cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

💡BukhSU_Innovations

✅Buxoro davlat universiteti ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi sahifasi 🌱Startap loyihalar, ilmiy innovatsion ishlanmalar haqidagi so'nggi yangiliklar. 📬Murojaat uchun: +998943050927

Больше
Рекламные посты
1 126
Подписчики
-124 часа
-87 дней
-3130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:49
Видео недоступноПоказать в Telegram
🎥 Sun’iy intellektlar qanday qilib marketologlar hayotini osonlashtirayotganiga ajoyib misol. Ushbu Volvo reklamasi to’liq yangi Runway Gen-3 modeli tomonidan matnli so’rov asosida yaratilgan. Montajda faqat avtomobil raqamlarini qo’shib, logotip chizishgan va bir nechta keraksiz narsalar olib tashlangan. Butun jarayon bir kundan kamroq vaqtni olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Gen-3 obunasi qimmatligi haqida shikoyat qilishmoqda, ammo bu professional reklama suratga oluvchi jamoaga to’lanadigan to’lovdan ko’ra ancha arzonroq va osonroq ekanligi aniq. 📟 DigiTech
Показать все...
IMG_8013.MP416.63 MB
Matematikaning iqtisodiyot oʻrganishdagi oʻrni. Oxirgi payt mendan koʻp soʻrashadi, iqtisodiyot oʻrganishim uchun nima qilishim kerak, Oʻzbekistonda qayerda oʻqishim kerak deb. Koʻpchilikka shaxsiy bergan tavsiyamni shu yerda yozib qoʻysam. Agar siz ilmiy yoʻnalishdan ketmoqchi boʻlsangiz, yoki deylik chet el universitetlarida aynan iqtisodiyotdan magistratura va ayniqsa doktoranturada oʻqimoqchi boʻlsangiz, universitetda bakalavr darajasida matematika oʻqishni tavsiya qilgan boʻlar edim. Matematika — hozirgi iqtisodiyot fanining tili. Matematikani bilish iqtisodiy tadqiqotlar va ilmlarni oʻrganishlik uchun mutlaq muhim. Barcha iqtisodiy tadqiqotlardagi gʻoya matematik formulirovkalar orqali yoziladi. Shuning uchun, matematik analiz, statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra kabi fanlarni yaxshi oʻzlashtirish, iqtisodiyotda ilm qilish va oʻqish uchun asosiy talablardan biri. Albatta universitetda iqtisodiyotni oʻqib, qolgan vaqtda matematikani oʻqib olib, yetib olsa boʻladi, imkonsiz emas. Lekin matematika fakultetida oʻqish sizga iqtisodiy gʻoyalarni tez tushunish va oʻzlashtirishda juda koʻp yordam beradi. Bu nafaqat meni bir shaxsiy fikrim, balki qabul kommissiyalarini fikri ham. Ixtiyoriy doktorantura programmasiga kirish kommisiyalari, albatta shartli ravishda boʻlajak doktorantlarni “matematik tayyorgarligini” koʻrishadi. Nechta matematik fan olganini qarashadi, qanday fanlar, baholar necha boʻlganligini. Xullas, boʻlajak iqtisodchilarga tavsiyam — matematikani oʻqing, chunki iqtisodiy fakultetlarga kirish va tadqiqot qilish uchun bu narsa muhim shartlardan. Albatta matematik bilib yaxshi iqtisodiy tadqiqot qilish uchun, yetarli emas, lekin shart. Oʻzbekistonda bir nechta yaxshi matematika fakultetlari bor — ulardan eng eskisi va mashhuri milliy universitet qoshida. Bir necha avlod zoʻr matematiklarni chiqargan. Eng mashhur Oʻzbekistonlik iqtisodchi — Londondagi Imperial Kollej professori Rustam aka Ibragimov ham, oʻsha matematika fakulteti bitiruvchisi. Yaqinda yangi ishga tushgan New Uzbekistan University — Yangi Oʻzbekiston universitetining matematika fakulteti ham diqqatga sazovor, men u yerda ishlaydigan domlalarni va programmani koʻrib chiqdim. Juda zoʻr ekan. Agar Oʻzbekistonda boʻlsangiz va deylik kelajakda iqtisodiy ilmiy karyera qilmoqchi boʻlsangiz shunday yaxshi fakultetga kirishingizni tavsiya qilgan boʻlar edim.
Показать все...
👍 1
Хитой компанияси Бухорода халқаро даражадаги кўнгилочар парк қурмоқчи Бу ҳақда бугун вилоят ҳокими Ботир Зарипов ҳамда Хитойнинг “Zhongkuang Energy Group Co,. Limited” компаниясининг инвестицион директори Янгкю Ву билан учрашувида маълум қилинди. Учрашувда хитойликлар барпо этилиши режалаштирилаётган кўнгилочар маданият ва туризм парки лойиҳасини тақдимот қилишди. Лойиҳага кўра, ўзгача бўлган мажмуа таркибига бир вақтда бир қанча халқаро тоифадаги объектлар, хусусан, мавсум танламас аквапарк, аттракционлар парки, савдо галереяси, ресторанлар ва фудкортлар ҳудуди киради. Мажмуа майдони 50 гектарни ташкил қилади, шундан катта қисмини аквапарк эгаллайди. Паркни лойиҳалаштириш ва қуришга инвестициялар ҳажми 100 миллион АҚШ долларидан зиёд. Ноёб ва ҳайратланарли лойиҳа тўлиқ Хитой инвестициялари асосида амалга оширилади. Парк архитектура концепцияси Ўзбекистон тарихи ва анъаналари асосида қурилади. Ташкилотчиларнинг билдиришларича, у Бухоронинг ташриф қоғозига айланади. Учрашувда лойиҳа манзилини танлаш ва уни амалга ошириш билан боғлиқ масалалар кенг муҳокама қилинди. Ботир Зарипов Бухорода аҳоли учун мўлжалланган бундай жамоат масканларини қуриш жуда муҳим эканлигини алоҳида таъкидлади ва лойиҳа тўла қўллаб-қувватлашини билдирди. Меҳмонларга Ўзбекистонда хорижий инвесторлар учун яратилаётган қулайликлар, ишбилармонлик муҳитини ривожлантириш йўлида тақдим этилаётган имтиёз ва преференциялар ҳақида батафсил маълумот берилди. Мулоқотда туризмни ривожлантириш ва сайёҳлар оқимини кўпайтиришда эътибор қаратилиши лозим бўлган масалалар юзасидан ҳам фикр алмашилди. Хитой томони бу борада ҳам ўз таклиф ва тавсияларини билдирди. Вилоят ҳокимлиги матбуот хизмати Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Shenjen haqida qaydlar: "1979-yilda, Den Syaopin Xitoyda ʼislohotlar va ochiqlikʼ siyosatini boshlaganida, Shenjen kichik baliqchi qishlogʻi boʻlib, uning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) atigi 28 million dollarni tashkil etardi, shundan 37% birlamchi iqtisodiyot sektoriga toʻgʻri kelardi. Bugungi kunda Shenjen Xitoyning yetakchi innovatsion markazi boʻlib, uning YAIMi deyarli 500 milliard dollarni tashkil etadi, shundan 40% dan ortigʻi yuqori texnologiyali tarmoq va sanoatlarda yaratiladi. Oʻtgan yili yuqori texnologiyali mahsulotlar 348,4 milliard dollarlik Shenjen eksportining 50% dan ortigʻini tashkil etdi va shaharlarni global raqobatbardoshlik indeksida Shenjen yettinchi oʻrinni va Xitoyda birinchi oʻrinni egalladi. [...] 2006-yilda hukumat tomonidan Shenjenda yuqori texnologiyali sanoatlarni va mahalliy innovatsiyalarni rivojlantirish qarori qabul qilingandan soʻng, tadqiqot va taraqqiyotga (research and development) investitsiyalar keskin oshdi. 2007-yilda bu sarmoyalar YAIMning 3,3% ni tashkil qilgan bo'lsa, 2023 yilga kelib qariyb 5,8% gacha oshdi. Bu dunyodagi YAIMga nisbatan eng yuqori ilmiy-tadqiqot va taraqqiyotga sarflanadigan ulush — Isroilning 5,6% dan ham yuqori [...] Shenjening oʻzgarishi 1980-yilda Den uni Xitoyning birinchi ʼmaxsus iqtisodiy zonasiʼ sifatida tanlaganida boshlandi…"
Показать все...
Shenzhen’s Next Transformation | by Andrew Sheng & Xiao Geng - Project Syndicate

