ru
Feedback
acdflibrary

acdflibrary

Открыть в Telegram

Respublika bolalar kutubxonasi Республиканская детская библиотека Madaniyat markazi va jamoat maskani. Культурный центр и общественное пространство. Проект @acdfuz loyihasi

Больше
2 419
Подписчики
+424 часа
+247 дней
+6030 дней
Архив постов
Kutubxonada musiqa sinfi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Bu yerda musiqa maktablari oʻquvchilari uchun solfedjio va fortepi
+1
Kutubxonada musiqa sinfi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Bu yerda musiqa maktablari oʻquvchilari uchun solfedjio va fortepiano boʻyicha qoʻllab-quvvatlovchi mashgʻulotlar o‘tiladi, shuningdek, oʻqishni endigina boshlamoqchi boʻlganlarga maslahatlar berib boriladi. Pedagog Alim Mullayev bilan birgalikda biz notalarni oʻqishni, maromni his qilishni, qoʻllarni klavishlar ustiga toʻgʻri qoʻyishni va yanada ishonchli ijro etishni oʻrganamiz. Mashgʻulotga yozilish uchun acdflibrary.uz saytida ariza qoldiring va kutubxona jamoasidan tasdiq kelishini kuting. ~~~ В библиотеке продолжает работу музыкальный класс. Здесь проходят поддерживающие занятия по сольфеджио и фортепиано для учеников музыкальных школ, а также консультации для тех, кто только планирует начать свое обучение. Вместе с преподавателем Алимом Муллаевым мы учимся читать ноты, чувствовать ритм, ставить руки на клавиши и звучать более уверенно. Чтобы записаться, оставьте заявку на сайте acdflibrary.uz и дождитесь подтверждения от команды библиотеки.

Toshkent Zamonaviy san’at markazidagi har bir kun — izlanishlar va ijodiy tajribalar kunidir. Ushbu dam olish kunlari rassom
Toshkent Zamonaviy san’at markazidagi har bir kun — izlanishlar va ijodiy tajribalar kunidir. Ushbu dam olish kunlari rassom Alina Mish boshchiligidagi ustaxonada biz mavhum kompozitsiyalar va xayoliy manzaralar yaratamiz — tasvirlarni uyg‘unlashtiramiz, so‘zlar, ranglar va teksturalarni aralashtiramiz. Ko‘rgazma bilan tanishamiz - shiftdagi installyatsiyalarni ko‘zdan kechirib, har bir eksponat nimani anglatishini tushunishga harakat qilamiz. Erkin rasm chizish ustaxonasida tasavvurimiz nimani buyursa, shuni bajaramiz va o‘z g‘oyamiz bizni qayerga olib borishini ko‘ramiz. Erkin kollaj ustaxonasida esa yana o‘z g‘oyalarimizga tayanamiz: hech qanday namunalar va ko‘maksiz qirqamiz, birlashtiramiz va tasavvur qilamiz. Tadbirlarga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Kelinglar! ~~~ Every day at the Centre for Contemporary Arts (CCA Tashkent) is an opportunity to explore, experiment and create. This weekend, at a workshop with artist Alina Mish, we’ll create abstract compositions and fantastical landscapes. We’ll also explore the exhibition, take a closer look at the installations on the ceiling and try to make sense of what each artwork might be telling us. At the free drawing workshop, we’ll follow our imagination and see where our own ideas take us. And at the free collage workshop, we’ll once again trust our creativity — cutting, combining and imagining without templates or prompts. You can register for the events via the link. Come join us!

To‘garaklarda ezgulik va ajoyib topilmalar haqidagi hikoyalar bilan tanishishda, Brayl alifbosida o‘qishda va stol o‘yinlarin
To‘garaklarda ezgulik va ajoyib topilmalar haqidagi hikoyalar bilan tanishishda, Brayl alifbosida o‘qishda va stol o‘yinlarini o‘ynashda davom etamiz. Nafis san’at ustaxonasida bo‘yoqlar, qaychi va andazalar yordamida mualliflik naqshlarimizni yaratamiz. "CIRCUIT" doirasida internetdan xavfsiz foydalanishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun kompyuter va raqamli savodxonlik to‘garaklari o‘tkaziladi. Juma kuni biz Meteorologiya muzeyiga, shanba kuni esa ob-havo stansiyasiga yo‘l olamiz. Shanba kuni andazali bosma ustaxonasi bo‘lib o‘tadi. Unda qoraqalpog‘istonlik rassom Nargiz Berdimuratova qolip, shakl va takrorlanish orqali tasvirni o‘ziga xos talqin qilishni taklif etadi. Musiqa sinfida esa biz odatdagidek kuylarni yodlaymiz va tanlaymiz, notalarni o‘rganib, akkordlarni topamiz. ~~~ В клубах продолжим знакомиться с историями о доброте и удивительных находках, читать на Брайле и играть в настольные игры. На мастерской изящных искусств придумаем собственные орнаменты с помощью красок, ножниц и трафаретов. В рамках CIRCUIT пройдут клубы компьютерной и цифровой грамотности — для тех, кто хочет научиться безопасно пользоваться интернетом. В пятницу мы отправимся на экскурсию в Музей метеорологии, а в субботу — на метеостанцию. В субботу пройдет мастерская трафаретной печати — каракалпакская художница Наргиз Бердимуратова предложит по-своему осмыслить образ с трафаретом, формой и повтором. В музыкальном классе мы все так же разучиваем и подбираем мелодии, учим ноты и находим аккорды.

