ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 55 114 подписчиков, занимая 2 378 место в категории Технологии и приложения и 1 326 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 55 114 подписчиков.

Согласно последним данным от 10 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 2 433, а за последние 24 часа — 4 792, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 23.84%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 17.09% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 13 212 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 9 472 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 118.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 11 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

55 114
Подписчики
+4 79224 часа
+3 6317 дней
+2 43330 день
Архив постов
⚡️OpenAI kompaniyasining eng yirik investorlari Sem Altman'ni bosh direktor lavozimiga qaytishini talab qilishmoqda. To’satda
⚡️OpenAI kompaniyasining eng yirik investorlari Sem Altman'ni bosh direktor lavozimiga qaytishini talab qilishmoqda. To’satdan yuz bergan o’zgarishlar ular uchun ham kutilmagan bo’ldi. Bundan tashqari, Altman ishdan bo’shatilgandan so’ng, ba’zi muhim OpenAI xodimlari ham norozilik sifatida ishdan bo’shashga ariza topshirishgan. Endi investorlar nafaqat Altman'ni qaytishini, balki uni ishdan bo’shatgan direktorlar kengashini ham almashtirishni talab qilishmoqda. Sem Altman bilan bu borada muzokaralar allaqachon boshlangan. Xullas, Taxtlar o’yini davom etmoqda. 📟 DigiTech

✍️ Vaqtni qiziqarli o’tkazish uchun: Eskizlaringizni real vaqt rejimida rasmga aylantirib beruvchi neyrotarmoq Ishlatish oson: eskiz chizasiz va matnli tavsifni kiritasiz, neyrotarmoq esa shu bo’yicha videoda ko’rsatilgandek real vaqt rejimida rasm yaratadi. Eng muhimi mutlaqo bepul va ro’yxatdan o’tish shart emas. Albatta sinab ko’ring va izohlarda natijalar bilan bo’lishing. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚀 Insoniyat tarixidagi eng katta raketani ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli parvoziga qaramay, Starship sinovlari yana muvaffaqiyatsiz yakunlandi: 10 daqiqalik parvozdan so’ng raketa bilan aloqa uzildi. Kosmik kema Yer atrofida aylanib, Gavaya orollari yaqinida Tinch okeaniga tushishi kerak edi, biroq u bilan aloqa uzilib qoldi. Yaqin 10 yil ichida Starshipdan odamlarni Oy va Marsga jo’natish uchun foydalanish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

+3
🏢 20 000 kishi yashaydigan bino. Uni hatto tark etishingiz ham shart emas: ichida supermarketlar, kafelar, sport zallari, sartaroshxonalar, xullas barcha sharoitlar mavjud. Bu bino Xitoyning Xanchjou shahrida qurilgan. Majmua 39 qavat va 260 000 m² (36 ta futbol stadioniga teng) maydonga ega: dastlab mehmonxona sifatida qurilgan, lekin oxir-oqibat xonalar kvartiralarga aylantirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Xitoydan keyin AQShda ham uchar taksilar ishga tushiriladi: uni allaqachon Nyu-York ustida sinovdan o’tkazishmoqda, 2025 yilga kelib yo’lovchilarni tashishni boshlaydi. Kaliforniyaning Joby Aviation kompaniyasi uni 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqmoqda. Xitoyliklardan farqli o’laroq, ularning taksisi uchuvchisiz emas — rulda odam bo’ladi. Uning maksimal tezligi 320 km/soat dan ortiq bo’ladi va bir zaryadda 240 km masofagacha parvoz qiladi. Parraklarning shovqin darajasi ko’chaning shovqinidan balandroq emas. 📟 DigiTech

⚡️Oxirgi bir necha kun ichidagi hayratlanarli yangiliklar • Birinchisi: OpenAI ChatGPT Plus obunasi sotuvini vaqtincha to’xta
⚡️Oxirgi bir necha kun ichidagi hayratlanarli yangiliklarBirinchisi: OpenAI ChatGPT Plus obunasi sotuvini vaqtincha to’xtatdi ChatGPT'ning 4-versiyasiga talab kuchliligi kompaniyaning barcha texnik imkoniyatlaridan oshib ketdi. Shu sababli, kompaniya yangi ChatGPT Plus obunalarini ulash imkoniyatini vaqtincha to’xtatdi. Ushbu chora vaqtinchalik, ammo bu ehtimol, tarixda birinchi marta gigant kompaniya foydadan voz kechish holatidir. Eslatib o’tamiz, shu yil OpenAI Microsoft kompaniyasidan 10 milliard dollar investitsiya olgan. • Ikkinchisi: Bugun tunda OpenAI Sem Altman kompaniyani tark etishini e’lon qildi. Kompaniya rahbari va ChatGPT yaratuvchisi direktorlar kengashi tomonidan ishdan bo’shatildi, chunki u «kengash bilan muloqotda har doim ham ochiq bo’lmagan». Uning o’rniga texnik direktor Mira Murata vaqtincha bosh direktor etib tayinlandi. Kompaniyani oldinda nimalar kutayotgani noma’lum. Vaziyatni tushunish uchun, Stiv Jobs Apple kompaniyasidan ishdan bo’shatilishini tasavvur qiling. 📟 DigiTech

