Kun Tarixi
Открыть в Telegram
Assalomu alaykum Bugungi kunda nimalar bo'lganini biliah uchun bizni kuzatib boring. Chunki bizda kun tarixi berib boriladi va bugungi kunda qanday bayramlar bo'layotganligini yoritib boramiz Savol va takliflar uchun: @TMenejer
Больше1 474
Подписчики
-524 часа
+67 дней
-630 дней
Загружаем данные
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
ноябрь '26нояб. '26
ноябрь '26
+54
в 8 каналах
октябрь '26
+801
в 22 каналах
Get PRO
сентябрь '260
в 22 каналах
Get PRO
август '260
в 17 каналах
Get PRO
июль '260
в 20 каналах
Get PRO
июнь '260
в 24 каналах
Get PRO
май '260
в 21 каналах
Get PRO
апрель '260
в 31 каналах
Get PRO
март '260
в 37 каналах
Get PRO
февраль '260
в 22 каналах
Get PRO
январь '260
в 25 каналах
Get PRO
декабрь '250
в 29 каналах
Get PRO
ноябрь '250
в 29 каналах
Get PRO
октябрь '250
в 23 каналах
Get PRO
сентябрь '250
в 31 каналах
Get PRO
август '250
в 31 каналах
Get PRO
июль '250
в 21 каналах
Get PRO
июнь '250
в 23 каналах
Get PRO
май '250
в 23 каналах
Get PRO
апрель '250
в 26 каналах
Get PRO
март '250
в 19 каналах
Get PRO
февраль '250
в 18 каналах
Get PRO
январь '250
в 23 каналах
Get PRO
декабрь '24
+120
в 22 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+4
в 19 каналах
Get PRO
октябрь '24
+43
в 18 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+30
в 12 каналах
Get PRO
август '24
+35
в 8 каналах
Get PRO
июль '24
+29
в 7 каналах
Get PRO
июнь '24
+51
в 14 каналах
Get PRO
май '24
+112
в 7 каналах
Get PRO
апрель '24
+142
в 14 каналах
Get PRO
март '24
+188
в 21 каналах
Get PRO
февраль '24
+150
в 11 каналах
Get PRO
январь '24
+148
в 13 каналах
Get PRO
декабрь '23
+152
в 16 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+329
в 17 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 23 ноября | +4 | |||
| 22 ноября | 0 | |||
| 21 ноября | +4 | |||
| 20 ноября | +3 | |||
| 19 ноября | +7 | |||
| 18 ноября | 0 | |||
| 17 ноября | +5 | |||
| 16 ноября | +4 | |||
| 15 ноября | 0 | |||
| 14 ноября | +1 | |||
| 13 ноября | +2 | |||
| 12 ноября | +2 | |||
| 11 ноября | +3 | |||
| 10 ноября | +1 | |||
| 09 ноября | +1 | |||
| 08 ноября | 0 | |||
| 07 ноября | 0 | |||
| 06 ноября | +3 | |||
| 05 ноября | +3 | |||
| 04 ноября | 0 | |||
| 03 ноября | +4 | |||
| 02 ноября | +2 | |||
| 01 ноября | +5 |
Посты канала
Bugun 23-noyabr 2026-yil, dushanba.
👉 VOQEALAR:
- 1174 — Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi.
- 1248 - Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi.
- 1510 — Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi.
- 1793 — Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi.
-1831 — Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi ochildi.
- 1852 — Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi.
- 1904 — AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
-1910 — Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi.
- 1918 — Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi.
- 1924 — SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi.
- 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi.
- 1943 — Qohira konferensiyasi boshlandi.
- 1946 — Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi.
- 1955 — Kokos orollari Buyuk Britaniyadan Avstraliya nazoratiga o’tdi.
- 1957 — Milanda Boris Pasternakning «Doktor Jivago» romani chop etildi.
- 1980 — Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi.
- 1981 - Oltinsoy tumani tashkil etilgan.