Erkin ijod ustaxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi va Zamonaviy san’at markazining hamkorlikdagi dasturi. Dam olish kunla
+5
Erkin ijod ustaxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi va Zamonaviy san’at markazining hamkorlikdagi dasturi. Dam olish kunlari Zamonaviy san’at markazida rassomlar bolalar uchun rasm chizish, kollaj va boshqa badiiy amaliyotlar bo‘yicha ustaxonalar o‘tkazadilar, sayohat yetakchilari va mediatorlar esa ishtirokchilarni ko‘rgazmalar bilan tanishtiradilar va ko‘rganlari yuzasidan fikr almashishga ko‘maklashadilar. Zamonaviy san’at bilan chinakam tanishuv har doim shaxsiy kuzatish, jamoaviy muhokama va sinchkov nazardan boshlanishiga ishonamiz. Yangi va ilhombaxsh narsalarni birgalikda kashf etish uchun kelinglar. Joylar soni cheklangan. Iltimos, acdflibrary.uz’da roʻyxatdan oʻting. ~~~ Free-Form Creative Workshop is a joint programme by the Nationwide Children’s Library and the Centre for Contemporary Art. On weekends at CCA Tashkent, artists will lead workshops in drawing, collage, and other artistic practices for children. Guides and mediators will introduce participants to the exhibitions and help them discuss what they see. We believe that a meaningful encounter with contemporary art begins with personal observation, collective discussion, and an attentive gaze. Join us to discover something new and inspiring together. Places are limited. Please register at acdflibrary.uz.

Moda va san’at qayerda tutashadi? Ushbu savolga javobni san’atshunos va moda tarixchisi Anatol Vovk ma’ruzasidan izladik. Diz
+6
Moda va san’at qayerda tutashadi? Ushbu savolga javobni san’atshunos va moda tarixchisi Anatol Vovk ma’ruzasidan izladik. Dizaynerlar rangtasvir, me’morchilik va san’atning boshqa turlariga ko‘p murojaat qilganlar: obrazlar va uslublarni o‘zlashtirgan, shakl, rang va materiallar bilan tajribalar o‘tkazgan. Uchrashuvda kiyim-kechak shunchaki javonda turadigan buyumdan chiqib, qanday qilib muzey to‘plamlaridan joy olgani haqida bilib oldik. Mazkur uchrashuv Toshkent Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent)ning ochilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazildi. ~~~ Где встречаются мода и искусство? Ответ на этот вопрос мы искали на лекции искусствоведа и историка моды Анатоля Вовка. Дизайнеры не раз обращались к живописи, архитектуре и другим видам искусства: заимствовали образы и приемы, экспериментировали с формой, цветом и материалом. На встрече мы узнали о том, как одежда вышла за пределы гардероба и оказалась в музейных коллекциях. Встреча приурочена к открытию Центра современного искусства Ташкента (CCA Tashkent) и прошла при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана.

⭐️ Kutubxona grafik dizayner izlamoqda! Tarjimayi holni info@acdflibrary.uz manziliga yuboring. ~~~ ⭐️ Библиотека ищет графического дизайнера! Отправляйте резюме на info@acdflibrary.uz.