Andrew Sheng & Xiao Geng consider the future of a small fishing village that became a global innovation hub.

01:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
#fifavolunteers #futzalWC Hеy gang! This autumn in Uzbekistan, the largest sports event in Central Asian history will take place - FIFA Futsal World Cup 2024! Volunteers will be provided with: 🔥 special trainings; 🔥unique experience and new friends; 🔥 exclusive Adidas uniforms; 🔥 gifts from organizers and partners; 🔥 enjoy free public transport and a 50% discount on intercity travels during September and October; 🔥 restaurant meals during shifts; 🔥 international certificates from FIFA and UFA; 🔥 be a part of the FIFA Volunteers international family; For this, you need to register as a volunteer in Tashkent, Bukhara, or Andijan venue as soon as possible! ‼️Few spots left ‼️
What you should do⁉️
1. Register 2. Click “join” 3. Fill out the form
⚠️
Helpful links
➡️ Registration tips ➡️ Available VOLUNTEER ROLES ⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️ Official news for FIFA volunteers in Uzbekistan 🕊Telegram
Показать все...
IMG_0748.MP420.36 MB
00:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
корейцы клава.MP47.50 MB
😁 3
00:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
корейцы клава.MP47.50 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Yoshlar_kuni
⚡️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi tashabbusi bilan viloyatdagi 250 dan ortiq o'quvchilarni qamrab olgan "Ingliz tili bilimdoni" olimpiadasining 2-bosqichi bo'lib o'tdi.
📍Olimpiada avvalida fakultet dekani Nozimjon Ataboyev barcha tashrif buyurgan yoshlarni bayram bilan qutlab, o'qish va ishlariga omad tiladi hamda olimpiada maqsad va vazifalari to'g'risida ma'lumot berdi. 🏆 Barcha ishtirokchilar olimpiada so'ngida sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.Test natijalariga ko'ra sovrinli 1,2,3-o'rinlarni egallagan olimpiada ishtirokchilari BuxDU rektori O.Xamidov tomonidan taqdirlanishi bildirildi. 📚 Yuqori darajada tashkillashtirilgan mazkur olimpiada o'quvchilarga ko'tarinki ruh baxsh etib, ularning kelgusida xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Показать все...
1-qism.mp449.09 MB
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Amerikaning eng hurmatga sazovor kasblari. (kasbga yuqori hurmat bilan qaraydiganlar aholi foizi)
Shifokorlar: 83% Olimlar: 83% Fermerlar: 83% O't o'chiruvchilar: 82% O'qituvchilar: 82% Hamshiralar: 81% Harbiy xizmatchilar: 80% Axlat yig'uvchilar: 74% Politsiya xodimlari: 71% Advokatlar: 63% Siyosatchilar: 41%
Markaziy Osiyo | Library | Science
Показать все...
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.