cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
341
Подписчики
-324 часа
-57 дней
-2730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Matematikaning iqtisodiyot oʻrganishdagi oʻrni. Oxirgi payt mendan koʻp soʻrashadi, iqtisodiyot oʻrganishim uchun nima qilishim kerak, Oʻzbekistonda qayerda oʻqishim kerak deb. Koʻpchilikka shaxsiy bergan tavsiyamni shu yerda yozib qoʻysam. Agar siz ilmiy yoʻnalishdan ketmoqchi boʻlsangiz, yoki deylik chet el universitetlarida aynan iqtisodiyotdan magistratura va ayniqsa doktoranturada oʻqimoqchi boʻlsangiz, universitetda bakalavr darajasida matematika oʻqishni tavsiya qilgan boʻlar edim. Matematika — hozirgi iqtisodiyot fanining tili. Matematikani bilish iqtisodiy tadqiqotlar va ilmlarni oʻrganishlik uchun mutlaq muhim. Barcha iqtisodiy tadqiqotlardagi gʻoya matematik formulirovkalar orqali yoziladi. Shuning uchun, matematik analiz, statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra kabi fanlarni yaxshi oʻzlashtirish, iqtisodiyotda ilm qilish va oʻqish uchun asosiy talablardan biri. Albatta universitetda iqtisodiyotni oʻqib, qolgan vaqtda matematikani oʻqib olib, yetib olsa boʻladi, imkonsiz emas. Lekin matematika fakultetida oʻqish sizga iqtisodiy gʻoyalarni tez tushunish va oʻzlashtirishda juda koʻp yordam beradi. Bu nafaqat meni bir shaxsiy fikrim, balki qabul kommissiyalarini fikri ham. Ixtiyoriy doktorantura programmasiga kirish kommisiyalari, albatta shartli ravishda boʻlajak doktorantlarni “matematik tayyorgarligini” koʻrishadi. Nechta matematik fan olganini qarashadi, qanday fanlar, baholar necha boʻlganligini. Xullas, boʻlajak iqtisodchilarga tavsiyam — matematikani oʻqing, chunki iqtisodiy fakultetlarga kirish va tadqiqot qilish uchun bu narsa muhim shartlardan. Albatta matematik bilim yaxshi iqtisodiy tadqiqot qilish uchun, yetarli emas, lekin shart. Oʻzbekistonda bir nechta yaxshi matematika fakultetlari bor — ulardan eng eskisi va mashhuri milliy universitet qoshida. Bir necha avlod zoʻr matematiklarni chiqargan. Eng mashhur Oʻzbekistonlik iqtisodchi — Londondagi Imperial Kollej professori Rustam aka Ibragimov ham, oʻsha matematika fakulteti bitiruvchisi. Yaqinda yangi ishga tushgan New Uzbekistan University — Yangi Oʻzbekiston universitetining matematika fakulteti ham diqqatga sazovor, men u yerda ishlaydigan domlalarni va programmani koʻrib chiqdim. Juda zoʻr ekan. Agar Oʻzbekistonda boʻlsangiz va deylik kelajakda iqtisodiy ilmiy karyera qilmoqchi boʻlsangiz shunday yaxshi fakultetga kirishingizni tavsiya qilgan boʻlar edim.
Показать все...
03:02
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Диққат ❗️Ўзбекистонда хусусий университетлар ва давлат университетлари дипломи кучи БИР ХИЛ Яқинларга юбориб қўямиз! Бизда кузатиб боринг👇🏻                 ➥ @Kunvideolari24 - Кун давомида Барча Янгиликлар!
Показать все...
11.31 MB
Tarix faniga qiziqadigan boshqa soha talabalari ham bo'ladi, 10 kunlik yozgi maktabga qatnashib kelasizlar......
Показать все...
