cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Bobil Kutubxonasi

Reading Because Murder Is Wrong! Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/

Больше
Рекламные посты
5 561
Подписчики
-624 часа
+197 дней
+18430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Darsliklarga kirmagan, tanlovlarga qo’shilmagan, bugunga kelib unutilgan o’zbek adabiyoti namunalari haqida post tayyorlayapman. Yaqin kunlarda e’lon qilaman. Baribir shu unutilgan buyuklar trenddagi buyuklardan ko’ra qiziqroq negadir…
Показать все...
🔥 37❤‍🔥 16🐳 3
Bugun bir domlamizning gapi katta skandalga sabab bo’ldi. Anqara, Istanbul va Izmirdagi nufuzli universitetlarda o’qiganlar bilan kecha ochilgan, Turkiyaning chekka viloyatlaridagi universitetda o’qigan talaba birmi, nega bular davlat ishida teng tutilyapti, deb so’rabdi. Tan olaman, men ham Anqara Universitetini bitirib O’zbekistonga qaytsam, bir oliygohda dars beradigan bo’lsam, menga NamDu yo o’zbek tili va adabiyoti universitetini bitirgan prorektor xo’jayinchilik qiladimi, degandim. Akademik tabaqa degan narsa bor. Garchi domlaning gapi biroz og’riqli bo’lsada, o’qishdan o’qishning farqi bor. Milliyda o’qiganlar bilan viloyat unilarida o’qiganlar birmikan? Bu ham muammo…
Показать все...
👏 15🔥 3😢 3 2🤝 2
Adnon Yujel Yer Yuzi Ishqning Yuzi Bo’lgunga Qadar Ishqdan mahrum va chilparchin edi bu hayot bir e’tiqod cho’qqisidan topdim seni bir isyonning chiroyida sevdim. bitmadi, davom etgay bu isyon davom etar yer yuzi ishqning yuzi bo’lgunga qadar! Ishq, degandi bu hayotning donishlari, ishq ila sevmoqlik ul go’zallikni va jang qilmoq o’shal go’zallik uchun. ruxsoringda bodom gullari soching ichra kulgan tuproq va ko’klam. senmisan meni oshiq aylagan isyon, yoxud ul isyonning go’zalligimi? bir e’tiqod cho’qqisidan topdim seni bir isyonning chiroyida sevdim. Ming bora kesdilar, Ming bor butadilar murg’ak navdalarimizni Ming bor ming parchaga sindirdi ular. lek yana gul ochdik, mevalar berdik ming bora dahshatga ko’mildi zamon, ming bor o’ldirmoqqa tish qayradilar biz yana tug’ildik, yana sevindik bitmadi, davom etgay bu isyon davom etar yer yuzi ishqning yuzi bo’lgunga qadar! biz o’tgan ibtido daryosidan so’ng suvning oyog’iga aylandi bu oyoqlarimiz qo’llarimiz tuproqning va toshning qo’llari. Urchidik yomg’irlarga tashna Tong quchog’ida Bir marosim xusronida Bor bo’ldik qasddan. Turkular kuyladik Ayni sasdan, ayni nafasdan Ayni yurak, ayni qafasdan Tog’larga berdik bor ranglarimizni Va ishon, Hali bundoq talon etilmagandi Zog’larga sig’magan bu navqironlik Na kun botar o’limlarning o’kinchiga, Na ton otar tavalludning sevinchiga ey bir qo’lida go’rkovlar yaratib bir qo’lida doyalarni bor qilgan ona tabiat bu nidomiz faqat sengadir go’zalliging singisa-da ruhlarimizga bitmadi, davom etgay bu isyon davom etar yer yuzi ishqning yuzi bo’lgunga qadar! saroylaru saltanatlar qulagay beshak qon dovshini o’chirar bir kun zulm sob bo’lar. Binafshalar ro’y ochadi qabrimiz uzra Gulgun chehrasini ochar nastarin. Bugunlardan ortga Faqat erta tomon borganlar qolur Va yana Erta uchun jon olganu Jonin berganlar… She’rlar yana tug’iladi o’z ohangida Tuyg’ular yog’adi quyuqdan quyuq. Va yurak portlagay İshoralar cho’qqisida, erk zirvasida. Ey bari bitdi deganlar, Vahshatning ul mash’um dasturxonidan Chekinish nonini titrab yeganlar Na qirlarda qo’zg’olgan chechak Na kentlarda yuksalgan g’azab Taslim bo’lmadi, yo’q, xayrlashmadi bitmadi, davom etgay bu isyon davom etar yer yuzi ishqning yuzi bo’lgunga qadar! Mirzohid Muzaffar tarjimasi @bobil_kutubxonasi
Показать все...
