cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

IHMA Buxoro viloyati boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Больше
Рекламные посты
822
Подписчики
-224 часа
-77 дней
+2630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#savol_javob Savol: Oila tarkibi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarda avval vafot etgan yoki ajrashgan turmush o‘rtog‘im chiqib kelmoqda. Ushbu vaziyatda qanday to‘g‘rilash mumkin bo‘ladi? Javob: Bunday holatda fuqarolar oilasi tarkibini aniqlashtirish va to‘g‘rilash uchun FHDYO organiga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.
Показать все...
Ikki yildan buyon ish izlab yurgan Umid aka nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ochilgan bo'sh ish o'rinlaridan biriga ishga joylashdi ➡️ Qorovulbozor tumanida yashovchi Umid Narzulloyev 1977-yil-4-mayda tug‘ilgan bo'lib, ayni damda uch nafar farzandning otasi. Bir necha yillar davomida turli korxona va tashkilotlarda hisobchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-yilning avgust oyida ro'y bergan avtohalokat sabab, sog'lig'ini yo'qotgan Umid akaga hozirda II guruh nogironligi berilgan. Umid aka oilasini moddiy ta'minlash, qolaversa o'zida ham ishlash istagi kuchli bo'lgani sabab 2 yildan ortiqroq vaqt davomida ish izladi. Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi mas'ullari Vacancy.argos.uz portalida e'lon qilingan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ochilgan bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirgandan so'ng, Umid aka ma'qul bo'lgan ish o'rniga ariza qoldirdi. Yaqinda bo'lib o'tgan suhbat natijalariga ko'ra, Umid aka Narzullayev tumandagi 1-umumta’lim maktabiga bog‘bon lavozimiga ishga joylashdi.
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar bo'yicha ma'lumot. 🇺🇿 2024-yil 1-iyun holatiga ko'ra Respublikamiz hududida jami oilalar soni 9 729 960 nafarni tashkil etib, shundan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 1 209 936 ta bo'lib, to'langan mablag' 584 354.3 mln so'mni tashkil qiladi. 💵 Shundan 1 170 580 nafar oilalarga 569 555,3 mln so'm miqdorda bolalar nafaqasi, 39.356 oilaga 14 799,0 mln so'm miqdorda moddiy yordam pullari to'lab berilgan. 👥 Respublikamizning jami oilalari soniga nisbatan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalarning ulushi 12%ni tashkil etadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
🎥 Hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasida “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar uchun Respublika bosqichining test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Показать все...
2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#savol_javob Savol: Hududda ish joyi yoʼq, turmush oʼrtogʼi esa ish bilan band boʼlmaganligi sababli nafaqa tayinlash rad etilganda nima qilish talab qilinadi? Javob: Ushbu holatda fuqarolar yashash joyi boʼyicha mehnat organiga murojaat qilishlari mumkin boʼladi. Аgar mehnat organida maslahat berish xizmati koʼrsatilganligi boʼyicha bolalar nafaqasi tayinlanganda 3 oy nafaqa to'lanadi. Agar 3 oy davomida ishga joylashmasa, mehnat organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash oʼquv kurslarida oʼqimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida roʼyxatga olinmasa, mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda rad etsa yoki mehnat faoliyatini rasmiylashtirmasa keyingi oydan toʼlov toʼxtatiladi.
Показать все...
01:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
🦽 POM va RTV mahsulotlari sotuvi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi? ✅ Uzoq muddatga QQS to‘lovlaridan ozod etilgan, mahsulotni tekshiruvdan o‘tkazish va sertifikatsiya hujjatlari narxi 2 barobar arzonlashtirgan, kamaytirilgan daromad solig‘i va boshqalar. 🎬 Batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun videoni tomosha qiling. 📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎖 Sayt
Показать все...
IMG_8603.MOV21.69 MB
💬 Kuni kecha Peshku tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Nogironlar jamiyati tuman bo‘limi bilan hamkorlikda rassomchilik va tasviriy san’at bo‘yicha ko‘rik tanlov o‘tkazildi. 🔼 "Barkamol avlod" bolalar markazida o'tkazilgan tanlovda jami 12 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, mahoratlarini namoyish etishdi. 🔣 Yakuniy natijalarga ko'ra, 1️⃣-o‘rinni 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Asilbek Davronov; 2️⃣-o‘rinni 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Amirbek Murodov; 3️⃣- o‘rinni 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi Alisher Abdullayevlar qo'lga kiritdi. ✈️ Tanlov ishtirokchilari esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟦🟦 "Xalq so'zi" gazetasi Buxoro beqiyos yangilanishlar bo'sag'asida
Показать все...
Xalq so'zi.pdf1.21 MB
🟦🟦 "Xalq so'zi" gazetasi Buxoro beqiyos yangilanishlar bo'sag'asida
Показать все...