ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 51 677 подписчиков, занимая 2 565 место в категории Технологии и приложения и 1 430 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 51 677 подписчиков.

Согласно последним данным от 03 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -2 786, а за последние 24 часа — -221, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 25.04%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 17.97% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 12 965 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 9 308 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 116.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 04 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

51 677
Подписчики
-22124 часа
-1 5407 дней
-2 78630 день
Архив постов
⚡️Sony o’yinlardagi hidlarni his qilish imkonini beruvchi texnologiyani namoyish etdi. Endi o’yinchilar nafaqat ekranda nima bo’layotganini ko’rish va eshitish, balki uni tom ma’noda hidlash imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Texnologiya o’yinchi atrofida 360 graduslik 3D o’yin simulyatsiyasini yaratadigan yuqori sifatli ekranlarga ega maxsus kubdan iborat bo’lib, unda o’yinlardagi hidlarni his qilish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Frilanser Aleks Vey sun’iy intellekt sabab qanday qilib ishdan ayrilgani haqida 10 daqiqalik video yozib YouTube'ga yukladi
⚡️Frilanser Aleks Vey sun’iy intellekt sabab qanday qilib ishdan ayrilgani haqida 10 daqiqalik video yozib YouTube'ga yukladi va negadir YouTube uning videosiga neyron tarmoqni tavsiflash funksiyasini yoqib qo’ydi. U bir necha yil davomida kompaniyaning blogi uchun maqolalar yozish bilan shug’ullangan, yaqinda esa ular barcha mualliflarni sun’iy intellektga almashtirishga qaror qilishgan. Natijada, sun’iy intellekt sabab u nafaqat ishidan, balki videoni to’liq ko'rmasdan faqat qisqacha tavsifini o’qib chiqib ketgan tomoshabinlar sabab ko’rishlar sonining bir qismidan ham ayrildi. 📟 DigiTech

⚡️CES 2025 ko’rgazmasida ASUS reklamalarni bloklaydigan dunyodagi birinchi routerni namoyish etdi. ROG Rapture GT-BE19000AI v
+2
⚡️CES 2025 ko’rgazmasida ASUS reklamalarni bloklaydigan dunyodagi birinchi routerni namoyish etdi. ROG Rapture GT-BE19000AI veb-saytlardagi reklama va trekerlarni bloklash, shuningdek, o’yinlardagi pingni kamaytirish uchun sun’iy intellektli chip bilan jihozlangan. U 280 м² radiusda Wi-Fi 7 ni qo’llab-quvvatlaydi va 19 Gbit/s gacha o’tkazish qobiliyatiga ega. Sotuvlar boshlanish sanasi hali ma’lum emas, lekin narxi 800 dollar atrofida bo’ladi. 📟 DigiTech

+3
🚘 Honda yangi futuristik krossover 0 SUV va sedan 0 Saloon'ni namoyish etdi. Hozircha xususiyatlar va narxlar haqida hech narsa aytishmadi, ammo sotuvlar kelgusi yilda boshlanishi va’da qilingan. Dizayniga nima deysiz? 📟 DigiTech

🖥 Yangi Asus ROG RTX 5090 videokartasining kattaligi shunday. Unga qo’shib ulkan korpus ham sotib olishga to’g’ri keladi. Bunaqada videokartalarning keyingi modellari bilan butun boshli xonadonni isitsa bo’ladi :) 📟 DigiTech

+2
🤖 Nihoyatpaypoqlarni yig’adigan changyutgich namoyish etildi. Roborock kompaniyasi oddiy changyutgich torta olmaydigan paypoq va boshqa mayda narsalarni yig’adigan OmniGrip 1.0 mexanik qo’liga ega robot changyutgich Saros Z70 ni namoyish etdi. Uning yuk ko’tarish hajmi atigi 300 grammdir — bu uy hayvonlariga zarar yetkazmaslik uchun qilingan. Kompaniya Saros Z70 ni joriy yil oxirida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Narxi 1600 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

📺 CES 2025 ko’rgazmasida ekrani cho’ziladigan birinchi televizor namoyish etildi — uning displey matritsasi tom ma’noda tashqariga cho’zilib chiqadi. Unda qo’rqinchli filmlarni ko’rish mazza bo’lsa kerak :) 📟 DigiTech

