cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

IHMA Navoiy viloyati

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi Murojaat uchun 👇 @IHMA_Navoiy_murojaat_bot

Больше
Рекламные посты
1 099
Подписчики
-1424 часа
-667 дней
+27630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Nogironlikni baholashning tibbiy modelidan ijtimoiy modelga o‘tishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda 🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ko‘magida nogironlikni aniqlash metodologiyasini ishlab chiqmoqda, u xalqaro faoliyat tasnifi va nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya asosida faoliyatni baholashni o‘z ichiga oladi. 💻 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida “Funksionallik va nogironlik haqida zamonaviy tushuncha” mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda sog‘lig‘i va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasi asosida fuqarolarga nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tish konsepsiyasi va uning tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. 🔮 Seminarda ishtirok etuvchi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash sho‘basi mutaxassislari, psixologlari va ijtimoiy xodimlarga nogironlikni baholashning tibbiy modelidan ijtimoiy modelga o‘tishga salmoqli hissa qo‘shgan Aleksandra Posharats ma’ruza qilmoqda. ✅ Ta’kidlash joizki, mazkur trening viloyatimizda 3 kun davom etadi. Jarayonda xalqaro ekspertlar tomonidan Funksionallik, nogironlik va salomatlikning xalqaro tasnifi, WHODAS 2.0 yo‘riqnomasi, biopsixoijtimoiy modeli haqida tushunchalar berib boriladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube 🎖 ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Показать все...
Seminar GIZ.mp425.26 MB
👍 3
Семинар, посвященный переходу от медицинских моделей определения инвалидности – к социальной. 🥹 Национальное агентство социальной защиты при содействии Немецкой организацией международного сотрудничества (GIZ) разрабатывает методологию по определению инвалидности, которая включает в себя оценку на основе международной классификации деятельности и международной конвенции о правах инвалидов. 💻 На семинар-тренинге организованном в Навоийском областном управлении Национального агентства социальной защиты на тему «Современное понимание функционирования и инвалидности» дана подробная информация о Международной классификации функционирования, инвалидности и здоровья (МКФ). 🔮 Специалистам по работе с людьми с инвалидностью, психологам и социальным работникам центров социальных услуг «Инсон» лекцию ведёт международный эксперт Александра Пошарац, внесшая значительный вклад в переход от медицинской модели оценки инвалидности к социальной. ✅ Данный тренинг в нашем регионе продлится 3 дня. На котором будет представлена подробная информация о международных стандартах определения инвалидности, в частности, рекомендации WHODAS 2.0 и биопсихосоциальные концепции. 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube 🎖 ihma.uz 🟢 Пресс-служба Навоийского областного управления Национального агентства социальной защиты.
Показать все...
👍 1
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ) oʻrtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko'tarilmoqda. 🧮 Uchrashuvda, tomonlar samarali hamkorlik va muhim tashabbuslarni amalga oshirishda o'zaro qo'llab-quvvatlash barobarida hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarga to'xtalib o'tdilar. Nogironlikni baholashning tibbiy modelidan ijtimoiy modelga o‘tishga salmoqli hissa qo‘shgan Aleksandra Posharak kabi xalqaro ekspertlarni jalb etishda Agentlik tomonidan ko'rsatilgan qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida e’tirof etildi. 🖋 Shuningdek, uchrashuv doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi oʻrtasida “Ijtimoiy himoya boʻyicha Global alyanslar — Oʻzbekiston” loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kelishuvni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. 🌎 Mazkur hujjatning imzolanishi va hayotga tatbiq etilishi O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy himoya tizimini sezilarli darajada yaxshilashga, uning barqarorligi va zamonaviy chaqiriqlarga moslashish qobiliyatini mustahkamlashga olib keladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 1318 nafar xotin-qizlar va ularning farzandlari qabul qilindi 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish, ularni chuqur reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqda. 👩‍👩‍👧‍👦 2024 yilning dastlabki 5 oyi davomida respublika bo‘ylab 1318 nafar xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ushbu markazlarga joylashtirildi. 🖋 Ushbu markazlarda xotin-qizlar va ularning farzandlariga tibbiy, psixologik va huquqiy yordamlar ko‘rsatildi. Ularga nafaqat jismoniy va ruhiy tiklanishga ko‘mak berildi, balki yangi hayot boshlashlari uchun imkoniyatlar yaratildi. 💻 Kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi bor ayollar orasidan 55 nafari maxsus tayyorgarlik kurslarida tahsil oldi va ularning 23 nafari ish bilan ta’minlandi. 🏃 Bu markazlar, ayollarning hayotida yangi ufqlar ochib, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak bermoqda. 👮‍♂️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar "Ishonch raqami 1146" ga, yoki tezkor “112” raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
👍 1
01:51
Видео недоступноПоказать в Telegram
