Innovatsion rivojlanish agentligi
Открыть в Telegram
🌐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 📍Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 7. ☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 203-32-31 https://taplink.cc/innovation.gov.uz
Больше9 737
Подписчики
-124 часа
+207 дней
+730 день
Загрузка данных...
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
август '26
август '26
+259
в 85 каналах
июль '26
+527
в 159 каналах
Get PRO
июнь '26
+447
в 150 каналах
Get PRO
май '26
+341
в 110 каналах
Get PRO
апрель '26
+348
в 118 каналах
Get PRO
март '26
+350
в 133 каналах
Get PRO
февраль '26
+320
в 110 каналах
Get PRO
январь '26
+392
в 142 каналах
Get PRO
декабрь '25
+538
в 144 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+366
в 151 каналах
Get PRO
октябрь '25
+1 075
в 285 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+773
в 197 каналах
Get PRO
август '25
+283
в 163 каналах
Get PRO
июль '25
+284
в 162 каналах
Get PRO
июнь '25
+335
в 102 каналах
Get PRO
май '25
+633
в 166 каналах
Get PRO
апрель '25
+561
в 141 каналах
Get PRO
март '25
+488
в 119 каналах
Get PRO
февраль '25
+465
в 157 каналах
Get PRO
январь '25
+488
в 125 каналах
Get PRO
декабрь '24
+515
в 95 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+521
в 145 каналах
Get PRO
октябрь '24
+443
в 144 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+362
в 75 каналах
Get PRO
август '24
+373
в 86 каналах
Get PRO
июль '24
+201
в 52 каналах
Get PRO
июнь '24
+123
в 15 каналах
Get PRO
май '24
+195
в 74 каналах
Get PRO
апрель '24
+207
в 47 каналах
Get PRO
март '24
+180
в 17 каналах
Get PRO
февраль '24
+261
в 24 каналах
Get PRO
январь '24
+400
в 27 каналах
Get PRO
декабрь '23
+285
в 17 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+180
в 44 каналах
Get PRO
октябрь '23
+450
в 35 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+130
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+53
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+101
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+1 365
в 0 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 26 августа | +12 | |||
| 25 августа | +8 | |||
| 24 августа | +11 | |||
| 23 августа | +1 | |||
| 22 августа | +5 | |||
| 21 августа | +11 | |||
| 20 августа | +16 | |||
| 19 августа | +17 | |||
| 18 августа | +8 | |||
| 17 августа | +6 | |||
| 16 августа | +11 | |||
| 15 августа | +9 | |||
| 14 августа | +2 | |||
| 13 августа | +15 | |||
| 12 августа | +35 | |||
| 11 августа | +17 | |||
| 10 августа | +7 | |||
| 09 августа | +2 | |||
| 08 августа | +3 | |||
| 07 августа | +5 | |||
| 06 августа | +12 | |||
| 05 августа | +6 | |||
| 04 августа | +22 | |||
| 03 августа | +13 | |||
| 02 августа | +3 | |||
| 01 августа | +2 |
Посты канала
+6
O‘zbekiston mudofaa sanoatida ilm-fan va sanoat integratsiyasi kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston mudofaa sanoatini rivojlantirish, mahalliy ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida olimlar, ixtirochilar va mudofaa sanoati korxonalari mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Mudofaa sanoati agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda mudofaa sanoati korxonalari vakillari, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar olimlari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi mudofaa sanoati uchun muhim bo‘lgan yangi ilmiy ishlanmalar va loyiha takliflarini ko‘rib chiqish, tayyor ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida olim va tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar taqdim etilib, ularning amaliy ahamiyati, ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatlari hamda kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida mudofaa sanoati yo‘nalishidagi mahsulot va ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda Materialshunoslik instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari institutining Ilmiy-innovatsion ishlanmalar markazi olimlari va tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan ishlanmalar namoyish etildi.
Namoyish etilgan ilmiy ishlanmalar mudofaa sanoati sohasi mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otib, ularni amaliyotga tatbiq etish, yangi tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy jamoalar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli takliflar ilgari surildi.