🚘 Sakray oladigan superkar — xitoyliklar yangi videoda BYD Yangwang U9 chuqurlar va tikanlar ustidan qanday qilib katta tezlikda sakrab o’ta olishini ko’rsatishdi. Videoda avtomobil avtopilotda 120 km/soat tezlikka erishib, 2,5 metr uzunlikdagi chuqur va tikanlardan epik sakrab o’tgani aks etgan. Bizni yo’llarda bunday sakrashini ham foydasi yo’q, bir chuqurdan qochib ikkinchisiga tushadi :) 📟 DigiTech

+3
⚡️DLSS 4 oldingi versiyalarga qaraganda uch marta kuchliroq bo’ladi — u o’yinlardagi bazaviy FPS'ni 8 martagacha oshirishi mumkin. Bularning barchasi yangi multigeneratsiya texnologiyasi tufaylidir: uning yordamida neyrotarmoq bitta o’rniga uchtagacha kadrni generatsiya qilishi mumkin. Ya’ni hatto 550 dollarlik eng arzon 5070 videokartasi ham 1600 dollarlik 4090 flagmani darajasida FPS'ni oshirib berishi mumkin. Lekin bir muammo bor — DLSS 4 faqat RTX 5000 seriyali videokartalarida bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️NVIDIA RTX 5090, RTX 5080, RTX 5070 Ti va RTX 5070 videokartalarini namoyish etdi! RTX 5090 RTX 4090 dan 1,5 barobar kuchli
+3
⚡️NVIDIA RTX 5090, RTX 5080, RTX 5070 Ti va RTX 5070 videokartalarini namoyish etdi! RTX 5090 RTX 4090 dan 1,5 barobar kuchliroq. Shu bilan birga, DLSS 4 tufayli hatto 549 dollarlik kichik RTX 5070 ham RTX 4090 darajasida ishlay oladi. Narx va xususiyatlari:
GeForce RTX 5090 • Protsessor: GB202-300 • CUDA yadrolari: 21 760 • Xotira hajmi: 32 GB GDDR7 (1792 GB/s) • Xotira kanallari: 512 bit • Quvvat iste’moli: 575 Vt • Narxi: 1999 dollar GeForce RTX 5080 • Protsessor: GB203-400 • CUDA yadrolari: 10,752 • Xotira hajmi: 16 GB GDDR7 (960 GB/s) • Xotira kanallari: 256 bit • Quvvat iste’moli: 360 Vt • Narxi: 999 dollar GeForce RTX 5070 Ti • Protsessor: GB203-300 • CUDA yadrolari: 8960 • Xotira hajmi: 16 GB GDDR7 (896 GB/s) • Xotira kanallari: 256 bit • Quvvat iste'moli: 300 Vt • Narxi: 749 dollar GeForce RTX 5070 • Protsessor: GB205-300 • CUDA yadrolari: 6144 • Xotira hajmi: 12 GB GDDR7 (672 GB/s) • Xotira kanallari: 192 bit • Quvvat iste’moli: 250 Vt • Narxi: 549 dollar
Rasmiy sotuvlar shu oydan boshlanadi. 📟 DigiTech

+2
⚡️CES 2025 ko’rgazmasida har doimgidek eng «kerakli» texnologiyalarni ko’rsatishdi. Asosiylari: – LG StanbyME televizor sumka; – Rosomaxa tirnoqlari kabi keskin chiqadigan klaviatura; – Turli vazifalar uchun moslashtirilishi mumkin bo’lgan sun'iy intellektli Mi-Mo robo-stoli. CES 2025 ko’rgazmasi rasmiy faqat ertadan boshlanadi, antiqa qurilmalarning aksariyat qismi endi namoyish etiladi. 📟 DigiTech

🧠 Kam uyqu depressiyaga olib kelishi mumkin. Olimlar yomon uyqu va organizmning stressni yengish qobiliyati o’rtasida bog’li
🧠 Kam uyqu depressiyaga olib kelishi mumkin. Olimlar yomon uyqu va organizmning stressni yengish qobiliyati o’rtasida bog’liqlik borligini aniqlashdi. Qisqa uyqu miyaning salbiy his-tuyg’ularga dosh berishini va yomon xotiralardan xalos bo’lishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun mutaxassislar 8 soat uxlashni maslahat berishadi. 📟 DigiTech