Kutubxonada musiqa sinfi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Bu yerda musiqa maktablari oʻquvchilari uchun solfedjio va fortepi
Kutubxonada musiqa sinfi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Bu yerda musiqa maktablari oʻquvchilari uchun solfedjio va fortepiano boʻyicha qoʻllab-quvvatlovchi mashgʻulotlar o‘tiladi, shuningdek, oʻqishni endigina boshlamoqchi boʻlganlarga maslahatlar berib boriladi. Pedagog Alim Mullayev bilan birgalikda biz notalarni oʻqishni, maromni his qilishni, qoʻllarni klavishlar ustiga toʻgʻri qoʻyishni va yanada ishonchli ijro etishni oʻrganamiz. Mashgʻulotga yozilish uchun acdflibrary.uz saytida ariza qoldiring va kutubxona jamoasidan tasdiq kelishini kuting. ~~~ В библиотеке продолжает работу музыкальный класс. Здесь проходят поддерживающие занятия по сольфеджио и фортепиано для учеников музыкальных школ, а также консультации для тех, кто только планирует начать свое обучение. Вместе с преподавателем Алимом Муллаевым мы учимся читать ноты, чувствовать ритм, ставить руки на клавиши и звучать более уверенно. Чтобы записаться, оставьте заявку на сайте acdflibrary.uz и дождитесь подтверждения от команды библиотеки.

🌺Bugun yozuvchilar qarorgohida ishtirok etish uchun ariza topshiriladigan so‘nggi kuni. So‘rovnomani havola orqali to‘ldirishingiz mumkin. ~~~ 🌺Сегодня последний день, чтобы подать заявку на участие в писательской резиденции. Заполнить анкету можно по ссылке.

🌺Bugun yozuvchilar qarorgohida ishtirok etish uchun ariza topshiriladigan kun. So‘rovnomani havola orqali to‘ldirishingiz mumkin. ~~~ 🌺Сегодня день, чтобы подать заявку на участие в писательской резиденции. Заполнить анкету можно по ссылке.

Kuzgi bayramning ikki kuni davomida biz qushlarni kuzatdik, ularning xonishlarini tingladik, ijod qildik, raqsga tushdik va daraxtlar shoxlari orasidan shahar qushlarini tomosha qildik. Sinfimizning yosh sozandalari ijrosida sevimli kuylarni tingladik, qushlarni yaqindan ko‘zdan kechirdik, ularni ovozlaridan tanib olishni o‘rgandik va xatti-harakatlarini kuzatdik. Qo‘g‘irchoq-qushlar va tumor-qushlar yasadik, liboslar yaratib, qanotlar taqib ko‘rdik hamda qushlar orkestrining bir qismiga aylandik. Teleskop orqali qushlarni kuzatishga ham ulgurdik, deyarli "qush tili"da gaplashib, qanot qoqishlardan iborat bir raqs yaratdik. Bayramimizning ishtirokchisiga aylangan barcha mehmonlarimiz, ko‘ngillilarimiz va kitobxonlarimizga katta rahmat! ~~~ Два дня осеннего праздника мы наблюдали за птицами, слушали их голоса, мастерили, танцевали и смотрели на крылатых жителей города через кроны деревьев. Слушали, как юные музыканты нашего класса исполняют любимые произведения, рассматривали птиц вблизи, учились узнавать их по голосам и наблюдали за их повадками. Мастерили птиц-марионеток и птиц-талисманов, создавали костюмы, примеряли крылья и становились частью птичьего оркестра. Успели понаблюдать за птицами в телескопы, почти заговорили по-птичьи и собрали танец из взмахов крыльев. Спасибо нашим гостям, волонтерам и читателям, что стали частью нашего праздника!

Kutubxonamizdagi ko‘rgazma maydonlarining qanday ishlashi, ekspozitsiyalarning yaratilishi, vizual til va uni tushunish usull
+6
Kutubxonamizdagi ko‘rgazma maydonlarining qanday ishlashi, ekspozitsiyalarning yaratilishi, vizual til va uni tushunish usullari haqidagi kitoblar to‘plami bilan bo‘lishamiz. ~~~ Делимся подборкой книг из нашей библиотеки о том, как работают выставочные пространства и создаются экспозиции, о визуальном языке и способах его понимать.

Varaqalarda bolalar bilan ko‘rgazmalarga qanday borish, nimalarga e’tibor qaratish va ko‘rganlarini qanday muhokama qilish ha
+4
Varaqalarda bolalar bilan ko‘rgazmalarga qanday borish, nimalarga e’tibor qaratish va ko‘rganlarini qanday muhokama qilish haqida so‘zlab beramiz. ~~~ В карточках рассказываем о том, как ходить на выставки с детьми, на что обращать внимание и как обсуждать увиденное.