- 1985 — Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi.
- 1991 - "Vatanparvar" tashkiloti tuzilgan.
- 1992 - Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi.
- 1993 — Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
-1996 — Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi.
- 2003 — Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi.
- 2005 — Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasida ilk ayol rahbarga aylandi.
- 2006 — Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi.
-2007 — Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi.
- 2011 — Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 870 - Aleksandr - Vizantiya imperatori.
- 912 - Buyuk Otton I (973) - Germaniya qiroli (936 yildan), Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (962 yildan).
- 1527 - Li Chji (1602) - xitoylik faylasuf, tarixchi, yozuvchi va adabiyotshunos.
- 1705 - Tomas Birx - ingliz tarixchisi.
- 1804 - Franklin Pirs (1869) - AQShning 14-prezidenti (1853-1857).
- 1837 - Yan Diderik Van der Vaals (1923) - golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
- 1899 - Vladimir Yaxontov (1970) - entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960).
- 1908 - Nikolay Nosov (1976) - Sovet bolalar nasr yozuvchisi, dramaturg, ssenariy muallifi.
- 1914 - Krishan Chandar (1977) - hind yozuvchisi va jamoat arbobi, hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili.
- 1925 - Xose Napoleon Duarte - Salvador prezidenti.
- 1933 - Mahmud Salohiddinov (2018) - matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984),
- 1960 - Bobomurod Fayziyev - sambochi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi (1988). 52 kg vazn toifasida O'zbekiston chempioni (1978, 1981), jahon kubogi g'olibi (1982), 3 karra jahon chempioni (1982, 1986,1987).
- 1962 - Nikolas Maduro - Venesuela prezidenti.
- 1975 - Nihat Qahvachi - Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi.
- 1976 - Junayd Chaqir - turkiyalik futbol hakami.
- 1992 - Mayli Rey Sayrus - amerikalik aktrisa va musiqachi.
@Kun_TarixiTG
22 нояб., 21:08
| 2 | Bugun 23-noyabr 2026-yil, dushanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon akvarel kuni.
🌏 Xalqaro jazosizlikni tugatish kuni.
🌏 Fibonachchi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh - Milliy oila salomatligi tarixi kuni.
🇸🇮 Sloveniya - Rudolf Maister kuni.
🇱🇹 Litva - Qurolli Kuchlar kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston - Yo'l harakati politsiyasi kuni.
🇫🇲 Mikroneziya - Prezident kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Mehnatga minnatdorchilik kuni.
🇬🇪 Gruziya - Avliyo Jorj kuni.
🇺🇸 AQSh, 🇵🇷 Puerto-Riko, 🇵🇼 Palau, 🇬🇺 Guam - Shukrona kuni.
@Kun_TarixiTG | 272 |
| 3 | 23-noyabr– Yaponiyada milliy bayram "Mehnatga minnatdorchilik kuni"
23-noyabrda Yaponiyada milliy bayram "Mehnatga minnatdorchilik kuni" nishonlanadi. Sanoatning turli tarmoqlarida mehnat qiladiganlar, davlat korxonalari va kompaniyalarida xizmat qiladigandar va fermerlarga bu bayramda dam olish kuni beriladi. "Mehnatga minnatdorchilik kuni" nomi ostida o'tkaziladigan bu bayram 1948-yilda tashkil etilgan bo'lib, oldin “Yangi hosil bayrami” deb atalar edi va qadimdan o'tkazilib kelinayotgan qishloq xo'jaligi ishlarini tugashi sharafiga o'tkaziladigan bayramlar negizida yaratilgan.
@Kun_TarixiTG | 252 |
| 4 | 23-noyabr – "Vatanparvar" tashkiloti tuzilgan kun
O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti – nodavlat, notijorat tashkilot. 1991-yil 23-noyabrda tuzilgan. O'zbekiston fuqarolarining mustaqil, ommaviy-himoya, sport-texnik va vatanparvarlik jamoat tashkilotidir. Tashkilotning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini, uning qurolli kuchlari, mudofaa qudratini mustahkamlashga ko'maklashish, keng xalq ommasini, xususan yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashdir.
