cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy sahifasi 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz https://ijtimoiyhimoyaagentligi.taplink.ws @insonmarkazlari @ziyotaratamiz 🤖 @IHMA_1140

Больше
Рекламные посты
18 768
Подписчики
+1524 часа
+7567 дней
+1 23030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

02:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
#muvaffaqiyat_tarixi
"Orzu qilardim shunaqangi tikuv korxonalarida ishlashni lekin, farzandim bilan bo'lib ishlay olmas edim. Hozir kunduzgi parvarishlash guruhiga bolamni qo'yib bemalol ishlayapman" — Karomat Begmonova.
🥹 Xabaringiz bor, Qarshi "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida kunduzgi parvarish va tarbiya xizmati yo'lga qo'yilgan edi. 🏃 Ushbu xizmat yo'lga qo'yilgandan so'ng erishilgan natijalar: Karomat Begmonova ilgari uyda farzandi bilan bo'lib, ko'chaga deyarli chiqmas, biror-bir kasb bilan shug'ullana olmas edi. Qarshi "Muruvvat" bolalar uchun internat uyida kunduzgi parvarish va tarbiya xizmati yo'lga qo'yilganidan keyin, Karomat opa ushbu xizmatdan foydalanish uchun farzandini ushbu maskanga olib keldi. Hozirda bolasining sog'lig'ida ijobiy o'zgarish kuzatildi o'zi esa sevimli kasbi bilan shug'ullanib, oilasining moddiy ta'minotini yaxshilashga erishdi; ✅ Undan tashqari, Nozima dastlab kelganida o'zganing yordami bilan yurar edi. Hozir esa yolg'iz o'zi harakatlanmoqda. Batafsil 🎬 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
MURUVVAT NATIJA_1.mp419.33 MB
👍 21 4🙏 3👏 2
🇺🇿 Toshkentda BAA Hukumati Akseleratori tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bilan hamkorlikdagi akselerator dasturi ishga tushirildi. 🇦🇪 Tadbir BAA va O‘zbekiston hukumatlari o'rtasida hamkorlikni rivojlanritirish “yo‘l xaritasi” doirasida tashkil etildi. 🇺🇿 Seminarni o‘tkazishdan maqsad — BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, eng yaxshi tajribalarni baham ko‘rish va O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani rivojlantirish bo‘yicha transformatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. 😮 Akselerator guruhlari uch kunlik dastur doirasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini baholash va monitoring qilish kabi sohalardagi muammolarni hal etish masalalarini muhokama qiladi, bu esa mazkur sohada transformatsiya jarayonini boshlash uchun turtki bo‘ladi. ↗️ Seminar davomida amaliy muhokamalar, fikr almashish va loyihalar ishlab chiqish sessiyalari tashkil etildi. Ishtirokchilar aholi turmush sifatini yaxshilash uchun ijtimoiy sohada transformatsion tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va yondashuvlarni muhokama qildi. 🖋 Akseleratsiya dasturi yakunlari bo‘yicha aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida innovatsiyalar va barqaror rivojlanishni kengaytirish bo‘yicha ish rejasi ishlab chiqiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
Sequence 01.mp432.52 MB
👍 17🔥 3👏 3🤝 1
👫 "Ona Uyi" resurs markazi tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari uchun o'quv-seminar tashkil etildi 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda "Ona Uyi" resurs markazi bilan Imzolangan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazilgan ushbu treningda ijtimoiy og‘ir vaziyatga tushib qolgan bolalar hamda ayollarni aniqlash, ularga birlamchi ko‘mak ko‘rsatish, keys-menejment orqali vaziyatni ijobiy yechim topishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalar o‘rgatildi. 😮 Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida real keyslar tajribasi o‘rganilib, uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. ↗️ Hozirda "Ona Uyi" resurs markazi loyihasi Toshkent shahrida tajriba sifatida tashkil etilgan bo’lib, kelgusida bosqichma-bosqich barcha viloyatlarda yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. ✅ Ma'lumot uchun: 👩‍👩‍👧‍👦 "Ona Uyi" resurs markazida kimlarga yordam beriladi: ⏺️6-oylik homiladorlik davridan boshlab shu jumladan, ilk farzandini dunyoga keltirayotgan ayollarga; ⏺️4 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollarga; ⏺️bolalardan voz kechish arafasidagi homilador ayollarga. ⁉️ Qanday yordam turlari mavjud: ⏺️"Ona Uyi" resurs markazida yashash; ⏺️psixologik ko‘mak; ⏺️tibbiy yordam; ⏺️hujjatlarni tiklash va huquqlarni ta’minlashda yordam ko’rsatish; ⏺️ta'lim; ⏺️amaliyot va ish bilan ta'minlash. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
👍 11🙏 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari mumkin? Qabul qilingan reglamentga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar - "Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari; - ijtimoiy xodim; -“112” yagona dispetcherlik xizmati; -"1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”; - Ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqami; -profilaktika inspektorlariga murojaat qilishlari mumkin. 👮‍♂️ “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda "1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushganda, mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. ❗️ Barcha murojaat qilganlarning shaxslari sir saqlanadi. 🔮Patronaj hamshirasi tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida kuzatilgan tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari zudlik bilan majburiy ravishda ichki ishlar organlariga xabar qilinadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
👍 16🔥 2🙏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️ DIQQAT E'LON! 🦿 Muhtoj shaxslarni POM va RTV mahsulotlari bilan ta'minlash qamrovini kengaytirish maqsadida, 1-iyuldan boshlab, vaucher asosida ishlash tizimi Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlariga ham yo‘lga qo‘yilmoqda. ✅ Ushbu tizim muhtojlarga qulaylik yaratish va ularga kerakli mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda. 🇺🇿 Tizim Toshkent shahri va Samarqand viloyatida allaqachon muvaffaqiyatli joriy etilgan bo‘lib, 1-maydan hozirgi kunga qadar 6200 nafardan ortiq muhtoj shaxsga vaucher shakllantirildi. Qariyb 1900 nafar kishi POM va RTV mahsulotlari bilan ta’minlandi. ↗️ Samarqand shahar, Samarqand tumani, Kattaqo‘rg‘on shahar va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Toshkent shahrining barcha hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ushbu tajriba, vaucher tizimining boshqa hududlarda ham kengaytirilishiga asos bo‘lmoqda. 😮 Yangi tizim, 1-avgustga qadar respublikaning barcha hududlarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu esa butun mamlakat bo‘ylab muhtoj shaxslarning POM va RTV mahsulotlari bilan ta’minlanishini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. 😯 Bunda har bir viloyat va tuman aholisi uchun tizimni ishlash tartibi va imkoniyatlari haqida keng qamrovli ma’lumot berish rejalashtirilgan. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
👍 34 6🔥 6👏 2
02:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Har doim endi ayam bilan birga bo'lamiz. Bundan ortiq baxt yo'q men uchun" — Zubayda Alimardonova.