Mazkur uchrashuv ilmiy salohiyatni real ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va O‘zbekiston mudofaa sanoatining texnologik salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
| 2 | Nishon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar.
📌 “Qashqadaryo – Agro Star” tomonidan Nishon tumanidagi foydalanishda bo‘lmagan 1 330 gektar yer maydoni o‘zlashtirildi.
➡️ Bu yerda zamonaviy usulda chorva ozuqasi yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
💧 Avstriyaning “BAUER” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta Pivot usulidagi zamonaviy aylanma yomg‘irlatib sug‘orish tizimi olib kelindi. Hozirda ularni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. | 907 |
| 3 | #Inno_time
#hafta_yangiliklari
🌐 Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!
00:12 – Yurak urishidan energiya oluvchi kardiostimulyator yaratildi;
01:00 – Olimlar atmosferasi va iliq okeani bo‘lgan sayyorani aniqladi;
01:40 – RayNeo MicroLED displeyli aqlli ko‘zoynaklarni taqdim etdi;
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 059 |
| 4 | #Mustaqillikka_35_yil
⚡️Matematika sohasida fundamental tadqiqotlarning muhim natijalari
✅O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida 2021–2025-yillarda 4 yillik muddatga mo‘ljallangan 3 ta fundamental loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Loyihalar doirasida 206 ta ilmiy maqola xalqaro Scopus va Web of Science (WoS) ma’lumotlar bazalarida indeksatsiya qilinadigan jurnallarda chop etildi.
✅Shundan 121 ta ilmiy maqola yuqori nufuzli Q1 va Q2 kvartildagi jurnallarda nashr etildi.
Ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ham muhim natijalarga erishildi. Loyihalar doirasida jami 25 ta dissertatsiya himoyasi amalga oshirildi.
Shundan:
8 nafar — fan doktori (DSc);
17 nafar — falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega mutaxassislar tayyorlandi. Mazkur natijalar fundamental ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy nashrlardagi faollikni oshirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy samaradorligini ko‘rsatadi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 093 |
| 5 | Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt ishga tushirdi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 171 |
| 6 | #tanlov
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.
✅Hujjatlarni qabul qilish muddati:
Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi.
🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 9 312 |
| 7 | O‘zbekiston dorivor o‘simliklaridan yallig‘lanishga qarshi va kardioprotektor vositalar yaratilmoqda
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti katta ilmiy xodimi Diyor Fayziyev Vengriyaning “Debrecen”universitetidagi ilmiy stajirovka davomida dorivor o‘simlik ekstraktlarining kardiomiotsit hujayralariga ta’sirini o‘rgandi.
O‘rganilgan 10 ta namunadan HPLC, GC-MS hamda LC-MS-MS usullari yordamida eng yuqori biologik faollikka ega 4 tasi ajratib olindi va ularning tarkibidagi faol moddalar aniqlandi. Ushbu ekstraktlar asosida ochiq yaralarni davolashga mo‘ljallangan gel formalari yaratildi hamda butun yurak modelida ularning kardioprotektorlik xususiyati tasdiqlandi.
Samador doza miqdori MTT testi va respublika ilmiy amaliyotida yangi hisoblangan real vaqt rejimida hujayralarni tahlil qilish (RTCA) usuli orqali belgilandi. Hozirda ushbu natijalar bo‘yicha Vengriya olimlari bilan hamkorlikda Scopus bazasidagi jurnalda ilmiy maqola chop etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 342 |
| 8 | Qoraqalpog‘istonda fermerlar va agrotadbirkorlar uchun agroakseleratsiya dasturi davom etmoqda
2026-yil 3-avgustdan boshlab Nukus shahrida “Ekinlar qiymat zanjirini rivojlantirish va tijoratlashtirish bo‘yicha fermerlar hamda agrotadbirkorlar akselerator dasturi” amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur Innovatsion rivojlanish agentligi hamda International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) hamkorligida, Abu Dhabi Fund for Development (ADFD) moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan. Dasturning asosiy tadbirlari Nukus yoshlar texnoparkida o‘tkazilmoqda.