6-sentabr kuni Toshkentda Zamonaviy san’at markazi @cca_tashkent ochildi. Bu O‘zbekiston va boshqa mamlakat rassomlarining uc
+5
6-sentabr kuni Toshkentda  Zamonaviy san’at markazi @cca_tashkent ochildi. Bu O‘zbekiston va boshqa mamlakat rassomlarining uchrashuvlari, ko‘rgazmalar, tadqiqotlar hamda zamonaviy san’at haqidagi muloqotlar uchun yangi maskandir. ~~~ 6 сентября в Ташкенте открылся Центр современного искусства @cca_tashkent. Это новое пространство для встреч художников из Узбекистана и других стран, для выставок, исследований и разговора о современном искусстве.

Bugun ko‘ngillilik dasturiga ariza topshirishning so‘nggi kuni. So‘rovnomani havola orqali to‘ldirishingiz mumkin. ~~~ Сегодня последний день, чтобы подать заявку на волонтерскую программу. Заполнить анкету можно по ссылке.

To‘garaklarda Zumrad shahardan uyga qaytish yo‘lini izlaymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, sayr-u sarguzasht o‘yinlar o‘
To‘garaklarda Zumrad shahardan uyga qaytish yo‘lini izlaymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, sayr-u sarguzasht o‘yinlar o‘ynaymiz. Nafis san’at ustaxonasida o‘zimizning xat-chizmalarimiz va qoralamalarimizdan andozalar yasaymiz, keyin esa harflardan kompozitsiyalar tuzamiz. Musiqa sinfida takt sanashni, sur’atni saqlashni va etyudlarni chalishni o‘rganishda davom etamiz. Shuningdek, kutubxonada san’atshunos va moda tarixchisi Anatol Vovk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda moda va san’atning tarix davomida bir-biriga ta’siri haqida so‘z boradi. ~~~ В клубах будем искать дорогу домой из Изумрудного города, тренировать тактильное чтение, играть в бродилки и приключения. На мастерской изящных искусств сделаем трафареты из собственных леттеринг-эскизов, а потом составим композиции из букв. В музыкальном классе продолжим учиться считать такт, держать темп и играть этюды. А еще в библиотеке пройдет встреча с искусствоведом и историком моды Анатолем Вовком — о том, как мода и искусство на протяжении истории влияли друг на друга.

Kuzgi bayram davom etmoqda! Ertalab Botanika bog‘iga yo‘l oldik — u yerda qushlarni ovozlaridan izladik, daraxtlar orasidagi
+8
Kuzgi bayram davom etmoqda! Ertalab Botanika bog‘iga yo‘l oldik — u yerda qushlarni ovozlaridan izladik, daraxtlar orasidagi xatti-harakatlari va parvoz yo‘nalishlarini kuzatdik. Sianotipiya ustaxonasida quyosh matoda yorqin ko‘k rangli izlar qoldirdi: bular ishtirokchilarning qushcha-avtoportretlari bo‘lib, rassom Kseniya Gorbachyova ularni bir katta pannoga jamladi. Olivye Messianning “Qushlar katalogi” asarlari va Zarina Xodiyevaning mualliflik pyesasidan qushlar ovozlarini qidirdik. So‘ngra esa sopol hushtaklardan qushlar orkestrini tuzdik. Yelena Abdullayeva bilan o‘tgan jarqaldirg‘ochlarga ko‘mak ko‘rsatish maktabida qushlar qayerda in qurishini, nima uchun ba’zan yerda qolib ketishini va ularga qanday to‘g‘ri yordam berish kerakligini o‘rgandik. Rassom Aziza Qoriyeva ustaxonasida polimer loydan tumor-qushlar yasab, ularning har biriga o‘ziga xos fe’l-atvor va hikoya o‘ylab topdik. Koreys tilidagi kitob to‘garagida rassom va muallif Li Myone o‘zining “Chiqindilar oroli” kitobini o‘qib berdi. Bolalar chiqindilar orolida yashovchi tukanning muammolariga yurakdan ta’sirlandilar. Keyin esa biz balet raqqosasi Asal Usmonova bilan qushlar harakatidan raqs tuzdik: qanot qoqib, quyoshga intildik va suvda shapilladik. ~~~ Осенний праздник продолжается! Утром мы отправились в Ботанический сад — искали птиц по голосам, наблюдали за их повадками и маршрутами среди деревьев. На мастерской цианотипии солнце оставило на ткани ярко-синие отпечатки: это были птички-автопортреты участников, которые художница Ксения Горбачева собрала в одно большое панно. Искали голоса птиц в произведениях из “Каталога птиц” Оливье Мессиана и в авторской пьесе Зарины Ходиевой. А затем собрали птичий оркестр из глиняных свистулек. В школе помощи стрижам с Еленой Абдуллаевой мы узнали, где птицы устраивают гнезда, почему иногда оказываются на земле и как правильно им помочь. На мастерской художницы Азизы Кариевой лепили из полимерной глины птиц-талисманов — каждой придумали собственный характер и историю. В книжном клубе на корейском художница и автор Ли Мёнэ читала свою книгу “Мусорный остров”. Ребята прониклись проблемами тукана, живущего на острове из мусора. А потом мы собирали танец из движений птиц вместе с балериной Асаль Усмановой: взмахивали крыльями, тянулись к солнцу и плескались в воде.