@Kun_TarixiTG | 241 |
| 5 | 23-noyabr – Surxondaryo viloyatidagi Oltinsoy tumani tashkil topgan kun.
Oltinsoy Tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1981-yil 23-noyabrda Sho'rchi va Denov tumani qismlaridan tuzilgan. Viloyatning Denov, Boysun, Sho'rchi, Qumqo'rg'on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km². Aholisi 184 ming kishi. Tuman markazi-Karluk qishlog'i.
Oltinsoy tumanidan obunachilarimiz bormi?
@Kun_TarixiTG | 235 |
| 6 | 23-noyabr– O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Bobomurod Fayziyev tavallud topgan kun
Bobomurod Fayziyev 1960 yil 23-noyabrda Yettisoy tumanida tug'ilgan - sambochi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi (1988). 52 kg vazn toifasida O'zbekiston chempioni (1978, 1981), jahon kubogi g'olibi (1982, Bilbao), 3 karra jahon chempioni (1982, Ovyado 1986, Milan 1987). Toshkent universitetining yuridik fakultetini (1985), O'zbekiston jismoniy tarbiya institutini (1991) tugatgan. Sambo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi (1988-1998). 1998 yilldan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida boshqarma boshlig'i.
@Kun_TarixiTG | 194 |
| 7 | 23-noyabr – Fibonachchi kuni
Fibonachchi kuni har yili 23-noyabrda nishonlanadi.
Fibonachchi ketma-ketligi-bu har bir raqam oldingi ikkita sonning yig'indisi bo'lgan raqamlar seriyasidir. Bu bilan boshlanadi 0 va 1, va natija, bu kabi ketadi: 0, 1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21, va hokazo. Ushbu ketma-ketlik juda ko'p qiziqarli xususiyatlarga ega va ularni tabiat va san'atning turli jihatlarida topish mumkin.
Fibonachchi kunida odamlar ushbu matematik ketma-ketlikning go'zalligi va ahamiyatini nishonlaydilar.
Umuman olganda, Fibonachchi kuni matematikaning go'zalligi va uning kundalik hayotimizda mavjudligini eslatib turadi. Bu odamlarni naqsh va ketma-ketliklarning ajoyibotlarini qadrlashga va matematika va tabiiy dunyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganishga undaydi.
@Kun_TarixiTG | 180 |
| 8 | #bayramlar
Bugun 23-noyabr - Butunjahon akvarel kuni
1991-yil 23-noyabrda meksikalik rassom Alfredo Guati Roxo akvarel boʻyoqlari yordamida oʻzining navbatdagi suratini chizib, asariga uzoqroqdan nazar soladi va akvarel boʻyoqlari bilan chizilgan suratlar sharafiga bayram oʻylab topish fikriga keladi.
Shu tariqa butunjahon akvarel kuni paydo boʻladi. Boshqa rassomlar ham uning fikrini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Shundan buyon har yilning 23-noyabr kunida akvarel suratlardan iborat koʻrgazmalar uyushtiriladi.
@Kun_TarixiTG | 198 |
| 9 | ⛅️ ХАЙРЛИ ТОНГ!
Ассалому алайкум! Хафтанинг биринчи куни, Душанба тонги муборак бўлсин!
Сиз ва бизларни соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин!
Ҳамиша Аллоҳнинг паноҳида бўлинг
@TOPFAKTLARTG
https://t.me/+YZtmV_FWtWJiMmNi
Tarjima kinolar kanalimiz👇🏻
https://t.me/+3D1bRydSqlNjNDNi
Kun Tarixi haqida: @Kun_TarixiTG
Islomiy savol-javoblar👇🏻
@Islomiy_savollarTG
🛒 👇🏻Internet magazin 👇🏻🛍
https://t.me/+s2t7Bq2Kk9Y0MDIy
https://t.me/+s2t7Bq2Kk9Y0MDIy | 197 |
| 10 | Bugun 21-noyabr 2026-yil, shanba
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Butunjahon televideniye kuni.