🔥 13 6❤‍🔥 4🤔 3🤷‍♂ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hali mahalla uyg’onmagan sahar dengizda yolg’iz suzish? Mumkin.)
Показать все...
🔥 30 10❤‍🔥 6🥰 4😍 4👏 2🐳 1
Ba’zi sabablar bilan antik shaharlar sayohati biroz orqaga surildi. Lekin, bugun tongni shunday kutib oldim)
Показать все...
43❤‍🔥 21🔥 9🐳 5🤔 2🤩 1😍 1
Nashriyot uchun turk adabiyotidan shunday go’zal kitoblar tanladimki… Turli didsizliklar sabab o’zbek kitobxon ommasidan “sifatsiz” tamg’asini yegan turk adabiyoti oqlanishi kerak, menimcha. Uni ham biz bajaramiz. Shunday go’zal kitoblarki, butkul boshqa. Yangi nashriyot… Yaqinda. 🦌 @bobil_kutubxonasi
Показать все...
61👏 13🔥 10🎉 6🤷‍♂ 4🐳 3❤‍🔥 1🥰 1🕊 1
Qaysi yozuvchini “faqat men o’qiganman” deb o’ylaysiz? Yo umuman u haqida eshitmay, bilmay kitobini o’qib, muxlisiga aylangansiz? Menda doimgidek Pol Oster.
Показать все...
🔥 26 1
Ertaga bir o’zim ryuksagimni yelkamga osib, Homer diyorini ziyorat qilgani boraman. Izmirning men turgan joyi Çandarlı (Aeolis) dan qadimgi Efes shahri joylashgan Selçuk ikki soatli yo’l. Poezdda. Selçukdan keyin Chanoqqal’adagi Troya antik shahriga o’taman. Yana orada ko’plab qadimgi yunon shaharlari, ibodatxona va teatrlar bor. Hammasiga balki bir kun yetmas. Jonlo efir qilsakmikan? Har bir antik yodgorlik qarshisida uning mifologik hikoyasini sizlarga ham aytib beraveraman. 🙂
Показать все...
❤‍🔥 61🔥 23👏 19💯 8🤩 5 3😎 3🥰 2
Buni yozaymi yozmaymi deb ancha o'yladim, lekin bu kanalda, Xudo haqqi, mening nimam yozilmay qoldi bugungacha?)) Tajovvuz va Insoniylik haqida gaplashaylik. Bir qiz bor. O'rtacha uch yildir menga yozadi. Bu yozishmalar avvaliga ma'sum edi. Garchi kun kelib bu yozishmalar o'ta qo'pollashishini bilsamda, baribir bu qizning ko'nglini sindirgim kelmadi. Oxiri o'sha kun keldi. Qiz menga sevgi izhor qildi. Men esa imkon boricha unga yotig'i bilan tushuntirdim. Eski munosabatimdan juda katta travma olganim va ishq-muhabbatga umuman tayyor emasligimni aytdim. Muhabbat bo'lmagandan keyin qarshingdagi odamni aldab, unga umid berish nega kerak? Kutganimdek, haqorat va tuhmatlar boshlanaverdi. Rosti, u qizning yuzini ham ko'rmagandim. Yosh bo'lgani uchun o'ziga nimadir qilib qo'ymasin, deb muomalamni buzmadim, vazmin javob berdim. Lekin, kichik haqoratlar radikallashdi. Mahallasidagi qaysidir bolani majburlab menga yozdirishlar, onasiga "bu yigit meni aldab ketdi" deb yig'lashlar... Men hech narsa qilmaganim holda qiz o'z dunyosida men bilan janjallashaverdi. O'ylashimcha, aqliy sog'lig'i joyida qandaydir muammo bor edi. Uni qo'ying, men "dam shu damdir" desamu qizdan yomon yo'lda, badniyat foydalansam, umri xazon bo'lmasmidi? Ha. bu orada tajovuzchining qiz bola ekanligi umuman alohida masala emas. Hamma ham oshiq bo'lish va bu ishqini izhor qilishga haqli. Bu ishning men uchun ayoli erkagi