🚘 Internetda yaqinda chiqadigan Xiaomi kompaniyasining elektr sedani interyeri suratlari paydo bo’ldi. Rasmlar sifati past b
+2
🚘 Internetda yaqinda chiqadigan Xiaomi kompaniyasining elektr sedani interyeri suratlari paydo bo’ldi. Rasmlar sifati past bo’lsada, lekin ba’zi detallarni ko’rish mumkin. Old panelning markazida katta sensorli ekran mavjud. Rasmda bir nechta boshqaruv elementlariga ega bo’lgan rul ham aks etgan. Umuman olganda, interyerni minimalistik deb atash mumkin. 📟 DigiTech

🔊 Adobe kompaniyasi tovushlarni alohida qatlamlarga ajratadigan sun’iy intellekt ustida ishlamoqda. Project Sound Lift yordamida ovoz, fondagi shovqinlar yoki muayyan tovushlarni videodan ajratish mumkin bo’ladi. U har bir tovushlarni alohida qatlamlarga ajratib beradi, qarsaklar, mashina shovqini, klaviatura ovozi va hatto qattiq kulgu tovushlarini videodan olib tashlash endi muammo emas. Neyrotarmoqlar ko’paygan sari hayot osonlashib ketyapti, ilgari videodagi shovqinlarni olib tashlashga soatlab vaqt ketardi. 📟 DigiTech

Mana nega ijtimoiy tarmoq va saytlar qanday aynan sizga kerakli mahsulot reklamasini chiqarib beradi 😁 📟 DigiTech

+2
⚡️Meta kompaniyasi o’zining yangi Emu Video va Emu Edit neyrotarmoqlarini namoyish etdi. Birinchisi, ko’pchilikka tanish bo’lgan video generatori, lekin ikkinchisi qiziqroq — u fotosuratlarni tahrirlash uchun qiyin interfeyslarsiz va hududlarni ajratmasdan uni faqatgina matnli so’rov orqali tahrirlash imkonini beruvchi neyrotarmoqdir. Shunchaki nimani va qanday o’zgartirish kerakligini matn ko’rinishida yozish kifoya. Bu neyrotarmoq yaqin orada Photoshop'ga kuchli raqobatchi bo’la oladi. 📟 DigiTech

⚡️AQSh'dagi startap istagan odam Yerning turli joylaridagi dronlarni boshqara olishi mumkin bo’lgan onlayn xizmatni ishga tushirdi. Buning uchun 30 daqiqalik parvozni onlayn bron qilish kerak, so’ng operator dronni havoga ko’taradi va siz uni kompyuteringiz yoki smartfoningiz orqali boshqarishingiz mumkin bo’ladi. Tanlovga 7 ta ekzotik joylar mavjud: Keniya, Botsvana, Islandiya, Peru, Kambodja va AQSh. Parvozdan so’ng fotosuratlar va videolarni yuklab olish mumkin. 📟 DigiTech

🧹 Hindistonda ko’chalarni tozalovchi innovatsion qurilma. Sun’iy intellektli avtopilotga ega modelini kutamiz :) 📟 DigiTech

⚡️Dunyodagi eng tez internet Xitoyda ishga tushirildi: 1,2 Tb/soniya – bunday tezlikda bir soniyada 150 ta HD formatdagi film
⚡️Dunyodagi eng tez internet Xitoyda ishga tushirildi: 1,2 Tb/soniya – bunday tezlikda bir soniyada 150 ta HD formatdagi filmlarni yuklab olish mumkin. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) xabar berdi. Pekin, Uxan va Guanchjou o’rtasida optik tolali kabel yotqizilgan. Uning umumiy uzunligi 3 ming kilometrdan oshiq. 📟 DigiTech

