cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali Murojaat uchun: 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

Больше
Узбекистан150Язык не указанКарьера38
Рекламные посты
228 781
Подписчики
+14324 часа
+3737 дней
+4 85830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🇺🇿🇩🇪Fuqarolarni Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha navbatdagi hamkorlik Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “Mangold Consulting” tashkiloti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarni tayyorlash tizimi haqida so‘z yuritilib, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida nemis tili o‘qitish dasturlarini O‘zbekistonning turli hududlarida tashkil qilish va tilni ish beruvchi talabi darajasida o‘zlashtirigan malakali mutaxassislarni Germaniyaga tibbiyot, gastronomiya, texnika, qurilish kabi sohalarda bandligini taʼminlash bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
🇺🇿🇬🇧 − Buyuk Britaniyada ishlash uchun qanday talablar bor? − Buyuk Britaniyada ishlayotgan yutdoshlarimiz ish va yashash sharoitlari qanday? − Qassoblik bilan shug'ullanib qancha oylik maosh topish mumkin? Ushbu va Buyuk Britaniyada ishlash bilan bog‘liq boshqa masalalar haqida Angliyadagi o‘zbek qassobi hikoyasi 👉 Batafsil "Kun.uz" nashrida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
«Boshliqlarimiz dam olish kuni telefon qilsa, avval uzr so‘raydi» — Angliyadagi o‘zbek qassobi

Turizm sohasida oliy ma'lumotli, IELTS sertifikatiga ega Elbek O‘roqov O‘zbekistonda ish topolmagani sabab Buyuk Britaniyaga ketishga majbur bo‘lgan. U 2 oydan beri Gildford shaharchasida qassoblik bilan shug‘ullanib, oyiga o‘rtacha 2,5 ming dollar topmoqda. «Ko‘pchilik Yevropaga kelish qiyin deb Rossiyaga ketadi, qo‘rqishmasin, qiyinchilik joyi yo‘q», – deydi u Kun.uz’ga bergan intervyusida. Rasmiy vebsayt: http://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter.com/KunUzNews

Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

#Prezident_Farmoni_ijroda Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham xorijda ishlab qaytgan hamda chet elda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Показать все...
#Prezident_Farmoni_ijroda Xabar berilganidek, Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmonining joylardagi ijrosini taʼminlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha ish olib bormoqda. Xususan, Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Toshkent shahrining Mirobod tumanlari, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “xorijga ish – mahalladan” tamoyili asosida individual ishlash bo‘yicha o‘quv-seminarlari va fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Показать все...
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ishchi guruhi Ruzan, Vladimir, Ivanovo va Kostroma shaharlarida bo'lib, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz holidan xabar oldi va salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o’tkazdi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
#Live 🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda. Eslatma: Imtihon Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi)da o‘tkazilmoqda. 👉 Lokatsiya ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
#Prezident_Farmoni_ijroda Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda 👉 Tafsilotlar "Sevimli" telekanalida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
#Eslatma 🇰🇷Qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni kunlari ma'lum bo'ldi Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun 1-2-may kunlari, xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun 3-4-may kunlari malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 👉 Nomzodlar ro’yxati (qishloq xo’jaligi) 👉 Nomzodlar ro’yxati (xizmat ko’rsatish-2) Shu munosabat bilan, nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi. Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy. (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi) 👉 Lokatsiya ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
#Prezident_Farmoni_ijroda Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida bo‘lib, xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamda chet elda ishlab qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qashqadaryo viloyatidagi ishchi guruh Farmon ijrosi doirasida Qarshi shahridagi "INTERNATIONAL Bridge" va "DaF Sprachzentrum" o'quv markazlari faoliyati bilan tanishdi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...
Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda "ConsultingUz" tashkiloti Germaniyada ishlamoqchi boʻlgan hamyurtlarimizni "DaF-Sprachzentrum" nemis tili markaziga taklif etadi! Mazkur markazda oʻqib, B1 yoki B2 darajadagi til sertifikatlarini qoʻlga kiritganingizdan soʻng Germaniyaga toʻgʻridan-toʻgʻri ish yoki Ausbildung (dual taʼlim) orqali ishga borish imkoniyatini qoʻlga kiritasiz. Hozirda "DaF-Sprachzentrum" nemis tili markazi Toshkent shahri, Buxoro, Farg'ona, Namangan, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlarida faoliyat olib bormoqda. Toshkent shahri Tel.: +998900027766, +998959891609; Buxoro Tel.: +998904129795; Farg'ona Tel.: +998905351099; Namangan Tel.: +998972581226; Navoiy Tel.: +998906652525; Samarqand Tel.: +998901599888; Xorazm Tel.: +998918623693. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Показать все...