yo'q. Gap aslida menda ham emas. Chunki, chet eldaman, u qiz nima qilsa ham meni topolmaydi. Garchi bloklash va spamlar ham foyda bermasdi. Men-ku bittasini eplab uzoqlashtirolmadim, ayollar qanday yasharkin? Natijada, bizning ba'zi erkaklar yo'q deganni tushunishmaydi. Yaxshi muomala ham yaramaydi. Aynan shunday majburiy munosabatlar sabab O'zi sevmagan erkakka tegishdan boshqa iloj topolmagan ayollar qancha ekan? Gap munosabatlarga kelganda shuni unutmang: Tajovuzning jinsi bo'lmaydi va yo'q degani bu yo'q degani. Sizga yo'naltirilgan har qanday majburiy tajovuz haqida uyalmay gapira olishingiz kerak. Bundan besh yil yo o'n yil avval bo'ldimi bu tajovuz? Yana gapiring, ishoning sizga tajovuz qilgan odam boshqalarning ham hayotini jahannamga aylantirgan bo'ladi. Ham, shu orqali o'z yaqinlaringizni ham qutqargan bo'lasiz. Chunki, bu qiz ba'zi do'stlarimga ham yozib o'zi yo'q narsalarni, aniqrog'i miyasida uydurgan voqealarni aytib bergandi. Bizning jamiyat jabrdiyda aytgan gapdan ko'ra ming yillik mog'or bosgan maqolu matallariga ishonadi. Siz esa gapiravering. Chunki, kimdir albatta e'tibor beradi. Kimdir kulishidan qo'rqyapsizmi? Qo'rqmang, chunki hech kim sizning do'zaxingizda sizning o'rningizga yozib bermaydi... Mirzohid @bobil_kutubxonasi
Показать все...
👏 33🔥 14🤣 12😁 6💯 6 4 3😢 2❤‍🔥 1🤯 1🕊 1
#xalq_dardi Xuddi dunyoda boshqa tashvish yo’qdek Amerikadagi qora tanlilarni nima deb atasak ularni bezovta qilib qo’ymaymiz, deb bahs yuritgandik bir marta. Inglizchada quldorlik davri ular nigger deb atalardi, lekin bu so’zni bugun umuman tilga olib bo’lmaydi. Hatto tarix darslarida ham u “the n word” deb yurutiladi. Ruslar davrida Turkiston xalqi “churka” yo o’zbeklar “sart” degan haqorat bilan chaqirilgandek… Ba’zan Black American deyildi, lekin bunda qora tanlilar “biz qora emasmiz, terimiz to’q jigarrang” deyishdi. So’ngra African American deb atala boshladi. Biroq, bu ham kor qilmadi. Qora tanlilar biz afrikalik emas, amerikalikmiz. Amerikadagi oq tanlilar ham aslida Yevropadan kelgan. Unda ularni ham European American deb ataylik, deyishdi. Bu muammoni turkchada ham tahlil qildik. Turkchada avvallari qora tanlilar zenci ya’ni zanji deb atalardi. Lekin, bundan voz kechildi, boisi ushbu so’z qullarga nisbatan ham ishlatilardi. Keyin esa siyahi ya’ni qora deyiladigan bo’ldi. Ammo, baribir ko’plar bunga qarshi. O’sha suhbatda aynan Amerikanistika professori turkchada ularni zenci deb chaqirishimiz mumkin, degani uchun hammamiz endi ularni zenci deb atayapmiz. O’zbekchada ham balki qora tanli o’rniga xabash deb qo’yaqolarmiz? Ya’ni, Amerikan adabiyotida butun boshli qora tanlilar tarixi haqida romanlar bor. Ularni, deylik xabash adabiyoti deyishimiz mumkindir balki?
Показать все...
🔥 22😁 15
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.