Agroakselerator dasturida jami 207 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 122 nafari, ya’ni 59 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Dastur doirasida ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot yaratish, qiymat zanjirini shakllantirish, mahsulotni qadoqlash va brendlash, tannarx va narxni hisoblash, bozorga chiqish hamda biznes-reja ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar Nukus tumanidagi “Biogumus” fermer xo‘jaligi hamda Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markaziga amaliy tashrif buyurdilar. Tashrif davomida quritilgan pomidor mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksportga tayyorlash jarayonlari, shuningdek, akvaponika, aqlli sug‘orish tizimlari va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Dastur yakuniga qadar ishtirokchilar o‘z mahsulot yoki agrobiznes g‘oyalarini shakllantirib, mini biznes-reja va loyiha taqdimotlarini ishlab chiqadilar. Yakuniy Demo Day tadbirini 2026-yil 8-sentabr kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 272 |
| 9 | #Mustaqillikka_35_yil
✅ Yangi O‘zbekiston ixtirochilari: Ilm-fan taraqqiyoti — mustaqillik tayanchi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda yosh olimlar, tadqiqotchilar va ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak amaliy natijalarini bermoqda.
Bugungi kunda jahon andozalari darajasida rivojlanayotgan qurilish sohasida energiya tejamkor, arzon va sifatli mahalliy xomashyolarga asoslangan innovatsion materiallarni yaratish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Mazkur yo‘nalishda samarqandlik yosh olima — Samarqand davlat texnika universiteti tayanch doktoranti Sarvara Saidmurodova tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar diqqatga sazovordir.
«Kelajak muhandislari» respublika tanlovida Sarvara Saidmurodova «Eng yaxshi ixtiro» yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining innovatsion ishlanmasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
«Davlatimiz tomonidan doktorantura yo‘nalishlariga ajratilayotgan kvotalar, ilmiy grantlar va yaratilayotgan sharoitlar biz, yoshlarga o‘z g‘oyalarimizni amaliyotga tatbiq etish uchun katta kuch bag‘ishlamoqda. Har bir yosh tadqiqotchi o‘z ishlanmalarini patentlab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishi zarur», — deydi yosh ixtirochi Sarvara Saidmurodova.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 390 |
| 10 | #Mustaqillikka_35_yil
Buxoroda suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘lida innovatsion yechim.
Buxoro viloyati Romitan tumanida faoliyat yuritayotgan “Turon Komplekt” MChJ tomonidan teskari osmos texnologiyasi asosida suv filtrlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur loyiha doirasida manba suvining ifloslanish darajasi va iste’molchining yakuniy suv sifatiga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqib, turli komplektatsiyadagi suv tozalash texnologiyalari ishlab chiqarilmoqda. Korxona tomonidan yaratilgan qurilmalar soatiga 250 litrdan 30 tonnagacha suvni tozalash va qayta ishlash imkonini beradi.
Loyihani amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 850 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur qo‘llab-quvvatlash natijasida zamonaviy suv tozalash texnologiyalarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyati kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ayni paytda korxonada 12 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
Loyihaning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori. Jumladan, 2025-yilda 20 mlrd so‘mlik mahsulot sotilgan bo‘lib, 2026-yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 30 mlrd so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.
“Turon Komplekt” MChJning mazkur loyihasi ilmiy-texnologik yechimlarni amaliyotga joriy etish, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilayotgan tijoratlashtirilgan innovatsion ishlanmalardan biridir.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 316 |
| 11 | 🚀BIZNESINGIZ UCHUN 0% SOLIQ IMKONIYATI!
❓Innovatsion biznesingiz bormi? INNO Texnopark rezidenti bo‘ling!