🇺🇳 Butunjahon falsafa kuni.
🌏 Butunjahon baliqchilik kuni.
🌏 Butunjahon salomlashish kuni.
🌏 Butunjahon oshqozon osti bezi saratoni kuni
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇷🇺 Rossiya - Buxgalter kuni.
🇵🇱 Polsha - Ijtimoiy ishchilar kuni.
🇺🇦 Ukraina - Qadr-qimmat va erkinlik kuni.
🇺🇦 Ukraina - Havo hujum kuchlari kuni.
🇬🇷 Gretsiya - Qurolli kuchlar kuni.
🇧🇩 Bangladesh - Qurolli Kuchlar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Soliq organlari xodimlari kuni.
🇨🇦 Kanada - Milliy qizil qo'lqoplar kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Milliy baliq kuni.
👉 VOQEALAR:
- 1009 - Vyetnamda Li sulolasi hukmronligi boshlandi.
- 1386 - Amir Temur qo‘shinlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrini egalladi.
- 1404 - Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi.
- 1620 - Plimut koloniyasiga asos solindi.
- 1783 - Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi.
- 1806 - Napoleon Angliyaga "qit‘a qamali" e'lon qildi.
- 1875 - Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Mullo Qo‘shay shtabs-kapitan Ionov va unter ofitser Danilovni asirga oldi.
- 1877 - Tomas Edison fonografni ixtiro qildi.
- 1879 - Tomas Edison ixtiro qilgan ilk cho‘g‘lanma lampochka sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
- 1916 - Egeya dengizida "Britanik" kemasi cho'kib ketgan.
- 1917 - Turkiston o‘lkasi Sho‘rosining 15-21-noyabrda bo‘lib o‘tgan III qurultoyi Turkiston xalq komissarlari kengashini tuzdi.
- 1918 - Estoniya bayrog‘i qabul qilindi.
- 1920 - Irlandiya poytaxti Dublinda «Qonli yakshanba» nomini olgan qirg‘in bo‘lib o‘tdi;
- 1942 - Nemislarning Paulus qo‘modonligidagi 6-armiyasi Stalingrad yaqinida qurshab olindi.
- 1945 - Gvatemala BMTga aʼzo boʻldi.
- 1969 - Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi.
- 1995 Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topdi.
- 2002 - Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya NATO tarkibiga taklif qilindi.
-2007 - Turkiyaning Antaliya shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi.
- 2013 - Ukrainada prezident Viktor Yanukovichga qarshi ilk ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
- 2014 - Shveytsariya prezidenti Dide Burkxalter O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
- 2017 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotini ta‘sis etish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
- 2017 - Zimbabve prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatildi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1694 - Volter (Mariya Fransua ARUE) (1778) - fransuz yozuvchisi va faylasufi.
- 1835 - Genrietta Grin (1916) - amerikalik milliarder moliyachi, o'z davrining eng boy ayoli.
- 1910 - Izzat Sulton - o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim.
- 1929 - Muxtor Musaboyev - haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1945 - Goldi Xoun - amerikalik kinoaktrisa, film produseri va qoʻshiqchi.
- 1948 - Asrol Muxtorov - ganchkor usta, naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (1999).
- 1948 - Mishal Sulaymon - Livanning 16-prezidenti.
- 1965 - Byork - Islandiyalik qo'shiqchi.
- 1972 - Devid Tua - Yangi Zelandiyalik og'ir vazn toifasidagi bokschi.
- 1979 - Vinchenso Yakvinta - italiyalik futbolchi, jahon chempioni (2006).
