Adllyv21 - Healthy life : fitness
Открыть в Telegram
https://t.me/+0JI0bXUru3I3MTgy Dushanbadan emas bugundan 🔥 Sog’lom hayot ~ to’g’ri ovqatlanish🥦🥑 ~ Bu yerda foydali ma’lumotlar📝 va retseptlar🌮
Больше723
Подписчики
Нет данных24 часа
+157 дней
-1630 дней
Архив постов
Parhez vaqtida tovuq go’shtidan zerikib, yeyolmaydigan darajaga kelmaslik uchun shunday usulda ham pishirib ko’rishingizni tavsiya qilaman 🫱🏻🫲🏼✅
+1
Tovuq go’shtini marinadlash uchun: 🥘
400 gr tovuq go’shti
1 osh qoshiq zaytun yog’i
2 osh qoshiq kefir
Yarimta limon suvi
Tuz paprika
30 daqiqaga muzlatgichga olib qo’yamiz
Keyin esa 200 gradusda 40-45 daqiqada pishiriladi
Yoniga esa 100 gr grechka suvda qaynatib pishiriladi, grechkani o’zini yeyolmaganlar uchun 40-50 gramm sirni qirg’ichdan o’tkazib solib aralashtirib istemol qilsangiz ham bo’ladi
“Bu tarelkada 300 gr tovuq go’shti + 50 gr grechka” 🍽️
Albatta yoniga salat tayyorlab yesangiz yanada foydali bo’ladi 🫶🏻
@adllyv21 ❤️
Oshxona tarozisi- barcha retseptlarimda deyarli foydalanaman, olib qo’ysangiz, har bitta oshxonada bo’lgani yaxshi, to’g’ri ovqatlanishda ham boshqa xil retseptlarda ham kerak bo’ladi 🫶🏻
+4
Ovsyankali pechenye 🍪
2 dona tuxum
150 gr ovsyanka (12 osh qoshiq)
Razrixlitel
Vanilin 1 choy qoshiq
1 dona banan
1 piyola mayiz
2 ta tuxumni sarig’idan ajratib olib, oqini yaxshilab ko’pirtiramiz, keyin 1 dona bananni ezib ko’pirtirgan tuxumni oqiga solib aralashtirib, ajratib olingan tuxum sarig’ini, ovsyankani, qolgan quruq mahsulotlarini solib yaxshilab aralashtirib, listga joylab 180 gradusda 15-20 daqiqada usti qizarguncha pishirib olamiz 🫶🏻
@adllyv21 💝
+3
Guruch unidan chips🍟
Guruch uni 120 gr
2 osh qoshiq zaytun yog’i
100ml suv
Tuz, qizil qalampir kukuni(paprika)
Hammasini aralashtirib listga oq pishiriq qog’ozini solib,oz-ozdan solib, vilka yordamida shakllar berib 200 gradusda 10-15 daqiqada pishirib olamiz(ranggi qizarguncha)
@adllyv21 🤍
Repost from Maryam Javlan.
Networking.
Yangi tanishuv- rivojlanishni asosiy omillaridan biri. Agar bu o’z yo’lini egalari, shaxs sifatida rivojlanib bo’lgan, aniq fikriga ega, potensiali va energiyasi baland insonlar bo’lsachi ?
Meni eng yoqtirgan ishim bu- o’zimga butunlay teskari olamlarni ochish. Bugun turli yo’nalish vakillaridan tashkil topgan, o’z yo’lida shahdam qadam tashlayotgan kuchli qizlarni yig’dik. O’rtadagi energiya shunchaki- 🔥.
Barcha qizlar aniq fikrlaydigan, doim rivojlanib turadigan va intizomga ega. O’z komfortini yorib chiqqan, pozitiv energiyasi bor.
Siz ham hech shunday yig’ilish o’tkazib ko’rganmisiz?
Bu foydali, qizlar toping. Yig’iling. Fikr almashing. Halqaga aylaning.
Jamoaviylikni oshiring.
