cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

KASBIY TA'LIM VA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRISH

Больше
Рекламные посты
635
Подписчики
+224 часа
+177 дней
+530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Eid al-Adha muborak bo’lsin! Duolarimiz ijobad bo’ladigan ushbu kunda qilgan barcha ezgu niyatlaringiz ro’yobini tilaymiz! Birdamlik, mehr-oqibat hamisha hamrohimiz bo’lsin! 📞 78 150 60 06 💬https://t.me/sspkasbiytalim2024
Показать все...
👍 2🔥 1🎉 1🙏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🇩🇪 O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan DUWK Büro — Germaniya-O‘zbekiston Biznes Hamkorligi Byurosi o'z faoliyatini boshladi.
DUWK Büro rahbari — Nabijon Sаdikjanovich Kasimov
DUWK Büro Germaniya-O’zbekiston ishbilarmonlar kengashining ishchi organi bo'lib, Germaniya va O’zbekiston o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅ Tashkilotning asosiy maqsadi – o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy almashinuvni rivojlantirish, yangi biznes imkoniyatlarini kashf etish va investitsiya faolligini rag‘batlantirishdan iborat. Byuro strategiyasi ikki mamlakat iqtisodiy hamjamiyatlari o‘rtasida tajriba, g'oyalar va innovatsiyalar almashinuvi uchun qulay platforma yaratishga qaratilgan. DUWK Büro yashil iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va bandlik kabi sohalarda o'zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni o'rnatishda tadbirkorlarga ko'makdosh bo'ladi. 👍 Ma'lumot o'rnida, Savdo-sanoat palatasi ta’sischiligida tashkil etilgan Kasbiy ta’lim va xorijiy tillarni rivojlantirish nodavlat ta’lim muassasasining respublika bo’ylab saralab olingan o’qituvchilari DUWK Büro ko'magida Askania Future GmbH kompaniyasi bilan o'rnatilgan hamkorligi asosida Germaniyaga malaka oshirishga yuboriladi. Murojaat uchun: 📞 +998 71 200 98 89 📩 e-mail.: buero@duwk 🌱 https://duwk.de/ 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Показать все...
👍 5🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bugun Berlinda “Davra kubogi” bulib utmoqda. Simson Private Akademie jamoasi ham chempionatda qatnashmoqda. Yigitlarga odam tilab qolamiz.
Показать все...
🔥 5👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇩🇪 Germaniyadan tez va onson pul o'tkazmasi qanday amalga oshiriladi? 🌐 Profee ilovasi orqali O'zbekistondagi Humo, Uzcard kartalariga to'g'ridan to'g'ri, bir zumda va eng muhimi foizsiz pul o'tkazish imkoni mavjud. ⚡️Ilova dastlab barchaga 1000€ limit beradi. Limit tugagach, Profee chat botiga Meldeadresse va Reisepass deb yozib yuboring va yana 30000€ limitni qo'lga kiriting. 📞 78 150 60 06 💬https://t.me/sspkasbiytalim2024
Показать все...
👍 2 1👀 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
⛔️⛔️⛔️⛔️ Nemis tilidan C1 sertifikatiga ega bo'lgan o'qituvchilar diqqatiga! 👍 O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzurida fuqarolarni kasbga yo'naltirish, ta'lim berish va xorijiy tillarni rivojlantirish maqsadida Nodavlat ta'lim muassasasi tashkil etildi. 👍 Kasbiy ta'lim va xorijiy tillarni rivojlantirish Markazi bugungi kunda respublika bo'ylab 14 ta hududda o'z faoliyatini boshlagan. Qisqa muddatda 2000 dan ziyod arizalar kelib tushib, hozirda Markazda 200 dan ortiq o'quvchilar Nemis tilini o'rganmoqdalar. 📣Markazimizda ishlashni istagan o'qituvchilarni hamkorlikka chaqiramiz. ✔️Malaka talablari: 🔶Asosiy o'qituvchi uchun -Nemis tilida xalqaro yoki Milliy C1 darajadagi sertifikat; -Dars berish va o'quvchilar bilan ishlash tajribasi va mahorati. 🔸Yordamchi o'qituvchi uchun -Nemis tilida xalqaro yoki Milliy B2 sertifikati; -Dars berish va o'quvchilar bilan ishlash ko'nikmasi. 📨Ro'yxatdan o'tish uchun @guzal1710 va @mkuchkarova profillariga yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling. 📞 78 150 60 06 💬https://t.me/sspkasbiytalim2024
Показать все...
👍 3 2👏 2 1
03:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Sōragan_edingiz 🇺🇿🇩🇪Germaniyaga fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha “Duvenbeck” korxonasi bilan hamkorlikda qanday loyiha amalga oshirilmoqda? 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
100EOS5D 222.mp431.57 MB
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
👍 Kasbiy ta'lim va xorijiy tillarni rivojlantirish markazi bu faqatgina til kurslari emas. 👨‍🏫 Markazda o'quvchilar nemis tilida ko'nikmalar hosil qilgach, Germaniyadagi ish beruvchilar bilan tanishib, o'zi tanlagan sohaga yo'naltiriladi va unga til bilan birga tanlagan kasbiga oid tushunchalar beriladi. 💤 Markazda O'quvchilarga 9 oy davomida Nemis tilidan B1 sertifikatini qo'lga kiritishiga va kasb egasi profili yaratilishiga ko'mak beriladi. 💤 Kurslar haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun 📞 78 150 60 06 💬https://t.me/sspkasbiytalim2024
Показать все...