👍Sanobar Murodova bir necha yil ilgari oilaviy qiyinchilik sabab, farzandlarini oilaviy bolalar uyiga berishga majbur bo'ladi. 👫 Shu tariqa ona va ikki nafar farzand bir-biridan yiroqda yashab kelayotgan edi. ☺️ "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tashabbusi bilan, fuqaroga farzandlarini yana o'z bag'riga qaytarish choralari ko'rildi. Bugungi kunda, Sanobar opa Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishga joylashtirildi hamda farzandlari Zubayda va Murodjon ham oilasiga qaytarildi. Batafsil 🎬 📝 Telegram | 💻 Instagram 📝 Facebook | 🎞 Youtube
Показать все...
KATTA KEYS MOBILNIY.mp422.00 MB
👍 31 7👏 7🔥 2🙏 1🤝 1
00:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
🧠 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Toshkent shahrida tashkil etilgan "Ona uyi" nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 👩‍👩‍👧‍👦 "Ona uyi" loyihasida Kimlarga yordam beriladi: ⏺️homiladorlikning uchinchi trimestrida bo'lgan ayollar (shu jumladan, birinchi tug‘malarga); ⏺️4 yoshgacha bo'lgan bolali ayollar; ⏺️yoki 4 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor va bolani rad etish arafasidagi homilador ayollar. ⁉️ Qanday yordam turlari mavjud: ⏺️"ona uyi"da yashash; ⏺️psixologik ko‘mak; ⏺️tibbiy yordam; ⏺️hujjatlarni tiklash, imtiyozlarni ro'yxatdan o'tkazish; ⏺️ta'lim; ⏺️amaliyot va ish bilan ta'minlash. ✅Ma'lumot uchun, "Ona uyi" loyihasi hozirda Toshkent shahrida tajriba sifatida tashkil etilgan bo’lib, kelgusida bosqichma-bosqich barcha viloyatlarda “Ona-uyi” faoliyatini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
IMG_4398.MP415.68 MB
👍 51🔥 10
01:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Nocomment Toshkent shahar, Mirzo-Ulug'bek tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatidan lavha. 📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎖 Sayt
Показать все...
17.11 MB
👍 25🔥 4👏 3🤝 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlik markazi tuzildi 🖋 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-sonli “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Kolumbiya universiteti (AQSh) Ijtimoiy ish maktabi tashkil etilishi munosabati bilan Hamjamiyatlar va ijtimoiy farovonlikni mustahkamlash markazi yaratilmoqda. 📌 Markazning asosiy vazifalari: - aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, tegishli takliflar ishlab chiqish; - ijtimoiy ish sohasida xalqaro standartlarga javob beradigan akademik tizimni yaratish va mustahkamlash; - aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini hal etish bo'yicha dasturlarni ishlab chiqish va ishga tushirish. 👩‍👩‍👧‍👦 Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun Kolumbiya universitetida tegishli bo‘lim ochiladi. Bundan tashqari, “Aqlvoy” telekanali Agentlik tomonidan buyurtma qilingan ijtimoiy roliklarni efir vaqtining 7 foizi miqdorida bepul joylashtirish uchun mas’ul etib belgilangan. 🔊Ushbu Qaror “Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi”da eʼlon qilingan va 2024-yil 25-iyundan kuchga kirdi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
👍 23🔥 2 1🙏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🖋Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari fidoyilari! 🧠Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi nomidan Sizni kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlaymiz! 🔮Sizning ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritishdagi faoliyatingiz jamiyatimiz uchun nihoyatda muhim bo'lib, Sizlar orqali aholiga ijtimoiy himoya tizimida yaratilayotgan imkoniyatlardan aholining barcha qatlamlari birdek xabardor qilinmoqda. 🌎Har kuni va turli yo‘nalishlarda muhim voqealarni yoritish va jamiyatimizni xabardor qilishingiz, shijoat va g‘ayratingizga doimiy guvohmiz va buni eʼtirof etishdan mamnunmiz. 💚Sizlarga samimiy hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni bildirgan holda, mashaqqatli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Sharafli mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz va yaxshiliklarni keng yoritishdagi jo‘shqin ishtiyoqingiz aslo so‘nmasin. Bayramingiz bilan!
Показать все...
👍 36🔥 7👏 7 5
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.