Tarix fani yoʻnalishi talabalari va maktablardagi Tarix fani oʻqituvchilari diqqatiga: Oʻz FA Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda iqtidorli va faol tarixchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida 2024-yil avgust oyida “Yoshlar oromgohi”da “Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. Yozgi o‘qishlarda jami 100 ta yosh tarixchilar va olimlardan iborat guruh ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar, master-klass darslari, davra suhbatlari va boshqa turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi. Qatnashchilar tanlov bo‘yicha ajratib olinishlaridan kelib chiqqan holda, qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar quyidagi manzilga nomzod sifatida ariza topshirishlari mumkin! ☎️ Murojaat uchun:  +99890-961-66-74 yoki @SarvarQuldashev Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Показать все...
Axborot xati 3 yozgi o'qishlar.pdf2.51 KB
Repost from Xayrulla Sattarov
Фото недоступноПоказать в Telegram
➡️ Katta natijalarga olib keladigan 10 ta kichik odat...
1. Erta uyg‘onish. Agar sizga bu qiyin bo‘lsa, buning uchun yaxshi sabab toping. 2. Haftada kamida 3-5 marta 20 daqiqa mashq qiling. 3. Har kuni ochiq havoda vaqt o‘tkazing. Qisqa tez yurish ham yaxshi. 4. Sevimli kitobingizning kamida bitta sahifasini har kuni o‘qing. 5. Aniq fikrlash uchun o‘ylashga vaqt ajrating va yolg‘iz yuring. 6. Sizning ichingizdagi eng yomon tuyg‘ularni keltirib chiqaradigan odamlar bilan muloqot qilmang. 7. Miyangizni qayta tiklash va qiyin ishlarni bajarishiga yordam berish uchun jadvalingizga tanaffuslar qo‘shing. 8. O‘rganmoqchi bo‘lgan barcha narsalaringiz ro‘yxatini tuzing. 9. O‘z harakatlaringizni tahlil qiling va ikki baravar tirishqoqlik bilan ishlang. 10. Kundalik tuting.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Показать все...
👍 6
MATEMATIK-ANALIZDAN-MUSTAQIL-ISHLAR.Шоимкулов.pdf3.91 MB
👍 3
S.T.Tuychiyeva_Mat_analiz_Darslik_1-qism.pdf3.80 MB
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Math ‼️Matematika bo'yicha magistratura, PhD va postdoktorantura uchun stipendiyalar va grantlar taqdim etuvchi Top - 5 sayt MathPrograms.org - Ushbu sayt matematika sohasidagi stipendiyalar, grantlar va tadqiqot imkoniyatlarini izlash va ariza topshirish uchun ajoyib resurs hisoblanadi. American Mathematical Society (AMS) - Graduate Fellowships - AMS talabalari va tadqiqotchilari uchun ko'plab stipendiyalar va grantlar taqdim etadi. ScholarshipsAds - Bu sayt matematika sohasidagi to'liq va qisman moliyalashtiriladigan imkoniyatlarni taklif etadi. FindAPhD - Ushbu sayt PhD va postdoktorantura dasturlari uchun, jumladan matematika sohasidagi, stipendiyalar va grantlarni taqdim etadi. Sayt PhD tadqiqot imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Scholarships.com - Bu sayt magistratura va PhD darajalari uchun matematika sohasidagi stipendiyalarni taqdim etadi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 👨🏻‍🎓Siyosatshunoslik bo'yicha link bu yerda 👨🏾‍🎓Iqtisodiyot bo'yicha bo‘yicha link bu yerda Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Assalomu alaykum azizlarim, qadrdonlarim! Barchalaringizni hayit bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman! Alloh uyingizga nur, dardingizga shifo, umringizga, risqingizga va ilmingizga baraka, oilaviy baxt va xotirjamlik, bir birimizga nisbatan mustahkam ishonch, ibodatlarimizga huzur ato etsin! Alloh barchalarimizni o'zi sevgan bandalari qatoridan qilsin!! Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!! @mathteacher2244
Показать все...
4👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Assalomu alaykum azizlarim, qadrdonlarim! Barchalaringizni hayit bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman! Alloh uyingizga nur, dardingizga shifo, umringizga, risqingizga va ilmingizga baraka, oilaviy baxt va xotirjamlik, bir birimizga nisbatan mustahkam ishonch, ibodatlarimizga huzur ato etsin! Alloh barchalarimizni o'zi sevgan bandalari qatoridan qilsin!! Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!! @mathteacher2244
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.