cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

🇺🇿TABIIY FANLAR FAKULTETI🌏

Рекламные посты
302
Подписчики
Нет данных24 часа
+87 дней
-730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Institutga viloyat maqom ansambli tashrif buyurdi Yurtimizning barcha hududlarida asrlardan asrlarga o‘tib, millatning o‘zligini o‘zida mujassam etgan, bugungi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelayotgan maqom san’atiga bag‘ishlangan kechalar o‘tkazilmoqda. Maqom xalqimizning bebaho ma’naviy merosi. Ushbu san’at rivojlanishning uzoq davrini bosib o‘tgan, ko‘plab san’atkorlar, bastakorlar uning tadrijiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan. Ularda inson kechinmalarining eng nozik ohanglari jamlangan. Maqomni eshitish uni to‘liq tushunishni anglatmaydi. Ijro yo‘liga kelsak, u alohida san’at, alohida madaniyat. Shu jihatdan konsert davomida ijro etilgan “Sarahbori Iroq”, “Munojot”, “Indamang”, “O‘shal damlar”, “Qaydasan”, “Ey dil”, “Mastonalarga”, “Shaxloga tushdi” kabi taronalar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Ayniqsa, “Mustahzod” konsertga kelganlarni beixtiyor raqsga chorlab, tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Показать все...
Joriy yilning 30-may kuni Andijon davlat pedagogika instituti hamda Sankt-Peterburg huquqshunoslik va sud-texnik ekspertizasi oliy maktabi oʻrtasida onlayn telemuloqot boʻlib oʻtdi. Mazkur mulokotda ikki oliy taʼlim rahbarlari, B.M.Rasulov hamda D.A.Moxorov, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad ikki institut oʻrtasida oʻquv-ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik, akademik almashinuv va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Показать все...
👍 1
Repost from Edu.uz
#Anjumanlar #dayjest Oliy ta’lim muassasalarida may oyida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar haqida Andijon davlat tibbiyot instituti – “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash”. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti – “Biologik resurslardan samarali foydalanish, saqlash va barqarorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar”. Andijon davlat pedagogika instituti – “Aniq fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” . Toshkent davlat pedagogika universiteti – “Oliy ta’lim uchun pedagog kadrlar tayyorlash: Zamonaviy yondashuvlar,muammo va yechimlar”. Qo‘qon davlat pedagogika instituti – “Maktabgacha ta’limda psixologik xizmat: muammo va yechimlar”. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – “Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida respublika moliya va bank tizimi barqarorligini ta’minlash va yanada rivojlantirish istiqbollari”. TDIU Samarqand filiali – “Markaziy Osiyoda barqaror mintaqaviy rivojlanish”. Shahrisabz davlat pedagogika instituti – “Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida shaxsni o‘z-o‘zini personallashtirishni takomillashtirish”. Urganch davlat universiteti – “Jismoniy madaniyat sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takomillashtirish: muammo va yechimlar”. Qarshi davlat universiteti – “Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari”. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti – “Gidrogeologiya kelajagi: zamonaviy anʼanalar va istiqbollar”. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – "Global va milliy iqtisodiyotning asosiy muammolari va rivojlanish yo'llari". TDTU Olmaliq filiali – “Mineral xomashyolarni qazib olish, qayta ishlashning istiqbollari yoshlar nigohida”. Buxoro davlat tibbiyot instituti – “III Renessans lingvomadaniy tafakkuri va falsafiy dunyoqarashini rivojlantirishning dolzarb masalalari”. OʻzMU Jizzax filiali – “Yangi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from Edu.uz
01:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
🌎“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlari O‘zbekistonda jamlanadi 📑 Butunjahon yoshlar festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda 150 ta davlat yoshlariga o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi. Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlarni Sizlarga taqdim etadi. 📍Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʼtkaziladi. 📝Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashaylik!
Savol va takliflaringizni [email protected] elektron manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali yo’llashingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
“Ranglarda aks etgan dunyo” nomli rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi Andijon davlat pedagogika institutida Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi taʼlim yo‘nalishi talabasi Ahmadjonova Nigoraning “Ranglarda aks etgan dunyo” mavzusida tasviriy san’at ko‘rgazmasi oʻtkazildi. Ko‘rgazmaga yosh ijodkorning ilmiy rahbari U.Rustamov bilan birgalikda ishlagan 20 dan ziyod asari qo‘yilgan. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida soʻz olgan Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakulteti dekani D.Samatov yosh ijodkorning ijodiy ishlarini yuqori baholab, kelgusi ishlariga omad tiladi. Rassom ijodini aniq bir yo‘nalishga bog‘lab bo‘lmaydi, uning asarlari badiiy doirasi juda keng. Rassom doimo ochiq havoga chiqishni, plenerda ishlashni va tabiatni tasvirlashni yaxshi ko‘rgani boisida ushbu yo‘nalishda ko‘plab rasmlar chizgan va ko‘rgazma ham aynan “Ranglarda aks etgan dunyo” deb nomlangani ham bejiz emas. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Показать все...
📢 Bilim va ko'nikmalarni baholash markazidan ajoyib yangilik! 📢 📝 Endilikda siz Bilim va ko'nikmalarni baholash markazi va ETS Global tashkiloti hamkorligida tashkillashtiriluvchi TOEFL iTP testini topshirib, bilimingizni tekshirib ko'rishingiz mumkin! ⭐ Ushbu xalqaro sertifikatlar sizga qanday imkoniyatlar beradi: ➡️ Oliy ta'limning istalgan bosqichiga imtiyoz asosida qabul qilinish; ➡️ O'qituvchilar va davlat organlari hodimlariga oylik maoshlariga qo'shimcha ustama olish; ➡️ Dunyoning yetakchi oliygohlarida ta'lim olish. TOEFL ITP testi Andijon shahrida quyidagi sanada tashkillashtiriladi: ⏰ 15 - iyun 10:00 ⏰ ⏰ 15 - iyun 14:00 ⏰ 🛒 Test narxi 1.250.000 so’m. 📞 Savollar mavjud bo'lganda Telegram orqali murojaat qiling. 🌐 Testga bizning saytda ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tish uchun video ko'rsatmani havola orqali ko'rish mumkin. 🔰 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun TOEFL havolasiga tashrif buyuring. 📍 Andijon shahar, Assessment Centre
Показать все...
25:48
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Qabul_yangiliklari
⚡️Abituriyentlar avval test topshirib, keyin tanlov qilishadi
Davlat granti taqsimotining amalga oshirilishi, chet tili sertifikati boʻyicha yengilliklar, ishlab berish talabi bekor qilinishi, OTMlarga oʻqishga qabul qilish jarayonlaridagi yangiliklar kabi oliy taʼlimga oid muhim oʻzgarishlar bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi Hudud24.uz saytiga bergan intervyusi orqali batafsil tanishish mumkin. 🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. ❌ Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborildi: Ingliz tili bo‘yicha ➖Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tiliTest de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha ➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) ➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha ➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha ➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha ➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL) Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi.
Показать все...
Перейти в архив постов