- 1985 - Xesus Navas - ispaniyalik futbolchi, jahon chempioni (2010).
@Kun_TarixiTG | 402 |
| 11 | 21-noyabr – Butunjahon baliqchilik kuni
Butunjahon baliqchilik kuni har yili 21-noyabrda baliqchilikning ahamiyati va dengiz resurslarini barqaror boshqarish zarurligini ta'kidlash uchun nishonlanadi. Ushbu kun baliqchilikning dunyo bo'ylab millionlab odamlarni oziq-ovqat, tirikchilik va daromad bilan ta'minlashda muhim roli to'g'risida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.
Shu kuni barqaror baliq ovlash amaliyotini targ'ib qilish, dengiz ekotizimlarini saqlash va baliq zaxiralarini himoya qilish bo'yicha turli tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, baliqchilar va baliq ovlash jamoalarining global iqtisodiyotga qo'shgan hissalarini tan olish vaqtidir.
Butunjahon baliqchilik kuni hukumatlar, tashkilotlar va shaxslarga baliqchilikka taalluqli muammolarni muhokama qilish va hal qilish hamda okeanlarimiz va ularga bog'liq jamoalar uchun barqaror kelajakni ta'minlash yo'lida ishlash uchun birlashish imkoniyatini beradi.
@Kun_TarixiTG | 378 |
| 12 | 21-noyabr — Egeya dengizida "Britanik" kemasi – "Titanik" egizagi cho'kib ketgan kun(1916)
@Kun_TarixiTG | 278 |
| 13 | 21-noyabr–Tarixda birinchi marta insonni havo sharida uchishi kuzatilgan kun
Tarixda birinchi marta aka-uka Mongolfyalar tomonidan qurilgan havo sharida ximik Jan Fransua Pilatr de Rozye do‘sti markiz Fransua de Arlando bilan uchishga otlandilar. Issiq havo bilan to‘ldirilgan shar Parijning g‘arbida joylashgan shaharchadagi de la Myuet qal'asining bog‘idan 1783-yil 21-noyabrda havoga ko‘tarildi. Havoda uchuvchilar 915 m balandlikka ko‘tarildilar va 25 minutda 9 km masofani bosib o‘tdilar, keyin esa Fontenblo yo‘li yaqinidagi ochiq maydonga muvaffaqiyatli qo‘ndilar. Uchish o‘ziga yarasha ajoyib voqea edi, bundan tashqari ximiklarni ilgari surayotgan nazariyalarini to‘g‘ri ekanligini isboti sifatida ham katta ahamiyatga ega edi.
@Kun_TarixiTG | 269 |
| 14 | #buguntarixda
Bugun 21-noyabr - Tomas Edison fonograf ixtiro qilinganini eʼlon qilgan kun
Fonograf - tovushni yozib olish va takrorlash uchun birinchi qurilma edi.
Tomas Edison tomonidan ixtiro qilingan, 1877-yil 21-noyabrda taqdim etilgan.
Edison fonografining ishlash tamoyillari 1857-yildayoq eksperimental tarzda o'rganilgan.
Edisonning bunday qurilmani yaratishiga turtki bo'lib uning Menlo Park laboratoriyasida telefon suhbatlarini yozib olish istagi bo‘lgan.
Bir marta telegraf takrorlagichida u tushunarsiz nutqqa o'xshash tovushlarni eshitdi.
Biroq, ixtiro shunchalik muvaffaqiyatli bo'ldiki, 1906-yilda Edison Milliy fonografiya kompaniyasi tomonidan yaratilgan bir nechta musiqiy va teatr yozuvlarini ommaga taqdim etdi.
@Kun_TarixiTG | 238 |
| 15 | #bayramlar
Бугун 21 ноябрь - Халқаро Телевидение куни
Телевидение ҳаётимизнинг ажралмас қисмига айланди.