Aziz kitobxonlar! Ertaga soat 05:00dan 14:00gacha Toshkent xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar, jumladan, Mustaqillik shoh ko‘chasi va Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasi yopiladi. Iltimos, kutubxonaga tashrif buyurishni rejalashtirganda shuni inobatga oling. ~~~ Дорогие читатели! Завтра с 05:00 до 14:00 пройдет Ташкентский международный полумарафон. Дороги вокруг сквера Амира Темура будут перекрыты, в том числе пересечение проспекта Мустакиллик и улицы Абдуллы Кадыри. Пожалуйста, учитывайте ограничения при планировании визита в библиотеку.

sticker.webp0.33 KB

Kutubxonadagi kuzgi bayram qanday o‘tayotgani haqida hikoya qilamiz! Ertalab bizning binafsha rang avtobusimiz bolalar qushla
+8
Kutubxonadagi kuzgi bayram qanday o‘tayotgani haqida hikoya qilamiz! Ertalab bizning binafsha rang avtobusimiz bolalar qushlarni iloji boricha yaqindan kuzatish uchun Tabiat muzeyiga olib bordi. Kutubxona hovlisida qushlar galasi jonlanib, uchib ketdi — rassom Nigina Mirzajonova bolalarga qog‘ozdan qo‘g‘irchoq qushchalar yasashni va ularning parvozini boshqarishni o‘rgatdi. Majlislar zalida musiqa sinfining hisobot konserti bo‘ldi. Bolalar o‘zlari yoqtirgan asar va kuylarni chalish uchun notalarni o‘qish va maromni saqlashni o‘rgandilar. Oilaviy liboslar ustaxonasida qog‘oz va fetrdan qirqib olingan qanot, dum va tumshuqlarni kiyib oldik. Kitob to‘garagida fransuz ornitologi Maksim Zukka bolalarga Parijdagi qushlar haqidagi “Écoute les oiseaux des villes” (“Shahar qushlarini tinglang”) kitobini o‘qib berdi. Birds.uz ishqibozlari Toshkent xaritasini ochib, savol-javob o‘tkazdilar. Biz bilan bir shaharda kimlar istiqomat qilishini aniqladik, kaptar, mayna, jarqaldirg‘och va zag‘izg‘onni farqlashni, ularning odatlarini bilib oldik. Kun oxirida teatr ustaxonasida qushlarni tasvirladik! Gala-gala bo‘lib harakat qildik va san’atkor Rafael Bobojonov bilan birga badihaviy qush tillarida muloqot qurdik. ~~~ Рассказываем, как проходит осенний праздник в библиотеке! Утром наш сиреневый автобус повез детей в Музей природы, чтобы рассмотреть птиц как можно ближе. Во дворе библиотеки ожила и взлетела стая птиц — художница Нигина Мирзаджанова научила ребят мастерить птичек-марионеток из бумаги и дирижировать их полет. В зале собраний прошел отчетный концерт музыкального класса. Ребята учились читать ноты и держать ритм, чтобы сыграть свои любимые произведения и мелодии. На семейной мастерской костюма мы нарядились в крылья, хвосты и клювы, которые вырезали из бумаги и фетра. В книжном клубе французский орнитолог Максим Цукка прочитал детям «Écoute les oiseaux des villes» («Слушай птиц города») — книгу о птичьих жителях Парижа. Энтузиасты Birds.uz развернули атлас Ташкента и провели викторину. Мы выяснили, кто живет с нами в одном городе, научились отличать голубя, майну, стрижа и сороку, и узнавать их привычки. В конце дня мы изображали птиц в театральной мастерской! Двигались стаей и общались на импровизированных птичьих языках вместе с артистом Рафаэлем Бабаджановым.

Bugun fransuz ornitologi Maksim Zukka bilan uchrashib, uning shahar qushlari haqidagi kitobini birga o‘qiymiz. Kelinglar! ~~~ Уже сегодня встретимся с французским орнитологом Максимом Цукка, и вместе прочитаем его книжку о городских птицах. Приходите!