✔️QQS, foyda, aylanma va mol-mulk soliqlari — 0%
✔️Yer solig‘i — 1%
✔️Zamonaviy laboratoriyalar
✔️Bepul kovorking zonalari
➡️Biznesingizni rivojlantirish uchun imkoniyatni boy bermang! Hozir murojaat qiling!
📞+998 55 515 09 55
📞+998 99 581 26 12
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 2 144 |
| 12 | 🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Farmasevtika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:14 – Ozishga yordam beruvchi yangi tabletka kliniksinovda ijobiy natija ko‘rsatdi;
01:09 – Bakteriyalar yordamida saratonga qarshi yangi dorilar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi;
01:50 – Yurak-qon tomir kasalliklarining yangi xavf omiliga qarshi dori sinovdan o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 476 |
| 13 | Innovatsion rivojlanish agentligida yangi Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini Agentlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlariga tushuntirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Agentlik direktorining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi U. Tashkenbayev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlari doktori, professor E. Qodirov ishtirok etdi.
🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 550 |
| 14 | #Reportaj
#Radio
Innovatsion rivojlanish agentligining 2026-yil I yarim yillik faoliyati OAV nigohida
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 392 |
| 15 | #hafta_dayjesti
🗣 Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyatiga oid yangiliklar /17-22.08.2026/
🔤2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi
🔤Innovatsion rivojlanish agentligining 2026-yil I yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi
🔤Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexus30 xakatoni o‘tkazildi
🔤Xitoyning HUST universitetida 5 oylik ilmiy stajirovka tanlovi e’lon qilindi
🔤Qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimlari tanlovi eʼlon qilindi
🔤O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi KIWIE-2026 xalqaro tanlovida oltin medalni qo‘lga kiritdi
🔤Poliuretan chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi yaratildi
🔤Buxoro davlat texnika universitetida “spin-off” korxonalar soni 8 taga yetdi
🔤Ulushli moliyalashtiriladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi e’lon qilindi
🔤Startap loyihalari uchun “Demo Day” tashkil etildi!
🔤Ulushli moliyalashtirish mexanizmi boyicha seminar o‘tkazildi
🔤Nukusda yosh olimlar uchun mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 247 |
| 16 | O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar.
—
Лидеры Узбекистана и Азербайджана осмотрели достопримечательности Бухары.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 988 |
| 17 | ⭕️Jizzaxda “Kelajak startaplari” tanlovi bo‘lib o‘tdi!
⭕️Innovatsion rivojlanish agentligi Jizzax bo‘linmasi, Jizzax politexnika instituti, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Jizzax Yoshlar texnoparki hamkorligida Yoshlarning innovatsion gʻoyalari va startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak startaplari” tashkil etildi.
🔺Tanlov doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning innovatsion fikrlashini rivojlantirish va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak startaplari” tanlovi o‘tkazildi.
🔺Tanlovda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z loyihalarini taqdim etdilar:
EduTech | GreenTech | IT | HealthTech | AgriTech | Engineering
⭕️ Har bir loyiha innovatsion yondashuv, bozor imkoniyati, amaliy ahamiyati va amalga oshirish mexanizmlari asosida baholandi.
🏆 Tanlov natijalari:
🥇 1-o‘rin — Habibullayev Yunus | “Uyg'on”
🥈 2-o‘rin — Xudoyqulov Hasan | “Smart speed control”
🥉 3-o‘rin — Luqmonov Shoxrux | “AgroKultivatir”
🎖 Shuningdek, quyidagi ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:
To‘g‘izova Malika, Sag‘dullayev Sanjar, Sunnatillayeva E’zoza, Abdiyeva Mahliyo, Abdullajonov Ozodbek.
⭕️G‘olib loyihalar nafaqat texnologik yangiligi, balki hududdagi dolzarb muammolarga aniq va samarali yechimlar taklif qilgani bilan alohida e’tirof etildi.
⭕️Shuningdek, tanlov doirasida yoshlarning 15 dan ortiq ishlanma va qurilmalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilidi.