Энди ҳар бир мамлакатда марказий каналлар мавжуд бўлиб, уларда мамлакатнинг асосий янгиликларини билиб олишингиз, кўплаб кўрсатувларни томоша қилишингиз мумкин.
Бу соҳага жуда кўп одамлар жалб қилинган: бошловчилар, сценарийнавислар, режиссёрлар, операторлар, визажистлар, техник ходимлар.
Ушбу соҳа вакилларини бугунги байрам билан табриклаймиз!
@Kun_TarixiTG | 1 214 |
| 16 | #Birbayramtarixi
21-noyabr – Butunjahon salomlashish kuni
“Siz salomlashing va sizga ham salom berishadi” degan shior ostida 21-noyabrda Butunjahon salomlashish kuni o'tkaziladi. Misr va Isroil o'rtasida bo'lib o'tayotgan sovuq urush avjiga chiqqanda 1973-yil bu bayramni amerikalik ikki aka-uka Maykl va Brayen Makkomaklar o'ylab topganlar. Xalqaro ahvolning keskinlashib ketmasligi uchun bu kun norozilik belgisi sifatida juda ham kerak edi. “Oddiy, lekin samarali harakat” kerak degan samimiy tabriklar bilan xatlar jo'natishdi. Dunyoda tinchlik bo'lishi uchun ular o'zlarining g'oyalari bilan hech kimni majbur qilmoqchi emas edilar. Bu g'oya 180 ta davlatlarda qo'llab quvvatlandi. Butunjahon salomlashish kunini har yili turli kasbdagi va yoshdagi fuqarolar nishonlab kelmoqda.
@Kun_TarixiTG | 861 |
| 17 | Bugun
21-Noyabr
Butunjahon Salomlashish kuni
Всемирный день приветствия
World Hello Day
@Kun_TarixiTG | 766 |
| 18 | #Байрам_муборак
19 ноябрь “Халқаро эркаклар куни“
❗️Байрам муборак қадрдоннлариимм 😁👏
👉🏻 @Kun_TarixiTG
🛒 👇🏻Internet magazin 👇🏻🛍
https://t.me/+s2t7Bq2Kk9Y0MDIy
https://t.me/+s2t7Bq2Kk9Y0MDIy | 691 |
| 19 | Bugun 19-noyabr 2026-yil, payshanba.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1711 - Mixail Lomonosov (1765) - rus olimi, Moskva davlat universitetining asoschisi.
- 1770 - Ivan Kruzenshtern (1846) - rus dengizchisi, admiral.
- 1831 - Jeyms Abram Garfild (1881) - AQShning 20-prezidenti (1881-yil 4-martdan 19-sentyabrgacha).
- 1875 - Mixail Kalinin (1946) - Sovet siyosatchisi, "Butunittifoq oqsoqoli".
- 1887 - Sumner Jeyms Betcheller (1955) - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1946).
- 1888 - Xose Raul Kapablanka (1942) - kubalik shaxmatchi, diplomat, 3-jahon chempioni (1921-27).
- 1896 - Georgiy Jukov (1974) - harbiy arbob, sarkarda, Sovet Ittifoqi marshali (1943), toʻrt marta Sovet Ittifoqi Qahramoni (1939, 1944, 1945, 1956).
- 1900 - Aleksandr Novikov (1976) - Sovet harbiy qo'mondoni, havo marshali, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1912 - Jorj Emil Palade (2008) - amerikalik biokimyogar (millati rumin), Nobel mukofoti sohibi (1974).
-1913 - Krishan Chandar (1977 ) - Hind yozuvchisi va jamoat arbobi.
- 1917 - Indira Gandi (1984) - Hindistonning uchinchi bosh vaziri.
- 1917 - Nuriddin Muhitdinov - o‘zbek davlat va siyosat arbobi.
- 1937 - Tamara Yunusova - raqqosa, O'zbekiston xalq artisti (1973).
- 1949 - Muhsinjon Ashurov - Fizik olim.