POM va RTV mahsulotlarini olishning yangi tizimi tufayli qamrab olingan va jamiyatga integratsiyalashgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Endi ular faqatgina sifatli protez-ortopediya mahsulotlarni (POM) olibgina qolmasdan, mahsulotlarni tanlash va o‘z vaqtida vaucher asosida olish huquqiga ega bo‘lishdi. Vaucherlarning turli nominal qiymatlarda taqdim etilishi mos mahsulot va ishlab chiqaruvchini tanlash imkoniyatini beradi.
Eslatma: Agar fuqaro tanlagan mahsulot narxi vaucher qiymatidan arzonroq bo‘lsa, qolgan summa unga keshbek tarzida qaytariladi. Agar mahsulot vaucher nominalidan qimmat bo'lsa, o‘rtadagi nisbiy farq fuqaro tomonidan qoplanadi.
Tizim samaradorligi haqida tadbirkorlar va muhtoj shaxslar fikrini o‘rgandik. Batafsil videoda tomosha qiling. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
Men 2.mp431.00 MB
👍 1
00:41
Видео недоступноПоказать в Telegram
Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatiladi 👥 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 1 oktyabrdan boshlab Respublikaning barcha viloyatlarida shifohonalarda birlamchi ko'mak honalari tashkil etiladi; 👫 Bunda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari jismoniy va ruhiy holatini yahshilash uchun 3 kungacha joylashtiriladi; 🖋 Endilikda reabilitatsiya markazlarida ariza talab etmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq 6 oygacha boshpana va chuqur reabilitatsiya qilish uchun psixologik va huquqiy (aliment, nafaqa va boshqa kafolatlangan huquqlardan foydalanishni o‘rgatish) xizmatlar ko‘rsatiladi. 👮‍♂️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar "Ishonch raqami 1146" ga, "Inson" markazlari "1140" ga yoki Ichki ishlar organlari “102” telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. 📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎖 Sayt
Показать все...
IMG_8997.MP414.99 MB
👍 2
02:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
🥹 Aholining muhtoj qatlamlarini isitish mavsumida qo‘shimcha ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun 2024-yil noyabrda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarga 270 ming miqdorda bir martalik kompensatsiya ajratiladi. Ushbu kompensatsiya orqali, qariyb 1,5 mln. kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi. 👥 Navoiy viloyatida ham 29 406 nafar fuqarolar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 204 sonli qaroriga muvofiq mahallalarda kam ta’minlangan oilalarning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli o‘rganilmoqda. 🖋 Jarayonda xonadonlarda qancha oila istiqomat qilishi, qanday elektr jihozlaridan foydalanishi, elektr energiyasi va tabiiy gazdan boshqa daromad keltiruvchi faoliyatlar bilan shug‘ullanishi tahlil etilmoqda. Shuningdek, energiya resurslardan unumli foydalanish va tejash borasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tushunchalar berilmoqda. 🎬 Sizga havola etilgan videorolikda Qiziltepa tumanining “Oqsoch” mahallasida olib borilgan o‘rganishlar aks ettirilgan. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube 🎖 ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Показать все...
ВМ 204 КАРОР.mp481.68 MB
👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun qanday hujjatlar talab etiladi? 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzuridagi Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi. 👫 PTPK xulosasini olish uchun qonuniy vakillar yashash joyidagi (yoki yashash hududidagi o‘ziga qulay bo‘lgan) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar orqali ariza berishlari mumkin. 🖋 Ariza elektron ravishda kiritiladi va qonuniy vakillardan (bolaning ota-onasi yoki rasman belgilangan qonuniy vakili) arizaga ilova qilish uchun qo‘yidagi hujjatlar taqdim etilishi so‘raladi: ⏺️Davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan batafsil ko‘chirma; ⏺️Bolaning tashxisiga qarab tor mutaxassis xulosasi: psixonevrologik markazning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan psixonevrolog xulosasi (faqat nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun); ⏺️Bolaning o‘qish joyidan ta’lim muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim muassasalarida o‘qigan bolalar uchun); ⏺️Maktabdan tabel kartasi (maktabda ta’lim olayotgan bolalar uchun bir maktabdan ikkinchi maktabga o‘tmoqchi bo‘lganda); ⏺️Bolaning nogironligi bo‘yicha Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiya xulosasi (agar bor bo‘lsa); ⏺️ Avvalgi PTPK xulosasi (agar bor bo‘lsa). ✅ Batafsil ma'lumot uchun ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Показать все...
👍 2
#IlonMask
Показать все...
Eshli Vens Ilon Mask 1.mp3283.69 MB
Eshli Vens Ilon Mask 2.mp3308.12 MB
Eshli Vens Ilon Mask 3.mp3468.41 MB
🙏 2👍 1
Repost from Ziyo taratamiz
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ko'pchilikning e'tiborini tortgan va qiziqish uyg'otgan kitob – Eshli Vensning "Ilon Mask. Tesla, SpaceX va kelajak sari yo'l" biografik asari. Ushbu asar Ilon Maskning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan birinchi rasmiy biografik kitob bo'lib, unda Maskning hayotiy yo'li, uning muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari hamda texnologik va innovatsion yutuqlari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Eshli Vensning bu kitobi nafaqat Maskning shaxsiy hayotini, balki texnologiya va innovatsiya sohasidagi jahonning eng muhim yutuqlarini ham o'rganishga yordam beradi. Kitob texnologiyaga qiziquvchilar, tadbirkorlar va innovatorlar uchun ilhomlantiruvchi va qiziqarli mutolaa bo'lib xizmat qiladi. “Ziyo taratamiz” loyihasidagi audio kitoblarni yaqinlaringizga ulashing va loyihaning bir qismiga aylaning! @ziyotaratamiz #IlonMask
Показать все...
👍 5
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.