cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Milliy libos va san'at fakulteti rasmiy kanali

Ushbu kanalda fakultet hayotiga oid yangiliklar berib boriladi

Больше
Рекламные посты
607
Подписчики
-124 часа
-107 дней
-3830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from TerDU rasmiy kanali
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Eslatma ❗️ Qabul tugashiga 1 kun qoldi. Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ 25-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
Repost from TerDU rasmiy kanali
#Xalqaro_hamkorlik ✅Xalqaro hamkorlik: TerDU Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda 🟢TerDU rektori A.Toshqulov Vladivostok shahrida o'tkazilayotgan Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumida ishtirok etmoqda. Mazkur forum doirasida Rossiyaning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan oʻzaro hamkorlik muzokaralari olib borilmoqda. 🟢Shu jumladan forum doirasidagi uchrashuvlarda Termiz davlat universiteti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (МГИМО) oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, tadqiqotlar olib borish masalalari oʻz aksini topgan.
Maʼlumot oʻrnida: 1944-yilda tashkil etilgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Rossiyaning yetakchi oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib, Xalqaro QS reytingida 567-o'rinni egallaydi, 18 ta yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Institut 2010-yilda eng ko’p chet tillarida ta‘lim berishni yo‘lga qo‘ygan (53 ta xorijiy til) institut sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
👍 5
+
Показать все...
Repost from Edu.uz
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
#qabul2024 😀 Termiz davlat universiteti o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. Ayni vaqtda 13 ta fakultetda 22 mingdan ortiq talabaga 780 nafarga yaqin professor-oʻqituvchi taʼlim bermoqda. Ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar 255 nafar boʻlib, shundan 33 nafari fan doktori, professor, 222 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlaridir. ❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali 25-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Rolikk.mp419.69 MB
Repost from Xushnudbek.uz
01:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
Dam olish kunlari uchun har tomonlama zo'r tavsiya 27–30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san'ati anjumani” o‘tkaziladi. O'zbekistonda ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Yurtdoshlarimizni maqom festivaliga chorlab qolamiz. Festival bahona Zominning so'lim tabiatidan bahra olish uchun zo'r imkoniyat, menimcha. Ayniqsa oilaviy yoki do'stlar bilan kelish tavsiya etiladi, mazza qilib dam olib, san'atdan bahramand bo'lib ketasiz. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_6405.MP419.73 MB
📣 Abituriyentlar diqqatiga! 📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling. 📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz. ❕ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz. 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Repost from TerDU rasmiy kanali
02:41
Видео недоступноПоказать в Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿“EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI 2024-YILGI 1-OCHIQ STIPЕNDIYA TANLOVINI E’LON QILADI! 📣 “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, -doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. 🔣 Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. 👫 Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi. ✏️ Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. 🌐 E’tibor bering, (http://admission.eyuf.uz) onlayn qabul platformasi 2024-yil 25-iyundan boshlab hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi. ☎️ Qo‘shimcha savollarga javoblarni +99 871 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin. 👦👦 “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil o'qing
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
21.95 MB
Repost from Xushnudbek.uz
00:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyingi yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: https://t.me/xushnudbek/20721 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
IMG_5858.MP44.19 MB
Repost from TerDU rasmiy kanali
📣 Abituriyentlar diqqatiga! 📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling. 📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz. ❕ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz. 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.