- 1954 - Abdulfattoh Sisiy - Misr prezidenti.
- 1981 - Baxit Sarsekboyev - bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), "Oʻzbekiston iftixori" (2002).
- 1999 - Yevgeniya Medvedeva - rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon chempioni (2016, 2017), ikki karra Olimpiya o'yinlarining kumush medal sohibi (2018).
- 2002 - Zaynab Dayibekova - qilichboz, O’zbekiston terma jamoasi aʼzosi.
@Kun_TarixiTG | 459 |
| 20 | Bugun 19-noyabr 2026-yil, payshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro erkaklar kuni.
🇺🇳 Butunjahon hojatxonalar kuni.
🌏 Ayollar tadbirkorligi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇮🇳 Hindiston - Milliy integratsiya kuni.
🇧🇷 Braziliya - Bayroq kuni.
🇷🇺 Rossiya - Oliy ta'lim xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina - Shisha sanoati xodimlari kuni.
🇧🇾 Belarus, 🇷🇺 Rossiya - Raketa qo'shinlari va artilleriya kuni.
🇺🇦 Ukraina - Gidrometeorologiya xizmati xodimlari kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston, 🇧🇾 Belarus, 🇺🇦 Ukraina - Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni.
🇵🇷 Puerto-Riko - Puerto-Riko kashfiyoti kuni.
🇧🇿 Beliz - Garifuna turar-joy kuni.
🇲🇨 Monako - Milliy kun.
👉 VOQEALAR:
- 636 - Iroqdagi Qodisiya jangida musulmonlar qo‘shini Sosoniylar imperiyasini mag‘lub etdi.
- 1190 - Tevton ordeni ta'sis etildi.
- 1493 - Xristofor Kolumb Puerto Riko oroliga yetib bordi.
- 1819 - Madridda Prado muzeyi ochildi.
- 1824 - Sankt-Peterburg tarixidagi eng katta toshqin sodir bo'ldi.
- 1881 - Ukrainaning Odessa viloyatiga meteorit tushdi.
- 1912 - Birinchi Bolqon urushida Usmonli davlati Makedoniyani qo‘ldan boy berdi.
- 1919 - AQSh Senati Versal tinchlik shartnomasini ratifikatsiya qilishga qarshi ovoz berdi, natijada AQSh Millatlar Ligasidan chiqishga majbur bo'ldi.
- 1920 - Nikaragua, Gonduras va Kosta-Rika oʻrtasida shartnoma imzolandi.
- 1942 - Sovet qo'shinlarining Stalingrad yaqinida qarshi hujumi boshlandi (Stalingrad operatsiyasining boshlanishi).
- 1946 - BMT Bosh Assambleyasining Diniy va irqiy ta’qiblarga qarshi rezolyutsiyasi.
- 1946 - Afg‘oniston, Islandiya va Shvetsiya BMTga a’zo bo‘ldi.
- 1965 - SSSR tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
- 1969 - amerikalik astronavtlar Pit Konrad va Alan Bin oy sathiga qadam qo‘yishdi.
- 1969 - Pele o‘zining 1000 - golini urdi.
- 1977 - Madeyra orolida Portugaliyaga qarashli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 131 kishi qurbon bo‘ldi.
- 1985 - Jenevada AQSH prezidenti Ronald Reygan va SSSR rahbari Mixail Gorbachyov ilk bor uchrashdi.
- 1991 - O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
- 1999 - Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan YXHT yig‘ilishida Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.
- 2002 - Prestij grek neft tashuvchisi Galitsiya qirg‘oqlari yaqinida cho‘kib ketishi oqibatida 76 ming kubometr neft dengizga oqib ketdi.
- 2009 - Peshovarda (Pokiston) terakt. Sud binosi yaqinidagi portlashda 18 kishi halok bo'ldi, 44 kishi yaralandi.
@Kun_TarixiTG | 375 |