⚡️Dam olish kunini foydali o’tkazish uchun: Stenford universitetidan SI va dasturlashni o’zlashtirishga yordam beradigan 5 ta
⚡️Dam olish kunini foydali o’tkazish uchun: Stenford universitetidan SI va dasturlashni o’zlashtirishga yordam beradigan 5 ta bepul kurslar.Computer Science noldan boshlab (havola); — SI asoslari va qo’llanilishi (havola); — Robototexnika uchun SI: avtopilotlarni dasturlash (havola);Python'ga kirish (havola); — Bir necha daqiqada dasturlar yaratish uchun Max MSP'da dasturlash (havola). 📟 DigiTech

⚡️Har xil yo’nalishlarda eng foydali bo’ladigan neyrotarmoqlar ro’yxati. Saqlab qo’ying, asqotadi. 📟 DigiTech
⚡️Har xil yo’nalishlarda eng foydali bo’ladigan neyrotarmoqlar ro’yxati. Saqlab qo’ying, asqotadi. 📟 DigiTech

+3
📱Xiaomi 2025-yildagi birinchi smartfonini namoyish etdi — sovuq havoda ham stabil ishlash uchun batareyani isitish funksiyasiga ega Redmi Turbo 4. Qurilma 120 hz chastotali 6,67 dyuymli OLED matritsa, MediaTek Dimensity 8400-Ultra chipi va 6550 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan, shuningdek, IP68 suvdan himoya standarti va 50+8 MP kamera sensorlari mavjud. Xitoyda narxi — 273 dollardan. 📟 DigiTech

+2
🥽 AQShda sudya jinoyat simulyatsiyasini ko’rish uchun birinchi marta Quest 2 VR garniturasidan dalil sifatida foydalandi. Floridalik yigit qurol bilan tahdid qilishda ayblangan, biroq uning advokati qurol faqat o’zini himoya qilish uchun ishlatilganini ta’kidlab guvohlarning ma’lumotlari asosida modellashtirilgan VR videoni ko’rsatdi. 📟 DigiTech

🎥 Bir necha soniyada eng yaxshi filmlar yoki teleseriallar ro’yxatini tuzib beradigan neyrotarmoq. Juda oddiy ishlaydi: so’r
🎥 Bir necha soniyada eng yaxshi filmlar yoki teleseriallar ro’yxatini tuzib beradigan neyrotarmoq. Juda oddiy ishlaydi: so’rovingizni yozing va filmlar to’plamini oling. Filmning tavsifi va treyleri bilan chiqarib beradi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Telegram Yangi yildagi birinchi katta yangilanishini chiqardi. U aslida 31-dekabrda chiqishi kerak edi, biroq Apple'ning m
+2
📲 Telegram Yangi yildagi birinchi katta yangilanishini chiqardi. U aslida 31-dekabrda chiqishi kerak edi, biroq Apple'ning moderatsiyasi tufayli kechiktirildi. Shaxsiy chatlar, guruhlar yoki kanallardagi qidiruv natijalarni alohida ko’rish uchun filtrlar qo’shildi. Endi uchinchi tomon xizmatlaridan verifikatsiyadan o’tib, kanal yoki botning haqiqiyligini tasdiqlovchi qo’shimcha belgini olish mumkin. Shuningdek, limitli sovg’alarni boshqalarga o’tkazish va NFT qilib auksionga qo’yish mumkin. Yangilanishning barcha tafsilotlari bilan havola bo’yicha tanishishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🎥 Netflix «Kalmar o’yini» serialining uchinchi, oxirgi mavsumining birinchi tizerini chiqardi. Premyera 2025-yilning iyun oyida bo’lishi kutilmoqda. Hali ikkinchisini ko’rib ulgurmadik, bularda uje uchinchi mavsumi tayyor :) 📟 DigiTech

🎆 Neapol aholisi Yangi yilni shunday kutib olishdi. Qancha pul havoga ketdi deb o’ylaysiz? 📟 DigiTech