🧠 Neyroqurilma robotni fikrlar orqali boshqarish imkonini berdi Endi robotlarni fikrlar bilan boshqarish mumkin. Misol uchun
🧠 Neyroqurilma robotni fikrlar orqali boshqarish imkonini berdi Endi robotlarni fikrlar bilan boshqarish mumkin. Misol uchun, bir yigit nayron signallari yordamida yapon taomlaridan biri Sukiyakini tayyorlay oldi. Neyron qurilma orqali yuborilgan buyruqlarning ijrochisi NOIR robo-qo’li edi. Tizim odamlarning 20 ta murakkab kundalik ishlarini, jumladan, tozalash, ovqat pishirish va o’yin-kulguni muvaffaqiyatli bajara oladi. Robotlar inson tomonidan rejalashtirilgan vazifalarni bashorat qilishni o’rganishmoqda. Har bir vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun o’rtacha 1,8 urinish va 20,3 daqiqa kerak bo’ladi. 📟 DigiTech

🚘 Xiaomi nihoyat o’zining birinchi avtomobili — Xiaomi SU7 elektromobili dizaynini ko’rsatdi. 19 va 20 dyuymli ikkita g’ildi
+3
🚘 Xiaomi nihoyat o’zining birinchi avtomobili — Xiaomi SU7 elektromobili dizaynini ko’rsatdi. 19 va 20 dyuymli ikkita g’ildirakli varianti, old oynaning orqasida yashiringan lidar va umumiy quvvati 496 kVtgacha (673 ot kuchi) bo’lgan dvigatellar bilan jihozlanadi. Maksimal tezlik — 210 km/soat. Ishlab chiqarish dekabr oyida, birinchi avtomobillarni yetkazib berish 2024 yildan boshlanadi. Narxi — 36,000 dollar atrofida bo’ladi. 📟 DigiTech

🎸AR ko’zoynaklari yordamida gitara chalishni ham oson o’rganish mumkin. Buning uchun ko’zoynakning o’zi va dastur kerak bo’ladi. Gitarani o’zi ham albatta :) 📟 DigiTech

🥽 Pavel Durov Apple Vision Pro garniturasida Telegram qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rsatdi. Garnitura sotuvlari kelasi yilning boshida 3499 dollardan boshlanishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Ma’lum bo’lishicha, har kim sizning IP-manzilingizni Telegram orqali bilib olishi mumkin va buning uchun kuchli xaker bo’lish ham shart emas. Bularning barchasi qurilmalarga umumiy IP manzilini aniqlash imkonini beruvchi STUN protokoli tufaylidir - Pythondagi oddiy dastur messenjerda qo’ng’iroq yordamida ushbu ma’lumotlarni aniqlash imkonini beradi. Xulosa: Maxfiylik sozlamalarida kontaktlar ro’yxatida bo’lmagan odamlar sizga qo’ng’iroq qila olishini o’chirib qo’ying. 📟 DigiTech

🏬 Shanxayda tashlandiq sement zavodi tepasida «muallaq» turuvchi bino qurilmoqda. Majmua "Kema" deb nomlangan - u savdo mark
+4
🏬 Shanxayda tashlandiq sement zavodi tepasida «muallaq» turuvchi bino qurilmoqda. Majmua "Kema" deb nomlangan - u savdo markazi bo’ladi, ammo kafe va do’konlardan tashqari, kovorking joylari, laboratoriya va tomida park ochiladi. Qurilish 2026 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Rasman: OpenAI GPT-5 ustida ishlamoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Sem Altman Financial Times gazetasiga bergan intervyusid
⚡️Rasman: OpenAI GPT-5 ustida ishlamoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Sem Altman Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytdi. Aprel oyida Altman kompaniyani yangi versiya ustida ishlayotgani haqidagi xabarlarni rad etgan edi. Kecha esa model nafaqat ochiq ma’lumotlarga, balki ko’plab yirik kompaniyalarning ichki ma’lumotlari bo’yicha ham o’qitilayotganini tan oldi. Natijada, GPT-5 joriy versiyadan ancha aqlli bo’ladi. Shu darajadaki, hatto OpenAI rahbari ham sun’iy intellekt nimalarga qodir bo’lishini taxmin qilolmaydi. O’zining so’nggi taqdimotida Altman «inson darajasidagi» SI yaratishga va’da bergan. Nima deb o’ylaysiz, insoniyatga bunday kuchli sun’iy intellekt o’zi kerakmi? 📟 DigiTech