’lim muassasasi, tahlil markazi yoki davlat/nodavlat tashkilotida faoliyat yuritayotganlar – Ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar 📌 Kamida 3 yillik universitetda dars berish tajribasiga ega yosh professor-o‘qituvchilar ham alohida yo‘nalish bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin.
📚 Ustuvor yo‘nalishlar – Sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, raqamli ko‘nikmalar – Muhandislik va energetika (jumladan qayta tiklanuvchi energiya) – Yadro muhandisligi va xavfsizlik siyosati – Kosmik tadqiqotlar va aerokosmik muhandislik – Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
💰 Grant nimalarni qoplaydi? ✔️ AQShga borish–qaytish aviabileti ✔️ AQShda yashash va faoliyat uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ✔️ Tibbiy sug‘urta ✔️ Professional va madaniy rivojlanish dasturlari ✔️ Bir nafar oila a’zosi uchun qo‘shimcha aviabilet (J-2 vizasi asosida) 🗓 Ariza topshirish muddati: 20-sentabr 2026 📩 Savollar uchun: TashkentFulbright@state.gov Rasmiy manba Ariza topshirish bo‘yicha maslahat uchun: @said_tojiboev_13