🔺Yoshlar innovatsiya sari — kelajak sari dadil qadam tashlamoqda!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 515 |
| 18 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga kelgan Prezident Ilhom Aliyevni kutib oldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев встретил Президента Ильхама Алиева, прибывшего в Бухару.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 147 |
| 19 | #Ilm_fan
#Ixtiro
Andijon davlat tibbiyot instituti olimlaridan chandiqlarni kompleks davolash bo‘yicha yangi innovatsion usul
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Andijon davlat tibbiyot instituti olimlari tomonidan jarrohlikdan keyin yuzaga keladigan gipertrofik va keloid chandiqlarni kompleks davolashning yangi usuli ishlab chiqildi.
Mazkur innovatsion ishlanma operatsiyalardan keyin shakllanadigan gipertrofik va keloid chandiqlarni samarali davolash, bemorlarda kuzatiladigan og‘riq, qichishish, terining tortilishi kabi noqulay holatlarni kamaytirish, shuningdek, chandiqlarning estetik va funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan.
Ixtironing ilmiy-innovatsion ahamiyati chandiqlarni davolashda kompleks va zamonaviy yondashuvni taklif etishi bilan belgilanadi. Ushbu usulni tibbiyot amaliyotiga joriy etish orqali davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarni bartaraf etishda yangi imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, mazkur ishlanmaning amaliyotga tatbiq etilishi mahalliy ilmiy ishlanmalarni tibbiyot amaliyotiga joriy etish, innovatsion davolash usullarini rivojlantirish va tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ixtiro muallifi — Madamin Madazimov, tibbiyot fanlari doktori, professor. U 130 dan ortiq ilmiy ish hamda 12 ta ixtiro uchun patent muallifi hisoblanadi. Professor rahbarligida qator ilmiy va magistrlik tadqiqotlari amalga oshirilgan.
Mazkur ixtiro tibbiyot sohasida ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy davolash yondashuvlarini joriy etish va bemorlar uchun yanada samarali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan muhim innovatsion ishlanmalardan biridir.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 4 011 |
| 20 | #Yashnobod_innovatsiya_texnoparki
“Yashnobod” innovatsiya texnoparkida yangi rezidentlar soni ortmoqda!
Navbatdagi tanlov komissiyasi yig‘ilishiga ko‘ra, o‘zining innovatsion loyihalari bilan mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan 3 ta yangi korxona texnopark rezidentligi maqomiga ega bo‘ldi:
1️⃣ “IHLOS FURNITURE” MChJ
🪑 Loyiha: Mebel ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish.
✨ Loyiha doirasida ERP va CAD/CAM tizimlari joriy etilib, yuqori sifatli va eksportbop mebel mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Muddat: 1 yil.
2️⃣ “RUSSKIY LES” MChJ
🏠 Loyiha: Tabiiy massiv yog‘ochdan tayyorlangan, Smart Home va IoT texnologiyalari integratsiyasiga ega innovatsion yog‘och deraza tizimlarini (Smart Windows) ishlab chiqish.
✨ Bu derazalar xonadagi mikroiqlimni (harorat, namlik, CO2) sensorlar orqali nazorat qiladi va mobil ilova orqali boshqariladi.
Muddat: 3 yil.
3️⃣ “STANDART SERVIS NUROBOD” XK
🏗 Loyiha: Ishlab chiqarish sanoat korxonalari uchun keng qo‘llaniladigan (bentonit) maydalangan bentonit gil kukunini innovatsion usulda ishlab chiqarish.
✨ Mahalliy mineral xomashyodan foydalangan holda import o‘rnini bosuvchi mahsulot tayyorlanadi va quymakorlik sohasida sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.
Muddat: 3 yil.
✅ Yangi rezidentlarga o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun texnopark tomonidan qator imtiyoz va qulayliklar taqdim etiladi.
📍 Yashnobod innovatsiya texnoparki - innovatsiyalar manzili!
☎️ Telefon: (71) 269-49-52, (94) 622-14-51.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 569 |