👍 3🔥 3 2👌 1😎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ausbildung o'zi nima? 📌Kasbiy ta'lim, ya'ni Ausbildung bu kollejlar singari ta'lim tizimi. Ausbildung orqali siz kelajakda egallamoqchi bo'lgan kasbingizga oid amaliy va nazariy bilimlarni olasiz. Ausbildung sohaga qarab 2 yildan 3-3,5 yilgacha davom etadi. ⚡️Oshpaz, santexnik, sotuvchi, novvoy, sartarosh kabi kasblar Ausbildung orqali egallansa, vrach, o'qituvchi, yurist kabi kasb egasi bo'lish uchun albatta Oliy o'quv yurtini tamomlash kerak. ⚡️Ausbildung qilayotgan inson haftada 1-2 kun vaqtini nazariy bilimlarni o'rganish uchun Berufsschuleda o'tkazsa,qolgan 3-4 kun vaqtini o'zi Ausbildung qilayotgan tashkilotda amaliy tarzda o'tkazadi. Talimning Ausbildung yo'nalishidagi o'ziga xoslik quyidagilardan iborat: Ausbildung davomida sizga oylik to'lanadi. O'rtacha olganda, Ausbildung qilayotgan inson 1-yili 700€, 2-yili 850€, 3-yili 1000€ atrofida oylik oladi. Ausbildung qilish universitetda o'qishdan ancha oson. Ausbildung qilayotganlar kutubxonada soatlab o'tirishi shart emas. Ozgina nazariyani o'rganib,qolgan vaqt o'z sevgan kasbi bilan shug'ullanadi. Ausbildungdan so'ng o'zingiz ausbildung qilgan tashkilotda ishlab qolishingiz mumkin. Ausbildung qilish uchun sizdan C1 talab qilinmaydi, sohaga qarab B1-B2 sertifikatlari yetarli bo'ladi. 📞 78 150 60 06 💬https://t.me/sspkasbiytalim2024
Показать все...
👍 7 3👏 3🔥 1💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿 9-may Xotira va qadrlash kuni — tinchlik va musaffo osmonning naqadar buyuk ne’mat ekanligini yana bir bor yodimizga oladigan kundir! Ajdodlarimizdan bizga meros qolgan bu osoyishta va faravon hayot uchun minnatdormiz! Dunyoning tinchligi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz osoyishtaligi abadiy bo’lsin! 📞 78 150 60 06 💬https://t.me/sspkasbiytalim2024
Показать все...
🔥 3 2👍 2👏 1🎉 1🕊 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Nemis tilini oʻrganish uchun bepul saytlar va kurslar toʻplami 🌐 Deutsch Akademie Eng yirik onlayn nemis kursi bo’lib, nemis tili  qoidalarini nisbatan toʻliq tushuntiradi. Nemis tilini oʻrganishni endi boshlayotganlar uchun juda mos va qulay. Unda nafaqat grammatika, balki amaliy mashgʻulotlar, jumladan, oʻqituvchilar hamda kurs ishtirokchilari bilan jonli suhbatlar mavjud. 🌐 Start Deutsch Deutsche Welle – bu nemis tilini oʻzingizga yoqadigan va qulay bo'lgan usulda oʻrganish imkoni. Saytda til oʻrganishga oid boshqa bepul foydali kurslarni, xususan, soʻz boyligini oshirish va nemis tilida feʼllarni eslab qolishga oid kurslarni va Germaniya hayotiga oid maqolalarni topishingiz mumkin. 🌐 DEUTSCH FÜR DICH Bu guruh bilan birgalikda nemis tilini oʻrganishga moʻljallangan. Saytda noyob funksiya mavjud boʻlib, turli mavzular va darajalar boʻyicha koʻplab oʻquv materiallarini topishingiz va roʻyxatingizga qoʻshishingiz, bu bilan til oʻrganish uchun shaxsiy kurs yaratishingiz mumkin.  🌐 Deutsch info  Ushbu keng qamrovli kurs maʼrifiy kontent taqdim etish bilan birga Germaniyada yashashni xohlovchilarga amaliy tavsiyalar beradi. Sayt til bilish darajasiga koʻra toʻrt qismdan iborat. Kerakli darajani belgilagach, ruknlar boʻyicha til taklif etadi, ular: «Tanishuv va dam olish», «Xaridlar, taomlar va ichimliklar» va h.k. Natijada maʼlum vaziyatlar va kundalik hayotda ishlatish mumkin boʻlgan soʻz va iboralarni oʻrganasiz. 🌐 Study German Sayt til oʻrganishni boshlayotgan maktab oʻquvchilaridan boshlab tajribali oʻqituvchilargacha moʻljallangan. Onlayn darslar boʻlimida nemis tili asoslari boʻlgan artikllar, ot, sifat, olmosh va feʼl bilan tanishish imkonini beruvchi 10 ta mashgʻulotni topish mumkin. 📞 78 150 60 06 💬https://t.me/sspkasbiytalim2024
Показать все...
👍 3🔥 2👏 1🆒 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.