Kech bo’lganda ijod kelganda, tayyorlab tashladim🎉
Whey protein bo’lmasa, 1 osh qoshiq yeryong’oq pastasi, 1/2 osh qoshiq asal solsangiz bo’ladi
+1
Proteinli pirog 🥮
150 gr ovsyanka uni
2 portsiya whey protein
1 dona banan
2 ta tuxum
1 stakan sut
Vanilin
Razrixlitel
Kakao
Yong’oq xoxishga ko’ra
Ustiga 1 portsiya whey 20-30 ml suv ( qora shokolad ham bo’ladi)
180 gradusda 30-35 minutda pishadi
@adllyv21
Oqsilga boy salat: 🌽
100 gr indeyka(dudlangan)
Jo’xori
Sho’r bodring
Qaynatilgan tuxum
Smetana 15% (grek yogurtu)
Biroz tuz va chesnok xoxishga ko’ra
Bu o’zim ko’p istemol qiladigan mahsulotlar 👆🏼 https://t.me/adllyv21/105
Shu jumladan o’zimni ham allergiyam borligi uchun(yong’oqlarga)
Bu mahsulotlarga allergiyangiz bo’lmasa, istemol qilishingizni tavsiya qilaman))
To’g’ri ovqatlanishni boshlayotganlar uchun, ovqatlanish ratsionga kiritilishi kerak mahsulotlar:
tovuq tuxumi,sut mahsulotlari(tvorog,qatiq), tovuq filesi, yog’siz go’sht, shu jumladan donli mahsulotlar(loviya,yasmiq(chechevisa) suli yormasi(ovsyanka), grechka, foydali yog’lardan esa yeryong’oq, yong’oq, avacado, zaytun yog’i
Ko’katlar, sabzavotlar har bir ovqatning oldida istemol qilishimiz zarur..
va albatta mevalar(quruq mevalar) ham kiradi.. shirinlikka bo’lgan xoxish mevalardan olinadi(tabiiy fruktoza)
@adllyv21
Mashqni esa iftordan 1-2 soat o’tgach bajarsangiz bo’ladi.. kunduz kuni och qoringa (ramazon vaqtida) tavsiya qilmayman..
Ramazon oyida, ro’za tutayotgan vaqtda qanday sog’lom parhez qilsa bo’ladi?
Saharlik vaqtida ko’pincha uglevod istemol qilish tavsiya qilinmaydi
Bularga xamirli ovqatlar, somsa,shirinliklar bu mahsulotlar judayam tez odamni chanqog’ini oshiradi va ochlik hissini ko’proq beradi..
shuning uchun oqsilga boy, qaynatilgan tuxum, ovsyanka, sut maxsulotlari, va yengil salatlar(kletchatka) istemol qilish tavsiya qilaman,
Iftor vaqtida esa ko’proq oqsil, go’sht maxsulotlari va ozroq uglevod istemol qilishingizni tavsiya qilaman)
Kunlik suv ehtiyojingizni esa iftordan keyin tamomlasangiz bo’ladi (2/3litr) sahar vaqtigacha
@adllyv21
https://youtu.be/OolPn_HlsLs?si=UqSshKJndnMXYaDJ
https://youtu.be/9qqnYOcSpY8?si=94otmYsagPqVXN79
https://youtu.be/ZCxGrtvdXP4?si=nV3jYFnLeneicqlh
You tube dan sizlar uchun mana shu fitness yoga elastik tasmasi bilan bajariladigan mashqlar ❤️
Buni narxlari xar xil sifatlisini olinglar(ozgina bu narxdan qimmatroq bo’ladi) ancha vaqtga yetadi, yemirilib ketmaydi to’kilib, yoga gilamchasi))
+3
Uy sharoitida mashq qilish uchun, judayam qulay,
Yoga gilamchasi, butun tana uchun rezina(mashqlar uchun)
https://t.me/adllyv21/196
Shu retsept bilan qildim yana🫠
Trenirovkadan keyin zo’r ketti))
